Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 27 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.5. QAYSAR QALAYI ASKARLAR

Xudoning O‘g‘li, odamlarga Xudoning bolalari bo‘lish qobiliyatini berish uchun inson bo‘ldi. Biz bilmaymiz, aniq aytganda, men bilmayman, agar inson zoti Xudoga qarshi bosh ko‘tarib, dushman tomonga qo‘shilmaganida nima bo‘lar edi. Ehtimol, o‘shanda har bir inson Masihda yashar, tug‘ilishdan boshlab Xudo O‘g‘lining hayotida sherik bo‘lar edi. Balki o‘shanda, bios yoki tabiiy hayot zoega, ya’ni oliy, yaratilmagan hayotga o‘zining tug‘ilishidanoq uzluksiz ravishda intilib borar edi. Ammo bularning barchasi faqat taxmin va farazlar xolos. Bizni esa, hozirgi vaziyat qanday degan savol tashvishga solmoqda.

Mana shunday: hayotning ikki turi nafaqat bir-biridan farq qiladi (ular boshqacha bo‘lishi aniq edi), balki ular bir-biriga qarama-qarshidir. Har birimizdagi tabiiy hayot juda xudbin, u o‘ziga e’tibor va tahsinlarni talab qiladi. U boshqalar hayoti hisobiga ustunlikka erishish, butun Koinotdan foydalanish kabi xususiyatlarga moyil. Va eng muhimi, bu hayot o‘z-o‘ziga juda berilgan, undan yaxshiroq yoki kuchliroq, undan yuqori bo‘lgan barcha narsadan, qisqasi, o‘zini kichik va ahamiyatsiz his qilishga majbur qiladigan barcha narsadan uzoqlashishni istaydi. Ifloslikda o‘sgan odamlar hammomdan qo‘rqqandek, u ham ilohiy yorug‘lik va nafasdan qo‘rqadi. Qaysidir ma’noda bu hayot haq. Chunki u biladi, agar ilohiy hayot uni o‘z domiga tortsa, uning barcha xudbinligi, o‘zini ustun deb bilishi shu ondayoq tugaydi. Va bundan qochish uchun u xuddi hayot-mamot uchun jang qilayotganday kurashishga tayyor.

Bolalik chog‘ingizda, agar o‘yinchoqlaringiz hayotga kirsa, qanchalik qiziqarli bo‘lishini, o‘ylab ko‘rganmisiz? Xo‘sh, keling, siz ularni haqiqatan ham tiriltirgan deb tasavvur qilib ko‘raylik. Mana, sizning ko‘z oldingizda qalaydan yasalgan askar, kichkina odamchaga aylanadi. Qalayi go‘sht tanaga aylanishi kerak edi; lekin bu qalaydan yasalgan askarga yoqmasligini tasavvur qiling. Uni go‘sht tana hech ham o‘ziga tortmaydi; u qalayning buzilib o‘zgarganligini sezadi. U, siz uni o‘ldirmoqchi bo‘lyapsiz deb o‘ylaydi. U sizga to‘sqinlik qilish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Agar ixtiyori o‘zida bo‘lsa, siz uni odamga aylantira olmas edingiz.

Bunday qalayi askar bilan nima qilardingiz, bilmayman. Ammo Xudo biz bilan shunday yo‘l o‘tdi: Ilohiy Uch Birlikning Ikkinchi Shaxsi, O‘g‘ilning o‘zi odam qiyofasida namoyon bo‘ldi. U dunyoda, haqiqiy odam tug‘ilgandek, ma’lum bir bo‘y, soch rangi, ma’lum bir tilda gapiradigan, ma’lum og‘irlikdagi, haqiqiy odam bo‘lib tug‘ildi. U, hamma narsani biluvchi va Koinotni yaratgan abadiy zot nafaqat erkak, balki chaqaloq, undan oldin esa ayol tanasidagi homila bo‘ldi. Agar bu Uning uchun nimani anglatishini tushunmoqchi bo‘lsangiz, qanday qilib shilliqqurt yoki qisqichbaqa bo‘lish sizga yoqishini o‘ylab ko‘ring.

Natijada, bizning insoniyat oilamizda shunday bir Shaxs paydo bo‘ldiki, u hamma odamlar bo‘lishi kerak bo‘lgan shaklda, Onadan meros bo‘lib qolgan, yaratilgan hayotini o‘zida tug‘ilgan hayotga to‘liq va mukammal o‘zgartirishni uddalagan inson sifatida paydo bo‘ldi. Lekin Undagi tabiiy insoniy mavjudot, Ilohiy O‘g‘il tomonidan butunlay  taslim qilingan edi. Shunday qilib, bir lahzada insoniyat, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z manziliga yetib keldi, Masihning hayotiga o‘tdi. Va biz uchun qiyinchilik, tabiiy hayotning o‘ziga xos azoblanishida bo‘lganligi sababli, U O‘zi uchun har qadamda O‘zining insoniy xohish-istaklarini o‘ldiruvchi shunday hayot yo‘lini tanladi. U qashshoqlikni, oilasining uni noto‘g‘ri tushunishini, yaqin do‘stlaridan birining xiyonatini ko‘rdi; U ta’qib va zo‘ravonlikka uchradi va qiynoqlar ostida vafot etdi. U o‘ldirilganidan keyin esa, har kuni o‘lguvchi, Undagi inson Xudoning O‘g‘li bilan uzviy birligi tufayli yana hayotga qayta keldi. Masihdagi Inson qayta tirildi. Inson, faqatgina Xudo emas! Hamma ma’no ana shunda. Biz birinchi marta haqiqiy Insonni ko‘rdik. Bir qalayi askar, xuddi qolganlari kabi qalaydan yasalgan, g‘alaba bilan hayotga qaytdi.

Va shu yerda biz, mening misolim ishlamay qoladigan nuqtaga yetib kelamiz. O‘yinchoq askarlari voqeasida, ulardan birining tirilishi, qolganlari uchun mutlaqo ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ularning barchasi bir-biridan mustaqil, alohida mavjud bo‘lishadi. Ammo odamlar orasida bu boshqacha tus oladi. Ular shunchaki alohida organizmlarga o‘xshaydilar, chunki siz ularning bir-biri bilan hech qanday aloqasiz harakatlanishini va yashayotganini ko‘rasiz. Biroq, biz shunday yaratilganmizki, biz faqat hozirgi kunga guvoh bo‘la olamiz.

Agar biz o‘tmishni ko‘ra olsak, ba’zi narsalar biz uchun juda boshqacha ko‘ringan bo‘lardi. Har bir insonning hayotida u onasi tanasining bir qismi va oldin esa otasi tanasining bir qismi, bundan kelib chiqib esa, o‘z navbatida bobosi va buvisining bir qismi bo‘lgan davri mavjud. Agar siz insoniyatni Xudo ko‘rgani kabi vaqt davomiyligida ko‘ra olsangiz, u siz uchun yer yuzida tarqalib ketgan alohida nuqtalar massasi sifatida emas, balki bahaybat, g‘ayrioddiy murakkab daraxtga o‘xshash yagona o‘sib borayotgan organizm sifatida ko‘rinardi. Siz, har bir inson boshqalari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rar edingiz. Va faqatgina bu emas. Aslida, har birimiz, Xudodan, bir-birimizdan  ajralganimizdan ko‘ra ko‘p bo‘lmagan masofada uzoqdamiz. Dunyo bo‘ylab har bir erkak va ayol, har bir bola hozir, xuddi shu daqiqada, faqat Xudo ularda tiriklikni ushlab turgani uchun nafas oladi. Shuning uchun, Masihning inson bo‘lishi, xuddi qalayi askarning tirilishi kabi emas edi. To‘g‘rirog‘i, Uning dunyoga ko‘rinishini quyidagicha ta’riflash mumkin: butun insoniyatga doimiy ta’sir ko‘rsatadigan nimadir, ma’lum bir lahzada butun odamlar massasiga yangicha ta’sir qila boshladi. Aytib o‘tilgan paytdan boshlab, bu ta’sir Masihdan oldin yashaganlarga hamda Undan keyin yashaganlarga va hatto U haqida hech qachon eshitmaganlarga ham, xuddi moddaning bir tomchisi bir stakan suvga tushib uning ta’mi va rangini o‘zgartirgani kabi yoyildi. Albatta, bu tasvirlarning hech biri, to‘liq tarzda ishlarning haqiqiy holatini aks ettirmaydi. Xudo tengsizdir, U hech narsaga o‘xshamaydigan narsalarni yaratadi va siz bunga o‘hshashini boshqa uchratishga umid qilmasangiz ham bo‘ladi.

U insoniyat muhitiga qanday o‘zgarishlar kiritdi? Bu nimadan iborat? Insonning Xudoning o‘g‘liga, yaratilgan mavjudotning tug‘ilganga aylanishi: vaqtinchalik biologik hayotning abadiy ruhiy hayotga aylanishi. Va buning hammasi bizlarni deb va biz uchun. Aslida insoniyat allaqachon qutqarilgan. Biz, odamlar, bu najotdan har bir inson alohida foydalanishimiz kerak. Ammo jarayonning eng qiyin qismi - biz o‘zimiz qila olmaydigan qismi - biz uchun amalga oshirilgan. Biz o‘z kuchimiz bilan ilohiy hayotga kirishimiz shart emas. Bu hayotning o‘zi allaqachon insoniyatga tushirilgan. Agar biz yuragimizni faqat bu hayot to‘liqligi bilan mavjud bo‘lgan va Xudo bo‘la turib, ayni paytda haqiqiy inson bo‘lgan odamga ochsak, U buni bizning o‘zimizda va biz uchun amalga oshiradi. Esingizdami, men “samarali infeksiya” to‘g‘risidagi nimani aytdim? Bizning insoniy oilamizdan biri bu yangi hayotga ega; agar biz Unga yaqinlashsak, bizga ham Undan yuqadi.

Siz, albatta, xuddi shu fikrni boshqa yo‘l bilan ifodalashingiz mumkin. Siz Masih bizning gunohlarimiz uchun o‘lgan deb aytishingiz mumkin. Yoki biz o‘zimiz uchun qilishimiz kerak bo‘lgan narsani Masih biz uchun qilgani uchun Ota bizni kechirdi. Yoki biz ilohiy Qo‘zining qoni bilan yuvilganmiz. Masih o‘limni yengdi deb aytishingiz mumkin. Va buning bari haqiqat. Qaysi bir ifoda sizga yoqsa, shuni qabul qilishingiz mumkin. Ammo boshqalar bilan, ular o‘zgacha ifodani afzal ko‘rganligi uchun bahslashishni boshlamang.

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак