Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 12 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.2. ASOSIY FAZILATLAR

Oldingi bo‘lim avvaliga qisqa radiosuhbat sifatida tuzilgan edi. Agar sizga faqat 10 daqiqa gapirishga ruxsat berilsa, qisqalik haqqi-hurmati hamma narsani qurbon qilishingizga to‘g‘ri keladi. Axloq haqida mulohaza yuritarkanman, men uni go‘yoki uch qismga taqsimladim (qo‘riqlab boruvchi kemalarni misol keltirib), chunki “masalani qamrab olish” va shu bilan birga, iloji boricha ixcham bayon qilishni xohladim. Quyida men sizni bu masalani o‘tmishdagi mualliflar qanday taqsimlagani bilan tanishtirmoqchiman. Ular bunga juda qiziq yondashishgan, ammo radiosuhbat uchun ularning uslubi to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu juda ko‘p vaqtni talab qiladi.

Bu uslubga ko‘ra yettita yaxshi fazilat bor. Ulardan to‘rttasi bosh (yoki kardinal) fazilatlar, qolgan uchtasi esa ilohiy fazilatlar deb ataladi. Bosh fazilatlar hamma madaniy odamlar tan olgan fazilatlardir. Ilohiy yoki diniy fazilatlar haqida, qoida tariqasida, faqat masihiylar bilishadi. Men bu diniy fazilatlarga keyinroq to‘xtalaman. Hozir meni faqat to‘rtta asosiy fazilatlar qiziqtiradi. Darvoqe, “tub” so‘zi Rim katolik jamoatining “fazilat” (“kardinal”)lari bilan hech qanday umumiylikka ega emas. U lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, eshik xalqasini anglatadi. Bu fazilatlar, ta’bir joiz bo‘lsa, asos bo‘lganligi bois, tub fazilatlar deb atalgan. Ularga ehtiyotkorlik, nafsni tiyish, odillik va barqarorlik kiradi.

Ehtiyotkorlik amaliy sog‘lom fikrni anglatadi. Bunga ega bo‘lgan odam har doim nima qilayotganini va bundan nima kelib chiqishini o‘ylaydi. Bugungi kunimizda ko‘pchilik ehtiyotkorlikni fazilat deb hisoblashi dargumon. Masih biz Uning olamiga faqat bolalar kabi bo‘lsak kira olishimizni aytdi va masihiylar agar siz “yaxshi” odam bo‘lsangiz, ahmoq ekanligingiz ham muhim emas, degan xulosaga kelishdi. Bunday emas. Birinchidan, bolalarning ko‘pchiligi o‘zlari uchun haqiqatan ham qiziqarli bo‘lgan ishlarda yetarlicha ehtiyotkorlik namoyon qilishadi, bu ishlarni ancha o‘ylab ko‘rishadi. Ikkinchidan, havoriy Pavlus ta’kidlaganidek, Masih umuman biz ongimiz bo‘yicha bola bo‘lib qolishimizni nazarda tutmagan. Butunlay aksincha: U bizni nafaqat “kaptardek muloyim” bo‘lishga, balki “ilon kabi dono” bo‘lishga chaqirdi. U biz xuddi bolalar kabi oddiy, samimiy, sermuhabbat, ta’sirchan bo‘lishimizni istaydi. Lekin U yana aqlimizning har bir zarrasi to‘la quvvat bilan ishlashi va a’lo darajada bo‘lishini ham xohlaydi. Siz xayriya maqsadlariga pul berishingiz bu pullaringiz firibgarlarning qo‘liga tushib qolmasligini tekshirib ko‘rishingiz lozim emasligini anglatmaydi. Xayolingiz faqat Xudoda bo‘lishi (masalan, ibodat qilayotganingizda) siz U haqda besh yoshingizda bo‘lgandek tasavvur bilan qanoatlanib qolishingiz zarurligini anglatmaydi. Xudo tug‘ilishidanoq aqli unchalik bo‘lmagan odamlarni o‘tkir aqlga ega bo‘lgan odamlardan kam bo‘lmagan darajada sevishi va ulardan foydalanishiga shubha yo‘q. Unda bu odamlar uchun ham joy bor. Ammo U bizning har birimiz har kuni o‘zimizga berilgan aqliy qobiliyatlarimizdan to‘liq foydalanishimizni istaydi. Maqsad boshqalarga aqlli bo‘lishga imtiyoz berib, aqlli va yaxshi bo‘lishimizdagina emas, balki ilojimiz boricha aqlli bo‘lishga harakat qilib, yaxshi va aqlli bo‘lib qolishimizdadir. Har qanday boshqa yalqovliklar kabi, aql yalqovligi ham Xudoga xush kelmaydi.

Toki siz masihiy bo‘lmoqchi ekansiz, ogohlantirib qo‘yayki, bu sizdan o‘zingizni, ongingiz va boshqa qolgan hamma narsalarni to‘liq bag‘ishlashingizni talab qiladi. Yaxshiyamki, buning o‘rni to‘liq qoplanadi: chin dildan masihiy bo‘lishni isayotgan har bir kishi tez orada o‘z aqli qanchalik o‘tkirlashayotganini sezadi. Masihiy bo‘lish uchun maxsus ma’lumotli bo‘lish talab qilinmasligining sabablaridan biri shunda: masihiylik o‘z-o‘zidan ta’limdir. Mana shuning uchun ham Bunyandek o‘qimagan dindor butun dunyoni hayratga solgan kitob yoza olgan.

Nafsni tiyish, afsuski, ma’nosi o‘zgarib ketgan so‘zlardan biridir. Bugungi kunda bu odatda spirtli ichimliklardan to‘la voz kechishni anglatadi. Ammo asosiy fazilatlardan ikkinchisini “nafsni tiyish” deb nomlashgan o‘sha kunlarda, bu so‘z hech ham shu ma’noga ega emasdi. Nafsni tiyish nafaqat ichkilikka, balki barcha lazzatlanishlarga taalluqli bo‘lib, ulardan mutlaq voz kechishni emas, balki rohatlana turib, chegaradan chiqib ketmasdan, me’yorni bilishni nazarda tutardi. Barcha masihiylar umuman ichmaydigan kishilar bo‘lishi shart, deb hisoblash xato bo‘lardi; masihiylik emas, islom spirtli ichimliklarni taqiqlaydi. Albatta, qaysidir lahzada kuchli ichimliklardan voz kechish masihiyning burchi bo‘lishi mumkin – u ichishni boshlasa, vaqtida to‘xtay olmasligini sezadi yoki ortiqcha ichishga moyil bo‘lgan odamlar orasida bo‘lib, o‘z ibrati bilan ularni rag‘batlantirmasligi kerak bo‘ladi. Lekin mohiyatan, u ma’lum oqilona sabablarga ko‘ra, butunlay qoralanmagan narsadan o‘zini tiyadi. Ba’zi rasvo odamlarga shunday xislat xos: ular “yolg‘iz holda” biror narsadan voz kechishga qodir emas; qolgan hamma bundan voz kechishi ularga kerak. Bu masihiycha yo‘l emas. Qaysidir masihiy u yoki bu sabablar tufayli nikohdan, go‘shtdan, pivodan, kinodan o‘zini tiyishi kerak, deb hisoblashi mumkin. Biroq u bu narsalarning hammasi o‘z-o‘zicha yomon deb ta’kidlay boshlasa yoki bu narsalardan voz kechmayotgan odamlarga bepisand qarasa, noto‘g‘ri yo‘lga kirgan bo‘ladi.

So‘z ma’nosining torayishi katta ziyon keltirgan. Bu tufayli odamlar xuddi shu tarzda boshqa ko‘p narsalarda haddan oshmaslik lozimligini unutib qo‘yishadi. O‘z hayotining mazmunini golf yoki motosiklga aylantirib olgan erkak yoki faqat kiyimlar, bridj o‘ynash yoxud o‘z iti haqida o‘ylovchi ayol xuddi har kuni kechqurun mast bo‘ladigan piyonista kabi “me’yordan chiqish”ni namoyon qiladi. Albatta, ularning “me’yordan chiqishi” bunchalik yaqqol bilinmaydi – ular bridjga yoki golfga ishtiyoqmandligi sababli yo‘l chetida yiqilib yotmaydilar. Biroq tashqi ko‘rinishlar bilan Xudoni aldab bo‘larmikin?!

Odillik nafaqat sud muhokamalariga taalluqli. Bu tushuncha o‘z ichiga halollik, to‘g‘riso‘zlik, va’daga vafo va boshqa ko‘p narsalarni oladi. Barqarorlik ham mardlikning ikki turini nazarda tutadi: xavfning yuziga tik qarashdan qo‘rqmaydigan mardlik va odamga og‘riqqa chidash kuchini beradigan mardlik. Siz, albatta, to‘rtinchi fazilat bo‘lmasa, dastlabki uch fazilatga uzoq vaqt amal qilishning iloji yo‘q, deb ta’kidlaysiz.

Yana bir narsaga e’tibor qaratish zarur: ehtiyotkorlik bilan biror harakat qilish va barqarorlikni namoyon etish ehtiyotkorlik va nafsni tiyishning o‘zginasi emas. Yomon tennischi vaqti-vaqti bilan yaxshi zarbalar berishi mumkin. Lekin siz faqat ko‘zlari, mushaklari va asablari son-sanoqsiz yaxshi zarbalar orqali haqiqatan ham shunday zarbalarga tayanish mumkin bo‘ladigan darajada mashq qildirilgan odamnigina yaxshi o‘yinchi deb aytasiz. Ular bunday o‘yinchida alohida xususiyat kasb etib, hatto u tennis o‘ynamayotganida ham bu xususiyatlar unga xos bo‘laveradi. Xuddi shu tarzda matematikning ongiga ham ma’lum ko‘nikmalar va bilim darajasi xos bo‘lib, bular u faqat matematika bilan shug‘ullanmaganida ham unga xosdir. Shunga o‘xshab, hamisha va har narsada adolatli bo‘lishga intilayotgan odam, oxir-oqibatda, o‘zida odillik deb atalayotgan xislatni rivojlantiradi. Fazilatlar haqida gapirganimizda alohida xatti-harakatlarnigina emas, aynan tiynatdagi xislatni nazarda tutamiz.

Bu farqlarni tushunish muhim, chunki alohida qilmishlarni tiynat xislatiga tenglashtirar ekanmiz, biz uch bora xato qilish tavakkaliga duch kelamiz.

  1. Agar biror ishda to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lsak, qanday va nima uchun bunday qilganimiz, ixtiyoriy yoki majburan, afsuslanib yoki quvonib, jamoatchilik fikridan qo‘rqish tufayli yoki ishning o‘zi uchun qilganimiz ahamiyatga ega emas, deb o‘ylashimiz mumkin bo‘lardi. Haiqat shundaki, ezgu niyat bilan qilinmagan yaxshi ishlar tiynatimizning fazilat deb nomlangan xislatini shakllantirishga ko‘maklashmaydi. Aynan shunday sifat esa ahamiyatga molik. Agar yomon tennischi ayni paytda shunday zarba talab qilinayotgani bois emas, balki sabrini yo‘qotgani uchun bor kuchi bilan koptokchani ursa, sof tasodif tufayligina bunday zarba o‘yinni yutishiga ko‘maklashishi mumkin, biroq hech qachon umidli o‘yinchi bo‘lishiga yordam bera olmaydi.
  2. Aslida Xudo biz alohida navdagi odamlar bo‘lishimizni istayotgani holda, U bizdan qoidalarning ma’lum to‘plamiga bo‘ysunishimizni istaydi, deb o‘ylashimiz mumkin bo‘lardi.
  3. Fazilatlar faqat hozirgi hayot uchungina muhim, boshqa dunyoda biz adolatli bo‘lishga urinishimizga zarurat yo‘q, chunki u yoqda janjal uchun sabablar yo‘q; biz mardlik ko‘rsatishimzga to‘g‘ri kelmaydi, chunki u yerda xavf bo‘lmaydi, deb o‘ylashimiz mumkin bo‘lardi. Ehtimol, hammasi shundaydir, boshqa dunyoda biz adolat uchun kurashishimiz yoki jasorat ko‘rsatishimizga to‘g‘ri kelmas. Lekin u yerda bizga, agar bu yerda o‘zimizni mardona tutsak, Yerdagi umrimizda adolat uchun kurashsak, qanday odam bo‘lishimiz lozim bo‘lsa, xuddi shu navdagi odamlar bo‘lishimiz talab etilishi shubhasiz. Mohiyat agar biz tiynatimizda ma’lum xislatlarga ega bo‘lmasak, Xudo bizni O‘zining abadiy dunyosiga qo‘ymasligida emas, balki agar bu yerda odamlar hech bo‘lmaganda shu sifatlarning kurtaklariga ega bo‘lmasa, hech qanday tashqi sharoitlar ular uchun “jannat” yarata olmasligi, ya’ni Xudo biz uchun istaganidek chuqur, o‘zgarmas, buyuk baxt bermasligidadir.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак