Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 14 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


3-KITOB.

MASIHIYCHA XULQ-ATVOR

3.4. AXLOQ VA PSIXOANALIZ

Toki ko‘pchiligimiz masihiy bo‘lmagunimizcha, masihiylik jamiyatini o‘rnatishga erisha olmasligmizni aytib o‘tdim. Bu, albatta, jamiyatni o‘zgartirishlardan biror xayoliy sanaga qadar voz kechishimiz mumkin degani emas. Aksincha, biz bir vaqtning o‘zida ikkita ishni qilishimiz lozim: birinichidan, zamonaviy jamiyatda Oltin qoidani qo‘llash uchun imkoni bor barcha yo‘llarni qidirishimiz shart; ikkinchidan esa buni qanday qilishni boshqalar ko‘rishi uchun, o‘zimiz haqiqatan ham bu qoidani qo‘llaydigan odamlar bo‘lishga intilishimiz zarur. Hozir esa, masihiycha tushunchada “yaxshi odam” kim ekan haqidagi suhbatni boshlamoqchiman.

Tafsilotlarga o‘tishimdan oldin, umumiyroq tusdagi ikkita bandga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Birinchidan, masihiycha axloq o‘zini inson degan mashinani tuzatishga qodir vosita deb e’lon qiladi va menimcha, masihiylikning xuddi shu maqsadga mo‘ljallangandek tuyuladigan psixoanaliz bilan biror umumiyligi bor-yo‘qligini bilish sizga qiziqarli bo‘ladi. Bu yerda ikkita masala o‘rtasida aniq chegara o‘rnatishimizga to‘g‘ri keladi: bir tomondan, mavjud tibbiy nazariyalar hamda psixoanaliz texnikasi o‘rtasida va boshqa tomondan, dunyoga Freyd va boshqalar psixoanaliz bilan bog‘lagan falsafiy qarash hamda psixoanaliz o‘rtasida. Freyd falsafasi masihiylikka va boshqa buyuk psixolog Yung falsafasiga bevosita ziddir. Freyd nevrozlarni qanday davolash haqida gapirganida, u o‘z sohasining mutaxassisi sifatida fikr yuritadi. Ammo u falsafa masalalariga o‘tganida, havaskorga aylanib qoladi. Shuning uchun birinchi holatda unga quloq solishga barcha asoslar bor, lekin ikkinchi masalada emas. Men ham o‘zim ishonch hosil qilgan mavzuda aynan shunday qilaman: Freyd o‘z mavzusini tashlab, menga tanish bo‘lgan (tilshunoslikni nazarda tutayapman) mavzuga o‘tib ketganida, o‘ta bilimsizlikni namoyon qiladi. Biroq Freyd va uning boshqa izdoshlari psixoanalizda chiqaradigan barcha falsafiy asoslar va xulosalardan qat’iy nazar, psixoanalizning o‘zi masihiylikka hech ham zid emas. Uning uslubiyoti ko‘p jihatdan masihiycha axloqqa mos keladi. Shuning uchun agar har bir voiz psixoanaliz bilan u yoki bu darajada tanishib olsa, yomon bo‘lmasdi. Lekin bunda psixoanaliz va masihiycha axloq boshidan oxirigacha yonma-yon ketmasligini yodda tutish kerak, chunki ular oldiga turli vzifalar qo‘yilgan..

Odam axloq sohasida tanlov qilayotganida, ikkita jarayon mavjud. Birinchisi tanlov harakatining o‘zi. Ikkinchisi odamning psixologik mo‘ljallariga bog‘liq bo‘lgan va go‘yoki qaror “pishiriladigan” xom-ashyodir. Bunday xom-ashyoning ikki turi bor. Birinchisining asosida barcha odamlar uchun odatiy bo‘lganligi bois, biz me’yoriy deb aytadigan hislar yotadi. Ikkinchisi “ong osti” bosqichida qandaydir og‘ishlardan kelib chiqqan u yoki bu darajadagi notabiiy hislar to‘plami bilan belgilanadi.

Haqiqatan ham xavf tug‘diradigan u yoki bu narsalar oldidagi qo‘rquv: mushuklardan bema’ni qo‘rqish birinchi turdagi hislarga yoki o‘rgimchaklardan bema’ni qo‘rqish ikkinchi turdagi hislarga misol bo‘ladi. Erkakning ayolga intilishi birinchi turga kiradi; bir erkakning ikkinchi erkakka buzuq intilishi ikkinchi turga kiradi. Psixoanaliz nima qiladi? U odamga axloqiy tanlov paytida sifati yuqoriroq bo‘lgan “xom-ashyo” berib, odamni g‘ayritabiiy hislardan xalos qilishga urinadi. Axloq esa tanlov harakatlarining o‘zi bilan ish ko‘radi.

Keling, buni misolda ko‘rib chiqaylik. Tasavvur qiling, uch erkak urushga jo‘nayapti. Ulardan biri xavf oldida har bir me’yordagi odamga xos bo‘lgan qo‘rquvni boshdan kechirmoqda; u axloqiy say’-harakatlar bilan bu qo‘rquvni yengadi va jasur odamga aylanadi. Endi esa boshqa ikkalasi ong ostidagi og‘ishlar tufayli hech qanday axloqiy say’-harakatlar bilan yengib bo‘lmaydigan, bo‘rttirilgan qo‘rquvdan azoblanayapti, deb taxmin qilamiz. So‘ngra tasavvur qilamizki, ular xizmat qilayotgan harbiy tuzilmaga psixoanalitik keladi, ularni g‘ayitabiiy qo‘rquvdan xalos qiladi va shundan so‘ng bu ikkalasi me’yordagi, birinchi erkakdan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Bu psixologik muammolarni hal qilish. Biroq mana shu yerda axloqiy muammo yuzaga keladi. Nima uchun? Shuning uchunki, endi, me’yordan og‘ishlarga duch kelgan ikkalasi ham davolanishdi, ular mutlaqo turlicha xulq-atvor yo‘nalishini tanlashi mumkin. Ulardan birinchisi shunday deyishi mumkin: "Xudoga shukr, men anavi ahmoqona qo‘rquvdan qutuldim. Endi o‘zim har doim intilgan ishni qila olaman, vatan oldidagi o‘z burchimni o‘tashim mumkin ".

Ammo ikkinchisi boshqacha fikrlashi mumkin: "Xo‘sh, endi men o‘qlar yomg‘iri ostida o‘zimni nisbatan xotirjam tuta olaman. Lekin bu, albatta, mening niyatimni o‘zgartirmaydi. O‘zimni olovga otganimdan ko‘ra, iloji bo‘lishi bilanoq, boshqa birovga o‘zini o‘qqa tutishiga imkon beraman. Mana shunisi afzal! Endi e’tiborni jalb qilmay turib, o‘zimni ehtiyot qila olaman".

Farq – juda axloqiy, psixoanaliz bu yerda zaif. Siz dastlabki “xom-ashyo”ga qanchalik ishlov bermang, baribir erkin tanlovga to‘qnashishingizga to‘g‘ri keladi, bu tanlov, oxir-oqibatda, odam o‘z manfaatlarini birinchi yoki oxirgi o‘ringa qo‘yishidan kelib chiqadi. Axloq aynan bizning erkin tanlovimiz bo‘lib, faqat shu bilan belgilanadi.

Yomon psixologik material gunoh emas, kasallik. Bu yerda tavba qilish emas, davolanish talab etiladi. Darvoqe, buni tushunish juda muhim. Odamlar tashqi ko‘rinishlarga qarab bir-birini qoralaydi. Xudo bizni qiladigan axloqiy tanlovimiz  asosida hukm qiladi. Mushuklardan patologik qo‘rqadigan ruhiy kasal odam ezgu niyatlardan kelib chiqib, ko‘chadan mushuk bolasi olishga o‘zini majbur qilsa, Xudoning nazarida u jangda jasorat ko‘rsatgan sog‘lom odamga qaraganda kattaroq mardlik qilgan bo‘lishining ehtimoli juda katta. Shafqatsizlikni xislat deb hisoblovchi, bolalikdan juda buzilgan odam zarracha bo‘lsada yaxshilik qilsa yoki shafqatsiz qilmishdan tiyilsa va shu tariqa do‘stlari uning ustidan kulishi xavfiga duchor bo‘lsa, ehtimol, u Xudoning nazarida biz do‘stimiz uchun hayotimizni qurbon qilganimizdan ko‘ra, ko‘proq ish qilgan bo‘lishi mumkin.  

Xuddi shu g‘oyaga boshqa tomondan yondashish mumkin. Ko‘pchiligimiz juda yoqimli, soz odam sifatida taassurot uyg‘otamiz. Lekin aslida esa, ehtimol, yaxshi vorisligimiz va juda soz tarbiyamizni e’tiborga olganda keltirishimiz mumkin bo‘lgan foydaning faqat sezilmas qisminigina keltirayapmiz. Shuning uchun aslida o‘zimiz yaramas deb hisoblaydigan odamlardan ko‘ra yomonroqmiz. Agar ruhiy komplekslarga ega bo‘lganimizda, qo‘shimchasiga, yomon tarbiyalanganimizda va buning ustiga, aytaylik, Gimmlerning hokimiyatga ega bo‘lganimizda, o‘zimizni qanday tutgan bo‘lishimizni ishonch bilan ayta olamizmi? Mana shuning uchun ham masihiylarga aytilgan: hukm qilmanglar.

Biz faqat inson qilgan tanlov oqibatidan paydo bo‘lgan mevalarni ko‘ramiz. Biroq Xudo uni xomashyoning sifati uchun emas, bundan qanday foydalangani uchun hukm qiladi. Psixologik xususiyatlarning katta qismi fiziologik xislatlarga bog‘liq, lekin tana o‘lganida, o‘z tasarrufidagi materialdan yaxshi yoki yomon foydalangani uchun endi javobgar bo‘lgan abadiy chin inson qoladi. O‘z xislatlarimizning namoyon bo‘lishi deb hisoblaganimiz har xil fazilatli xatti-harakatlar, ko‘rinishidan, ovqat hazm qilishimizning yaxshiligi natijasi ekan va ular bizning hisobimizga yozilmas ekan; boshqalar turli komplekslar yoki yomon sog‘lig‘i bois sodir etgan ko‘p yomonliklar ham hisobga olinmas ekan. O‘shanda, nihoyat, biz ilk bora har bir kishini u aslida qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘ramiz. Bizni ko‘p kutilmagan narsalar kutib turibdi.

Bularning barchasi ikkinchi bandga olib keladi. Odamlar ko‘pincha masihiycha axloq haqida xuddi bitim haqida o‘ylagandek o‘ylashadi. Xudo bunday deydi: "Agar sizlar qanchadir qoidalarni bajarsanglar, men sizlarni mukofotlayman. Bordiyu, ularga rioya qilmasanglar, unda sizlar bilan boshqacha ish ko‘raman". Bu masihiycha axloqni eng yaxshi tushunish deb o‘ylamayman. To‘g‘rirog‘i, tanlov qilar ekansiz, siz o‘zingizning asosiy, chin qismingizni, tanlov uchun javobgar qismni sal-pal, u ilgari bo‘lganidan ko‘ra yangiroq nimagadir o‘zgartirasiz. Agar butun hayotingizni, son-sanoqsiz tanlovlari bilan birga umuman olsak, butun umringiz davomida shu asosiy qismni siz yo jannatiy yoki do‘zaxiy mavjudotga – yo Xudo bilan, o‘ziga o‘xshash boshqa mavjudotlar bilan uyg‘unlikda bo‘lgan yoxud boshqa, ham Xudo bilan, ham o‘ziga o‘xshashlar bilan urush holatida bo‘lib kelgan mavjudotga – aylantirgan bo‘lib chiqasiz. Birinchi toifaga mansub bo‘lish osmonga mansub bo‘lish, ya’ni quvonch va tinchlikn his qilish, bilim va kuchga ega bo‘lishdir. Ikkinchi toifadagi mavjudot bo‘lish esa aqlsizlik va qo‘rquvdan qiynalish, g‘azab, kuchsizlik va mangu yolg‘izlikdan azob chekishni anglatadi. Har birimiz tirikligimizning har bir lahzasida yoki u yo‘nalishda yoxud bu yo‘nalishda harakat qilayotgan bo‘lamiz.

Bu tushuntirishda bir xususiyat bor bo‘lib, u har doim meni masihiy mualliflarning asarlaridan taajjublantirgan: ba’zi holatda bu mualliflar o‘ta qattiqqo‘l, boshqa holatda esa o‘ta rahmdil va liberal bo‘lib tuyuladi. Ular gunoh fikrlar haqida qandaydir g‘ayritabiiy jiddiy mavzudek gapirishadi; keyin esa eng dahshatli qotillar va sotqinlarga kelganda, ular tavba qilishsa bo‘ldi, kechrilishini bayon etishadi. Keyinroq men ular haq degan fikrga keldim. Chunki ularning fikri har bir qilmishimiz inson “men”ining mitti, ammo asosiy qismida qoldiradigan o‘sha chandiqqa qadalgan; ushbu hayotda hech kim chandiqni ko‘rmaydi, ammo hammamiz undan abadiy qiynalamiz yoki huzurlanamiz. Bir odam shunday mavqega egaki, uning g‘azabi qon to‘kilishiga va minglab odamlar halok bo‘lishiga olib keladi. Boshqasining mavqei shundayki, u qanchalik g‘azab o‘tida yonmasin, uning ustidan kulib qo‘yishadi, xolos. Lekin ulardan har birining “men”idagi kichik chandiq ikkala holatda ham bir xil bo‘lishi mumkin. Ularning har biri o‘ziga zarar yetkazdi va agar ulardan har biri tavba qilmasa, keyingi safar g‘azab vasvasasiga qarshilik qilishi yana ham qiyin bo‘ladi va har bir yangi galda uning g‘azabi tobora kuchliroq bo‘ladi. Biroq agar ulardan har biri Xudoga jiddiy, chin dildan murojaat qilsa, uning ichki “men”i buzgan qayrilishlarni to‘g‘rilay olishi mumkin; agar shunday qilmasa, ularning har biri pirovardida mahkum. Qilmishning ko‘lami, tashqaridan ko‘rinib turganidek, rol o‘ynamaydi.

Yana bir, oxirgi gap. Men to‘g‘ri yo‘nalish faqat tinchlikka emas, bilimga ham olib boradi deganimni esda tuting. Odam yaxshi bo‘lib borgani sari, u hali ham o‘zida qolayotgan yovuzlikni yaqqol ko‘radi; yomon bo‘lib borgani sari esa, buni o‘zida kamroq payqaydi. Mo‘‘tadil yomon odam o‘zi juda yaxshi emasligini biladi, butunlay buzilgan odam esa o‘zining hamma ishi joyida deb o‘ylaydi. Bu shunday ekanligini bizga sog‘lom fikr uqtirayapti. Siz uxlayotganingizda emas, uyg‘oq bo‘lganingizda uxlash nima ekanligini tushunasiz. Aqlingiz yorqin va aniq ishlayotganida, arifmetik xatolarni payqaysiz; xatolar qilayotganda, ularni payqamaysiz. Mastligingizda emas, balki faqat hushyor bo‘lganingizdagina, mastlikning tabiatini tushunishingiz mumkin. Yaxshi odamlar ezgulikni ham, yovuzlikni ham bilishadi; yomon odamlar uni ham, buni ham bilmaydi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак