Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 18 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.8. ENG KATTA GUNOH

Men hozir masihiylikning, ayniqsa, u boshqa hamma axloq me’yorlaridan keskin ajralib turadigan qismiga o‘taman. Dunyoda hech bir odam xalos bo‘lmagan bir illat bor. Lekin har bir kishi uni boshqa kimdadir ko‘rgan va masihiylardan boshqa kamdan-kam odamgina bu nuqsonni o‘zida payqaydi. Men odamlar o‘z xislatlarining yomonligini, hatto qo‘rqoq ekanliklarini tan olishayotganini eshitganman. Lekin men hech qachon masihiy bo‘lmagan odamdan bu nuqsonni tan olganini eshitmadim. Men bu illat boshqalarda namoyon bo‘lishiga rahmdillik bilan munosabatda bo‘lgan imonsiz odamni juda kam uchratganman. Odamni beobro‘ qiladigan va biz o‘zimizda deyarli payqamaydigan boshqa bunday illat yo‘q. Bu illat o‘zimizda qanchalik katta bo‘lsa, uning boshqalarda namoyon bo‘lishini shunchalik yomon ko‘ramiz.

Men kibr yoki o‘ziga ortiqcha ishonish haqida gapirayapman, bunga qarama-qarshi bo‘lgan fazilatni masihiylar tavoze deb atashadi. Balki yodingizdadir, men jins masalalaridagi axloq haqida gapirganimda, masihiycha axloqning markazi u yerda emasligidan sizni ogohlantirgan edim. Hozir biz o‘sha markazga yetib keldik. Masihiylik ta’limotiga ko‘ra, eng bosh illat, eng dahshatli yovuzlik - kibrdir. Buzuqlik, badjahllik, piyonistalik va shunga o‘xshashlar kibrning oldida hech nars emas. Aynan kibr shaytonni shaytonga aylantirdi. Kibr boshqa barcha illatlarga yetaklaydi: bu ruhning Xudoga mutlaqo dushman holatidir.

Ehtimol, meni oshirib yuborayapti, deb o‘ylayotgandirsiz. Unda bo‘lsa, yana bir bor so‘zlarimning mag‘zini chaqing. Bir necha lahza oldin odamda kibr qanchalik ko‘p bo‘lsa, u boshqalardagi bu sifatni shunchalik kuchli yomon ko‘radi degandim. Agar o‘zingizdagi kibr me’yorini aniqlamoqchi bo‘lsangiz, buni quyidagi savolni o‘zingizga berib, amalga oshirish eng osonidir: "Boshqalar meni kamsitganida yoki meni payqashmaganida yoxud ishlarimga aralashganida yoki menga homiylarcha munosabatda bo‘lganida yoki o‘zini ko‘z-ko‘z qilib mening oldimda maqtanishsa, qanchalik ko‘p g‘azablanaman?" Gap shundaki, har bir kishining g‘ururi boshqa har qanday kishining g‘ururi bilan raqobatlashadi. Men aynan kechki bazmda eng ko‘zga ko‘rinalri bo‘lishni istaganim uchun, kimdir hammaning e’tiborini tortib, mening jahlimni chiqarayapti.

Raqobatchilik ruhi kibrga xosligi, uning butun tabiati shunday ekanligini yaqqol tushunib olishimiz lozim. Boshqa illatlar, ta’bir joiz bo‘lsa, tasodifan raqobatga kirishadi. Kibr qisman ega bo‘lishga qanoat qilmaydi. U qo‘shnisidan ko‘proq bo‘lgandagina, qanoatlanadi. Biz odamlar boylik yoki aql yoki chiroy bilan kibrlanadi, deb aytamiz. Ular boyroq, aqlliroq yoki chiroyliroq ekanligi bilan faxrlanishadi. Agar hamma bir xilda boy, aqlli yoki chiroyli bo‘lanida edi odamlarning kibralanadigan narsasi qolmasdi. Faqat taqqoslash bizda kibrni uyg‘otadi: biz boshqalardan ko‘ra yuqoriroq ekanligimizni anglash bizga rohat beradi. Raqobat qiladigan narsa bo‘lmagan joyda, kibrga o‘rin yo‘q. Mana shuning uchun ham, men raqobatchilik tabiatan kibrga berilgan dedim, boshqa illatlar haqida bunday deya olmaymiz. Jinsiy mayl ikki erkak o‘rtasida raqbotchilik ruhini uyg‘otishi mumkin, agar ular ayni bir ayolga egalik qilishni istayotgan bo‘lishsa. Ammo bu faqat tasodif. Chunki ular har xil ikkita qizga qiziqib qolishlari mumkin edi. Shu bilan birga, kibrli odam sizning yaxshi ko‘rgan qizingizni sevgani uchun emas, faqat erkak sifatida sizdan yaxshiroq ekanligini o‘ziga isbot qilish uchun siz yaxshi ko‘rgan qizni olib ketadi. Ochko‘zlik odamlarni raqobatga undashi mumkin, agar ular u yoki bu narsalarda yetishmovchilik sezsa. Biroq kibrli odam, hatto bu narsalar uning o‘zida keragidan ortiq bo‘lsa ham, shunchaki kuch va hokimiyatda mustahkamlanib olish uchun ularga yanada ko‘proq ega bo‘laveradi. Odamlar ochko‘zlik va xudbinlikka nisbat beradigan, dunyodagi deyarli hamma yomonlik aslida kibr natijasidir.

Misol uchun, pullarni oling. Ta’tilni yaxshiroq o‘tkazish, yaxshiroq uy, taom va ichimliklarga ega bo‘lish istagi odamni pulga xasis qilib qo‘yadi: u bularga tobora ko‘proq ega bo‘lishni istaydi. Yiliga 40 000 dollar oladigan odamni 80 000 dollarga intilishga nima majbur qiladi? Endi shunchaki rohatlarga ochko‘zlik emas. Axir, 40 000 dollari bo‘lganda ham u bemalol dabdabali hayot kechirardi-ku. Boshqalardan ko‘ra boyroq bo‘lish va hokimiyatga ko‘proq ega bo‘lish istagini unda kibr uyg‘otmoqda, chunki aynan hokimiyat kibrga alohida rohat baxsh etadi. Hech narsa odamga boshqa odamlarni xuddi yog‘och askarchalarni o‘ynatish imkoniyati berganchalik ustunlik hissini bera olmaydi. Yosh qiz qayerda paydo bo‘lmasin atrofiga xushtorlarini to‘plab, hamma yoqqa baxtsizlik urug‘larini qadashiga uni nima majbur qiladi? Albatta, jinsiy sezgi emas. Bunday turdagi aksariyat qizlar ehtirossiz. Bunga uni kibr undayapti. Siyosiy rahbar yoki butun bir millatni oldingi muvaffaqiyat va yutuqlarga qanoat qilmay, har doim yangilariga intilaverishga nima majbur qiladi? Yana o‘sha kibr. Raqobat kibrga xos. Mana shuning uchun ham uni qondirib bo‘lmaydi. Agar men kibrga chalingan bo‘lsam, toki mendan ko‘ra ko‘proq hokimiyat, boylik yoki aqlga ega birorta odam bor ekan, u mening raqibim va dushmanim bo‘ladi.

Masihiylik haq: dunyo yaralgandan buyon har bir xalqda va har bir oiladagi ko‘ngilsizlikni aynan kibr keltirib chiqardi. Ba’zi nuqsonlar ba’zan odamlarni jipslashtirishi mumkin; masalan ichkilikka ishqiboz bo‘lib, poklikka begonalar orasidan siz quvnoq ulfatlar topishingiz mumkin. Biroq kibr har doim dushmanlikni anglatadi va uning o‘zi dushmanlikdir. Nafaqat odamning odamga dushmanligi, balki odamning Xudoga dushmanligi hamdir.

Xudo qiyofasida siz barcha nisbatlarda sizdan ortiq bo‘lgan nimadir bilan duch kelasiz. Toki, shuni va tegishlicha, Unga taqqoslaganda siz hech narsa emasligingizni anglamaguningizcha, siz umuman Xudoni taniydigan holatda emassiz. Toki kibringizdan qutulmas ekansiz, uni taniy olmaysiz. Chunki kibrli odam har doim hamma narsaga yuqoridan, ya’ni balanddan pastga qaraydi: tepasida nima borligini u qanday ko‘rsin!

Dahshatli savol. Kibrga burkangan odamlar qaysi yuz bilan go‘yoki Xudoga ishonishlarini va o‘zlarining o‘ta taqvodor ekanliklarini ayta olishadi? Ular faraz qilingan Xudoga sig‘inayaptilar, deb qo‘rqaman. Ular bu faraz qilingan Xudo oldida hech narsa ekanliklarini nazariy jihatdan tan olishayapti. Lekin ularga o‘sha Xudo ularni ma’qullayotgandek va boshqalardan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblayotgandek tuyulaveradi; ular Unga ayni paytda atrofdagilarga nisbatan kibrli manmanlikka to‘lgan holda, faraziy, arzimas tavoze bilan haq to‘lashadi. Menimcha, ba’zilar Uni va Uning ismini  targ‘ib qilib, jinlarni haydashi haqida, biroq Masih oxir zamon bo‘lganda ularni hech qachon tanimasligini aytishi haqida gapirganda, U shunday odamlar haqida ham o‘ylagan. Har birimiz har qanday lahzada mana shu tuzoqqa tushib qolishimiz mumkin. Yaxshiyamki, bizda o‘zimizni sinab ko‘rish imkoniyatimiz bor. Har gal diniy hayotimiz bizni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq qilayapti, degan his paydo bo‘lganida, biz bu tuyg‘u Xudodan emas, balki shaytondan kelayotganiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ishonchingiz komil bo‘lsin, faqat  o‘zingizni umuman unutganingizda yoki o‘zingizni arzimas va sof emas deb ko‘rganingizdagina, Xudo haqiqatan ham hayotingizda ishtirok etadi. O‘zingizni umuman unutganingiz yaxshiroq.

Illatlardan eng qo‘rqinchlisi diniy hayotimizning naq o‘zagiga kirishga qodirligi  dahshatli. Lekin bu to‘la tushunarli ham. Boshqalari, zarari kamroq illatlar bizga o‘zimizning hayvoniy taibatimiz orqali ta’sir qiladigan shaytondan kelib chiqadi. Bu illat esa bizning ichimizga boshqa yo‘l bilan kirib oladi: u bevosita do‘zaxdan keladi. Chunki uning tabiati sof ruhiy, tegishlicha, uning ta’siri ko‘proq takomillashgan va halokatli. Shu sababga ko‘ra, kibr ko‘pincha boshqa illatlarni tuzatishga xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, o‘qituvchilar ko‘pincha o‘quvchilarni g‘ururlanish va o‘zini hurmat qilishga chaqirishadi, ular buni o‘quvchilar o‘zini odobli tutishlari uchun qilishlarini aytishadi. Ko‘p odamlar ba’zi illatlar ularning g‘ururiga to‘g‘ri kelmasligiga o‘zini ishontirib, qo‘rqoqlikni, bema’ni ishtiyoqlarga berilishni yengishga yoki badxulqligini tuzatishga muvaffaq bo‘lishadi; ular o‘zlarida kibrni yoqib, g‘alabaga erishishadi. Shayton buni ko‘rib, kuladi. Qaltirashdan davolanishingiz o‘rniga sizga saraton xastaligini yuqtirishga e’tiroz bildirmagani kabi, u sizning ruhingizni kibr hukmiga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘la olsa, siz pok, jasur, o‘zini tuta oladigan bo‘lishingiz uni to‘liq qanoatlantiradi. Chunki kibr ruhiy saratondir, u sevish, qanoatlanish va hatto sog‘lom aqlning o‘zini ham yutib yuboradi.  

Bu mavzuni yakunlashdan oldin men sizni quyidagi xatolardan ogohlantirishim shart:

  1. Agar sizni maqtashganida zavqlansangiz, bu kibrdan dalolat bermaydi. Darsni yaxshi yodlagani uchun yelkasiga urib qo‘yishgan bola, oshiq bo‘lgan kishi chiroyi uchun maqtagan ayol, Masih: “Yaxshi, sodiq qul” deb aytgani uchun najot topgan ruh, bularning hammasi o‘zidan mamnun bo‘ladi va bu to‘la qonuniy. Chunki bu yerda siz qanday ekanligingiz emas, balki o‘zingiz xursand qilishni (va to‘g‘ri qilasiz) istagan odamingizni quvontirganingiz sizga rohat bag‘ishlayapti. Siz “Men uni quvontirdim, bu yaxshi” degan fikrdan “Shunday qilibmanmi, demak juda yaxshi odam bo‘lsam kerak” degan fikrga o‘tganingizda balo boshlanadi. O‘zingizga qancha ko‘p yiqqaningiz va maqtovdan kamroq zavq olishingiz bilan, siz shunchalik yomonlashaverasiz. Agar maqtov umuman sizni qiziqtirmay qo‘ysa va o‘zingizga mahliyo bo‘lish zavqlanishingizning yagona manbaiga aylansa, demak siz chohning tubiga yetibsiz. Mana shuning uchun ham, manmanlik kibrning, asosan, yuzada ko‘rinadigan navi bo‘lib, xavfi eng kam va ko‘proq kechiriladi. Manman odam maqtov, qarsaklar, o‘ta yaxshi ko‘rilishga tashna va har doim xushomadlarga zor. Bu kamchilik, lekin bolalarcha kamchilik va hatto qanchalik g‘alati tuyulmasin, unchalik ziyon yetkazadigan emas. U faqat o‘zini g‘oyat yaxshi ko‘rish bilan siz to‘la qoniqmasligingizni ko‘rsatadi. Boshqa odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun siz hali ularni yetarlicha qadrlayapsiz. Boshqacha qilib aytganda, hali sizda odamgarchilik bor. Boshqa odamlar sizdan shunchalik pastdaki, ular siz haqingizda nima deb o‘ylayotgani menga qiziq emas, deb hisoblab boshlashingiz bilan asl qora, shaytoniy kibr keladi. Agar o‘z so‘zlarimiz va qilmishlarimizda to‘g‘ri mulohazalarga amal qiladigan bo‘lsak, buning ustiga, Xudo bu haqda nima deb o‘ylayotgani biz uchun muhimligini inobatga olsak, ba’zan biz haqiqatan ham odamlarning fikriga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi. Ammo kibrli odam butunlay boshqa sababga ko‘ra boshqalarga umuman e’tibor bermaydi. U shunday deydi: "Toki bu odamlarning fikri biror qiymatga ega emas ekan, nega endi men bu olomonning qarsaklariga mahtal bo‘lishim kerak? Hatto shunday bo‘lganda ham, men xushomad qilinganda xuddi birinchi marta raqsga taklif qilingan qizchadek zavqlanishdan qizarib ketadigan odam emasman. Men mustaqil, katta yoshdagi odamman. O‘z ideallarim uchun qilgan hamma ishlarimga, yo aqlimning ijodiy tusdaligi yoki oilam an’analariga amal qilib, qisqasi qanday bo‘lsam, shundayligim tufayli erishdim. Olomonga bu yoqayaptimi? Bu ularning ishi! Men uchun ularning hammasi hech narsa emas". Bunday holatda haqiqiy, chegarasiga yetgan kibr manmanlikning raqibi bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimdek, shayton mayda kamchiliklar o‘rniga yiriklarini berib qo‘yib, mayda kamchiliklarni davolashni yaxshi ko‘radi. Manmanlikdan davolanishga urinib, o‘z kibrimizni yordamga chaqirmasligimiz shart.
  2. Biz odam o‘z o‘g‘li yo otasi yoki maktabi yoxud xizmati bilan g‘ururlanayotganini tez-tez eshitib turamiz. Savol tug‘iladi: bunday turdagi g‘ururlanish gunohmi? Menimcha, hammasi “g‘ururlanish” so‘ziga qanday ma’no berishimizga bog‘liq. Ko‘pincha bu so‘z bizning nutqimizda “chin qalbdan g‘ururlanish” so‘z birikmasining sinonimi sifatida eshitiladi. Bunday g‘ururlanish esa, so‘zsiz, gunohdan ancha uzoqda. Lekin boshqacha ham bo‘ladi: “g‘ururlanish” so‘zi odam o‘zining taniqli otasining xizmatlari asosida yoki mashhur urug‘ga mansubligi tufayli o‘zini muhim shaxs deb his qilishini anglatishi mumkin. Bunda yaxshi narsa kam: baribir bu o‘zidan o‘zi g‘ururlanishdan ko‘ra yaxshiroq. O‘zidan tashqari birovni sevish va birov bilan g‘ururlanish to‘liq ruhiy halokatdan chetga bir qadamdir. Biroq toki Xudodan ko‘ra boshqa narsani ko‘proq yaxshi ko‘rarkanmiz va Unga sajda qilgandan ko‘ra boshqa narsaga ko‘proq sajda qilarkanmiz, to‘la ruhiy sog‘ayish bizga yetib kelmaydi.
  3. Biz go‘yo Xudo kibr Uni haqorat qilgani uchun uni taqiqlayapti; xuddi O‘zi kibr bilan kasallangani uchun O‘zining buyukligini ta’kidlash maqsadida bizdan tavozeni talab qilayapti, deb o‘ylamasligimiz kerak. Menimcha, Xudoning sha’ni Uni hamma narsadan ko‘ra kamroq tashvishlantiradi. Hamma gap shundaki, Xudo biz Uni tanishimizni istaydi. U bizga O‘zini bermoqchi. Agar biz haqiqatan ham, chindan U bilan birlashsak, beixtiyor va quvonch bilan itoat etamiz va bunda nihoyat, bizning sha’nimiz haqida butun umr bizga tinchlik bermayotgan, quvonchdan mahrum qilayotgan tuturiqsizlikdan uzilib, cheksiz yengillikni his qilamiz. Biz bu yengillikni boshdan kechirishimiz uchun U bizning tavozeli bo‘lishimizga harakat qilayapti. U bizni o‘zimiz kiyib olgan va xuddi jajji tentakvoylar kabi kekkayib, ko‘z-ko‘z qilayotgan xayoliy, xunuk kiyimdan xalos qilishga urinmoqda. Men ham tavozeliroq va itoatkorroq bo‘lishni istardim. Agar shunga erisha olsam, ustimizdan ko‘rkam bayramona kiyimini yechib tashlaganimizdan so‘ng, o‘zimizning qalbaki “men”imizdan uning butun bo‘y-basti va “Xo‘sh, menga qaranglarchi, yoqimli yigit emasmanmi?” degan da’volaridan voz kechganimzda keladigan yengillik va qulaylik haqida sizga ko‘proq narsalarni gapirib bergan bo‘lardim. Bunday holatga hatto yaqinlashish ham xuddi sahroda muzdek suv ichgan kabidir.
  4. Haqiqiy itoatkorlik ayyorlik va chuchmallik, o‘zining arzimasligini jo‘rttaga uqtirish deb o‘ylamang. Haqiqatan ham tavozeli odamni uchratgach, siz aniqrog‘i, u aytganlaringizga chinakam qiziqish bildirgan quvnoq, aqlli, yigit deb o‘ylab qolasiz. Agar u sizga yoqmasa, hoynahoy, bu hayotni shunchalik oson va quvonch bilan qabul qilishga qodir bo‘lgan odamga hasad nishini his qilganingizdandir. U o‘zining itoatkorligi haqida o‘ylamayapti; u umuman o‘zi haqida o‘ylamaydi.

 

Agar kimdir itoatkorli bo‘lishni istasa, men unga birinchi qadamni aytib berishim mumkin: o‘zingizning kibringizni anglab oling. Bu qadam eng yaxshisi bo‘ladi ham. Hech bo‘lmaganda, toki bu qadam tashlanmagunicha, biror narsa qilish mumkin emas. Agar siz kibrga chalinmaganman, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, demak unga haqiqatan ham chalinibsiz.

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак