Sevgi hayot tarzi sifatida (Geri Chepmen G.) 7 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Geri Chepmen. Sevgi hayot tarzi sifatida

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

Mundarija

So‘z boshi

1 bob. Birinchi qism. Biz nega sevishni xohlaymiz? Sevgidagi hayot chuqur qoniqish tuyg‘usini beradi

2 bob. Ikkinchi qism. Sevgining yettita siri. Ezgulik. Hayot quvonchini o‘zing uchun emas, balki boshqalar uchun kashf etgin

3 bob. Sabr-toqat. Boshqa odamlarning nomukammal ekanligiga ko‘nikkin

4 bob. Kechirim. G‘azabdan voz kech

5 bob. Xushmuomalalik. Atrofdagilarga xuddi do‘stlardek munosabatda bo‘lgin

6 bob. Itoatkorlik. Boshqa kishi qad rostlashi uchun sen engash

7 bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

8 bob. Halollik. O‘zingni angla

9 bob. Uchinchi qism. Nikohda sevgini hayot timsoliga aylantir

10 bob. Bolalar bilan munosabatda sevgini hayot tarziga aylantir

11 bob. Ish faoliyatingda sevgini hayot tarziga aylantir

12 bob. Sevgi undovi

13 bob. Xotima

Asarning qisqacha mazmuni

Geri Chepmen - sevgi va munosabatlar masalasida butun dunyoga mashhur guru. Uning kitoblari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, olamdagi millionlab kishilar hayotida haqiqiy burilish yasagan. “Sevgi hayot tarzi sifatida” - mushtariylar kutgan kitob. Bu asar “Sevgining beshta tili” bestsellerining mantiqiy yakunidir. Chepmen hayot bizni uchrashtiradigan barcha bilan uyg‘un munosabatlarni aqlli, erkin ruhdagi boshqaruv asosida qurishni taklif etadi.   Test va topshiriqlar hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan yettita xos xususiyatlaringizni rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur kitob yordami bilan o‘zingiz baxtli bo‘libgina qolmay, balki boshqalarni ham baxtiyor etasiz.

Geri Chepmen G. Sevgi hayot tarzi sifatida

Yettinchi bob. Saxiylik. O‘zingni atrofdagilarga bag‘ishla

“Sevgi” so‘zi o‘zini in’om etish ma’nosini bildiradi.

Ioann Pavel II, Rim papasi

 

Shifokor Jek Makkonnel G‘arbiy Virdjiniyaning konchilar shahri Kramplerda tug‘ilgan. U nihoyatda kambag‘al oilada o‘sib-ulg‘aygan. Uning otasi hech qachon oyida 150 dollardan ortiq pul ishlamasdi. Shunday bo‘lsada, Jekning ota-onasi qirq-ellik odamga tushlik ovqat beradigan kunlar tez-tez bo‘lib turardi. Darbadar odamlar Makkonnellar uyining eshigida: “Agar siz och bo‘lsangiz, bu yerda sizga ovqat berishadi” yozuvini ko‘rishardi va uyga kirib kelishardi. “Bizda aytarli ovqatning o‘zi yo‘q edi, - eslaydi shifokor, - ammo ular bog‘imizdan makkajo‘xori va pomidorlarni yig‘ib olishlari mumkin edi. Biz birorta jo‘ja topib, barcha uchun ovqat tayyorlay olardik” (1). Makkonnel oilaning barcha a’zolari stol atrofida o‘tirganlarida, otasi bolalaridan shunday deb so‘raganini eslaydi: “Xo‘sh, bugun boshqalar uchun nimalar qildingiz?” (2).

Ota xonadonida hukm surgan saxovat ruhi bolalariga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Bugungi kunda shifokor Makkonnel nafaqada, biroq ish faoliyatini tugatgan zahoti Janubiy Karolinaning Xilton-Xed orolida klinika tashkil etdi. Bu yerda davolanish uchun to‘lov qilishga imkonsiz bemorlarni bepul davolashadi. Shifokor minglab “o‘zini noxush sezayotgan do‘stlari va qo‘shnilari”ga yordam berish uchun o‘z vaqtini ayamay sarflaydi. Uning ibrati nafaqaga chiqib xuddi shunday ish tutayotgan mahalliy shifokor va hamshiralarni ruhlantirib turadi. Bu muassasaning muvaffaqiyati mamlakatning turli burchaklarida shunga o‘xshash ellikdan ko‘proq klinikalarning tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. Undan bepul ishlash yoqish-yoqmasligi haqida so‘rashganida, Makkonnell shunday javob qilgan: “Men har kuni million dollar olaman. Bu klinikada bo‘lishimni dunyoning hech qanday pullari bilan o‘lchab bo‘lmaydi” (5).

Bizga ko‘pincha saxovat - bu ezgu ishlar uchun pul xayriya qilish yoki uysiz darbadar kishiga yegulik sotib olish bo‘lib tuyuladi. Ha, bular o‘ta saxovatli harakatlar, biroq asl sevgi saxiyligi mazmunan moliyaviy xayriyadan ko‘ra ancha keng qamrovlidir.  Biz chinakamiga sevganimizda, barcha hatti-harakatlarimizda saxiy bo‘lamiz. Biz kimga pullarimiz, vaqtimiz, kuch-quvvatimiz, e’tiborimiz zarurligini ko‘ramiz va ular bilan ana shu narsalarni baham ko‘ramiz. Saxiylik - bu o‘smir bolamiz o‘z tuyg‘ularini biz bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lganida, - garchi uxlamoqchi bo‘lsakda, - u bilan tun bo‘yi suhbat qilishga tayyor bo‘lish. Bu garchi bizdan bu haqda so‘rashmagan bo‘lsa ham, bemor do‘stimizni shifokorga olib borish Bu bolalarini yolg‘iz tarbiyalayotgan qo‘shni ayolga yordam berish demakdir.

“Sovg‘a” so‘zi yunoncha charis so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “beminnat xizmat” ma’nosini anglatadi. Biz har safar pulimiz, iqtidorimiz yoki vaqtimizni qurbon qilganimizda, bularning barchasi o‘zimizga qachonlardir tuhfa etilganini eslaymiz. Boshqalarga beradigan sovg‘amiz biz uchun ularning qilgan hatti-harakatlariga bog‘liq emas. Sovg‘alar - bu insonga bo‘lgan sevgining namoyon bo‘lishidir. Biz saxiy qalbga ega bo‘lganimizda, o‘z sevgimizni ko‘rsatish imkoniyatini shunchaki payqamay qolishimiz mumkin emas.

Men qanchalik saxiyman?

Quyidagi fikrlarni bir balldan besh ballgacha bo‘lgan o‘lchov bilan baholang. Bir ball “kamdan kam”, besh ball - “muntazam” ma’nosini bildiradi.

1. Mening yoqimli mashg‘ulotim - oilam bilan birgalikda vaqt o‘tkazish.

2. Men atrofdagilarga yordam berish uchun o‘z qobiliyatlarimdan ongli ravishda foydalanaman.

3. Boshqa odam bilan gaplashayotganda, diqqatimni to‘liq unga qarataman.

4. Men pullarimni baham ko‘rishni yoqtiraman, negaki bu boshqa odamlarga o‘z qadr-qimmatlarini his etishlariga yordam beradi.

5. Nimanidir yo‘qotsam yoki sindirib qo‘ysam, bu haqda juda tez unutib yuboraman.

Xulosa chiqaring. Agar siz yigirmadan toki yigirma besh ballgacha to‘plagan bo‘lsangiz, atrofdagilarga saxiylikning turlicha ko‘rinishlari orqali sevgi namoyon etish usullarini juda yaxshi anglab olgansiz. Mabodo natijalar bundan past bo‘lsa, vaqt, qobiliyat yoki pullaringizdan qaysi birini qurbonlik qilish o‘zingiz uchun qiyin ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring.

 

O‘zini in’om etish layoqati

 

Saxiylik hatti-harakat bilan yakunlanishi mumkin, lekin u samimiy istaklar bilan boshlanadi. Biz o‘zimizni boshqalarga saxiylik bilan hadya etgan holda, ularni qanchalik yuqori qadrlashimizni namoyon etamiz.

Bir safar oldimga o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt birga yashashgan er-xotin kelishdi. Piter oilaviy hayotlarining dastlabki paytlarida Sheronni ikkita bola bilan qoldirib, tez-tez xizmat safariga ketardi. Ko‘pincha xizmat safarlari qisqa bo‘lardi, ammo har qanday yosh ota yoki ona yolg‘iz o‘zi go‘dakni parvarish qilish o‘ta og‘ir ekanligini biladi. Sheron barcha ana shu yillar mobaynida tushkunlik va xavotir xurujidan azob tortdi. Piter ketgan paytlarda, uy yumushlarining og‘irligi va eri uchun xavotir hissi unga yopirilib olardi.

Bir marotaba Piter safar uchun uydan chiqqanida, Sheron va bolalari hali uxlab yotishgandi. U ertalabki samolyot bilan uchib ketib, besh kunni Nyu-Yorkda o‘tkazishi kerak edi. U aeroportdan Sheron nonushta tayyorlayotgan paytda uyiga qo‘ng‘iroq qildi. Sheron erining jo‘nab ketgani uchun kechirim so‘rab, xayrli tong tilashini bilardi, shu bois haftani turmush o‘rtog‘isiz o‘tkazishga to‘g‘ri kelayotganidan xafaligini bildirmaslikka urindi. “Menda hammasi joyida, hammasi yaxshi”, - dedi u har doimgidek eriga. Ammo Piter rafiqasining qattiq hayajonda ekanligini sezdi. Sheron go‘shakni qo‘yib, sut va yorma qo‘yilgan oshxona stoli yonida o‘tirdi va yig‘lab yubordi.

U yarim soatdan so‘ng qizaloqlarining kiyinishiga yordamlashdi. Sheron to‘satdan garaj eshigining taqirlaganini eshitdi. Va shu zahoti xonada Piter paydo bo‘ldi.

- Nimadir bo‘ldimi? - Sheron eriga hayron bo‘lib qaradi. - Uchrashuving nima bo‘ladi? - Ishingizdan ayrilib qolasan, axir!

