Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 5 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

Beshinchi bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

Yo‘lingda uchragan barchaga yaxshi bo‘lish mahorati - bu muhim jangdagi g‘alabadir.

Filo Aleksandriyskiy

 

Endryu Xorner muvaffaqiyat pog‘onalaridan ko‘tarilishining ilk pallasida shaxsiy kompaniyasiga ega bo‘lishni orzu qilgandi, ammo 50-yillarda hatto ish topishning o‘zi qiyin bo‘lib qolgandi.

Endryu o‘zidan tashqari o‘n ikki farzand bo‘lgan oilada kenja o‘g‘il edi. U Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida tug‘ilgandi. U Kanadaga, so‘ngra xotini Joan bilan birgalikda - AQShga emigratsiya qildi. Ishga qabul qilish uchun o‘tkazilgan bir qancha muvaffaqiyatsiz suhbatlardan so‘ng kimdir xo‘jalik yumushlari uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan “Jonson va o‘g‘li” firmasida bo‘sh ish o‘rni borligini aytib qoldi. Haqiqat shuki, firmaga ma’lumotli odam talab qilinardi, Xornerni esa o‘n olti yoshda bo‘lganida maktabdan chiqarib yuborishgandi.

Shunday bo‘lsada, Endryu “Jonson va o‘g‘li”ga suhbatdan o‘tish uchun yo‘l oldi. Firmaning hududiy menedjeri janob Lensford unga ma’lumotli odam kerak ekanligini aytdi. Ishga nomzod bu yigitning jo‘shqinligi uni to‘lqinlantirib yubordi. “Men shu ishni olishim kerakligini bilardim, - yozadi Xorner. - Binodan chiqayotib, idorada ishlayotgan barcha xodimlar bilan tanishib chiqdim. Men har kuni janob Lensford kimnidir ishga qabul qilgan-qilmaganini bilish uchun kelardim. Va har safar firma ishchilari bilan gaplashish uchun, ularga yaqin bo‘lish maqsadida oila va bolalari haqida so‘rash uchun to‘xtardim. Taxminan bir hafta o‘tgach, janob Lensford idorada ishlaydigan xodimlarga qaror qabul qilish ixtiyorini berdi. Ularning o‘zlari boshliqlari kim bo‘lishini hal eta qolishsin. Ular bir ovozdan e’lon qilishdi: “Kanadalik o‘sha ajoyib yigit boshliq bo‘lsin”. Meni qabul qilishdi” (1). Xorner bu voqeani so‘zlab berish o‘ziga yoqishini aytadi, negaki “bu voqea munosabatlarni mustahkamlash muhimligini isbotlaydi” (2). Unda o‘zi orzu qilgan ish uchun zarur bo‘lgan tajriba ham, ma’lumot ham yo‘q edi, lekin u odamlarga e’tibor qaratdi, ularning taqdiri bilan qiziqdi va muloyim munosabatda bo‘ldi.

Xorner har qanday ishda mana shu qoidalar bilan boshqaruvni olib bordi.  1985 yilda u xotini bilan birgalikda Texasda o‘z firmasini ochdi. Yangi kompaniyaning manfaat etikasi yuqori darajada asoslangan: “Har bir inson o‘zligicha qadr-qimmatga ega”. Bugungi kunda Xornerning zargarlik firmasi yiliga 200 million dollardan ortiq daromad keltiradi. Unda 250 nafardan ortiq odamlar ishlaydi.  Bu kompaniya, agar uning asoschisi xushmuomalali bo‘lmaganida, hech qachon tashkil topmagan bo‘lardi.

 

Xushmuomalalik: barchaga xuddi do‘stlar kabi munosabatda bo‘lish mahorati.

 

Munosabatlarning qadr-qimmati

 

Ko‘pincha muloyimlik ortida shunchaki yaxshi hatti-harakatlarni nazarda tutishadi. Biroq bu so‘z yanada chuqur mazmunga ega. Xushmuomalalik - bu do‘stona munosabatlardir. Zamonaviy dunyoda barcha ham do‘stlarimiz bo‘lavermaydi, ammo muloyimlik bizni barcha bilan do‘stlarimiz kabi munosabatda bo‘lishga undaydi. Muloyimlik so‘zda ham, hatti-harakatda ham namoyon bo‘lmog‘i lozim.

Sabr-toqat yoki kechirim bilan taqqoslaganda, muloyimlik juda oddiy ish bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo u barcha munosabatlar uchun hayotiy muhimdir. Yo‘limizda uchragan har kim do‘stona munosabatga munosibdir. Har qanday tashqi ko‘rinish ostida uni yaxshiroq bilib olishga munosib inson yashiringan. Agar biz bunga ishonsak, muloyimlik nafaqat mumkin, balki hayotiy zaruriyatga aylanadi.

Biz insonga nisbatan xushmuomalalikni namoyon etgan holda, gap hattoki yo‘lning unga tegishli chizig‘iga o‘tish haqida borayotgan bo‘lsa ham, u bilan munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz.  Xushmuomalalikni namoyon etgan holda, biz go‘yo o‘zimizni dunyodagi eng muhim insonlardek tutamiz. Ko‘pincha muloyimlik - bu do‘stlik sari birinchi qadamdir. Siz insonga xuddi do‘stingiz kabi yondashganingizda, uzoq va huzurbaxsh munosabatlar uchun imkoniyatlarni ochasiz.

 

Agar har bir uchragan odam o‘z holicha qadrli \kanligiga ishonsak, xushmuomalalik mutlaqo tabiiy tus oladi.

 

Tanishim Endji ertalablari qahva ichish va kunlik ish rejasini mulohazadan o‘tkazib olish maqsadida qahvaxonaga tez-tez kirib turardi. U kunlardan birida o‘zining stoltga faqat bitta qiz xizmat ko‘rsatayotganini payqab, u bilan gaplashib olmoqchi bo‘ldi. Endji Mavlud bayrami oldidan ofitsiantga bayram shamlarini sovg‘a qildi va ajoyib xizmati uchun unga minnatdorchilik bildirdi.  Hatto oradan uch yil o‘tgan bo‘lsada, Endji qahvaxonaga kelganida, o‘sha qiz hamon unga quvonchli tabassum qilishda davom etadi. Ba’zan ular turli mavzuda suhbat qurishadi. O‘zaro muloyimlik bu ayollarning tanishuvlariga yordam berdi. Balki ular yaqin dugonalarga aylanishmagandir, ammo muloqot quvrnchi ularning kundalik hayotlarini sezilarli darajada yaxshiladi.

Muloyimlik - bu sevgining kundalik hayotda namoyon bo‘lishi, negaki u har qanday munosabatlar qadr-qimmatga ega ekanligini ta’kidlaydi.  Begonalarga, do‘stlarga va yaqinlarga muloyim munosabatsiz o‘zaro ijobiy muhit yaratishning va boshqa odamlarni qadrlashingni ko‘rsatishning iloji yo‘q.

Men xushmuomalalimanmi?

Quyidagi testning har birining qarshisiga 1 raqamidan 5 raqamigacha bo‘lgan tasdiqlovni bildiring. 1 raqami “ba’zan”, 5 raqami esa “muntazam”ni anglatadi.

1. Men odamlarning tug‘ilgan kunlariga minnatdorchilik so‘zlari bitilgan maktub yo‘llayman.

2. Atrofdagilar bilan nazokatli munosabatda bo‘lish menga yoqadi.

3. Kimdir menga aslo kerak bo‘lmagan nimanidir sovg‘a qilganida, o‘sha odamga samimiy tashakkurimni bildiraman.

4. Mabodo o‘z yaqinlarimga muloyim munosabat ko‘rsatishim imkoni bo‘lsa, shaxsiy ishlarim haqida unutaman.

5. Men murakkab vaziyatlarda qolgan kishilarga nisbatan muloyim munosabat ko‘rsatish yo‘llarini izlayman.

Natijalarni hisoblab chiqing. Agar siz 20 balldan toki 25 ballgacha to‘plagan bo‘lsangiz, demak siz odamlarga muloyimlik orqali o‘z sevgingizni namoyon eta olasiz. Agar ko‘rsatgichlaringiz bundan past bo‘lsa, mazkur bob sizning foydangiz uchun xizmat qiladi. Siz tushunishingiz lozim, xushmuomalalik - bu boshqa odamlarning ahamiyatini e’tirof etish demakdir.

 

Boshqa odamlarga muloyimlik bilan yondashing.

 

Bundan bir qancha muddat avval men bir guruh o‘smirlar bilan Gaitidagi yordamga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun yo‘l oldim. Aeroportda bir terminaldan boshqasiga yetib borishimiz uchun avtobusga o‘tirishimiz kerak edi. Men avtobusda guruhimizdagi uchta o‘smir darhol yoshi katta yo‘lovchilarga o‘z joylarini bo‘shatib berishganlarini payqadim, boshqalari esa yonlarida katta yoshli odamlar turib ketayotgan bo‘lishlariga qaramay o‘rinlaridan qo‘zg‘alishmadi. Men bu hol bolalarning oilada olgan tarbiyalariga bog‘liq ekanligini taxmin etdim. Men keyinchalik ular bilan guruh mashg‘ulotlarida bu masalani muhokama etishga qaror qildim.

Agar xushmuomalalik - sevgining taraflaridan biri bo‘lsa va biz sevgida muvaffaqiyat qozonishni istasak, ushbu mavzuni muhokama qilishimiz kerak emasmi axir? Chinakamiga sevuvchi odam uchun muloyimlik - bu hayot qoidasidir. Bu quvonch manbai. Biz qanchalik muloyim munosabatda bo‘lsak, odamlarning yaxshiliklarimizga qanday e’tibor qaratayotganlarini ko‘rish shunchalik yoqimli bo‘ladi.

Boshqa odamga xuddi do‘stingiz kabi yondashuvda bo‘lish imkonini topish qiyin emas. Biroq biz xushmuomalalikka o‘rganmagan bo‘lsak, bunday yondashuv juda qiyin kechadi. Keling, chinakamiga sevuvchi odam fe’l-atvorining ana shu xususiyatini qanday rivojlantirish haqida gaplashib olaylik.

 

Fursatni ushlab ol

Angliyalik yozuvchi Ivlin Vo bir paytlar Mosli xonimga uning har bir xatiga javob yozishini aytgandi. Uning izoh berishicha, otasi, nashriyotchi Artur Vo “hayotining keyingi yigirma yilini xatlarga javob yozish bilan o‘tkazgan”. Agar kimdir unga to‘y sovg‘asi uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa, u bunga javoban o‘z tashakkurini yo‘llagan. Bunday o‘zaro yozishmalarga esa faqat o‘lim chek qo‘yishi mumkin edi” (3).

Muloyimlik - bu boshqa odamning urinishlarini e’tirof etish demakdir. Barchasini Artur Vo kabi oxirigacha olib borish shart emas, ammo baribir o‘zimizni hozirgidan ko‘ra muloyimroq tutishimiz lozim. Yaqinda men o‘z kitobimni seminarimda ishtirok etgan o‘ttizta tinglovchimga sovg‘a qildim. Keyingi ikki haftada uchta minnatdorchilik maktublarini oldim. Xotinim shuni qayd etdi: “Onalar faqat o‘n foiz kishilarnigina minnatdorchilikka o‘rgatishibdi”. Ehtimol, u haqdir, lekin agarda qolgan 90 foiz kishilar hayotning boshqa jabhalarida to‘liq xushmuomalali bo‘lsalar, bundan hayron qolmagan bo‘lardim. Men o‘n foizdan ancha ko‘proq odamlar atrofdagilarga nisbatan muloyim munosabatda ekanliklariga ishonishni istardim. Men ayrimlar o‘z sevgilarini so‘zlar orqali ifoda etishni yoqtirishlarini, boshqalarga esa bu xos emasligini bilaman. Biroq hattoki buni e’tiborda tutgan holda, men bir qancha odamlar shu oddiy harakat uchun minnatdorchilik bildirishga vaqt topganlarini yuqori baholayman. Ular menga odatiy bir notiq sifatida emas, balki do‘st kabi yondashdilar.

Muloyimlik juda tez-tez hollarda o‘ta oddiy hatti-harakatlar orqali namoyon bo‘ladi - kimningdir tug‘ilgan kunini yodga olish yoki bemor odamga shifo topishini tilab xatlar yuborishning o‘zi kifoya.  Quvonchli yoki qayg‘uli damlarda bunday harakatlarga o‘z munosib bahosini berasan. O‘zingiz uchun qanchalik sevimli bo‘lishni istasangiz, boshqalarni ham xuddi shunday sevishga harakat qiling.

 

Yo‘lda

Mashinalar qo‘yish maydonidagi sizning bo‘sh joyingizga siz bilan bir vaqtning o‘zida boshqa mashina ham kelib qolsa, o‘zingizni qanday tutasiz? Boshqa haydovchiga joy berasizmi yoki o‘zga avtomobil bilan to‘qnashib ketish xavfi ostida bo‘sh joyga o‘zingizni urasizmi? Ayrim odamlar mashinani boshqarishga o‘tirganlari zahoti, go‘yo boshqa hamma ularning yovuz dushmaniga aylanib qolgandek tuyuladi. Ular hammadan oldinda bo‘lishga intilishadi, bunda esa barcha vositalardan foydalanmoqchi bo‘ladilar. Ular yo‘lni kesib o‘tishadi, signal berishadi, nomaqbul ishoralar qilishadi, yo‘l berishdan bosh tortishadi - bunday harakatlari o‘zlariga mutlaqo asosli bo‘lib tuyuladi.

Yo‘llarda xushmuomalalik yoki buning teskari holati ko‘proq bilinib turadi. Men restoranning mashinalar qo‘yiladigan joyidan avtomobilimni gavjum ko‘chaga haydab chiqayotganimda yo‘l beradigan kishilardan doimo minnatdorman. Nazarimda, xushmuomala haydovchi o‘z hatti-harakatidan qoniqish his qiladi. Agar har birimiz boshqa haydovchi timsolida dushmanni emas, balki do‘stini ko‘rganida, yo‘llarda yoki mashinalar qo‘yish joyida nimalar yuz bergan bo‘lardi?

 

Yaxshi qo‘shni bo‘lgin

Muloyimlik - bu do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarining ma’nodoshidir. Biz barcha qo‘shnilarga do‘stlarimiz kabi munosabatda bo‘lishimiz lozim. Qo‘shni kasalxonaga tushib qolsa, uning o‘tlog‘ini qirtishlab qo‘ying. Qo‘shnilar ta’tilga ketishganida, ularga kelgan pochtani olib qo‘ying. Qo‘shni ta’mirni boshlaganida, unga parmadastangizni berib turing. Yaxshi qo‘shni bo‘lish - bu qo‘shnilarning ehtiyojini tushunish va ularning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish demakdir.

Bunday holatlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir qiladi. Malkolm Gledvell o‘zining “Keskin o‘zgarish lahzasi” kitobida Nyu-Yorkdagi shahar faollari “kichik ishlar”ga e’tibor qaratganlari haqida yozgan - faollar mayda bezorilik bilan kurashishni, ko‘cha tozaligini nazorat qilishni boshlashgan. Va ashaddiy jinoyatlar - qotillik va zo‘rlashlar - soni tobora pasayib borgan. “Politsiya ishtirok etgan bir qancha vaziyatlarda muayyan miqdordagi odamlar o‘zlarini mutlaqo boshqacha tutadigan bo‘lishdi” va ko‘chadagi muhit yaxshi tarafga o‘zgardi (4).   Kim bilsin, sizning xushmuomalangiz atrofdagilarga qanday ta’sir ko‘rsatar ekan-a?

 

Meni tinglayapsanmi?

Mobil telefonlarining tarqalishi qo‘pollik ko‘rsatishning mutlaqo yangi jabhasini yaratdi. Buni ilk marotaba qanday tushunganimni hech qachon unutmayman. Men mijozimga maslahatlar berayotganimda uning mobil telefoni jiringlab qoldi. U kechirim so‘radi, qo‘ng‘iroqqa javob qildi va besh daqiqa - to‘liq besh daqiqa!  - qo‘ng‘iroq qilayotgan kishi bilan gaplashdi. U suhbatdan so‘ng yana kechirim so‘radi va biz go‘yo hech nima bo‘lmagandek gapimizni davom ettirdik. Biroq men karaxt holatda edim: hamsuhbat bilan bunday sovuqqonlikka, bunday beadablikka aslo ishongim kelmasdi. Ammo baribir bunday vaziyatlarga - nafaqat o‘z xonamda, balki shunchaki do‘stona suhbatlar vaqtida va jamoat joylarida -  ko‘p bora guvoh bo‘lishimga to‘g‘ri kelgan

Mobil telefonlari dahshatli tarzdagi qo‘pollik manbaiga aylandi. Hattoki iyul oyi mobil telefonlaridagi suhbatlarning Milliy oyligi deb e’lon qilindi. Lekin bu vaziyatni to‘g‘rilay olmadi. Yaqinda o‘tkazilgan maxsus tadqiqotning 91 foiz ishtirokchilari “yangi texnologiyalar bilan bog‘liq  qo‘pollikni ochiq namoyon etish” qurboniga aylanishgan”ini bildirishgan.  Shunisi qiziqki, ayni vaqtda tadqiqot so‘rovida ishtirok etganlarning 83 foizi o‘zlari hech qachon bunday harakatlar qilmasliklarini aytishgan. Har doimgidek, biz o‘z ko‘zimizdagi xodani ko‘rmay, o‘zganing ko‘zidagi cho‘pni ilg‘aymiz.

Balki restoranda stol atrofidagi  suhbatdoshlardan biri mobil telefoni orqali laqillayotganiga, ikkinchisi esa zerikarli nigohi bilan derazaga termulib o‘tirganiga sizning ham ko‘zingiz tushgandir. Nega qo‘ng‘iroq qilayotgan kishi yonimizda o‘tirgan odamdan muhim tuyulishini men bilmayman. Men har qanday qoidada istisno bo‘lishini tushunaman. Tezda javob qaytarish talab etiladigan chindanda muhim qo‘ng‘iroqlar bo‘lib turadi. Ammo kundalik hayotda xushmuomalalikning oltin qoidasiga amal qilish zarur: biror kishi bilan muloqot qilayotganingizda, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermang.

 

To‘g‘ri qaror qabul qil

Muloyimlik hattoki eng murakkab vaziyatlarni ham yoqimli tarafga aylantirib yuborishga qodir. Eng ajoyib holat shuki, bunda jahl va g‘azabni namoyon etgandan ko‘ra kamroq vaqt va quvvat talab etiladi.

Men ko‘p vaqimni samolyotlarda o‘tkazishimga to‘g‘ri kelgan. Men hamisha er va xotin yoki ona va qizi yonma-yon o‘tirishlari uchun o‘z joyimni bo‘shatib berganman. Ochig‘ini tan olishim kerakki, men o‘tish yo‘lagi yonida o‘tirishni afzal ko‘raman. Biroq joy almashtirishga to‘g‘ri kelgan vaziyatlarda doimo o‘ylanib qolaman: men bu borada do‘stimga nisbatan qanday yondashgan bo‘lardim? Agar boshqa odamga yaxshilik qilayotganingni sezsang, oyna oldida o‘tirish unchalik qiyin emas.

So‘nggi paytlarda g‘ishtdan qurilgan uy uchun vinil saydingni senga eng noqulay vaqtda sotishga urinadigan firma vakillari juda ko‘payib ketdi. Bu odamlarga qo‘pollik qilish o‘rniga shunday deng: “Vinil sayding menga kerak emas, lekin ishlaringiz qiyin ekanligini tushunaman. Sizlarga omad tilayman. Salomat bo‘ling”. Odamga nisbatan o‘z g‘azabingizni ko‘rsatishdan ko‘ra, unga muloyim munosabatda bo‘lish ancha oson. Boz ustiga, o‘zingizni ham yaxshiroq his qilasiz.

 

Minnatdorchilik bilan qabul qil

Xushmuomala odam hamisha minnatdorchilik bilan qabul qiladi. Ayrimlarimiz uchun olishdan ko‘ra berish osonroq, ammo yaxshilik uchun minnatdorchilik bildirish - muloyimlikning ko‘rinishlaridan biridir.

Boshqa bir mamlakatda oila va nikoh masalalari yuzasidan qay tariqa ma’ruza o‘qiganimni eslayman. Safarim yakunida tashkilotchilardan biri menga sovg‘a berdi. Men uning juda qimmat ekanligini bilardim. Men tashkilotchining o‘zi bunday qimmat sovg‘ani qabul qilmasligini tushundim. Bu qurbonlik va sevgi ishorasi edi. Ichki ovoz menga nima qilishim kerakligini aytdi: “Menga berayotgan bu sovg‘angizdan ko‘ra pul sizlarga ko‘proq kerak bo‘ladi”. Biroq bu harakatim juda qo‘pol tuyulishini tushundim. Men sovg‘ani minnatdorchilik bilan qabul qildim. Biror kishi sizga nimadir qilmoqchi bo‘lganida, bundan imkoniyatdan uni mahrum etish o‘ta qo‘pollik bo‘ladi.

 

Sovg‘alarni qabul qilish mahorati - bu sevgini namoyon etish usulidir.

 

Yomon xabarlarni qanday bildirish mumkin?

Ba’zan murakkab qarorlarni qabul qilishga to‘g‘ri kelganida, xushmuomala bo‘lib qolish juda qiyin kechadi. Ko‘pchiligimiz boshliq bo‘lib ishlaymiz va ba’zan moliyaviy yoki boshqa muammolarga ko‘ra xodimlarni ishdan bo‘shatishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo buni muloyimlik bilan amalga oshirish lozim. Kaliforniyalik tadbirkor Jeyms M. Brodi menga shunday voqeani aytib bergandi: “O‘z hayotimda men uchratgan eng xushmuomala odamlardan biri meni dastlabki ish joyimdan bo‘shatib yuborgan odam edi. U meni oldiga chaqirib shunday dedi: “O‘g‘lim, sensiz ishni qanday uddalashimizni bilmayman, lekin dushanbadan boshlab qattiq urinishimizga to‘g‘ri keladi” (6). Hattoki odamlarga yomon xabarlarni yetkazayotganda ham, xushmuomala bo‘lib qolish mumkin.

 

Afsusda ekaningni bildirgin

Yaqinda men etikaga oid kitobdan juda kam uchraydigan vaziyatlarga taalluqli g‘aroyib bir maslahatni o‘qib qoldim.

 

Siz o‘ta noshud bo‘lganligingiz tufayli o‘rdakni tilimlayotganingizda uni qo‘shnining tizzasiga tushirib yuborganingizda o‘zingizni qanday tutishingiz kerak? Muallif mana qanday maslahatlarni beradi: “O‘ta muloyim bo‘ling. Unga ayting: “Sizni bezovta qilsamda shu o‘rdakni olishim mumkinmi?” (7).

 

Biz xatolikka yo‘l qo‘yganimizda yoki boshqa odamga noqulaylik tug‘dirganimizda muloyimlik juda muhim. Bir do‘stim yaqinda restoranda o‘zi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Ofitsiant to‘g‘ri uning yelkasiga likopchani ag‘darib ko‘ylak-shimini rasvo qilibdi. Ofitsiant aytibdi: “O, men o‘ta afsusdaman!” va qog‘oz sochiqlar keltirib do‘stimning kiyimlarini tozalashga urinibdi. Shu bilan birgalikda, u afsusda ekanligini yana takrorlabdi, ammo na bepul kechki ovqatni, na rasvo bo‘lgan ko‘ylak-shimni tozalash haqini to‘lashini taklif etmabdi.

Og‘aynim shunday deydi: “Bu restoranga endi qadamimni bosmayman!” Ayrim vaziyatlarda afsus chekayotganingizni qayd etishning o‘zi kamlik qiladi. Agar ofitsiant bu haqda o‘z boshlig‘iga xabar berganida u do‘stimga bepul kechki ovqatni yoki rasvo bo‘lgan kiyimlar uchun tovon to‘lashni taklif etgan bo‘lardi va restoran o‘z mijozidan ayrilib qolmasdi.

Biz hammamiz xatoga yo‘l qo‘yamiz. Muloyimlik bizga boshqa odamning o‘rnida bo‘lishga va eng maqbul tarzda kechirim so‘rashimizga yordam beradi.

 

E’tiboringni qarat

Bu voqea Rossiyada bo‘lib o‘tgan. Shoh Nikolay I buyuk pianinochi Ferens Listga saroyda musiqa chalishga taklif etgan. List dastlabki musiqani chalayotganida, shohning yonidagi kishi bilan gaplashayotganini payqab qolgan. List chalishda davom etgan, ammo jahli qo‘ziy boshlagan. Shoh gapida davom etayotganini payqagan List shunchaki chalishni to‘xtatgan. Shoh nega pianinochi chalmayotganini bilib kelishlarini so‘ragan. List javob qilgan: “Shoh gapirayotganida, hamma jim turishi lozim”. Shundan so‘ng uning konsertiga hech nima xalal bermagan (8).

E’tibor qaratish mahorati - bu muloyimlikni ko‘rsatish demakdir. Do‘stlaringizning farzandi ishtirok etayotgan konsertda bo‘lganingizda, siz hattoki shu tobda uydagi divaningizda bo‘lib qolishni afzal ko‘rsangizda, musiqaga diqqatingizni qaratmog‘ingiz lozim. Agar suhbat chog‘ida kimdir sizga ma’lum bo‘lgan gaplarni aytsa ham, uni diqqat bilan tinglang. Agar siz hamsuhbatingizning gapini bo‘lib barchasidan xabardor ekaningizni aytsangiz, uni o‘zi uchun muhim bo‘lgan nimanidir baham ko‘rish imkonidan mahrum qilgan bo‘lasiz. Sizning muloyimligingiz hamsuhbatingizning hayotini boyitadi, vaholanki asl sevgining sir-sinoati aynan shu bilan bog‘liq.

O‘zgarishlarga intiling

Har birimiz ham kundalik hayotda bizni tez-tez xushmuomala bilan qabul qilishlarini istaymiz. Yaqinda Amerikaning bir jamiyat fondi o‘tkazgan so‘rovlarda ma’lum bo‘lishicha, amerikaliklar qo‘pollik haqida yo‘llarda, restoran yoki ish joylarida fikr yuritishadi. Olimlar mana nimalarni aniqlashgan:

So‘rovda ishtirok etganlarning 79 foizi hurmat va muloyimlikning yo‘qligini jiddiy milliy muammo deya hisoblashadi.

73 foiz esa o‘tmishda amerikaliklar bir-birlariga katta hurmat bilan yondashganlar degan fikrda.

62 foiz qo‘pollik va hurmatsizlik harakatlarlaridan xavotirda.

49 foiziga kimdir ularning yonida mobil telefoni orqali baland ovozda gapirayotgani yoqmaydi.

44 foizi behayo iboralar bilan to‘qnash kelishgan (ulardan 56 foiziga bu umuman yoqmaydi).

41 foizi o‘zlari ham ba’zan qo‘pol yoki hurmatsiz munosabatda bo‘lishlarini tan olishgan (9).

 

Muloyim gapir

 

Muloyimlik biz qay tariqa tinglayotganimiz va qay tariqa gapirayotganimiz paytida ko‘proq namoyon bo‘ladi.  So‘z bizga har kuni muayyan munosabatlarning ahamiyatini qayd etishimizga imkon beradi.

 

Bahslashuv madaniyati

G‘arbda bizga jamiyatshunos Debora Tannen bahslashuv madaniyati deb atagan omil kuchli ta’sir ko‘rsatadi. U shunday yozadi: “Biz oshkora gaplashishga o‘rganganmiz va nimaiki haqda gapirmaylik, bu xuddi urushdek bahsda g‘olib chiqishimiz zarur... Doimiy ixtiloflar muhitidagi hayot odamning qalbini yemiradi... Siz biror kishi bilan bahslashayotganda, maqsadingiz mutlaqo uni tinglash yoki tushunish bo‘lmaydi. Siz bahsda g‘olib chiqish uchun, -  hamsuhbatning so‘zlaridagi ma’noni ham buzgan holda, - o‘zingizdagi barcha vositalardan foydalanasiz” (10).

Har qanday televizion tok shouni kuzatsangiz, doktor Tannen nima haqda gapirayotganini darhol tushunasiz. Bahslashayotganlar jumlaning o‘rtasida bir-birlarining gaplarini bo‘lishadi, xuddi ohista so‘zlashdan ko‘ra baland gapirish ishonchliroq chiqadigandek ovozlarini ko‘tarishadi, suhbatdoshlarining fikrlariga emas, balki o‘zlariga tashlanishadi, faqat “ha” yoki “yo‘q” deb javob qaytarish mumkin bo‘lgan savollarni berib raqibni burchakka tiqib qo‘yishga urinishadi va ularni shunchaki yerga piypalab tashlashadi. Agar birorta ham usul natija bermasa, ular o‘z raqiblarini kamsitadigan laqablarni o‘ylab topishadi. Juda kamchilik odamlargina suhbatdoshning nuqtai nazarini tushunishga harakat qilishadi. Asosiy vazifa - atrofdagilarning tushunchasini oshirish emas, balki bahsda g‘olib chiqish hisoblanadi.

Axir munosabatlarni shu tariqa qurish mumkinmi? Albatta, ba’zan qiyin suhbatlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, biroq biz qo‘pollik ko‘rsatgan holda bahsda g‘olib chiqishimiz va hamsuhbat bilan munosabatlarni uzil-kesil barbod qilishimiz mumkin.

Biz muloyimlik bilan gaplashgan holda, har bir suhbatni go‘yo suhbatdoshimiz yaqin do‘stimiz bo‘lganidek tutamiz. Bizning asosiy vazifamiz - bahsda g‘olib chiqish emas, balki munosabatlarni saqlab qolishdir. Suhbatdan so‘ng biz hattoki uning fikrlariga qo‘shilmasak ham, o‘sha insonni hurmat qilishimizni tushunishi lozim.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Har kim bilan go‘yo hamsuhbating yaqin do‘stingdek muloqot qilgin.

 

Do‘stlik uchun sharoit yarat

Ko‘pchiligimiz bizga muloyim yondashadiganlar bilan to‘liq xushmuomalada bo‘lishadi. Yetuk insonning belgisi - bu o‘zini boshqacha tutadiganlar bilan xushmuomalada bo‘lish mahoratidir.

Rob ishxonada suhbatdan o‘tish uchun keldi. Boshliq unga o‘z majburiyatlarini bajarishda ikkita kamchiligi borligini qayd etdi. Rob keyinchalik menga shunday degandi: “Boshliq boshqa xodimlar bilan suhbatdan keyin shunday xulosaga kelganini bilardim, negaki uning o‘zi hech qachon ishimni nazorat qilmagandi. Xayolimga birinchi kelgan fikrni unga aytmoqchi bo‘ldim: “Meni boshqalarning gaplariga ko‘ra hukm qilish nohaqlik deb o‘ylayman”. Biroq shu tobda sizning so‘zlaringiz yodimga tushdi: “U bilan xuddi do‘sting kabi gaplash”. Shu bois unga aytdim: “Sizning fikringiz men uchun juda qimmatli. Ochig‘ini aytsam, men bu haqda boshqacha o‘ylayman, lekin bunday xulosa uchun sizda asos bor deya hisoblayman. Va sizning nuqtai nazaringizni hurmat qilaman. Ishimni qay tarzda yanada samarali qilish xususida maslahat bering. Men sizning takliflaringizni tinglashga tayyorman”.

Ana shu damdan boshlab suhbat butunlay boshqacha tus oldi. Ketayotib boshliqqa shunday dedim: “Suhbatimizdan juda mamnun bo‘ldim. Sizning nuqtai nazaringizni hurmat qilaman. Men maslahatlaringizdan foydalanishga harakat qilaman. Siz mening har qanday ijobiy fikrlarga ochiq ekanligimni bilishingiz lozim. Menga vaqt ajratganingiz uchun rahmat”.

Bizning munosabatlarimiz yaxshi tarafga o‘zgardi. Bunday tajriba men uchun yaxshi saboq bo‘ldi. Agar biror inson bilan go‘yo u do‘st kabi gaplashilsa, u deyarli do‘stingga aylanib qolishi mumkin”.

Suhbat g‘ayrido‘stona ohangda borganida, muloyim bo‘lish uchun harakatga zo‘r berish kerak. Ammo bizning hatti-harakatlarimiz behuda ketmaydi. Suhbatdoshimiz yumshab qoladi. Bunday vaziyatda haqiqiy do‘stlik chindan ham hosil bo‘lishi mumkin.

 

Sevgi ila gapir

Xo‘sh, xushmuomalalik nima o‘zi? Sizga bir qancha amaliy maslahatlar berishga ruxsat eting.

Suhbatni birinchi bo‘lib boshlang. Ko‘pchilik uchun bu aslo qiyin emas, negaki ular tabiatan hammabop bo‘lishadi. Introvertlar uchun bu qiyinroq kechadi. Biroq siz suhbatdoshingizda yashirin bir do‘stingizni ko‘rsangiz, uni yaxshiroq bilib olgingiz keladi. Siz suhbatni boshlab, insonga uni shaxs sifatida hurmat qilishingizni va yaqinroq tanishish istagida ekanligingiz haqida tushuncha berasiz. Albatta, hattoki eng do‘stona hatti-harakatlarga ham javob qaytarmaydigan odamlar bor. Bunday vaziyatda muloyimlik ular tomonidan biror masalada o‘zlari faollik ko‘rsatganlarida namoyon etiladi. Siz tomondan atrofdagilarga bosim o‘tkazilmasligi kerak. Suhbatni hamsuhbatga taalluqli biror iltimosdan boshlash mumkin. Mabodo hamkasbingiz yoki qo‘shningiz muayyan biror jabhada tajribaga ega bo‘lsa, undan shu borada yordam berishini, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishini so‘rang. Shu tariqa, o‘rtalaringizda suhbat boshlanishi mumkin. Do‘stlik ko‘pincha oddiy iltimosdan boshlanadi.

Butun diqqatingizni suhbatdoshingizga qarating Biror kishi bilan suhbat qilayotganingizda va yoningizdan odamlar o‘tib ketayotganda, nigohingiz hamsuhbatingizda bo‘lsin.  Agar siz birgalikda gavjum oshxonada tushlik qilayotgan bo‘lsangiz, bor e’tiboringizni hamrohingizga qarating. Siz bu bilan ayni vaqtda u bilan muloqotingiz o‘zingiz uchun eng muhim mashg‘ulot ekanini, uning sizga aytayotganlarini qadrlashingizni ko‘rsatgan bo‘lasiz. Nigohingizni suhbatdoshdan uzmagan holda, siz boshqa tarafga chalg‘ib ketmaysiz. Suhbatdosh suhbatga to‘liq e’tibor qaratayotganingizni tushunib oladi.

Muhokama qilish uchun emas, balki tushunish uchun tinglang Sizga boshqa odamlar nimalarni gapirayotganiga beixtiyor o‘z bahoingizni berasiz. Ularning gaplariga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik mumkin, ammo o‘z fikrimizni aytishdan avval xushfe’llik yuzasidan hamsuhbatning nimani nazarda tutayotganini aniq tushunish zarur. Mabodo biror fikrga qo‘shilmaslikni juda barvaqt aytib qo‘yilsa, muloqotni buzib qo‘yish mumkin. Suhbatdoshingiz sizga aynan nimani aytmoqchi bo‘lganini to‘g‘ri tushunishga harakat qiling va faqat shundan keyingina javob qaytaring. Aks holda javob harakatingiz noto‘g‘ri chiqishi mumkin. Bildirilgan fikrga qo‘shilmagan holda, buni dushman sifatida emas, balki do‘st sifatida ifoda eting. “Men aytmoqchi bo‘lganlaringizni tushunaman va buni qadrlayman. Garchi mening nuqtai nazarim siznikidan farq qilsada, uni bildirishga ijozat eting”. Shundan so‘ng o‘z fikringizni ayting. O‘z fikrimizni aytishimizdan avval boshqa odamning fikriga hurmat ko‘rsatishimiz suhbatni bahs yoki janjalga aylantirmagan holda, do‘stona ohangda olib borishga yordam beradi. Fikrlardagi farqlikni tan olish mahorati - hayotning ajralmas qismidir. Fikrimizga qo‘shilmaganlar bilan do‘stona muloqotni rad etganimizda, biz ongli ravishda do‘stlarimiz doirasini qisqartiramiz. Muloyim gapirishni o‘rgangan holda, do‘stlar davrasini kengaytirishimiz mumkin. Hech qachon boshqa odamni o‘z nuqtai nazaringizga qo‘shilishga majbur qilmang. Bahsda g‘olib chiqish emas, balki munosabatni mustahkamlash muhim ekanligi yodingizda bo‘lsin.

 

Tinchlikka umid

Bir paytlar men talabalar bilan bahs uyushtirgandim. Guruhdagi asosiy ko‘pchilik amerikaliklar, ammo bir yigit Isroildan, boshqasi esa Misrdan kelishgandi. Bahs ochiq bo‘lganligi bois, misrlik yigit amerikaliklar Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida qanday fikrda ekanliklari xususida savol berdi. Men darhol shunday dedim: “Men barcha amerikaliklar nomidan gapira olmayman. Faqat o‘z nomimdan gapirishim mumkin. Lekin bu qoyilmaqom savol bo‘ldi”. Va talabalarga o‘z fikrlarini bildirishlarini taklif etdim.  Ulardan ayrimlari o‘z fikrlarini aytishdi. Kimdir Isroil tarafida bo‘ldi, kimdir arablarni qo‘llab-quvvatladi.

Men xulosa qilib aytdim: “Nazarimda, biz arablar va yahudiylar o‘rtasidagi madaniy-diniy tafovutlarni jiddiy hamda ahamiyatli deya hisoblaymiz. Mazkur xalqlarning tarixi ham bir-biridan farq qiladi. O‘ylashimcha, ikkala taraf ham bu mojaroda nohaqlikka yo‘l qo‘yishgani va bir-birlarini tushunishni istashmaganlari haqidagi fikrga qo‘shilasizlar. Biz faqatgina arablar va yahudiylarning yangi avlodi tutash nuqtasini topishga urinishlariga, ikkala xalqning qadr-qimmatiga hurmat ko‘rsatishlariga umid bildirib qolamiz. Oxir-oqibat, axir biz bugungi bahsimizda aynan xuddi shu umidlarni ifoda etmayapmizmi?”

Munozara yakunlanganida, yahudiy va arab oldimga kelib, ularning nuqtai nazarini to‘g‘ri tushunganim uchun minnatdorchilik bildirishdi. Arab shunday dedi: “Bu kabi aksariyat bahs-munozaralarda odamlar yoki yahudiylar tarafida yoxud arablar tomonida bo‘lib, boshqa nuqtai nazarga hurmat ko‘rsatishmaydi. Fikrimcha, hurmat - juda muhim narsa. Tinchlikka bo‘lgan yagona umidimiz - o‘zaro bir-birimizni tinglay olish mahoratidir”. Men uning fikriga to‘liq qo‘shildim. Men do‘stona suhbat dunyodagi barcha diniy va madaniy muammolarni hal etishga qodir deya hisoblamayman. Men biz muammoning bir qismi emas, balki o‘sha muammo yechimining bir qismi bo‘lishimiz zarur deya hisoblayman. Buning uchun esa muloyim muloqot qilishni o‘rganishimiz lozim.

Ovozingizni baland ko‘tarmang Hech qachon baland, qo‘pol, qattiq gapirish darajasiga tushib qolmang. Ovozni ko‘tarish va bir-birini ayblash yorug‘likdan ko‘ra ko‘proq issiqlik beradi. Suhbatdoshingiz aytmoqchi bo‘lgan so‘zlaringizni emas, faqatgina qichqirig‘ingizni eshitsa kerak, hoynahoy. Shu tariqa, do‘stlar o‘rniga dushmanlar orttirasiz. Bundan tashqari, qo‘polligingiz siz aytmoqchi bo‘lgan muhim gaplardan e’tiborni chalg‘itadi.

 

Biror fikrni rad etganingizda, buni xayrixohlik bilan qiling Hamisha shunday gaplashingki, bu munosabatlarni saqlab qolishga xizmat qilsin. Misol uchun, shunday deyishingiz mumkin: “O‘z fikrlaringizni men bilan baham ko‘rganingizni qadrlayman. Shaxsan sizning nuqtai nazaringiz tarafdori emasman, lekin sizni inson sifatida hurmat qilaman. Umid qilamanki, fikrlashimiz o‘rtasidagi tafovut munosabatlarimizga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishonamanki, siz ham menga nimadir demoqchisiz. Men ham siz bilan ko‘pgina masalalarni muhokama qilmoqchiman”. Odamlarni emas, fikrlarni rad eting.

Zarur bo‘lganida kechirim so‘rang. Ba’zan biz juda qo‘pol gaplashamiz. Biroq qo‘polligimiz munosabatlarimizni buzmasligi kerak. Agar siz uzr so‘rashga tayyor bo‘lsangiz, aksariyat hollarda hamsuhbatingiz sizni kechirishga tayyor bo‘ladi. Shu tariqa munosabatlar saqlanib qolishi mumkin. Samimiy uzr munosabatlarni faqatgina mustahkamlaydi.

Biz hattoki hamsuhbatimiz fikrimizga qo‘shilmagan taqdirda ham muloyim gapirishga o‘rganib, uyg‘un munosabatlar uchun eshik ochamiz va dushmanlar ortirmagan holda do‘stona muhitni asrab qolamiz.

 

Qay tarzda xushmuomalali bo‘lish mumkin?

 

Ayrim odamlar jahlingizni qo‘zg‘ashini ochiqchasiga tan olavering. Biroq o‘z ustimizda harakat qilsak, hatto shunday vaziyatda ham xushmuomalali bo‘lib qolish mumkin. Xo‘sh, buni qanday qilsa bo‘ladi? Kimdir stol atrofida chapillatib ovqatlansa yoki chaqirsak ham mashinasini to‘xtatmasa, qanday qilib xushmuomalali bo‘lib qolish mumkin? Uchta narsani eslab qolishga harakat qiling va shunda muloyimlik - boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqada eng tabiiy usul ekanligini tushunib yetasiz.

 

Har bir odam o‘z holicha qadr-qimmatga ega.

2007 yilning 12 yanvar, juma kuni ertalab soat sakkizlarda jinsi shim, futbolka va beysbol kiygan bir yigit metroga kirib, futlyardan skripkani chiqarib qo‘ydi. Ochiq futlyarni oyog‘i ostiga qo‘yib unga bir necha dollar tashladi va o‘z ishi bilan oshiqib ketayotgan erkak va ayollar sari o‘girilib, musiqa chalishni boshladi.

Oltmish uch kishi uning yonginasidan o‘tib ketishdi. So‘ngra o‘tib ketayotgan bir erkak boshini o‘sha tarafga burdi. Oradan bir necha lahza o‘tgach bir ayol futlyarga dollar tashlab ketdi. Oradan olti daqiqa o‘tgach yana birov to‘xtab musiqa tinglay boshladi. Skripkachi kuy chalib turgan qirq uch daqiqa mobaynida yettita odam hech bo‘lmasa bir daqiqa tinglash uchun to‘xtab o‘tishdi. Yigirma yettita odam musiqachiga pul tashlashdi. Bir ming yetmishta odam bor-yo‘g‘i bir necha qadam naridan o‘tib ketishgan bo‘lishsada, musiqachiga hech qanday e’tibor qaratishmadi.

O‘sha tongda o‘z ishlari bilan oshiqib yurgan odamlar butun dunyoga mashhur skripkachi Joshua Bell ijrosidagi ajoyib musiqalarni - boz ustiga, Stradivarining 1711 yilda yasagan musiqa asbobi orqali - bepul tinglash imkoniyatiga ega bo‘lgandilar. Mazkur konsertni bir tadqiqot sifatida “Vashington post” gazetasi tashkil etgandi. Nahotki shoshilib ketayotgan odamlar yonginalarida haqiqiy go‘zallik yaratilayotganini tushunmagan bo‘lsalar? Biroq musiqachini kamchilik odamlargina eshitishdi... Juda ko‘pchilik shu yaqindagi kioskadan lotereya chiptalarini olish uchun navbatda turishgandi.

“Qalbimda g‘alati hislar kezardi, - Bell jilmaygancha shunday deydi. - Go‘yo odamlar meni nazar-pisand qilmayotgandek tuyulardi”. U qirq besh daqiqa mobaynida 32 dollar 17 tsent ishladi. Odatiy vaziyatda skripkachining iqtidori bir daqiqada unga ming dollar mablag‘ keltiradi (11).

Odamlar ishga shoshilgancha skripkachining iqtidorini baholay olishmadi. Ishlarimiz atrofimizdagi odamlarning qadr-qimmatini his qilishga qanchalik ko‘p vaziyatlarda imkon bermaydi deysiz? Albatta, har kim ham Joshua Bell kabi skripkani yaxshi chalay olmaydi. Biroq har bir kishi, agar buning uchun vaqtini ayamasa, anglab yetish mumkin bo‘lgan katta qadr-qimmatga ega. Biz sotuvchiga, boshqaruvimiz ostidagi xodimga yoki o‘tib ketishimizga xalaqit bergan odamga qo‘pollik ko‘rsatib, xuddi buyuk skripkachining yonidan berk quloqlar bilan o‘tib ketgandek, o‘zimizni eng muhim nimadandir mahrum qilamiz.

Muloyimlik bizga go‘zallikni va o‘zimiz har kuni uchrashadigan odamlarning iste’dodini payqash imkoniyatini beradi. Muloyimlik bizga ishlar haqida unutib, shunchaki to‘xtab tinglaganimizda biz his qiladigan quvonchni eslatadi.

 

Har kim o‘z kurashini olib boradi

Rejissyor Stenli Kramer 1965 yilda “Shamollarda uchgan hislarim” kinokartinasida Skarlett O’Xara roli orqali mashhur bo‘lgan aktrisa Viven Li ishtirokidagi “Telbalar kemasi” filmini qanday suratga olganligini hikoya qiladi. Aktrisa bu filmda o‘zining so‘nggi rolini ijro etgandi. “Bir kuni tongda Viven grimxonaga kelib, grimyor bilan katta janjal ko‘tardi. U grim stoli atrofida yugurib, ikki yarim soat mobaynida o‘ta haqoratli so‘zlar aytardi”. Kramer xonaga kirganida, Viven unga qarab shunday dedi: “Men... Stenli, men bugun o‘ynay olmayman”. Tushkunlik va sil kasalligi holdan toydirgan Viven (buyuk aktrisaning bor-yo‘g‘i ikki yillik umri qolgandi) o‘ziga rahm qilishni so‘radi. Uning o‘limidan so‘ng Kramer Janubiy Kaliforniya Universitetida so‘zga chiqqanida shunday dedi: “Men uning xasta ekanini va chindan ham o‘ynay olmasligini bilardim. Hech qachon uning nigohini unutmayman. U zamonamizning buyuk aktrisasi yuzidagi ifoda edi. Men o‘sha damdan boshlab... yanada anglaydigan, tushunadigan va sabr-toqatli bo‘ldim. U xasta edi, ammo baribir oldinga borish uchun o‘zida jasorat topdi... Boshqa nima ham deyishim mumkin?” (12).

Har bir kishi o‘z kurashini olib boradi. Ba’zan jismoniy og‘riq yoki kasalliklar bilan kurashishga to‘g‘ri keladi. Ba’zida murakkab munosabatlarning yoki moliyaviy og‘ir vaziyatlarning azobini yengib o‘tish zarur bo‘ladi. Biroq yo‘limizda uchraydigan har bir odam o‘z kurashini olib boradi. Genri Uordsvort Longfello bir paytlar shunday degandi: “Har bir odamning dunyoda boshqa birov bilmagan o‘z yashirin dardlari bo‘ladi; biz ko‘pincha odamlarni sovuqqon deya ataymiz, aslida esa ular qayg‘uli bo‘lishadi”.

Bir kuni kutubxonachi ayol ish vaqtining yakunida ko‘pgina kitoblarni buyurtma qilgan kishini koyib berganini eshitib qoldim. Bu odam jahllanmadi, g‘azablanmadi, shunchaki dedi: “Hoynahoy, bugungi kun sizga qiyin kechgan bo‘lsa kerak”. Ayol darrov yumshadi va hatto jilmaygancha o‘sha odamga kerakli kitoblarni axtarishga tushdi. “Kun chindan ham og‘ir bo‘ldi, - dedi ayol. - Navbatni ko‘ryapsizmi? Ularning hammasi o‘zlari izlayotgan kitobni olishni istashadi. Odamlar shunaqa kech kelishganida, biz soat to‘qqiz yarimgacha ishdan bo‘shay olmaymiz”. - “Men uyga o‘z vaqtida borishni istayotganingizni tushunib turibman! - dedi o‘sha odam. - Keyingi safar albatta barvaqt kelaman”.

U sumkasini kitoblarga to‘ldirib ketdi, kutubxonachi ayol esa keyingi mijozni ancha muloyimroq ohangda taklif etdi.

Kalondimog‘lik, dushmanlik yoki raddiyani payqaganimizda, men ham shu tarzda javob qaytargim keladi. Ammo salbiy hatti-harakatlarimga qarshi kurash olib borishimni tushunsam, har qanday odamga muloyim javob qaytarishim ancha oson kechadi. G‘azabim butunlay yo‘qolib ketmaydi, lekin o‘sha odamning bunday harakatini keltirib chiqargan chuqur sabablarini tushungan holda, xushmuomalali bo‘lish zarurligini anglayman.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Biror kishi qo‘pollik yoki dushmanlik ko‘rsatganida, bunday harakatining sababini tushunishga harakat qiling.

 

Har qanday ko‘rinishdagi xushmuomalalik kimningdir hayotini boyitadi.

Men aspiranturada o‘qiganimda, Kerolayn bilan ikkimizda vaqt ham, pul ham juda kam edi. Biz ikkalamiz ham ishlardik, men esa esa akademik ishlarga ko‘milib ketgandim. Biz talabalar yotoqxonasida yashardik va qo‘shnilarimiz Jon hamda Jeyn bilan do‘stlashib qolgandik. Taxminan bir yildan so‘ng Jeynning ota-onasi bir haftaga mehmon bo‘lib kelishdi va bizlar uchrashganimizda, Jeyn bizni o‘zlarining “eng yaqin do‘stlar”i sifatida tanishtirdi. O‘sha hafta uyga qaytganimda Jeynning otasi mening mashinamni yuvib, mum bilan tozalaganini ko‘rdim. O‘z ko‘zlarimga ishonmay qoldim. Men tepa qavatga chiqib unga minnatdorchilik bildirdim, u esa shunchaki aytdi: “Qizimning do‘sti - mening ham do‘stim”. Men hozir ham uni iliq tuyg‘ular bilan eslayman. Garchi men uning qizi bilan faqat tanish bo‘lsamda, u menga do‘sti kabi sevgisini namoyon etdi.

Barchamiz ham o‘zimizga muloyim tarzda yondashuvlarini istaymiz. Biz boshqa odamga nisbatan muloyim bo‘lganimizda, uning hayotini yaxshi tarafga burganimizni aniq bilamiz. Biz uning yukini yengillatdik va boshqa odamlar bilan muloyim munosabatda bo‘lishiga turtki berdik. Bizga xayrixohlikni namoyon etish yoqadi, suhbatdoshimiz esa unga hurmat bilan yondashganlaridan xursand bo‘ladi.

 

Xushmuomalalik uydan boshlanadi

 

Men yaqinda Baton Ruj shahrida bo‘ldim. Meni aeroportda yigirma to‘rt yoshli bir erkak kutib oldi. U meni mehmonxonaga olib bordi. Men uning barcha savollarimga “ha, janob, yoki “yo‘q, janob” deya javob qaytarayotganini payqadim. Dastlab, harbiy xizmatdan endigina kelgan bo‘lsa kerak, degan xayolga bordim, biroq adashgan ekanman.

Ertasi kuni uning bir ayol bilan gaplashayotganiga ko‘zim tushdi. Yigit unga ham “ha, xonim” yoki “yo‘q, xonim” deya javob qilardi. Menga uning janubda tarbiya topgani va muloyimlikning o‘sha yerdagi qoidalarini o‘zlashtirib olgani ayon bo‘ldi. “Erkakka “janob” deya, ayolga esa “xonim”deb murojaat qilish kerak”. Muloyimlik o‘sha yigit fe’l-atvorining tabiiy bir qismi edi.

Har qanday madaniyat va tubmadaniyatda muloyimlikning barcha amal qilishi lozim bo‘lgan muayyan qoidalari bor. Odatda har bir kishi bu qoidalarni o‘z oilasida anglab yetadi. Mana, men bolaligimda o‘zlashtirib olgan bir qancha umumiy qoidalar. Men mamlakatning janubiy-sharqiy qismida, o‘rta sinf vakillari oilasida voyaga yetganman.

Biror kishi seni maqtasa yoki sovg‘a bersa, albatta minnatdorchilik bildirgin.

Og‘zing liq to‘lganida gaplashma.

Singlingning o‘yinchog‘ini olishingdan avval, hamisha ruxsat so‘ra.

Taomdan eng katta bo‘lagini olmagin.

Senga biror taomni taklif etishganida, rad etishdan avval tatib ko‘rgin. So‘ngra esa aytish mumkin: “Rahmat, lekin men bunaqasini istamayman”.

Eshikni taqillatmay turib, boshqa xonaga kirma. Keyin esa so‘ragin: “Kirsam bo‘ladimi?”

O‘ynashdan avval, darslarni qilib olish kerak.

Onang yoki otang biror nima bilan band ekanliklarini ko‘rganingda, doimo so‘ragin: “Sizlarga yordam kerakmi?”

Skuterda aylanib kelish uchun o‘z navbatingni kutgin.

Zelda xola kelganida, eshik oldida kutib olib quchoqlagin.

Jonni o‘ynash uchun biznikiga kelganida, eshikni taqillatib onangdan so‘ra: “Jonni men bilan o‘ynasa bo‘ladimi?” Mabodo onang “Hozir emas” desa, rahmat aytib ketgin. «Ne seychas», skaji «spasibo» i uxodi.

Onangga “ha, xonim” yoki “yo‘q, xonim” deya, otangga esa “ha, janob” yoki “yo‘q, janob” deb gapirgin.

Ota-onangga yoki singlingga baqirma.

Gapni bo‘lma.

Biror joyga kirayotganda, bosh kiyimingni yechgin.

Odamlar bilan gaplashayotganda, ko‘zlariga qara.

Tuz kerak bo‘lib qolsa, aytgin: “Marhamat qilib, tuzni uzatib yuboring”.

Stol atrofidan o‘tayotganda, xushmuomalik bilan kechirim so‘ra.

Mazkur qoidalarga amal qilish oila a’zolariga va qo‘shnilarga hurmat belgisi hisoblanadi. Bu qoidalar ommabop emas, ammo anchayin keng tarqalgan. Hoynahoy, ota-onangiz sizni deyarli barcha narsaga o‘rgatishganini o‘zingiz ham payqagandirsiz.

 

Bolalarni xushmuomalalikka qanday o‘rgatish mumkin

Katta yoshga yetganimizda, bolaligimizda o‘rgangan qoidalarga amal qilamiz yoki rad etamiz. Misol uchun, bolaligimda menga aytishgan: “Stol atrofida o‘tirganda biz kuylamaymiz”. Oradan ko‘p yillar o‘tib, xotinimni ham shunga o‘rgatishganini payqadim. Bolalarimiz uchun qoidalarni tuzib chiqayotganimizda, stol atrofida kuylash bizda odat emasligiga ularni o‘rgata boshladik.

Kichkina farzandlarimiz ko‘pincha stol atrofida kuylashga urinigardi. Biz darhol ularni to‘xtatib qo‘yardik. Biroq tezda xotinim menga aytdi: “O‘ylashimcha, bolalarga stol atrofida kuylashni ta’qiqlashimiz yoqmayapti. Ularni biz quvonchdan mahrum qilayotgandek tuyulyapti”.

Biz bu masalani muhokama etib, bolalikda qattiq o‘zlashtirilgan bu eski qoidani to‘liq rad etishga qaror qildik. Va bolalarimiz stol atrofida qancha xohlashsa shuncha kuylay boshladilar, faqat o‘ta baland ovozda emas.

Bolalikda bizga nimani o‘rgatishgan bo‘lsalar, barchasi katta yoshda ekanligimizda ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyatli oilada o‘sgan kishilar muloyimlik nima ekanligini va nima uchun odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda zarur ekanligini juda barvaqt o‘zlashtirishadi. Agar farzandlaringiz bo‘lsa, ularga erta bolaligidan boshlab muloyimlik asoslarini singdirishingiz lozim. Asosiy qoidalarning ro‘yxati o‘zingizga maqbul tarzda o‘zgartirishingiz mumkin. Hozirning o‘zida o‘ylab ko‘ring: bolangiz muloyimlikning qanday qoidalarini o‘zlashtirib olishi kerak?

Bolalarni yuz beradigan yoki yuz bermaydigan muayyan harakatlarga o‘rgatish lozim, negaki odamlar bir-birlarini hurmat qilishadi. Agar bolakay ota-onasini, aka-uka va opa-singillarini hurmat qilishni o‘rgansa, o‘qituvchilarini va uydan tashqarida o‘zi uchratadigan odamlarni hurmat qilishga tezroq o‘rganadi.  Ota-onasiga hech uyalmay qichqiradigan o‘smir katta yoshligida xotiniga baqirib gapirsa kerak.

Mabodo siz muloyimlikka ahamiyat berilmagan oilada o‘sgan bo‘lsangiz, boshqa insonlar bilan suhbat qiling. Ular o‘z farzandlarini qanday tarbiya qilayotganlarini bilib oling. So‘ngra esa xushmuomalalik qoidalari ro‘yxatini tuzing va bolalaringizga asta-sekin atrofdagilarga hurmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini singdirib boring.

 

Yaqin munosabatlardagi xushmuomalalik

Chetdagi odamlarga nisbatan xushmuomala bo‘lish oson kechmaydi, ammo yaqinlarimizga muloyim munosabatda bo‘lish yanada qiyinroq. Hattoki eng yaxshi do‘stlar bilan, turmush o‘rtog‘i yoki oila a’zolari bilan munosabatlarda ham muloyimlikning muayyan qoidalariga amal qilish lozim.

Mana bu men xotinim bilan uzoq yillar mobaynida o‘zlashtirgan bir qancha qoidalar. Biz ularni nikohimizda qo‘llaymiz, biroq ularni har qanday yaqin munosabatlar doirasida qabul qilish mumkin.

Hech qachon boshqa odamning nomidan gapirmang Mabodo mendan xotinim qanday fikrda ekanligini yoki nimani istashini so‘rashsa, doimo shunday javob qaytaraman: “O‘zidan so‘ray qoling, men uning nomidan gapira olmayman” yoki “Undan so‘rab ko‘rib, sizga aytaman”. Boshqa odamning nomidan gapirayotganda, siz uning shaxsiyatini pasaytirgan bo‘lasiz.

Bir-biringizni diqqat bilan tinglang Men e’tibor bilan tinglaganimda, xotinimning gaplaridagi nafaqat ma’noni, balki uning -is-tuyg‘ularini ham tushunishga harakat qilaman. Boshqa odamning his-tuyg‘ularini tushunish uchun uning gapini bo‘lish kerak emas. U nimani istayotganini aniq tushunish uchun anglashga yordamlashadigan savollarni bering. “Chiqindini chiqarib tashlashni mendan uch marta so‘raganing uchun jahl qilyapsan. Men seni to‘g‘ri tushundimmi?” Aniqlashtiradigan savollar tushunish uchun beriladi. Ularda muhokama qilish nazarda tutilmaydi. Men Kerolaynni to‘g‘ri tushunayotganimni uning o‘zi his qiladi, so‘ngra esa men o‘z nuqtai nazarimni bildiraman va xotinim diqqat bilan tinglaydi.  Bir-birimizni tushunganimizda, muammolarni hal etishimiz mumkin bo‘ladi. Kerolayn bilan nikohimizning dastlabki paytida biz bir-birimizni diqqat bilan tinglashni bilmasdik, tez-tez janjallashib qolardik. Janjal esa - aslo muloyimlik emas!

O‘zingizga kerak narsani so‘rang Bir paytlar mijozim shunday degandi: “Erim mening tug‘ilgan kunimga maxsus sovg‘a hadya etishini juda xohlayman”. - “Siz unga shu istagingiz haqida aytdingizmi?” - so‘radim men. “Yo‘q, - javob berdi ayol. - Agar aytadigan bo‘lsam, uning sovg‘asi bunday ahamiyatga ega bo‘lmaydi”. - “Umid qilamanki, uzoq umr ko‘rasiz, - chuqur nafas olib gapirdim, - negaki eringiz sizning fikringizni o‘qiy olishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.  Xudo aksariyat erkaklarni telepatiya qobiliyati bilan taqdirlamagan”. O‘zingizga kerak narsani so‘rashga o‘rganing. Mabodo boshqa odam sizning iltimosingizni bajarsa, uning harakatini sevgi his-tuyg‘ulari boshqargan bo‘ladi. U axir bunday qilishi kerak emasdi. O‘z navbatida, siz uning harakatini sovg‘a siqatida qabul qilishingiz mumkin.

Har qanday ixtilof paytida muammoning yechimini topishga harakat qiling. Bahsda har qanday yo‘l bilan g‘alaba qozonishga urinmang. Men yengib chiqqanimda, xotinim mag‘lub bo‘ladi. Mag‘lub inson bilan yashashning hech bir yaxshi va yoqimli tarafi yo‘q. Ixtiloflarni er-xotinlar bir-birlarining nuqtai nazarlarini hurmat qilib, muammolarni hal etishga urinsalargina hal etish mumkin, bu esa ularning sevgisini tasdiqlaydi, xolos. Erni ham, xotinni ham qanoatlantiradigan qaror eng maqbul bo‘ladi.

Talab qilmang, so‘rang. Xotinimdan biror nimani talab qiladigan bo‘lsam o‘zimni quldorga, uni esa cho‘riga aylantirib qo‘yaman. Hech kimga boshqaruv ostida bo‘lish yoqmaydi, samimiy iltimosga esa ko‘pchilik tushuncha bilan yondashadi.

O‘z iltimosingizni aytishdan avval, rafiqangizni ikki og‘iz maqtab qo‘ying. Maqtovlar odamga shunday degan bo‘ladi: “Men seni qadrlayman, sevaman va hurmat qilaman”. Xotinim bunday gaplarni eshitib, qalbida yoqimli tuyg‘ularni his qiladi va zo‘r mamnuniyat bilan iltimosimni qondiradi.

Xafagarchilik tan olinib kechirilganida, bu masalaga boshqa qaytmang. Yetkazilgan alamni unutib bo‘lmaydi, ammo uni kechirish mumkin. Xafagarchilik kechirilganida, unga yana qaytishning o‘zi bema’nilik. Kerolaynga qayta-qayta ta’na qilganimda, bu bilan uni hamon kechirmaganimni ko‘rsatgan bo‘laman. O‘tgan tajribamdan nimanidir o‘rganishim zarur, biroq vaziyat buzilganida unga qaytishdan ma’no yo‘q.

 

Biz xotinim ikkalamiz ana shunday qoidalarni amalga kiritganmiz va shundan buyon nikohimiz gullab-yashnamoqda. Ehtimol, yaqin munosabatlarda siz ham amal qiladigan o‘z qoidalaringiz bordir? Sizga oilaviy hayotingizni yanada baxtli qiladigan muayyan qoidalarning ro‘yxatini tuzishni maslahat beraman.

Oilada yaqinlar bilan muloyim munosabatda bo‘lish qoidasiga amal qilishga o‘rgangan holda, siz boshqa odamlar bilan muloqotda xushmuomalalikni oson namoyon etishingiz mumkin.

Haqiqiy xushmuomalalik uydan boshlanadi.

Muloyimlik yo‘lidagi to‘siqlar: ishlar

Sizda oxirgi marotaba qachon boshqa kishiga nisbatan muloyim munosabat bildirish imkoni bo‘lsada, bundan imkoniyatdan foydalanmagansiz? Bu nega yuz bergan? Aytaylik, ko‘pchiligimiz bu kabi imkoniyatlarni band bo‘lganlari tufayli boy berib qo‘yishadi.

Xuddi yanvar tongida mashhur skripkachining yonginasidan o‘tib ketgan ishli odamlar kabi biz boshqalarni payqamaymiz. Bizning shiddatkor dunyomizda boshqa odamning qadr-qimmatini qayd etish ancha muhim.

Evelin Anderxill bundan yetmish yil avval shunday yozgandi: “Behudalik va shoshqaloqlik, tashvish, besabrlik, beqarorlik va tushkunlik, har qanday xavotir - bularning hammasi... o‘zbilarmon va ashaddiy xudbin qalbning belgilaridir...” (13). Biznes bizlarni ashaddiy xudbinlarga aylantirgani bois, biz ko‘pincha qo‘pollikni boshqa odamlarning muammosi deya hisoblaymiz. O‘z qo‘polligimizga esa tasodif, shoshilinchda yoki band bo‘lgan chog‘imizda yuzaga kelgan vaziyat kabi qaraymiz.

O‘ylashimcha, inson olamni va atrofidagilarni doimo chinakamiga sevishi mumkin emasligi sizga ayon bo‘lsa kerak. Inson zaif va shu bois buning iloji yo‘q. “Kichik ishlarda” sevgini namoyon eta olish ahamiyatga molik zarur qadamlar qo‘yish kabi muhim. Bu esa bizning maqsadimizga aylanishi lozim. Har qanday “tasodifiy” qo‘pollik bizni boshqa odam bilan munosabatlarni iustahkamlash imkoniyatidan mahrum qiladi.

Xushmuomala odam hamisha boshqalar qilayotgan yaxshi narsalarga e’tibor qaratadi. Atrofdagilarning qadr-qimmatini payqamay qo‘yadigan darajada shaxsiy ishlarga va belgilangan muddatlarga ko‘milib qolish mumkin emas. Hayotdagi ko‘plab muhim narsalar kabi, muloyimlik - oddiy gap emas, biroq uning har qanday tarzda namoyon bo‘lishi uchun biroz vaqt kerak. Hayotga nisbatan munosabatlaringiz o‘zgarganida, muloyimlik biz uchun yashashning tabiiy shakliga aylanadi.

 

Notanish do‘st

 

Mashhur ma’rifatparvar arbob, afroamerikalik Buker T. Vashington AQShdagi Fuqarolar urushidan so‘ng irqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga katta kuch-g‘ayrat sarfladi. U hamisha do‘stlikka va o‘z mehnatiga tayangan. Uning sa’y-harakatlari tufayli asrlar mobaynidajanubiy shtatlarda besh mingdan ziyod maktablar ochildi. Vashingtonning “Qullikdan” nomli avtobiografiyasi Amerika tarixidagi eng muhim kitoblardan biri hisoblanadi. Hurmatga sazovor va taniqli inson, Vashington o‘z davrining eng boy va mashhur odamlari bilan muloqotda bo‘lgan.

Hozir sizlarga aytmoqchi bo‘lganlarim professor Vashington Alabamadagi Tuskegi Institutiga prezident bo‘lib tayinlanganidan so‘ng ro‘y bergan. U kunlardan birida shaharning ko‘rkam hududidan ketib borayotganida, to‘satdan badavlat oq tanli ayol uni to‘xtatdi. Ayol mashhur professorni tanimadi va undan bir necha dollar evaziga o‘tin sindirib berishga roziligini so‘radi. Ayni paytda professorning boshqa ishi bo‘lmagani bois, u jilmayib qo‘ydi va yenglarini shimarib ayolning iltimosini bajarishga tushdi. Vashington o‘tinlarni maydalab, ichkariga kiritdi va o‘choq oldida taxlab qo‘ydi. Ana shunda badavlat oq tanli ayolning o‘choq yonida o‘tirgan qizchasi “ishchi”ni tanib qoldi. Vashington ketganida, u onasiga o‘tin yorish uchun kimni yollaganini aytdi.

Ertasi tongda taajjubga tushgan ayol institutga professorning oldiga kelib, uzoq vaqt kechirim so‘radi. “Hammasi joyida, xonim, - muloyimlik bilan javob qaytardi professor. - Jismoniy mehnat menga faqat foyda berdi. Bundan tashqari, do‘stlarga xizmat qilish hamisha yoqimli bo‘ladi”. Ayol Vashingtonning qo‘lini qisib, bundan so‘ng uni hamisha o‘z do‘sti deya hisoblashiga ishontirdi. Ayol keyinchalik boy tanishlarini Tuskegi Institutini moliyaviy ta’minlash masalasida o‘ziga qo‘shilishlariga undadi. Ular bir necha ming dollar to‘plashga erishdilar.

Vashington bu ayolga nisbatan muloyim munosabatda bo‘ldi, negaki unga o‘z do‘sti sifatida yondashdi va ayolning iltimosida haqoratli hech nimani ko‘rmadi. Bunday ichki erkinlikka muvofiq holda yashab, biz muloyimlikning hatto eng kichik ko‘rinishlari ham hayotga ulkan ta’sir ko‘rsatayotganini albatta payqaymiz.

 

Sizning munosabatlaringiz qanday bo‘lardi, agarda siz...

Har bir odamga hali kashf etilmagan do‘stingiz sifatida yondashsangiz?

Yo‘lda, telefondagi muloqotda, safar davomida yoki qo‘shnilar bilan shunchaki muloqotda xushmuomala bo‘lsangiz?

Boshqa odamlarning saxovati va yaxshiligini minnatdorchilik bilan qabul qilsangiz?

Hatto fikringizga qo‘shilmagan kishilar bilan ham muloyim gaplashsangiz?

O‘zingizga eng yaqin va qadrli odamlar bilan munosabatda muloyimlikni o‘zlashtirib olsangiz?

 

Siz haqingizda gaplashamiz

 

Muhokama va mulohaza uchun savollar

1. O‘tgan haftada kimdir siz bilan qo‘pol yoki qo‘rs munosabatda bo‘ldimi? Agar shunday holat ro‘y bergan bo‘lsa, javob harakatingiz qanaqa bo‘lgan?

2. Boshqa insonning muloyimligi sizning kayfiyatingizni o‘zgartirgan holatlar bo‘lganmi?

3. O‘tgan haftada siz boshqa odam bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan vaziyatni eslab ko‘ring. O‘sha vaziyatda muloyimlik ko‘rsatish uchun nimalar qilish mumkin edi? O‘sha odamdan kechirim so‘rash mumkinmi?

4. Siz ko‘pincha qanday vaziyatlarda dag‘allik qilasiz: mashinada, telefondagi suhbatda, ishda, ish kunining oxirida, oila a’zolari bilan muloqotda Bu nega yuz beradi?

5. Sizning nuqtai nazaringizga ko‘ra, fikringizga qo‘shilmaganlarida javob harakatingiz odatda qanday bo‘ladi?

6. Bolalikda sizni muloyimlikning qanday qoidalariga o‘rgatishgan?

Foydali maslahatlar

1. Siz quyidagi beshta ko‘rsatmaga rozimisiz:

a) barcha odamlar o‘z holicha qadr-qimmatga ega;

b) barcha bilan ijobiy munosabatlarni o‘rnatish mumkin;

v) har kim o‘z kurashini olib boradi;

g) barchaga sevgi kerak

d) xushfe’llik har birimizning hayotimizni boyitadimi?

 

Ushbu ko‘rsatmalarni varaqchalarga yozib oling. Endi esa o‘zingiz hamisha muloqotda bo‘ladigan, ammo sevish qiyin bo‘lgan odamni yodingizga keltiring. Varaqchaga uning ismini qo‘yib, o‘sha odam bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelganida shu haqda eslab ko‘ring.

2. Ushbu haftada o‘zingiz unchalik yaxshi tanimaydigan odam bilan suhbat qiling. Bu hamkasbingiz, qo‘shnilaringizdan biror kishi yoki ish sharoitida uchratadigan odam bo‘lishi mumkin. Suhbatni boshlash mahorati - xushmuomalalik asoslarini o‘zlashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

3. Agar ota-onangiz, bolalaringiz, turmush o‘rtog‘ingiz yoki qo‘shningiz bilan yashayotgan bo‘lsangiz, muloyimlikning uy sharoitida amal qilish lozim bo‘lgan qoidalari ro‘yxatini tuzib chiqing.


 

Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак