Injil va Keyingi
Yaratish birinchi kuni
Ibtido 1:1-5
Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi. Yer ayqash–uyqash bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi. Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi. Xudo yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi. Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun, deb atadi. Kech kirib, tong otdi. Birinchi kun o‘tdi.
Autor Keyingi: Юлиус Шнорр фон Карольсфельд