- Sen men uchun har qanday ishdan muhimroqsan! - javob berdi Piter. - Men boshliqqa qo‘ng‘iroq qilib, menga ta’til kerakligini aytdim. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Piter engashib qizchalarini o‘pdi va ularning kiyinishlariga yordamlashdi, xotini esa bu paytda unga sevgi ila qarab turardi.

Sheron o‘zi uchun erining nimalar qilganini endi tushundi. Piter rafiqasiga o‘rtalaridagi munosabat qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatish uchun o‘zining muhim ishlaridan voz kechdi. Er-xotin qizchalarini olib istirohat bog‘iga borishdi va haqiqiy ziyofat uyushtirishdi. Piter uchun shu payt bu olamda xotini va qizchalaridan boshqa hech kim yo‘q edi. Piter ularni sevishga tayyorligini ko‘rsatish uchun butun kunni oilasiga bag‘ishladi.

Saxiylik faqat moddiy qurbonliklar bilan bog‘liq emas. Saxiylik - bu birinchi navbatda hamdardlik, rahm-shafqat, ochiqlik va tinglay olish layoqatidir. Nikohda boshqa odamning yaxshi harakatlarini lozimdek qabul qilishni boshlash juda oson. Biroq sevgan kishilarimizga nisbatan saxiy bo‘lganimizda, ular aytayotgan gaplarni bor diqqatimiz bilan tinglaymiz. Va biz imkon qadar ularning ehtiyojlarini qondirishga urinamiz. Albatta, bu yaqin kishimizga zarur bo‘lganimizda, barcha xizmat safarlaridan voz kechishimiz kerakligini anglatmaydi. Saxiy qalb sevgi uchun odatdagidan ko‘ra qachon ko‘proq nimadir qilish kerakligini tushunadi.

Oradan ko‘p yillar o‘tdi, ammo Sheron hanuz o‘sha kunni xuddi kechagidek yodga oladi. Saxovatning “befoyda” harakati eriga uning qadrli ekanini ko‘rsatdi. Ayol bu haqda hech qachon unutmadi.

 

Saxiylik - boshqalarga e’tibor, vaqt, iqtidor, pul va hamdardlikni erkin tarzda in’om etish layoqatidir

 

Vaqtni in’om etish layoqati

 

Kollejning birinchi kursida meni yoqimli sovg‘a kutib turgan ekan. Tug‘ilgan kunimda professor Garold Garner meni tushlikka taklif etdi. Yanvarning o‘sha sovuq kunida biz shahar bo‘ylab sayr qildik va ko‘rkam bir restoranga kirdik. Qanaqa taomlarga buyurtma berib, nima haqda gaplashganimizni eslay olmayman. Menimcha, professor oilam haqida so‘ragan bo‘lsa kerak. Faqatgina uning menga bir shaxs sifatida samimiy qiziqish bildirgani yodimda yaxshi saqlanib qolgan. O‘sha kundan boshlab men uning ma’ruzalarida va seminarlarida yanada zo‘r berib qatnasha boshladim.

Men ko‘p o‘qiganman, ammo boshqa hech qachon professorlar meni tushlikka taklif etmagan. O‘sha kuni Garold Garner yuragimdan alohida o‘rin egalladi, negaki menga o‘z vaqtini in’om etdi.

Zamonaviy madaniyatda vaqt - bu boshqa odamga hadya qilishimiz mumkin bo‘lgan eng qimmatbaho sovg‘a. Biz insonga vaqt in’om etayotganimizda, hayotimizning bir qismini unga hadya qilgan bo‘lamiz. Qizalog‘ingizning maktabda o‘tkazgan birinchi kuni haqida siz golf maydonchasida, uyni tozalash vaqtida yoki kompyuter orqali elektron maktublarga javob yozayotgan bir soat ichida suhbat qilishingiz mumkin. Bola sizning bunday qurbonligingiz haqida hech qachon bilmaydi, ammo siz hadya qilgan vaqt - bu sevgining yuqori darajada namoyon bo‘lishidir.

 

Odamlarni bilib olish uchun vaqtingizni sarflang

Odamlarni sevish - bu ularni chinakamiga bilib olish uchun o‘z vaqtini in’om etmoqlikdir. Yozuvchi Jeyms Volbraxt o‘ta nochor hududda yashagan buvisi Rut haqida bizga hikoya qiladi. Do‘stlari undan juda xavotir olishlariga qaramay, Rut har kuni sayrga chiqib ketardi. “Biroq Rutning o‘ziga xos tutgan yo‘li bor edi. U o‘smirlardan o‘zini chetga tortish o‘rniga, ularga o‘zi murojaat qilardi. Keksa ayol o‘smirlardan ularning ismlarini so‘rab, shu hudud haqida, ularning ota-onasi, buvi-buvalari, amaki-xolalari haqida hikoya qilib berardi”.

Rut o‘zidan xavotir olmasdi, negaki barcha ko‘cha bezorilari kampirning ularga ziyoni tegmasligini bilishardi. “Barcha bolalar o‘zlariga e’tibor qaratib, hurmat ko‘rsatishlarini istashadi, - deydi u. - Ular buzg‘unchi to‘dada oila va jamiyatda topolmagan nimanidir olishardi. Men imkonim yetganicha ular ehtiyoj sezayotgan tuyg‘ularni berishga urinardim” (6).

Boshqa odamdan uning oilasi, ish faoliyati, qiziqishlari va salomatligi haqida so‘rash uchun vaqtingizni sarflaganingizda, bu bilan uni qadrlashingizni ko‘rsatgan bo‘lasiz. Odamlar orasida vaqt o‘tkazgan holda, siz ularning ehtiyoj va istaklari haqida bilib olasiz. Faqat ana shunda siz o‘z sevgingizni boshqacha usullar bilan namoyon etishingiz mumkin. Biror kishini bilib olish uchun vaqtingizni sarflamasangiz, unga yordam berishingiz dargumon. Biz ko‘chada yoki metroda uchratgan barchaga o‘z vaqtimizni bag‘ishlay olmaymiz, lekin har kuni hech bo‘lmasa birgina insonga vaqt in’om etishimiz mumkin.

 

Yaxshi savol

Savol berish mahorati - bu munosabatlarni mustahkamlashning eng afzal (ayni vaqtda eng iltifotli) usullaridan biridir. Richard Stoun “Suhbatning shifobaxsh san’ati” nomli kitobida keksa odamlardan so‘rash va ularning hikoyalarini eshitish qanchalik muhim ekanligi haqida yozadi. Ular bizga tarixiy voqealar - Pyorl-Xarbor, Koreya urushi va Karibdagi raketa inqirozi - haqida aytib berishlari mumkin.  Biz bu odamlar bilan nimalar yuz bergani va hayotlaridagi muhim damlar - ilk marotaba sevib qolganlari, birinchi marta qachon ummonni ko‘rganlari yoki dastlab ishga qanday joylashganlari - haqida bilib, ko‘p narsalarni o‘rganib olishimiz mumkin.

Kitob chop etish amalga oshirilishidan avval voqea-hodisalar og‘zaki bayon qilingan. Ularni takror-takror aytishgan va yoshlar kelgusida o‘z farzandlariga so‘zlab berish uchun xotiralarida saqlab qolishgan. Bugungi kunda biz elektron xatlar va matnli xabarlar olamida yashayapmiz. Biz har kuni ko‘plab so‘zlarni aytamiz va yozamiz, lekin kamdan kam hollarda boshqalardan hayotiy tajribalari haqida so‘rash uchun vaqt ajratamiz.

Yaxshi savollar berish uchun - ish yuzasidan tushlik chog‘ida, do‘st bilan telefon orqali suhbatda yoki ishdan qaytgan turmush o‘rtog‘imiz bilan uchrashuvda paytida - vaqtimizni ayamaslikka tayyor turishimiz, munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Siz shu tariqa suhbatdoshingizni qadrlashingizni va hurmat qilishingizni ko‘rsatgan bo‘lasiz.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Boshqa odamga sevgingizni qay tariqa ko‘rsatishni bilmasangiz, bu haqda uning o‘zidan so‘rang

 

Vaqt davolaydi

Karining o‘g‘ilchasi vafot etganida, ayol qachonlardir o‘z qayg‘usidan qutulishiga ko‘zi yetmasdi. Oradan bir necha oy o‘tgach, dugonalaridan birining onasi Sofi bilan turmush qurgan erkak saraton xastaligidan vafot etdi. Garchi ular bir-birlarini yaxshi tanimasalarda, ayol baribir Sofiga Shukrona kunida qo‘ng‘iroq qildi. Kara bayram kunlarida yaqin kishisidan ayrilish qanchalik og‘ir ekanini juda yaxshi tushunardi. Ayollar yarim soat telefon orqali gaplashgach, uchrashishga qaror qildilar. Tez orada ular muntazam uchrasha boshlashdi. Ular Sofining to‘y albomini va Karining o‘g‘ilchasi fotosuratlarini tomosha qilishdi, o‘zaro qo‘ng‘iroqlashib, bir-birlarini tushlikka taklif etishdi, vafot etgan yaqinlarini birgalikda yodga olishdi. Bu ayollar bir-birlariga o‘z vaqtlarini in’om etib, shifo topdilar.

Yo‘limizda uchraydigan deyarli har bir kishi o‘z kurashini olib boradi. Kimningdir salomatligi yaxshi emas, kimdir shaxsiy munosabatlardagi omadsizlikdan qiynaladi, kimdadir esa ish faoliyatida yuksalish bo‘lmaydi. Kimdir o‘z qadr-qimmatini baholashga ojiz va tushkunlikdan aziyat chekadi. Bu odamlar o‘zlarini tinglashlarini istashadi. Siz ularning o‘tmishini tinglagan holda, ularga umid va ko‘mak berasiz. Kara va Sofi azoblanayotgan odamga vaqt in’om etish orqali nafaqat unga, balki  o‘ziga ham yordam berishini tushunib oldilar.

 

Oilangiz a’zolariga vaqt hadya eting

Yaqinda bir ayol menga aytgan gaplarni ko‘p marotaba eshitishimga to‘g‘ri kelgan: “Nazarimda, erim men bilan umuman qiziqmaydiganga o‘xshaydi. U hamma narsa uchun vaqt topishi mumkin, faqat men uchun emas. Biz ishdan tashqari mavzular haqida kamdan kam gaplashamiz”. Bu nikoh barbod bo‘lmoqda, negaki xotin har narsadan ko‘proq o‘z eri bilan gaplashishni istaydi, biroq er uning sevgidagi bu ehtiyojini tushunmaydi.

Oila a’zolariga vaqt ajratish shart emas deb o‘ylash ham mumkin, negaki biz ularni har kuni ko‘ramiz-ku. Ammo oilaviy munosabatlardagi saxiylik - oilaviy farovonlik yo‘lidagi muhim qadam.

Sevgini bu tariqa namoyon etish bolalar uchun ayniqsa muhim. Bir yigit yaqinda menga shunday dedi: “Mening ota-onam bolalariga qarashdan ko‘ra, boshqa narsalar bilan o‘ta band. Nega ular bizni dunyoga keltirishganini tushunmayman”. Yodimga Garri Chepenning “Mushuk va belanchak” nomli istehzoli qo‘shig‘i tushib qoldi. Unda otasi bilan vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘g‘ilcha haqida hikoya qilinadi. Biroq ota safar xizmatlari va hisob-kitob to‘lovlari bilan band bo‘ladi. O‘g‘ilcha bir kuni otasidan qachon uyga qaytishini so‘raydi. Otasi buni bilmasligini, lekin...

 

O‘shanda biz albatta birga bo‘lamiz.

O‘shanda biz uchun hammasi yaxshi bo‘ladi! 

 

deb aytadi. Bu “o‘shanda” hech qachon yuz bermadi. Bolakay ulg‘ayib, o‘z oilasiga ega bo‘ladi. Otasi qo‘ng‘iroq qilganida esa, endi o‘g‘il vaqti yo‘qligini aytadi. O‘shanda otasi o‘g‘li o‘zidek bo‘lib ulg‘ayganini tushunadi.

Biz keyingi yili yoki muayyan ishlarni tugatganimizdan so‘ng yaqinlarimizga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishimiz haqida tez-tez o‘ylaymiz. Ammo Enni Dillard mutlaqo to‘g‘ri yozgan: “Kunimizni qanday o‘tkazsak, ana o‘sha bizning hayotimiz demakdir” (7). Bugun biz tanlagan yo‘l butun hayotimiz o‘tadigan yo‘lni belgilab beradi. Va toki odamlarga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirmas ekanmiz, hamisha shunday bo‘lib qoladi.

Hech qaysimiz mukammal sevishni uddalay olmaymiz. Biz o‘zimizda saxiylikni rivojlantirgan holda, hattoki biror muhim ishni kechiktirib turish mumkindek tuyulsada, ana shu muhimlik uchun vaqtimizni sarflashga o‘rganamiz.

 

Eng muhimi hamisha ham tez bajarilishi kerakdek tuyulmaydi.

 

Vaqtni qurbon qilish layoqati

 

Ehtimol, siz hozir shunday o‘ylayotgandirsiz: “Bularning hammasi ajoyib, biroq men o‘z hayotimni o‘zgartira olmayman. Men ko‘proq vaqtimni odamlar bilan o‘tkazishni xohlayman, lekin yashash uchun pul topishim va oilamni boqishim kerak”. Agar barchasini darhol bajarishning iloji yo‘qdek tuyulsa, bu holda siz haqsiz. Do‘stlar, oila, ish faoliyati va dam olish o‘rtasida beqaror “muvozanat”ni topish juda qiyin, negaki shaxsiy munosabatlar va hayotning o‘zi - murakkab narsalardir.

Haqiqiy saxiylik qurbonlik talab etadi. U istiqbolni o‘zgartirishni talab etadi. Bir yosh ona yashash toqat qilib bo‘lmaydigan darajaga yetganida, qo‘llari ojiz pastga tushganida, o‘zidan shunday savol berishini menga aytdi: “Nimani to‘g‘ri qilmayapman?” Siz o‘zingizga tuyulganidan ko‘proq narsalarni o‘zgartirishingiz mumkin. Ehtimol, darsdan tashqari ishlar bu yil sizga ta’tilni yaxshi o‘tkazishingizga imkon berar, lekin buning oqibatida siz keksa ota-onangiz bilan kamroq vaqt o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Balki sizning e’tiborsizligingiz tufayli o‘g‘ilchangiz odatdagidan kechroq uxlashga yotar, ammo ortiqcha yarim soatni siz u bilan birgalikda o‘tkazasiz. O‘ylab ko‘ring-a, balki siz xotiningiz bilan oqshomlari o‘zaro muloqot qilish o‘rniga, televizor ko‘rishga juda o‘rganib qolgandirsiz?

Moliyachi J. P. Morgandan: “Sizga qancha pul kerak?” - deb so‘rashganida, u shunday degan ekan:  “Sal ko‘proq” (8). Menimcha, ko‘pchiligimiz vaqt haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Vaqt bizga doimo yetishmaydi. Biroq biz o‘z asosiy ustunligimiz bilan shaxsiy munosabat o‘rnatmasak, vaqtning har bir qo‘shimcha “parcha”si kundalik zahmatlar ichida behuda yo‘qotilishi mumkin.

Bizning daromad va qobiliyatlarimiz har xil, ammo har birimizda bir sutka ichida yigirma to‘rt soat vaqt bor. Uyquga sarflaydigan vaqtingizni hisoblab chiqing, ana shunda boshqa odamlarga hadya qilishingiz mumkin bo‘lgan eng qimmatbaho damlarni qo‘lga kiritasiz. Albatta, ish yoki o‘qish ko‘p vaqtni egallaydi. Biroq hattoki shunda ham atrofdagilarga o‘z e’tiborimizni hadya etishimiz va farovonliklariga tilakdosh ekanimizni ko‘rsatishimiz mumkin. O‘zimizni hadya etishlar uchun tayyorlagan holda, bu sovg‘ani berish imkoniyatlarini izlaymiz.

 

Keskin o‘zgarishlar

Siz - vaqtingizni qay tariqa taqsimlashni hal etadigan yagona insonsiz. Ehtimol, ushbu bobni o‘qib va maslahatlarimni amalda qo‘llashga uringan holda, siz hayotingizda keskin o‘zgarishlar qilarsiz.

Men Kolumbiya Xalqaro universiteti prezidenti Robertson Makkilkinni yodlab turaman. Uning xotinida Alsgeymer xastaligi xuruj qilganida, Makkilkin ishini tashladi: ayol faqat eri yonida bo‘lganida tinchlanib qolardi. Uning bu qarorga kelishi oson bo‘lmagan. U menga shunday degandi: “O‘tgan barcha yillar mobaynida xotinim o‘zini fido qilib menga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Agar keyingi qirq yil davomida uni parvarishlashimga to‘g‘ri kelsa ham, uning oldidagi qarzimni uzolmayman... Biroq gap bunda ham emas: men Myurielni sevaman!” Robertson Makkilkin o‘n uch yil xotiniga o‘zi g‘amxo‘rlik qildi. U rafiqasi vafot etgandan keyingina yana o‘z ishiga qaytdi (9).

Ko‘pchiligimiz uchun vaqtga nisbatan bunday keskin o‘zgarishlar qilishga to‘g‘ri kelmaydi. O‘z oldingizga oddiy bir maqsad qo‘ying: har kuni hech bo‘lmasa bir marta kimdir bilan mazmunli suhbat o‘tkazing. Bunday suhbat qisqa yoki davomiy bo‘lishi mumkin, biroq u ob-havo va sport haqidagi mulohazalar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Siz vaqtingizni in’om etgan holda sevgini ifoda qilasiz, sevgi esa barcha uchun zarurdir.

 

Qobiliyatlarni hadya qilish mahorati

 

Sovuq yanvar oqshomida men uydan olisda edim, negaki shahar tashqarisida oila va nikoh masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazgandim. Men xotinimga qo‘ng‘iroq qilib, uydagi vaziyat haqida so‘radim. U isitish qozoni sinib qolganini va uyda o‘ta sovuq ekanligini aytdi. Men xotinimga do‘stimiz Larriga qo‘ng‘iroq qilib, qozonni tuzatishini so‘rashni maslahat berdim. Yarim soatdan so‘ng uyga yana qo‘ng‘iroq qildim. Kerolayn shunday dedi: “Uy ancha iliq bo‘lib qoldi”. Larri darhol ishga kirishgan ekan. U hammasini tuzatibdi va isitish qozoni ishlab ketibdi. Larri ko‘plab qobiliyatlarga ega - u hatto o‘choqda pechene pishirib, tushlik tayyorlashni biladi. U har safar bolalar oromgohiga ko‘ngilli bo‘lib borganda yoki bizni mehmonga taklif etganda bu qobiliyatlaridan foydalanadi va shu orqali odamlarga bo‘lgan sevgisini namoyon etadi.

Men esa tushlik tayyorlash va pechene pishirishni bilmayman. Ochig‘ini aytganda, isitish qozonini tuzatish uchun men ancha ko‘p vaqt sarflagan bo‘lardim. Xo‘sh desak, menda pazandalik yoki texnikalarni sozlash mahorati yo‘q! Siz Larriga yoki menga o‘xshashingiz mumkin, biroq har birimiz muayyan qobiliyatlarga egamiz va ulardan sevgini namoyon etish maqsadida foydalanishimiz mumkin.

 

Mamnuniyatni izlang

Anna Venger uzoq yillar mobaynida ajoyib do‘stim bo‘lgan. U ellik to‘rt yoshida poliomiyelitga yo‘liqdi va shundan buyon yurishda qiynalishlarga duch keldi. Anna logoped shifokori bo‘lib ishlardi. Ota-onalar bolalarini bemalol olib kelishlari uchun Anna uyining eshigini uzoq yillar yopib qo‘ymasdi. U ko‘pgina soat bolalar bilan bepul mashg‘ulot o‘tkazardi. Ayol atrofdagilarga o‘z sevgisini ko‘rsatish uchun o‘z qobiliyatlaridan foydalandi. Men hayotimda Anna Vengerdan ko‘ra baxtiyor, unga nisbatan o‘z qobiliyatlarini aniq yo‘naltirgan boshqa ayolni ko‘rmaganman U o‘z qobiliyatlarini bag‘ishlagan holda, boshqa odamlarga bo‘lgan sevgi quvonchini angladi.

Bundan bir necha yil avval men 2004 yildagi dahshatli tsunami oqibatlarini yengib o‘tgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Janubiy-Sharqiy Osiyoga yo‘l oldim. Ana o‘shanda Geri va Evelin bilan tanishganman. Geri sakson besh yoshda, Evelin esa sakson bir yoshda edilar. Geri qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanardi. Ular Karib orolidagi Antiguada o‘n ikki yil birga yashashgan. Geri oltmish besh yoshda nafaqaga chiqdi va xotini ikkalasi dunyoning turli burchagidagi odamlarga yordam berishga qaror qildilar. Ular ko‘pgina odamlar ingliz tilini o‘rganishni istaydigan Janubiy-Sharqiy Osiyoga kelishdi. Geri va Evelin saboq berish tajribasiga ega edilar va juda tez orada ularni budda ibodatxonalariga, davlat kasalxonalariga va odamlarga ingliz tili zarur bo‘lgan boshqa joylarga taklif etishlar boshlandi.

Geri va Evelin keyingi yigirma yil mobaynida ingliz tili saboqlari bo‘yicha ko‘plab kitoblar yozib, chop etdilar. Ular bu kitoblardan foydalanmoqchi bo‘lgan barchaga tarqatishdi, ulardan mutlaqo bepul tarzda nusxa ko‘chirishlariga ruxsat berishdi. Men ular mablag‘ni uchma-uch qanday yetkazayotganlari haqida so‘raganimda, Geri shunday javob qildi: “Bizga davlat nafaqasi va sobiq ish beruvchilarimizdan olayotgan vositalar yetadi”.

“Bu ishlar bilan hali uzoq shug‘ullanasizlarmi?” - so‘radim men.

“Toki kuchimiz va salomatligimiz yetgunicha”, - jilmaydi Geri.

Bu juftlik o‘zlari uchun oddiy mashg‘ulot - ona tilini xuddi chet tili kabi o‘rgatish - quvonchini kashf etishdi va minglab odamlarga o‘z sevgilarini ifoda etish uchun undan foydalanishdi.

Saxovat ko‘rsatish uchun uzoqlarga ketib qolish aslo shart emas. O‘z qobiliyatidan boshqa odamlarga sevgisini namoyon etish uchun foydalanish biz o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha oson. Bundan esa ulkan huzur-halovat olish mumkin!

 

Sevishga intiling

Bill qariyalar uyiga tushib, o‘z mablag‘laridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lganida, vahimadan dovdirab qoldi. Endi uning pullari nima bo‘ladi? Billning qizi Keysha ismli ayolga yordam so‘rab murojaat qildi - u qariyalar uyidagi odamlarning hisob-kitoblari bilan shug‘ullanadigan bankda ishlardi. Keysha Billga uning pullari qanday “ishlayotganini” uzoq tushuntirdi. Uning maslahatlariga amal qilgan qariya va uning qizi minglab dollar pulni tejab qoldilar.

Bill xonadan chiqolmay qolganida, u barcha narsani katalog bo‘yicha buyurtma qilishga o‘tdi. Buyurtmalar pochtaga kelardi, so‘ngra Keysha bank xodimi sifatida ularni olib Billga keltirib berardi. Ayol hech qachon Billga ortiqcha xarajat va qo‘shimcha tashvishlar uchun ta’na qilgan emas. U jo‘natmalarni qabul qilib mijoziga keltirib berardi. Bill yangi pidjak buyurtma qilganida, Keyshaning o‘zi Bill yangi kiyimni uning ishtirokida o‘lchab ko‘rishi uchun qariyalar uyiga keldi.

Bir necha yildan so‘ng Bill vafot etdi. Biroq Keysha garchi bu uning majburiyatiga kirmasada, uning oilasiga moliyaviy muammolarini hal etish uchun yordam berishda davom etdi. Bu ayol lozim bo‘lganidan ko‘proq ishlar qildi, negaki sevgi uning harakatlarini boshqarib borgandi.

 

Da’vat qudrati

“Da’vat” so‘zi “chaqiriq” so‘zidan kelib chiqadi. Burch hissi sevgini hayotimizning asosiy maqsadiga aylantirib, bizni boshqalarning hayotini boyitishga da’vat etadi. Kitobim aynan shu haqda yozilgan.

Ko‘pchiligimiz aniq bir da’vat yo‘lida foydalanilgan qobiliyat uchun moliyaviy mukofotlar olamiz. Biz shu vositalar bilan oilamizni ta’minlab, boshqa odamlarga yordam beramiz. Biroq da’vatning o‘zi sevgining namoyon bo‘lishi demakdir, negaki u boshqa odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yo‘naltirilgan.

Mana nima uchun sevgi bilan yashaydigan odamlar ayrim mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni o‘zlariga ravo ko‘rishmaydi. Bu mashg‘ulotlar uch toifaga bo‘linadi: 1) boshqa odamlarga og‘riq va azob keltirish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar (misol uchun, giyohvand moddalar sotish); 2) jamiyatga foyda keltirmaydigan mashg‘ulotlar; 3) garchi ishlash mumkin bo‘lsada, ammo muayyan bir kishi uchun zararli mashg‘ulotlar (misol uchun, agar ichkilikboz bo‘lsangiz, barda to‘polonchilarni haydab chiqaruvchi qo‘riqchi bo‘lish ishlash). Mana nima uchun ayrim odamlar biror-bir da’vatni rad etib, sevgi mazmunini anglagan holda boshqa chaqiruvga javob qaytaradilar. Boshqa odamlarning qalbini boyitmaydigan da’vatlarga o‘z hayotining katta qismini sarflab yuborish nihoyatda qayg‘uli! Siz shunday yo‘l tutganingizda, sizga in’om etilgan qobiliyatlarni behuda sarflab yuborasiz.

Da’vat boshqa odamlarga jismoniy, hissiy yoki ruhiy yordam berganida, u sevgini namoyon etadi. Bu siz faqat atrofdagilarga an’anaviy tarzda yordam berishingiz lozimligini anglatmaydi. Siz ruhoniy, ravvin, hamshira yoki o‘qituvchi bo‘lishingiz shart emas.

Nima bilan mashg‘ul bo‘lmang, o‘zingiz bilan birga ishlaydigan odamlarga yordam berish yo‘llarini topishingiz mumkin. Agar ishingiz yoqmasa - agar bu da’vat emas, oddiy ish bo‘lsa, - boshqa ishni topish mumkin, hozircha esa atrofingizdagi odamlarga sevgi va saxovat ko‘rsatish joiz. Bu sevgi qurbonligining namoyon bo‘lishi demakdir.

Ehtimol, sizga bo‘lgan da’vat ish faoliyatingizda quyi vazifaga tushirilish yoki o‘z hayotingizni oilaga, keksa ota-onangizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida bag‘ishlash uchun ishdan butunlay voz kechish bilan bog‘liq bo‘lar.  Siz bunday vaziyatda boshqa qobiliyatlaringizdan sevgi yo‘lida foydalanish uchun, ayrim qobiliyatlaringizni qurbon qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, turmush o‘rtog‘ingiz o‘z da’vatini hayotga tadbiq etishi uchun boshqa shaharga ko‘chib borishingizga to‘g‘ri kelar. Bu sevgini namoyon etish va munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi saxiylikdir.

 

Siz kim bo‘lib ishlamang, shu ishingiz sevgini namoyon etishi mumkin.

 

To‘qqizdan beshgacha

Biz barchamiz da’vatimizdan qat’iy nazar boshqa odamlarni sevish uchun o‘z qobiliyatlarimizdan foydalanishimiz mumkin. Men o‘ziga yo‘llangan da’vat bo‘yicha maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan, ammo shu bilan birgalikda, kambag‘al oila farzandlariga mutlaqo bepul ta’lim berishga ko‘pgina soatlarini o‘tkazadigan bir erkakni bilaman. Men haftasiga bir marotaba uysizlar uchun adyol to‘qish maqsadida o‘zaro to‘planishadigan bir guruh keksa ayollarni bilaman. Men yarim tungacha erining dissertatsiyasini yozuv mashinkasida ko‘chirib chiqadigan bir uy bekasini bilaman.

Boshqa odamlarga yordam berish qobiliyatlaridan foydalanishning eng keng tarqalgan usuli - bu uy yumushlaridir. Ovqat tayyorlash, tozalash, kompyuterni sozlash, maysazorni qirtishlash, kuygan chiroqni almashtirish... Barcha bu usullar turmush o‘rtog‘imizga, bolalarimizga, qo‘shnilar va ota-onamizga bo‘lgan sevgi ifodasidir.

Inson o‘z qadr-qimmatini anglashi juda muhim. Biz o‘zimizni qadrlagan holda, o‘z iqtidorlarimizdan boshqa odamlarning manfaatlari uchun foydalanish usullarini topishni o‘rganamiz. Agar siz o‘z qobiliyatlaringizni saxiylik bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu olamda o‘zingizning muhim ahamiyatga ega ekaningizga ishonmog‘ingiz kerak. Hech kim sizning o‘rningizni egallay olmaydi. Sizning qobiliyatlaringiz zarur.  Siz o‘z qobiliyatlaringizdan sevgi yo‘lida foydalanib, nafaqat sevuvchi odamga aylanasiz, balki atrofdagilar uchun sevgini hayot tarziga aylantirishlariga yordam berasiz.

 

Pul hadya etish mahorati

 

1994 yilda “Maykrosoft” kompaniyasining asoschisi Bill Geyts xayriya fondini tuzib, unga to‘qson to‘rt million dollar ajratgani haqida barcha gazetalar yozib chiqarishdi. Shundan buyon Geyts va uning rafiqasi Afrikani ichimlik suvi bilan ta’minlash va OITSga qarshi kurashish kabi loyihalarga o‘n olti milliard dollardan ko‘proq pulni xayriya etishdi. 2006 yilda Uorren Baffet Geyts fondi aksiyalariga 30 milliard dollar xayriya qilishini bildirdi. Va bu yangilik ommaviy axborot vositalarida yana asosiy mavzulardan biriga aylandi. Bu hatti-harakatlarni Pensilvaniya shtati, Pittsburgdagi oyoq kiyimlarini tozalovchi, nogiron Albert Leksining harakati bilan taqqoslang. (Albert tozalagan har bitta oyoq kiyimi uchun uch dollardan haq oladi. Bir yilda u o‘n ming dollardan ortiq mablag‘ ishlab topmaydi.) 80-yillarning boshida Leksi Pittsburgdagi bolalar shifoxonasida bolalarni davolash uchun mablag‘ to‘playdigan xayriya fondi haqida xabar topdi. Garchi Leksining o‘zi kam daromadli bo‘lsada, u shifoxonaga oyoq kiyimlarini tozalash uchun borishni boshladi. Ishlab topgan pullarini esa fondga topshirardi. U hozirgi paytgacha fondga yuz ming dollardan ziyod pulni xayriya qilgan.

Leksining hatti-harakatlarini asl sevgi nuqtai nazaridan qaraganimizda, uning saxiyligi Geyts yoki Baffetning saxovatidan kam emasligini tushunamiz. Insoniyat tarixida oddiy odamlarning xayrli ishlari butun dunyo bo‘ylab shifoxonalar, universitetlar, uysizlar uchun boshpanalar, kiyim-kechak va oziq-ovqat taqsimlash markazlari ochilishiga sababchi bo‘lgan.

Agar bizda ishlash uchun jismoniy va aqliy quvvatimiz bo‘lsa, sevgi bu quvvatni nafaqat oilamiz a’zolarining, balki boshqa ko‘plab odamlarning ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan vositalarni ishlab topishga chorlaydi. Pulni xayriya qilish istagi ulkan quvonch keltiradi. Ushbu amaliy usul boshqa odamlarning qadr-qimmatini ta’kidlaydi. Biz barcha kabi nimaga ega bo‘lmaylik va nimadan rohatlanmaylik, pul - bu katta sovg‘adir. Biz ular uchun pullarni xayriya qilib oladigan quvonchimiz o‘sha odamlarning ko‘plab qadr-qimmatlaridan biri hisoblanadi.

 

Men qancha berishim kerak?

Ayrim odamlar agar o‘z daromadlari ko‘proq bo‘lganida, xayriya uchun ko‘proq qurbonlik qilishlari mumkin deya hisoblashadi. Biroq odamda qancha puli borligi aslo muhim emas. Faqatgina uning pulga va insoniy munosabatlarga bo‘lgan yondashuvi muhimdir. Yozuvchi U. S. Plamer shunday degan: “O‘zida bor narsani qizg‘anadigan odam, agar ko‘proq boyligim bo‘lganida saxiyroq bo‘lishim mumkin edi, degan fikrda o‘zini aldaydi”. Boshqacha aytganda, biz “kichik” narsadan bermasak, “katta”sidan ham bermaymiz”.

Agar xayriya saxovatli yurakdan qilinmayotgan bo‘lsa, qancha pul berishingiz muhim emas. Ammo yanada saxiy odam bo‘lishga qaror qilganingizda, o‘z oldingizga maqsad qo‘yishingiz lozim. Mening fikrimcha, daromadning 10 foizi - bu har qanday odam uchun uning moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar eng quyi darajadagi maqsaddir. Agar barcha shu tariqa yo‘l tutganida, xayriya tadbirlariga hech qachon hojat qolmagan bo‘lardi.

Bu fikrimga taniqli moliyaviy maslahatchilar ham qo‘shilishadi. “Millioner yo‘li” turkum kitoblari muallifi Devid Bax o‘quvchilariga daromadning 10 foizini boshqa odamlar manfaati va umumiy farovonlik uchun xayriya qilishni maslahat beradi. “Qanchalik ko‘p bersangiz, o‘zingizni shunchalik boy hisoblaysiz, - yozadi u. - Bu shunchaki his-tuyg‘ular emas. Sizga qanchalik g‘alati tuyulmasin, lekin xayriya qiladigan odamlarga pul ancha tezroq keladi. Nima uchun? Negaki beradigan odam o‘ziga xasislikni emas, balki farovonlikni jalb etadi”. Boshqa moliyaviy daholar esa biz har oyda o‘z daromadlarimizning muayyan qismini xayriya qilgan holda, qolgan daromadlarimiz bilan yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishimizga ishora qiladi, bu esa ko‘proq mablag‘ni uzoq muddatlarga yig‘ib qo‘yishga yo‘l ochadi.

 

Qanchalik ko‘p bersang, chinakam boylikka shunchalik ko‘p egalik qilasan.

 

K. “Narniya solnomasi” kitobining muallifi Klayv S. Lyuis bir vaqtlar shuni yozgandi: “Biror kishi kambag‘allarga qancha berish kerakligini aniq belgilay oladi deb o‘ylamayman. Qo‘rqamanki, xatolardan qochishning yagona usuli - xayriya qilishni keyinga surishdan ko‘ra ko‘proq berib yuborish. O‘zgacha aytganda, boshqa odamlar xayriya maqsadlariga qancha mablag‘ ajratishsa, biz deyarli shu miqdordagi daromadga ega bo‘lgan holda qulaylikka, hashamatga, huzur-halovatimiz uchun xarajat qilayotgan bo‘lsak, juda kam xayriya qilayotganimiz ayon bo‘ladi. Agar berayotganimizda o‘zimiz uchun hech qanday kamayishni his qilmasak, demak, biz yetarli miqdorda bermayapmiz. O‘zimiz yoqtirgan ayrim narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi, negaki xayriya uchun qilayotgan xarajatlarimiz bois ularga erisha olmaymiz” (11).

Agar sizda yig‘ib qo‘yiladigan daromad bo‘lsa, xayriyaga boshqalar kabi sarf etolmasligingiz mumkin, ammo baribir muayyan miqdordagi mablag‘ni ajratish o‘z qo‘lingizda. Men bilgan eng saxovatli odamlar mayda pullardan boshlashgan. XX asrning eng boy odamlaridan biri,  saxovatpeshalikning zamonaviy namunasi bo‘lgan Jon D. Rokfeller har qanday daromadining 10 foizini xayriya uchun ajratgan - bu mablag‘ esa vaqt o‘tishi bilan yanada ortib borgan. Tasavvur qiling-a, agar biz o‘zimizdagi bor narsalarning 10 foizini boshqa odamlarning ehtiyojlari uchun ajratsak, qanchalik yaxshi ishlarni amalga oshirgan bo‘lardik.

Agar bizning yuragimiz boshqa odamlar uchun mehr bilan ursa, biz munosabatlarni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etmog‘imiz lozim. Bu esa biz dunyodagi hamma narsadan voz kechishimiz kerakligini anglatmaydi. Biz hozirgi damlardan lazzatlanishimiz va saxovat ruhiga to‘lgan holda kelajakni rejalashtirishimiz zarur. Ortiqcha isrofgarchilikni ko‘rsatish kerak emas. Biz yaqinlarimizni sevishimiz va muhtojlarga yordam berishimiz lozim.

 

O‘ZLASHTIRISH LOZIM BO‘LGAN KO‘NIKMALAR

Siz joriy yilda qancha xayriya qilgan bo‘lmang, keyingi yilda buni 1 foizga oshiring va har yili shunga amal qiling

 

Nega biz xayriya qilishimiz kerak?

Stiv o‘zi ishlaydigan firma kotibasini kutilmaganda operatsiya qilishlari haqida eshitgach, - ayolning eri bir oy avval ishidan ayrilgandi, - uning uchun qo‘shni do‘kondan ellik dollarlik sovg‘a sertifikati sotib oldi. Ellik dollar kasalxona hisob-kitoblarini qoplay olmasdi, biroq ayolga kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishiga yordam berishi mumkin edi. Eng asosiysi - kotiba uni yodda tutib, g‘amxo‘rlik qilishlarini tushundi. Bu pulni ishlatishning yaxshi bir namunasi - ular munosabatlarni mustahkamlashimizga yordam beradi.

Mabodo biz munosabatlarni mustahkamlash uchun emas, balki maqtov olish uchun xayriya qilsak, harakatlarimizni asl saxovat boshqarmagan bo‘ladi. Biz o‘zimizni sevgi yo‘lida qurbonlik qilish quvonchidan mahrum etgan bo‘lamiz. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Bor mulkimni muhtojlarga taqsimlab bersam, menga sharaf keltirsin deb, hatto qiynoqlarga rozi bo‘lsam–da, lekin sevgim bo‘lmasa, bularning menga foydasi yo‘q” (12). Qachonki qurbonlik odamlarga bo‘lgan asl sevgi bilan qilingan bo‘lsa, saxovat og‘ir yuk emas, balki quvonchga aylanadi. Biz beramiz, negaki boshqa odamlarning bebaho qadr-qimmatlarini tan olamiz.

Pulning xavfli va qudratli jihatlari

Jon D. Rokfellerning boyligi ortib borayotganida,  maslahatchilaridan biri unga shunday dedi: “Janob Rokfeller, boyliklaringiz oqim kabi tobora ko‘payib bormoqda! Siz ularni aql bilan boshqarishingiz kerak! Siz ularni ortib borishidan ko‘ra tezroq baham ko‘rishingiz zarur! Agar shunday qilmasangiz, boyliklaringiz sizni ham, bolalaringizni ham, nevaralaringizni ham xarob qiladi” (13). Har qanday miqdordagi pul agar biz va boshqa odamlar o‘rtasida mavjud bo‘lsa, foydadan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazishi mumkin. Ba’zida pul munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmaydi. Biz pullarimizni xayriya qilganimizda, hayotimizda boshqa odamlarning qadr-qimmati borligini ta’kidlagan bo‘lamiz. Biz pul to‘plagan holda moddiy ahvolimizni yengillashtiramiz, ammo ruhiyat yo‘qligidan aziyat chekamiz.

Qarang-ki, Amerika tarixidagi eng taniqli qurumsoq ayol Rokfeller bilan bir davrda yashagan. Xetti Grin (1834-1916) katta merosga ega bo‘lgan, badavlat kishiga turmushga chiqib, pullarini aql bilan ishlatish orqali boyligini ancha ko‘paytirib olgan. Biroq uning xasisligi tarixda muhrlanib qolgan. U pullarini tejash uchun hech qachon isitish tizimini ishlatmagan va issiq suvdan foydalanmagan. U bittagina kiyimda yurgan va qachonki eski libosi o‘ngib-to‘zg‘ib ketganida yangisini sotib olgan. Ayolning o‘g‘li Ned oyog‘ini sindirib olganida, u bolasini kasalxonaga yotqizmagan. Bolada gangrena boshlanib, oyog‘idan ayrilgan. Uning eri o‘lganida bolalari mustaqil yashay boshlashgan, u esa soliq xizmatining e’tiborini tortmaslik uchun bitta kichkina uyidan ikkinchisiga, shtatdan shtatga ko‘chib yurgan. Ayol keksayganida churra kasalligiga chalingan, lekin u davolanishni istamagan, negaki operatsiya uchun 150 dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. U vafot etganida boyligi 200 million dollarni tashkil etardi. U o‘z davrining eng boy ayoli bo‘lgan, biroq qalbini ziqnalik kemirib tashlagandi.

Tasavvur qiling-a, Xetti Grin o‘zining pullari bilan yaqinlariga va muhtojlarga qanchalik yordam berishi mumkin edi. Biroq u pullarni o‘zi uchun asradi. Bu ayol o‘zini baxtli etolmaydigan va o‘limidan so‘ng olib ketolmaydigan narsalar uchun ruhiy halovatini va insoniy munosabatlarni qurbon qildi. Ziqnalik illati, o‘zi uchun pul yig‘ish bizni xudbinlarga aylantiradi va atrofdagilar bilan uyg‘un munosabatlar o‘rnatishga xalaqit beradi. Biz Jon D. Rokfeller va Xetti Grin kabi  boylikka yoki oyoq kiyimi tozalovchisi daromadiga teng mablag‘ga ega bo‘lmaylik, xasislik odamlar bilan munosabatlarimizni buzadi, saxiylik esa mustahkamlaydi.

 

Pullarga xotirjam munosabatda bo‘ling

Dennis hayotida ilk bora dilerdan yangi mashina sotib oldi. U barcha kerakli va o‘ziga yoqqan narsalarga buyurtma berdi. Yangi mashinaga ega bo‘lgan birinchi haftaning dam olish kunlari onasini ko‘rib kelish uchun yo‘lga chiqdi. O‘sha kuni onasini ko‘rgani Dennisning opasi ham bolalari bilan kelgan ekan. Bolalar yarqirab turgan mashinani o‘rab olishdi, so‘ngra esa uning atrofida o‘ynay boshladilar. Dennis bir qancha vaqtdan so‘ng qichqiriqni eshitib qoldi: “Tog‘amning mashinasiga bir qaranglar-a!” Xonaga Dennisning jiyani o‘ta sarosimaga tushgan holda kirib keldi. U avtomobilni velosipedi bilan tirnab qo‘yganini tan oldi.

“Hammasi joyida, - Dennis bolani tinchlantirdi. - Buni menga aytganing yaxshi bo‘ldi!”

U tirnalgan joyni ko‘rganida, mashinasini ta’mirga olib borishga to‘g‘ri kelishini tushundi.

Dennis bir necha haftadan so‘ng mashinasini bir do‘stining uyi oldiga qo‘ydi. Ammo shu paytda do‘stining xotini o‘z mashinasida kelib, Dennisning avtomobili eshigini tirnab qo‘ydi.

“Ko‘nglim uncha qattiq g‘ash bo‘lmadi, - deydi Dennis. - Men mashinamni yaxshi ko‘raman, biroq oxir-oqibat, u bor-yo‘g‘i g‘ildirakli mexanizm, xolos”. Bu odam o‘z mulkiga osoyishta yondashdi va sevgi boshqaruvidagi saxiylikni namoyon etdi. U odamlar bilan munosabatni puldan ustun qo‘ydi. U ichki ozodlikka ega bo‘lib, o‘zidagi ustunliklar bilan muvofiq tarzda yashardi.

Yozuvchi Sheldon Vanauken bir paytlar xotini bilan ikkalasi ilk bora qay tariqa mashina olganlarini aytib bergandi. Er-xotin o‘z xaridlaridan boshlari osmonda edi, lekin ular uyga keliboq bolg‘a bilan mashinaga urishdi, ular “pachoq mashina shinam ko‘rinishi uchun” shunday qilishdi. Vanauken ularni “sevgan kishilaridan ajratish”i mumkin bo‘lgan narsaga ega bo‘lishni istamaganlari haqida yozadi. O‘ta qimmat narsalar... yuk bo‘lib qoladi. Ular o‘z xo‘jayinlariga egalik qilishadi”. Saxiylik bizdan o‘z mol-mulkimizga keragidan ortiq ahamiyat bermasligimizni talab etadi.

 

Saxovat loyihasi

Ko‘pchilik odamlar uchun men “saxovat loyihasi” deb atayotgan ishlarni amalga oshirish qiyin kechadi. Menga ushbu so‘zlarni aytgan bir erkakni eslayman: “Shol bo‘lib qolgan Jonni Erikson Tad menga nogironlar aravachasi haqidagi o‘z loyihasini aytib berganida qalbim hayajonga tushgandi. Bu ayol ko‘hna nogironlar kursilarini yig‘ib ta’mirlaydi va uchinchi dunyo mamlakatlariga yuboradi. Uning gaplaridan ta’sirlanib, men ham shu loyihada ishtirok etishni istab qoldim. Men boshqa mamlakatlarga borolmasdim, ammo pullarimni xayriya qilishim mumkin edi”. Bu inson boshqa kimdir boshlagan sevgi ishida qatnashish quvonchini his etdi (15).

Men nimaga xayriyaga qilishim kerak?

Xayriya qilishni boshlash uchun o‘zingiz ishonadigan mahalliy tashkilotlarga murojaat qiling. Uysizlar uchun boshpanalarga, maktablarga, kasalxonalarga, diniy muassasalarga murojaat qiling.  Men bir paytlar bemor o‘g‘ilchasi o‘limidan avval qatnagan bolalar bog‘chasiga ixtiyoriy tarzda yordam berishni boshlagan ayol haqida eshitgandim. “Bu yerda u o‘zini baxtli his qilardi... Men yordam berishim mumkin, negaki nogiron bolaning onasi qanaqa bo‘lishini bilaman”. Bu ayol keyinchalik ruhshunos bo‘lib, nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar bilan ishlay boshladi.

Agar siz xayriya uchun pul ajratmoqchi bo‘lsangiz-u, nimadan boshlashni bilmasangiz, www. justgive. org. saytiga kiring. Tashkilotga pul xayriya qilishdan avval, bu haqda Better Business Bureau (www. bbb. org.) va IRS (www. irs. org.) saytlari orqali ko‘proq ma’lumotlar oling.

 

O‘zimiz o‘ylagandan ko‘ra bizda ko‘proq... bor

Uinston Cherchil bir paytlar shunday degandi: “Biz ishlab topganlarimiz evaziga yashaymiz. Biz nima berishimiz orqali o‘z hayotimizni yaratamiz”. Faqat pul va boylikning bir qismini xayriya qilib ham, bu hayotda o‘z izingni qoldirishingga ishonishing mumkin. Bu asl sevgiga to‘liq hayotning ko‘pgina g‘ayrioddiy holatlaridan biridir. Biz toza yurakdan qurbonlik qilayotganimizda, mag‘rurlikni emas, balki itoatkorlikni namoyon etamiz. Biz majburiyat hissi bilan emas, balki sevgi hissi bilan qurbonlik qilamiz.

Vestminster abbatligidagi Kristofer Chepmen qabrida 1680 yilda shunday marsiya o‘yib yozilgan:

 

Berganlarimga egaman.

Sarf qilganlarimga ega bo‘lganman.

Bermaganlarimni

Qoldirganman, yo‘qotganman.

 

Biz saxiylik qilishni o‘rganib, o‘zimizga tuyulganidan ko‘proq narsaga ega ekanligimizni tushunamiz.

 

Saxovatning oddiy quvonchi

 

Amber Koffmanning onasi Merilenddagi uysizlar uchun boshpanada ko‘ngilli bo‘lib ishlashni istaganida, faqat sakkiz yoshli Amber u bilan birga borsagina ishga borishga qaror qildi. Ona va qizaloq har hafta uysiz bolalar va ularning ota-onalari bilan birgalikda bo‘lishardi. Amber boshqa odamlarning taqdiri bilan tanishib,azob va quvonch haqida bilib oldi. Uysizlar bilan muloqot qizaloqda saxovat tuyg‘usini uyg‘otdi. Oradan uch yil o‘tgach, 1993 yilda o‘n bir yoshli Amber Baltimordagi uysizlarga yordam beradigan bolalar tashkilotini tuzdi. Dastlab Amber va uning tengdoshlari har shanbada uysizlar uchun pishloq va kolbasa solingan buterbrodlar tayyorlab, so‘ngra ularni boshpanaga olib kelishardi.  Bugungi kunda Amber Koffman o‘zi tuzgan tashkilotni boshqarishda davom etmoqda, mazkur tashkilot hozirgacha o‘ttiz mingdan ortiq odamga yordam ko‘rsatgan va shu kabi qirq to‘qqizta insonparvarlik dasturlarini AQSh va boshqa mamlakatlarda amalga kiritgan. Har haftada Baltimorlik uysizlar oziq-ovqat va ichimliklar solingan olti yuzta paketni qabul qilib olishadi.

 

Har bir inson - noyob munosabat

Biz minglab odamlarga yordam berib, umumjahon miqyosida e’tirof etiladigan dasturni boshlash istagida saxovat ko‘rsatmaymiz. Biz insoniy munosabatlarni qadrlaganimiz bois saxovatlimiz. Amberga onasi saxovat ruhini singdirishga urindi va uning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘ldi. Uning qizi o‘zining oldida uchraydiganlarga befarq emas.

Saxovatli ruhi bilan o‘n minglab odamlarga shifo va halovat keltirgan Ona Tereza bir paytlar shunday yozgandi: “Men hech qachon ko‘pchilikka yordam berishga urinmaganman. Men faqat muayyan odamlar haqida g‘amxo‘rlik qilganman” (17). Fikr-xayolingizni insoniyat taqdiriga g‘amxo‘rlik g‘oyasi zabt etishni boshlaganida ana shu ajoyib so‘zlarni yodga oling. Atrofimizda yordamga muhtoj odamlar juda ko‘p. Saxovatni statistikaga emas, qarshimizda turgan odamga ko‘rsatish lozim. Saxovat tasavvurimizdan ham ko‘proq miqdordagi odamlarga shifo keltirishi mumkin.

 

Sen qanchalik bermagin, aniq bir insonga xizmat qilayotganing yodingda bo‘lsin.

 

Oddiy ijod

Nyu-Meksikodagi Rosvell shahri aholisi bolalarga qanday yordam ko‘rsatish haqida qaror qilish uchun yig‘ilganlarida, ko‘proq bolalar klubi, teatr va yoshlar sporti haqida gapirishdi. So‘ngra esa o‘rta yoshlardagi bir ayol qo‘lini ko‘tardi. U shunday dedi: “Mening kichkina bog‘cham bor. Men hamisha bolalar va kattalar birgalikda bog‘ni parvarish qilishlarini istardim. Qachonki bog‘da ishlaganingda, sehrli nimadir yuz beradi... Sen o‘zingdan keyin qoladigan narsani yaratasan” (18). Ayol so‘zini yakunlaganida, xonaga sukunat cho‘mdi. Bu fikr juda oddiy va haqiqiy edi. Bu ish berishi mumkin edi.

O‘z vaqtingizni, pulingizni va qobiliyatlaringizni baxshida etishning ijodiy yo‘llarini izlang. Avvalo o‘zingizdan so‘rang: “Boshqalar uchun menda nima bor va nima yo‘q?” Balki siz bola asrab ololmassiz, ammo sizda boshqa biror oila bola asrab olishiga yordam beradigan mablag‘ bordir. Ehtimol, siz boshqa oilaga pul bilan yordam berolmassiz, biroq Internetda zarur vositalarni yig‘ish bo‘yicha kampaniyani tashkil etishingiz mumkin. Agar sizda nimadir bo‘lsa, boshqalar bilan baham ko‘rish haqida o‘ylab ko‘ring. Fikrlash tarzini o‘zgartirish saxiylik ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi.

 

Saxovat saxovatni yaratadi

 

Biz hamisha birgina saxovatli ish minglab boshqa odamlarni ruhlantirishiga ishonch hosil qilamiz.

2007 yilning 1 avgust kuni yigirma olti yoshli Marselo Kruz Minneapolisdagi ko‘prikdan o‘tib borayotganida, ko‘prik to‘satdan qulay boshladi. Kruz faqat ongli ravishda mashinasini devor tarafga burgani tufayligina omon qoldi. Kruz falaj edi (u yetti yil avval noma’lum jinoyatchi tomonidan otishmada yarador bo‘lganidan so‘ng falaj ahvolga tushgandi) va maxsus moslangan avtomobildan o‘zi chiqolmasdi. Ikkita odam nogironni tortib chiqarishdi, boshqalar esa uni kasalxonaga eltishdi.

Kaliforniya xayriya tashkiloti raisi Lourens Pleskov Kruz haqida gazetada o‘qigach, shu zahotiyoq unga qo‘ng‘iroq qildi hamda Minnesotaga uchib borishini va toki unga shikastlangan mashinasini almashtirib bermagunlaricha, foydalanib turishi mumkin bo‘lgan yangi mashinani o‘zi bilan olib borishini aytdi. Pleskov Kruz va uning onasiga Disneylendda bo‘lish, diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, biroz dam olishlari uchun Kaliforniyaga uchib kelishlarini taklif etdi.

Gazetalar bu haqda ham yozishdi, shundan so‘ng Kruzga turli odamlar o‘z yordamlarini taklif etib, qo‘ng‘iroq qilishni boshlashdi. Kruz o‘zining falokati haqida xabar topgan odamlarga qanchalik ta’sir qilganini aytadi.  Barchasi o‘z imkoni darajasida ish ko‘rgan birgina insondan boshlangan. So‘ngra esa uning hayotini o‘zgartirgan ezgulikning chinakam estafetasi boshlanib ketdi (19).

Xuddi shu kabi saxovatning uyda yoki ish joyida oddiygina namoyon bo‘lishi atrofdagilarni saxiylik bilan javob qaytarishga undashi mumkin. Agar kimdir xodimaning tug‘ilgan kunida stolini bezab qo‘ysa, boshqa hamkasb unga gul sotib olishi mumkin. Hattoki eng mayda ishlar - masalan, do‘stga o‘zi yoqtirgan qahvani tayyorlab berish, - do‘stona munosabatlarga saxovat ruhini olib kiradi.

 

Hamjihatlikda to‘planing

 

Ijodiy yondashuv sizga do‘stlar va hamkasblar bilan muloqotning yangi usullarini topishga yordam beradi. Oilalar xuddi Amber Koffman va uning onasi kabi xayriya tadbirlarida birgalikda ishtirok etib, bir-birlari va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashi mumkin. Hamkasblar boshqa odamlarga yordam berish istagini jipslashtiradi. Jastinning xotini avtomobil halokatida jon berganida, hamkasblar uning bolalari uchun, shuningdek avtohalokatda jabrlangan boshqa kishilarning farzandlari uchun o‘yinchoqlar, stol o‘yinlari, kitoblar va mazali oziq-ovqatlar olib kelishni boshlashdi. Hamkasblar ezgulik yo‘lida birlashganlarida, ular yaxshiroq ishlay boshlashadi va bir-birlariga avval noma’lum bo‘lgan ajoyib sifatlarini namoyon etishadi.

Agar siz oilada, nikohingizda yoki ish joyingizda taranglikni his qilsangiz, shanba tongini birgalikdagi xayriya ishlariga bag‘ishlashga harakat qiling. Natijalar sizni hayron qoldirishi muqarrar.

 

“Bu meni quvvatga to‘ldiradi”

 

Devid Texas kollejidagi saboq davomida yoz paytlari Viskonsinda injener bo‘lib ishlashni boshladi. Biroq ish boshlaganidan bir necha hafta o‘tgach, u kutilmaganda boshpanadan ayrildi. Xonaning egasi bo‘lmish keksa er-xotin “qiynalib kelib-ketish shart emas” degan qarorga kelishdi va undan shu zahotiyoq ko‘chib ketishini so‘rashdi. Kelgusida o‘qishni davom ettirish maqsadida pul ishlab topmoqchi bo‘lgan Devid begona shaharda boshpanasiz, yuklari bilan liq to‘lgan mashinasida kezib yurardi. U bir qancha turar joy hududlarini aylanib o‘tdi, ammo yakshanba kuni edi va hech kim unga boshpana ko‘rsatishni xohlamasdi. U do‘stlariga qo‘ng‘iroq qildi. Do‘stlaridan kimdir bir yosh er-xotinda ijaraga olish mumkin bo‘lgan xona borligini aytib qoldi.

Devid aytilgan manzilga bordi. Er-xotin va Devid darhol umumiy til topishishdi va suhbat yengil ko‘chdi. Birozdan so‘ng yosh ayol so‘radi:

“Sizga xona qanchalik tez kerak bo‘lyapti?”

“Hamma narsalarim o‘zim bilan birga” - iqror bo‘ldi Devid.

Er-xotinlar bir-birlariga qarab jilmayishdi. “Agar bizning uyda qolsangiz, xursand bo‘lardik”, - deyishdi ular. Xona uchun to‘lov haqini juda kam aytishdi. Biroq bu yoshlar qiyin vaziyatda qolgan kishiga yordam berayotganlaridan xursand edilar. Ularning saxiyligi yigirma besh yil davom etgan mustahkam do‘stlikni boshlab berdi. Keyinchalik Jevid va xotini ham yashashga joyi bo‘lmagan bir xodimga o‘z xonalarini ijaraga berishdi.

Yosh ona Jena o‘zi uchun saxovat quvonchini kashf etgan bir dugonasi haqida aytib bergandi. Jena har safar oilasi bilan ta’tilga jo‘nab ketganida, o‘sha ayol uning uyini tekshirib, xat-xabarlarni yig‘ib olardi. Ularning qaytishlari arafasida ayol barcha kerakli narsalarni keltirib qo‘yardi.

“Kir yuvish kukuni, sovun, sut, yorma - men uyga qaytgach uch kundan keyin ham uyimdan yangi-yangi narsalarni topib olardim! - deydi Jena. - Men unga minnatdorchilik bildirganimda, u shunday dedi: “Bu ishlarni qilish menga yoqadi. Bu meni quvvatga to‘ldiradi!”

Saxovat shaxsiy munosabatlarga malol kelmasligi kerak. Garchi u munosabatlarni yaxshilash uchun sevgining har qanday ko‘rinishi kabi qurbonlik talab etsada, sizni o‘zingizga noma’lum jo‘shqinlik va quvvat bilan to‘ldiradi. Muhtojlarga yordam berish orqali munosabatlarni mustahkamlash hayotning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi.

Saxovat yo‘lidagi to‘siq: bizning rejalarimiz

Hayot - bu o‘z muddatida ulgurish uchun doimiy harakatdir. O‘z vaqtida bolalarni uxlashga yotqizish, do‘kon olida to‘xtab, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish kerak. Investitsiyalarni tekshirib turish, futbol o‘yinlariga, majlis va ota-onalar yig‘ilishlariga borish kerak. Mashinaning moyini o‘z vaqtida almashtirish, sport zalga borish, maysazorni qirtishlash va idish-tovoq yuvish mashinasini ishlatish kerak - hammasini takror va takror bajarish lozim.

Bizning kunlarimiz daqiqalargacha belgilangan va o‘z manfaatlarimizga diqqatimizni qaratishimiz, vaqt, pul va kuch-quvvatimizni o‘zimiz erishmoqchi bo‘lgan narsaga qaratishimiz juda oson. Kim uchun yangi muvaffaqiyatlarga intilayotgan bo‘lsak, ana o‘shalarni unutish ham oson.  Bir daqiqalik rejalarga butunlay diqqatimizni qaratib, biz atrofimizdagilarning ehtiyojlari haqida unutamiz va ularga yordam berish imkoniyatini boy berib qo‘yamiz.

Jurnallarda shoshqaloqlik sog‘ligimiz va farovonligimizga zarar yetkazishi haqida muntazam yozib turishadi. Ehtimol, bu shundaydir... Ammo shoshqaloqlik sevgi munosabatlariga ham ziyon yetkazadi. Agar biz doimo o‘z ishlarimiz bilan band bo‘lsak, biror kishi qanday yordamga muhtoj bo‘layotganini qay tariqa tushunish mumkin?

Ko‘pchiligimiz uysizlar oldidan hatto ularga qaramay o‘tib ketamiz. Biz har kuni yaqinlarimizga qanday yordam berish haqida o‘ylamagan holda, uyimizdan shoshilib chiqib ketamiz. Vaholanki o‘z ishlarimizni bir necha daqiqa chetga surib turganimizda, eng muhimini tushunib olgan bo‘lardik.

Albatta, har birimizda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar bor. Biroq bir paytlar avliyo Avgustin yepiskop Gippoga aytganidek, “hech bir  munosib orzuga inson hayoti vaqtida erishishning iloji yo‘q”.  Kundalik hayot haqida unutib, abadiyat haqida o‘ylay boshlaganimizda, saxovat biz o‘ylagandan ko‘ra osonroq ekanligini tushunamiz. Har qanday odam: “Sen uchun nimalar qilishim mumkin?” deb so‘raydi. Bunday savolni berish juda oson. Javobni eshiting va sevgiga muhtoj bo‘lgan odamning hayoti yaxshi tarafga o‘zgaradi.

 

Hayotda saxiy bo‘l

 

Ota-onaning ajralishi, kambag‘allik va mahrum bo‘lishlar - Barbara Kertisning bolaligi ana shunday o‘tgan. Barbara ulg‘aygach ichkilikbozga aylandi, giyohvand moddalar qabul qilib o‘z qizchalariga e’tibor bermay qo‘ydi. Va nihoyat, u ismlari oshkor etilmaydigan ichkilikbozlar uyushmasining yordami bilan bu illatlarni yengib o‘tishga muyassar bo‘ldi. Ayol ana shundagina o‘zining qanchalik yomon ona bo‘lganligini tushundi.

“Yoningda seni sevadigan ota-onang bo‘lmasa, - deydi Barbara, - saxovat sen uchun tabiiy hol bo‘lmaydi. Sen bu xususiyatga o‘zingni ochishing kerak. Men ilk bora hushyor ahvolga kelganimda, boshqacha yashashim kerakligiga o‘zimni iqror etishim kerak edi. Men istirohat bog‘iga borib, o‘z bolalari bilan sayr qilib yurgan onalarni kuzatdim. Men yaxshi ona bo‘lishga o‘rgandim, negaki buni qanday eplashni avval bilmasdim”.

Hozir Barbara Kertis ellik to‘qqiz yoshda. U saxovatli sevgi quvonchini kashf etgani haqida gapiradi. U to‘qqizta farzandni dunyoga keltirdi. Uning o‘g‘illaridan birida Daun sindromi (kasalligi) aniqlangan. Kertis eri bilan birgalikda ana shunday xastalikka chalingan yana uchta o‘g‘il bolani asrab oldi. Barbara bu hammasi aslidagidan ko‘ra ulug‘vor eshitilishini aytadi.

“Bolalar hali yosh bo‘lganlarida, to‘shakdan turishga xohishim bo‘lmasdi. Nazarimda, bunga ortiq toqat qilib bo‘lmaydigandek tuyulardi. Ammo bu sevgiga bo‘lgan mening qobiliyatlarimni yanada kuchaytirardi. Hozir esa uy tozalash yoki bolalarimning o‘ziga xosligini e’tiborga olmayotgan maktab tizimi bilan kurashish o‘rniga, kun bo‘yi o‘tirib kitobimni yozish yoki erim bilan kemada sayrga chiqishni istayman. Biroq minglab odamlar o‘qiydigan kitob yoki besh yuz tinglovchi oldida ma’ruza o‘qish kabi vannani tozalash ham muhim ekanligiga ishonaman. Men vaqtimni bolalar bilan muloqotga yoki boshqa shaxsiy munosabatlarga sarflayman va buning uchun doimo ham taqdirlanavermayman. Eng muhimi - qalban saxovatli bo‘lish. Sevgi boshqaradigan hatti-harakatlar sizni sevuvchi odamga aylantiradi. Agar bular hech nimaga arzimasa, sevgidan qanday ma’no bo‘lardi?”

Barbara Kertis odamlarga yordam berishdan quvonch topadi. “Men odamlarni sevaman va ularga xizmat qilaman, - deydi u. - Men odamlarga yordam bergan holda hayotimning qolgan qismini ham o‘tkazsamda, ammo baribir hayotimni o‘zgartirganlari uchun minnatdorchilik bildirishga bu kamlik qilgan bo‘lardi.  Ulg‘ayganing sari chinakamiga sevishga o‘rganish va saxiy odam bo‘lish uchun qanchalik ko‘p ishlarni bajarishga to‘g‘ri kelishini tushunasan” (20).

Shaxsiy vaqtimiz, pulimiz, boyligimiz va qobiliyatlarimizga munosabatni o‘zgartirish hayotimizning barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi. Anna Kvindlen shunday yozadi: “Agar ish sen uchun hamma narsa bo‘lsa, ishda mukammallikka erishishning iloji yo‘q”. Xuddi shu munosabatni uyga, ta’lim olishga va hatto qiziqishimiz haqida ham bildirish mumkin. Biz qilayotgan ishlarimizga juda katta ahamiyat berganimizda, o‘zimiz har kuni muloqotda bo‘ladigan odamlarning qadr-qimmati haqida unutib qo‘yamiz. Saxiylik qalbimiz va ongimizni qo‘zg‘atib, bizni insoniy munosabatlarga qaytaradi. Biz hadyalarimizni qabul qiladigan odamlarning ko‘rkamligini yangicha tarzda talqin etamiz. Kvindlen shunday yozadi: “Saxovat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan hayot kechiring. Bahorda o‘sadigan azaliya o‘simliklaridan zavq oling. Sovuq tunda qora baxmaldek osmondagi to‘lin oy ko‘rinishidan bahra oling. Tushuning, hayot ajoyib va siz uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga haqqingiz yo‘q. Imkor qadar ko‘proq yaxshilik qilishga urining... Barchamiz ham yaxshi ishlashni xohlaymiz. Biroq biz ezguliklar yaratmasak, bittagina yaxshi harakatning o‘zi kamlik qiladi” (21). Hayotdagi eng muhim qarorlardan biri - bu minnatdorchilikka to‘la saxovatli hayot kechirishga tayyor turish demakdir. Insoniy munosabatlar uchun o‘zingizni qurbon qiling.

 

Sizning munosabatlaringiz qanday bo‘lardi, agar siz...

Boylikka xotirjam yondashib, undan zarur paytda ayrilishingizga to‘g‘ri kelsa?

Boshqa odamlarga yordam uchun o‘z daromadingizning 10 foizini xayriya qilsangiz?

Har kuni tanishlaringizga, do‘stlaringizga, bolalaringiz va turmush o‘rtog‘ingizga ularning manfaati uchun jon kuydirayotganingizni ko‘rsatsangiz?

Boshqa odamlarga yordam berish uchun o‘z qobiliyatlaringizdan foydalanganda?

Vaziyatdan qat’iy nazar, boshqalarga nisbatan ko‘rsatgan saxovatingizdan quvonch topganingizda? 

 

Siz haqingizda gaplashamiz

 

Muhokama va mulohaza uchun savollar

1. Siz  qilgan saxovatingiz tufayli quvonchni qachon his etgansiz?

2. Hayotingizning keyingi bir necha yilini tahlil qilgan holda, saxiylikka bo‘lgan munosabatingiz haqida nimalar deya olasiz? Siz xudbinmisiz? Beqarormisiz? Xolismisiz? Saxiymisiz? Hatti-harakatlaringiz o‘zingizni qay darajada qoniqtiradi?

3. Boshqa odamlarga pul xayriya qilishingizga nima xalaqit beradi? Vaqtingizni bag‘ishlashga nima to‘sqinlik qiladi? Qobiliyatlaringizni baxsh etishga-chi?

Foydali maslahatlar

1. O‘zingiz qachondir olgan eng katta sovg‘alar ro‘yxatini tuzing. Bu ta’lim olishga berilgan imkon, sevuvchi ota-onalar, o‘qimishlilik, qiziqarli ish bo‘lishi mumkin... Saxovat oddiygina dalilni anglashdan boshlanadi: mendagi bor narsalar sovg‘a qilib berilgan.

2. Yaqinlaringiz va do‘stlaringiz orasida siz birgalikda ko‘proq vaqt o‘tkazishni istaydigan odam bormi? Agar shunday bo‘lsa, bu xohishingizni qanday amalga oshirish mumkin?

3. Odamlarga o‘z e’tiboringizni hadya etish imkoniyatini boy bermaslik uchun siz hozir nima qilishingiz mumkin?

4. Muhtojlarga yordam berish uchun daromadingizning o‘ndan bir qismini xayriya qilishga tayyormisiz? Agar tayyor bo‘lmasangiz, buni o‘z maqsadingizga aylantirishni istaysizmi? Nima uchun ha va nima uchun yo‘q?

5. Keyingi oyda qilgan pulli sovg‘alaringizning ro‘yxatini tuzing. Keyingi oyda siz bu ro‘yxatga kiritishni istagan odamlar yoki muassasalar bormi?

6. O‘zingizdagi mavjud qobiliyatlar ro‘yxatini tuzing. O‘tmishda boshqa odamlarga yordam berish uchun bu qobiliyatlardan qanday foydalangansiz? Ko‘proq yordam berish uchun nimalar qilish kerak? Boshqa odamlarga sevgini namoyon etish uchun qobiliyatlardan qanday foydalanish kerak?


Аудио Книга на Узбекском языке: Любовь как образ жизни (Гэри Чепмен) 2020г

Описание книги: Гэри Чепмен – признанный во всем мире гуру в вопросах любви и отношений. Его книги переведены на 37 языков и совершили настоящий переворот в жизни миллионов людей во всем мире. «Любовь как образ жизни» – книга, которую ждали. Это логическое завершение бестселлера «Пять языков любви». Чепмен предлагает мудрое, ненавязчивое руководство по построению гармоничных отношений со всеми, с кем сталкивает нас жизнь. Тесты и задания помогут вам развить семь личных качеств, которые кардинально изменят вашу жизнь. С помощью этой книги вы не только сами станете счастливее, но и сделаете счастливыми других.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак