Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 31 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.9. BU QANCHAGA TUSHADI?

Bilishimcha, oldingi bobda Xudoning "barkamol bo‘linglar" degan so‘zini keltirishim ko‘pchilikni ajablantiribdi. Ayrimlar uning mazmunini "Komillikka erishmaguncha, Men sizlarga ko‘makdosh emasman" deb tushunganga o‘xshaydi. Zero, ular fikricha, mukammal insonga aylanishga qodir emas ekanmiz, najot yo‘qdir. Men esa bunday deb o‘ylamayman. Nazarimda, Xudo "Men komillikka erishish yo‘lidagi bitta bo‘lsa ham urinishingizda yordam beraman. Ehtimol, siz kamiga qanoat qilishni bilarsiz, demak,  Men sizga undan ozini ravo ko‘rmayman" demoqchi bo‘lgan.

Fikrimni tushuntirishga ijozat bersangiz. Bolaligimda tishim ko‘p og‘rirdi. Lekin onamga murojaat qilsam, og‘riq qoldiradigan dori berishini va men tunda tinchgina uxlay olishimni bilardim. Men esa onam yoniga bormasdim, har qalay, og‘riq chidab bo‘lmas darajada kuchaygunigacha chidardim. Onam huzuriga chopmaganim asosli edi: u menga aspirin berardi, shu bilan cheklanib qolmay, ertasiga tish shifokoriga olib borgan bo‘lardi. Men undan istagan narsani ololmadim va o‘zim xohlamaganimdan ko‘prog‘ini qo‘lga kiritmay qolmadim. Men og‘riqdan zudlik bilan qutilishga intilardim, lekin bu maqsadimga hamma tishlarimni keyin tekshirishlari evazigagina erishishim mumkin edi xolos. Men esa bu sho‘ring qurg‘ur tish shifokorlarini tanirdim! Ular mening og‘rimagan tishlarimni ham kavlashga tushishlarini bilardim. Aytganlaridek, ularga barmog‘ingni ber, qo‘lingni kesib olishadi.

Agar taqqoslash joiz bo‘lsa, Xudoimiz ham qaysidir ma’noda tish shifokorlariga o‘xshaydi. Barmog‘ingizni tutsangiz, U qo‘lingizdan yaxlit tutadi.  O‘nlab insonlar Uning huzuriga uyaltiradigan biron-bir gunohlaridan (masalan, qo‘rqoqlikdan) qutqarilish uchun yoki hayotlariga dog‘ bo‘lib tushayotganlari illatlaridan (masalan, qiziqqonlik yoki piyonistalik) qutilish uchun kelishadi. U, albatta, dardingizni oladi; lekin shu bilangina cheklanib qolmaydi. Balki, siz undan boshqa hech nima so‘ramagandirsiz, lekin Uning huzuriga bir marotaba kelsangiz kifoya, sizni boshdan-oyoq davolashga kirishib ketadi.

 Shuning uchun ham U odamlarni masihiy bo‘lishdan avval, bu ularga qanchaga tushishini taroziga solib ko‘rishni tavsiya qiladi. "Meni to‘g‘ri tushuning, - deydi U. - Agar ijozat bersangiz, men sizni mukammal shaxsga aylantiraman. Menga o‘zingizni topshirayotgan paytingizda aynan shuni ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘laman. Aynan shuni va boshqa hech narsani. Lekin irodangiz erkin va ozod qolajak. Istasangiz, Meni o‘zingizdan itarib yuborishingiz mumkin. Lekin yoningizda olib qolsangiz, bilingki, Men o‘z ishimni, albatta, nihoyasiga yetkazaman. Yerdagi hayotingiz davomida u sizga qanchalar og‘ir sinovlar keltirmasin, O‘zimga ham qanchalar qimmatga tushmasin, sizni mukammal qilmaguncha halovat topmayman, Otam kamolotingizni ko‘rib, bir paytlar Menga aytganidek, sizdan ham ko‘ngli to‘lganini e’tirof qilmaguniga qadar tinchlanmayman. Men buning uddasidan chiqishim mumkin va uddalayman ham. Lekin Men bundan kamiga rozi emasman".

Komillikdan boshqasi qanoat bermaydigan Yordamchi sizning ertaga  eng oddiy burchingizni ado etish uchun qo‘ygan ilk va ojiz qadamingizdan ham quvonadi. Mashhur masihiy muallif Jorj Makdonald aytganidek, farzandi atak-chechak qilganida har bir ota quvonadi, lekin hech bir padari buzrukvorni voyaga yetgan o‘g‘lining dadil va shahdam qadam tashlashidan boshqasi qoniqtirmaydi. Shuningdek u, "Xudoning roziligini qozonish oson, lekin uni qoniqtirish mashaqqat" deydi.

Aytilgan fikrlardan amaliy xulosa chiqarish kerak. Bir tomondan, Xudo bizdan komillik talab qiladi, lekin u bizning yaxshi bo‘lishga urinishimizda tushkunlikka solmasligi kerak, omadsizliklar kelganida sabr va qanoat berishi lozim, lekin sa’y-harakatdan chalg‘itmasligi joiz. Har safar yiqilganingizda, U sizni ko‘taradi. U shaxsiy urinishlaringiz bilan hech qachon komillik ostonasiga ham yetib kelolmasligingizni juda yaxshi biladi. O‘z navbatida, siz ham U yetaklagan maqsadlarni juda yaxshi anglashingiz lozim, zero, bu Olamda Unga sizning o‘zingizdan boshqa hech kim qarshilik qilolmaydi. Buni juda yaxshi tunushib olish shart. Agar anglab yetolmasak, qachonlardir ortga chekinib, Uning irodasiga qarshilik qilishga kirishib ketishimiz mumkin. Menimcha, aksariyatimiz Iso Masih bir-ikki gunohini yengishga ko‘mak berganidan keyin o‘zini yetarlicha yaxshi deb bilishga tushib qoladi. U biz nimani istagan bo‘lsak, shuni bajo keltirdi, endi esa o‘z holimizga qo‘ysa ham bo‘lardi. Bizda "Men hech qachon avliyo bo‘lishga intilmaganman. Men uchun yaxshi inson bo‘lishim kifoya" deyish odat tusiga kirgan. Buni biz, xatto, Xudo irodasiga bosh egish sifatida ham talqin qilamiz. Lekin bu bizning fojiaviy xatomizdir. Albatta, bizdan mukammallik yaratishlarini so‘ramaganmiz, istamaganmiz ham. Biroq gap bizning xohishimizda emas, balki Uning yaratayotganda qilgan niyatlariga bog‘liq. U Yaratuvchi. Biz faqat mashinalarmiz. U Musavvir, biz esa U chizgan suratmiz xolos. Uning bizni yaratishda nazarda tutgan maqsadini qayerdan ham bilardik? E’tibor berganmisiz, U  allaqachon bizni ibtidoiy holatimizdan keskin farq qiluvchi nimagadir aylantirib ulgurgan. Ancha ilgari, tug‘ilishimizdan avval, onamizning qornida yotgan paytimizdayoq rivojlanishning turli bosqchilaridan o‘tganmiz. Avval ko‘rinishimiz o‘simlik monand bo‘ldi, keyin baliqqa o‘xshadik va faqat so‘nggi bosqichga kelib inson chaqalog‘i qiyofasini oldik. Agar biz o‘sha ilk rivojlanish davrlarini anglay bilganimizda, ehtimol, o‘simlik yoki baliq maqomida qolishni istagan, chaqaloqqa aylanishni xohlamagan bo‘larmidik?! Lekin Uning bizga nisbatan maxsus rejasi bo‘lgan va uni oxiriga qadar amalga oshirishga qat’iy qaror qilgan. Hozirda ham xuddi shu jarayon ketyapti, faqat uning bugungi darajasi yuqoriroqdir. Tan olaman, agar imkoniyati bo‘lganida oddiy odamlar sifatida qolishni afzal ko‘rgan bo‘lardik; lekin U butunlay boshqacha rejani ro‘yobga chiqarishga jazm qilgan. Unda ishtirok etishdan bosh tortish taslim bo‘lishni emas, tanballik va qo‘rqoqlikni talab qiladi. Unga itoat etish sharafparastlik yoki kibrdan emas, taslimiyatdan dalolat beradi.

Haqiqatning bu ikki jihatini boshqacha ham yoritish mumkin. Bir tomondan, o‘z urinishlarimiz bilan yaxshi odamlar orasida bir kun ham yashay olmasligimizni tan olishimiz kerak. Agar U qo‘llamasa, hech birimiz gunohi kabirga yoki jinoyatga kirib qolmasligimizga kafolat berolmaymiz. Boshqa tomondan, eng buyuk avliyolarning azizligi va jasoratini umumlashtirganda ham Uning ruhimizga atagan ne’matlaridan ustunlik qilolmaydi.

Uning biz bilan olib borayotgan ishi shu hayotning o‘zida nihoyasiga yetmaydi. Biroq U o‘lim sharobini totgunimizgacha, nimaga ulgursa, shuni amalga oshirishni istaydi. Shuning uchun ham boshimizga cheksiz sinovlar tushganida hayron bo‘lmasligimiz kerak. Inson Iso Masihga yuzlanarkan, endi hammasi iziga tushgandek tuyuladi (ya’ni, illatlaridan qutulayotgani ma’nosida), nazarida, bundan buyog‘iga vaziyat yumshab, shart-sharoit yengillashadigandek ko‘rinadi. Oqibatda, ko‘ngilsizliklar, kasallik kelganida, moliyaviy muammolar boshlanganida, rohat va’da qiladigan vasvasalar yuzaga chiqqanida bunday odamning xafsalasi pir bo‘ladi. Albatta, bu sinovlarning bari qalbimni ochish, iymonimni mustahkamlash va tavbaga yetaklash uchun berildi; lekin hozir vaqti emas edi, deydi u. Chunki Xudo uni olg‘a yetaklashni istaydi, yangi darajalarga ko‘tarilishini xohlaydi. Shuning uchun bandasini ko‘proq jasorat yoki sabr yoki ixlos talab qilinadigan vaziyatlarga tashlaydi. U bizni naqadar betakror hilqatlarga aylantirishni istayotganini tasavvur ham qilolmaymiz, shu sababli bularning hammasi keraksiz tuyuladi.

Nazarimda, Jorj Makdonalddan yana bir misolni keltirsam maqsadga muvofiq bo‘lardi.  Tasavvur qiling: siz – uysiz. Xudo bu uyni qaytadan qurish uchun kirib keldi. Avvaliga Uning nima qilayotganini tushungandek bo‘lasiz. U suv tizimi va tomni ta’mirlayapti. Bunga ehtiyoj bor edi, shuning uchun ajablanmadingiz. Keyin U uyni buzishni boshladi. Dilingiz og‘ridi. Bu ishdan na ma’no, na mantiq topolmadingiz. Nimaga erishmoqchi U? Buning izohi esa quyidagicha: U sizdan tamomila yangi, mutlaqo boshqacha uy quryapti. Bu uy siz tasavvur qilgan xonadondan farq qiladi. U uyning bir tomonidan yangi qanot ko‘tardi, polni qaytadan yotqizdi, boshqa tomoniga minoralar barpo qildi, hovli sahnini ham kengaytirdi. Sizni kichik va shinam namunali uyga aylantirishayotgandek ko‘rindi. Lekin U saroy bunyod etyapti va O‘zi ham unga ko‘chib kirmoqchi.

"Barkamol bo‘linglar" amri shunchaki xayoliy chaqiriqmas. Bu imkonsiz narsani talab qilish buyrug‘i ham emas. Gap shundaki, U bizni ana shunday buyruqni ado etishga qodir hilqatlar maqomiga yetishimizni istaydi. U (Muqaddas Kitobda) biz "xudomiz" dedi va o‘z kalomi haqligini isbotlashga ham qodirdir. Agar izn bersak va istasak, U safimizdagi eng zaif, eng noloyiq vakilimizni Xudoga, ko‘zni qamayshtiradigan, nurga cho‘mgan o‘lmas mavjudodga aylantiradi  va u cheksiz quvvat, bitmas-tuganmas quvonch, ilohiy sevgi ummonida suzadi. Biz buni tasavvur ham qilolmaymiz. U bizni O‘zining cheksiz qudrati, shodu-xurramligi va ezguligi aks etadigan g‘uborsiz ko‘zguga aylantiradi.  Bu uzoq davom etadigan, hatto og‘riqli jarayon. Lekin bu yo‘lni bosib o‘tish bizga yuklatilgan. Undan yengiliga esa umid qilolmaymiz. Xudo bularni jiddiy ma’noda gapirgan.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак