Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 4 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


1-KITOB.

YAXShILIK VA YOMONLIK – OLAMNI TUSHUNISH KALITI SIFATIDA

1.4. QONUN ORTIDA NIMA YASHIRIN?

Hozirgi paytga kelib nimalarni aniqlashtirib olganimizga yakun yasaylik. Toshlar, daraxtlar va shunga o‘xshash narsalar bilan bo‘lgan holatda tabiat qonuni deb atalmish qonun shunchaki nutqdagi ifodadan boshqa narsa emas. Tabiat ma’lum bir qonunlarga bo‘ysunadi, der ekansiz, siz u o‘zini ma’lum bir tarzda tutishi yoki namoyon qilishini nazarda tutasiz, xolos.

Qonun deb atalayotgan narsalar shu so‘zning to‘la ma’nosidagi qonun, ya’ni biz kuzatayotgan tabiat hodisalari ustida turuvchi nimadir bo‘la olmaydi. Lekin odam bilan bo‘lgan holatda ish boshqacha ko‘rinish kasb etadi. Inson tabiati qonuni yoki yaxshilik va yomonlik qonuni odam xatti-harakati dalili ustida turadigan nimadir bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lganda, biz dalillar bilan birga, o‘zimiz kashf etmagan, lekin rioya qilishimiz lozim bo‘lgan qonun bilan bog‘liq yana nimagadir ega bo‘lamiz.

Hozir esa men o‘zimiz yashayotgan Koinot haqidagi ixtiro bizga nimalar deyayotganini tushunib yetmoqchiman. Odamlar fikrlashni o‘rganishi bilanoq, Olam qanday paydo bo‘lgani, u aslida nima ekanligi haqida o‘ylay boshlagan. Eng umumiy qirralarda bu haqda ikkita nuqtai nazar mavjud. Birinchisi moddiy nuqtai nazar deb ataladi. Uning tarafdori bo‘lgan odamlar materiya va makon shunchaki mavjud, ular har doim mavjud bo‘lgan va nima uchun ekanligini hech kim bilmaydi, deb hisoblashadi; bir marta va manguga o‘rnatilgan tarzda o‘zini tutadigan materiya, tasodifan, o‘ylashga layoqatli bo‘lgan siz va men kabi mavjudotni yaratib qo‘ygan deb hisoblashadi. Ehtimoli o‘ta kam bo‘lgan qandaydir baxtli tasodif tufayli, nimadir bizning quyoshimizga urilgan va undan sayyoralar ajralib chiqqan va ehtimoli oldingisidan ko‘p bo‘lmagan xuddi shunday boshqa tasodif tufayli, o‘sha sayyoralardan birida hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy birikmalar, bunga qo‘shimcha ravishda kerakli harorat paydo bo‘lgan va shunday qilib, shu sayyorada materiyaning bir qismi jonlangan, keyin esa tasodiflarning uzoq zanjiridan o‘tib, tirik mavjudotlar siz bilan men kabi yuqori uyushgan, odam deb atalgan mavjudotlarga qadar taraqqiy etgan.

Ikkinchi nuqtai nazar diniydir. Unga ko‘ra, ko‘rinib turgan Olam paydo bo‘lishining manbaini qandaydir ongdan (to‘g‘rirog‘i, boshqa narsadan ko‘ra, nimadandir) izlash lozim. Bu ong aqlga ega bo‘lib, o‘zining maqsadi ham bor va boshqa narsalarga qaraganda, ba’zi narsalarni ustun ko‘radi. Diniy nuqtai nazardan, aynan shu ong Olamni yaratgan, xususan, siz bilan biz bilmaydigan qandaydir maqsadlar haqqi-hurmati va qisman o‘ziga o‘xshash bo‘lgan mavjudotlarni yaratish uchun, bunda men uning o‘ziga o‘xshab aqlga ega bo‘lgan mavjudotlarni nazarda tutayapman. Iltimos, bu nuqtai nazarlardan biri juda qadimdan mavjud edi, boshqasi esa asta-sekin uni siqib chiqargan deb o‘ylamang. Qachonlardir odamlar yashagan hamma joylarda ularning ikkisi ham mavjud bo‘lgan. Yana bir narsani e’tiborga oling. Bu ikki nazariyaning qaysi biri ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri ekanligini siz belgilay olmaysiz. Axir, fan tajribalar yo‘li bilan amal qiladi-ku. U narsalar, materiallar, elementlar va sh.k.lar qanday harakat qilishini kuzatadi. Qanchalik muarkkab tuyulmasin, har qanday ilmiy bayonot oxir-oqibatda quyidagiga borib taqaladi: "Men osmonning qaysidir qismiga tungi soat 2:20 da teleskopni yo‘naltirdim va shunday-shunday hamda shunday-shunday narsalarni ko‘rdim". Yoki:"Men bu moddaning ma’lum miqdorini idishga soldim, shunday haroratgacha qizdirdim va shunday-shunday hamda shunday-shunday narsalar hosil bo‘ldi". Meni fanga qarshi biror narsa deyapti, deb o‘ylamang. Men shunchaki u qanday harakat qilishini tushuntiryapman. Va odam qanchalik ilmliroq bo‘lsa, u mening fan aynan shundan iborat ekanligi, uning foydasi va zarurati shunda ekanligi haqidagi fikrimga shunchalik tezroq (umid qilamanki) qo‘shiladi. Lekin fan o‘rganayotgan bu ob’ektlarning hammasi umuman mavjud va ularning ortida ulardan farq qiladigan nimadir turgan-turmaganligi umuman fanning muammosi emas. Agar biz sharhlayotgan voqelik ortida “nimadir” mavjud bo‘lsa, u holda u yoki odamlar uchun noma’lum bo‘lib qoladi yoki qandaydir alohida yo‘l bilan odamlarga o‘zi haqida bildiradi. Bu “nimadir” mavjudligi haqidagi bayonot esa fanning bilish doirasiga kirmaydi. Odatda haqiqiy olimlar bunday bayonot berishmaydi. Ko‘pincha jurnalistlar va darsliklardagi ilmiy tekshirilmagan ma’lumotlarga yopishib olgan ommaviy romanlar mualliflari bunday bayonotlar bilan chiqishadi. Oxir-oqibatda oddiy sog‘lom ong bizga shunday deydi: taxmin qilaylik, qachonlardir fan Koinotning har bir qismini qamrab oladigan darajada mukammal bo‘ladi; “Koinot nega mavjud?”, “Nega u o‘zini boshqacha emas, aynan shunday tutadi?” va “Uning mavjudligida biror ma’no bormi?” degan savollarga xuddi hozir bo‘lgani kabi javob ayon bo‘lmasligi tushunarli emasmi?.

Agar bir holat bo‘lmaganida, ahvol mutlaqo umidsiz bo‘lib qolardi. Koinotda bir mavjudot bor bo‘lib, biz u haqda faqat tashqaridan kuzatishlarimiz orqali bilganimizdan ko‘ra ko‘proq narsa bilmaymiz. Bu mavjudot odamdir. Biz shunchaki odamlarni kuzatibgina qolmaymiz, o‘zimiz ham odammiz. Ushbu holatda biz ichki axborot deb atalgan ma’lumotlarga egamiz. Shu tufayli odamlar o‘zlari o‘rnatmagan, lekin qanchalik urinishmasin, esdan chiqara olmaydigan va unga bo‘ysunishlari lozimligini biladigan qonunga qaramligini his qilishlari bizga ma’lum. Mana nimaga e’tibor bering; xuddi biz elektr tokini yoki karamni o‘rganganimiz kabi, odamni chetdan turib o‘rganadigan har qanday zot, tilimizni bilmasa va tegishlicha, bizdan ichki axborot olish imkoniga ega bo‘lmasa, bizning xulq-atvorimizni oddiy kuzatish orqali hech qachon bizning axloq qonunimiz bor, degan xulosaga kela olmaydi. Qanday qilib u shunday xulosaga kela olardi ham? Chunki uning kuzatishlari unga faqat biz nimalar qilayotganimizni ko‘rsatadi, axloq qonuni esa biz qilishimiz zarur bo‘lgan narsalar haqida so‘z yuritadi. Xuddi shundayin, agar toshlar yoki ob-havo bilan bo‘lgan holatda kuzatishimiz sarhadidan tashqarida biror narsa yashirin bo‘lsa yoki turgan bo‘lsa, bu “nimanidir” fosh qilishga hatto umid ham qila olmagan bo‘lardik.

Shunday qilib, masala boshqa jihatga ko‘chadi. Biz Koinot tasodifan, o‘z-o‘zidan, hech bir sababsiz, hozir bo‘lgani kabi yaralganmi yoki buning ortida Koinotni aynan shunday qilib qo‘yadigan qandaydir kuch bormi, degan savolga javobni bilishni istaymiz. Toki o‘sha kuch, agar u mavjud bo‘lsa, kuzatilayotgan dalillardan biri bo‘lishi mumkin emas, ammo bu dalillarni yaratayotgan voqelik hisoblanadi, ularni oddiy kuzatish buni aniqlay olmaydi. Faqat bir yagona hodisa kuzatilayotgan dalillar bilan birga, “nimadir” borligi haqidagi fikrni uyg‘otadi va bu hodisa bizning o‘zimizdir. Faqat o‘zimizning xususiy ahvolimizdagina ko‘rib turibmizki, o‘sha “nimadir” bor.

Keling, vaziyatga boshqa tomondan qarab ko‘raylik. Agar Koinot sarhadlaridan tashqarida qandaydir nazorat qiluvchi kuch bo‘lganda edi, u Koinotga xos bo‘lgan ichki elementlardan biri ko‘rinishida o‘zini bizga ko‘rsata olmaydi, xuddi uy o‘zining loyihasiga binoan barpo etilgan me’mor shu uyda devor, zinapoya yoki kamin bo‘lishi mumkin emasligi kabi. Biz umid qila oladigan yagona narsa, bu mazkur kuch bizning xulq-atvorimizni ma’lum o‘zanga yo‘naltirishga urinib, bizning botinimizda o‘zini ma’lum bir ta’sir yoki buyruq sifatida namoyon qilishidir. Biz o‘z botinimizda aynan shunday ta’sirni topamiz. Bunday kashfiyot shubhalarimizni uyg‘otib yuborishi kerakligi rost emasmi? Biz javob olishga umid qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona holat, bizga ijobiy javobni beradi; biz javob oladigan boshqa holatlarda esa, nega uni ololmasligimizni ko‘rib turamiz.

Kimdir mendan so‘radi deb faraz qilaylik: "Nega siz ko‘cha bo‘ylab borayotgan va har bir uyning oldida kichkina qog‘oz paketlar tashlab ketayotgan, ko‘k rangli maxsus ust-boshdagi odamni ko‘rganingizda, bu paketlarda xatlar bor deb taxmin qilasiz?" Men bunday javob bergan bo‘lardim: "Chunki har gal u xuddi shunday qog‘oz paketni men uchun tashlab ketganida, men uning ichidan xat topaman". Agar bu odam: "Lekin siz hech qachon, fikringizcha, boshqa odamlar olayotgan xatlarni ko‘rmagansiz-ku", deb e’tiroz bildirsa, men shunday javob bergan bo‘lardim: "Albatta yo‘q, chunki ular menga atalmagan, lekin o‘zim ochishim mumkin bo‘lgan paketga o‘xshashligini solishtirb ko‘rib, menga ochishga ruxsat berilmagan paketlarning ichida nima borligini fahmlayapman ".

Bizning savolimiz bilan ham ahvol xuddi shunday. Menga ochishga ruxsat berilgan yagona paket bu - odam. Men shunday qilayotganimda, ayniqsa, “Men” deb aytayotganim odamni ochayotganimda, men o‘z-o‘zimcha mavjud emasligimni, qaysidir qonunga tobe ekanligimni bilib olaman; nimadir yoki kimdir men o‘zimni ma’lum bir tarzda tutishim zarurligini istaydi. Albatta, toshning yoki daraxtning ichiga kirib ko‘rishga muvaffaq bo‘lsam, u yerda ham xuddi shu narsani topgan bo‘lardim, deb o‘ylamayman, xuddi bu ko‘chadagi qolgan hamma odamlar xuddi men olganim kabi xat olishadi, deb o‘ylamaganim singari. Men, masalan, tosh tortishish qonuniga bo‘ysunishga majbur, deb umid qilishim mumkin. "Xatni jo‘natuvchi" shunchaki menga o‘zimning inson tabiati qonunimga bo‘ysunishim zarurligini shunchaki aytishi mumkin, toshni esa u tosh tabiati qonuniga bo‘ysunishga majbur qiladi. Lekin bunda men har ikki holatda ham “xatni jo‘natuvchi”, dalillardan tashqarida turgan kuch, Hayotning boshlig‘i, uning Rahbari harakat qilishini kutib turishim lozim bo‘lmaydi.

Meni aslida qanday yurayotganimdan ko‘ra, tezroq ketayapti deb o‘ylamang, iltimos. Men buni masihiylik teologiyasi sharhlaganidek, Xudoga hatto yuz kilometr ham yaqinlasha olganim yo‘q. Hozirgacha bayon qilganlarimning hammasi quyidagi narsaga borib taqaladi: Olamni boshqarib turgan hamda meni yaxshilik qilish va o‘zim qilgan yomonlik uchun vijdonim azobini uyg‘otayotgan, mening botinimda qonun ko‘rinishida namoyon bo‘layotgan nimadir bor. Biz bu kuch boshqa biror narsaga qaraganda, ko‘proq aqlga o‘xshaydi, deb taxmin qilishimiz lozim, deb o‘ylayman, chunki pirovardida, aql bilan birga biz biladigan yagona narsa bu materiyadir. Biroq ko‘rsatmalar berayotgan materiya parchasini tasavvur qilish mumkinmi. Xullas, bu kuch bizning tushunchamizdagi aqlga mos kelishi dargumon; buning ustiga u inson shaxsiga yana ham kamroq mos keladi.

Keyingi bobda bu kuch haqida bir oz ko‘proq bilib olish-olmasligimizga qarab ko‘ramiz. Lekin ehtiyot bo‘lish uchun bir so‘z aytay: keyingi yuz yillikda Xudo haqidagi mavzuda juda ham erkin xayolparastliklar paydo bo‘ldi. Men sizga shunga o‘xshash biror narsani qat’iyan taklif qilmoqchi emasman.

Eslatma. Ushbu bo‘lim yetarlicha qisqa va radioeshittirishlar uchun yaroqli bo‘lishi maqsadida, men faqat materialistik va diniy nuqtai nazarlarni eslatdim. Lekin manzara to‘liq namoyon bo‘lishi uchun “hayotiy kuch” falsafasi yoki ijodiy evolyutsiya deb nomlangan oraliq nuqtai nazar haqida ham eslatib o‘tishim lozim edi. Bu falsafani Bernard Shou juda kiftini keltirib taqdim etgan, lekin bu Bergsonning asarlarida eng chuqur yoritilgan. Bu falsafa tarafdori bo‘lgan odamlar, natijasi sayyoramizdagi hayot o‘zining eng quyi shakllaridan to insongacha tadrijiy rivojlanib yetgan kichik o‘zgarishlar tasodifan bo‘lmagan, balki hayot kuchi tomonidan “maqsadga muvofiq” yo‘naltirilgan deb o‘ylashadi.

Odamlar bunday kuch haqida gapirayotganida, biz ulardan bu kuch ularning fikricha aqlga egami, deb so‘rashga haqlimiz. Agar ha bo‘lsa, unda “hayotni paydo qilgan va uni mukammalikka olib borayotgan” ong shunchaki Xudodir. Shunday qilib, bu nuqtai nazar diniy nuqtai nazarga o‘xshashdir.

Agar ular bu kuch ongdan mahrum deb hisoblashsa, u holda qanday qilib go‘yoki aqlga ega bo‘lmagan “nimadir” nimagadir intilishi yoki “qandaydir maqsadga egaligi”ni ta’kidlashlari mumkin? Bunday mantiq ularning nuqtai nazari uchun halokatli emasmi? Ijodiy evolyutsiya g‘oyasi Xudoga ishonish quvonchidan mahrum qilmasligi, shu bilan birga, odamni Xudo borligidan kelib chiqadigan unchalik ham yoqimli bo‘lmagan oqibatlardan xalos qilishi bilan juda ko‘plarni o‘ziga jalb qiladi. Sog‘lig‘ingiz juda yaxshi bo‘lib, quyosh charaqlab tursa va siz butun Olam faqat atomlarning mexanik raqsi haqida o‘ylashni istamayotgan bo‘lsangiz, o‘zida sizni opichlab olib, asrlar oralab taralib turgan buyuk sirli kuch haqida mulohaza yuritish yoqimli. Agar, boshqa tomondan, siz noma’qul ish qilmoqchi bo‘lsangiz, basir bo‘lgan, aqldan va axloqiy tushunchalardan mahrum hayot kuchi sizning niyatlaringizga, bolaligimizda bizga aytib berishgan o‘sha me’daga urgan xudo aralashgani kabi aralashmaydi. Hayot kuchi qaysidir ma’noda qo‘lga o‘rgatilgan, bo‘ysundirilgan xudodir.  

Sizda istak paydo bo‘lganida, uning to‘lqiniga moslashib olishingiz mumkin, lekin uning o‘zi sizni bezovta qilmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, dindan olinadigan barcha huzurlar o‘zingizda qoladi, buning uchun esa pul to‘lashingiz aslo shart emas. Darhaqiqat, bu nazariya bizning istagan narsalarni voqelik deb qabul qilishga moyilligimizning eng buyuk yutug‘idir!

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак