Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 32 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.10. YAXSHI ODAMLAR YOKI YANGI BASHARIYAT

Ha, U nima degan bo‘lsa, buni chin dildan aytgan. O‘zini Uning qo‘liga topshiradiganlar Uning O‘zi kabi, sevgida, donolikda, quvonchda, go‘zallikda va abadiylikda mukammal bo‘ladilar. Bu o‘zgarish bizning yerdagi hayotimizda tugab qolmaydi, chunki o‘lim davolanishning muhim qismidir. Bular har bir masihiyning yerdagi hayoti davomida  unga qanchalik chuqur ta’sir qilishini hech kim bilmaydi.

Menimcha, hozir ko‘p yuzaga keladigan savolni ko‘rib chiqish uchun ayni vaqti: agar masihiylik to‘g‘ri bo‘lsa, unda nega masihiylar masihiy bo‘lmaganlardan yaxshiroq emas? Bu savol, bir tomondan, mutlaqo qonuniy huquqqa ega, ikkinchi tomondan esa, asossizdir. Uning mantiqiy asosi shu yerda. Agar masihiylikni qabul qilish insonning xulq-atvorida tashqi tomonlama o‘zini namoyon qilmasa, u avvalgidek, xudbin, hasadgo‘y yoki mag‘rur bo‘lib qolaversa, o‘ylashimcha, biz uning masihiylikni samimiy qabul qilganiga shubha bilan qarashimiz kerak. Qachonki masihiylikni qabul qilgan kishi o‘zini muvaffaqiyatga erishdim deb hisoblasa, u xuddi shunday o‘zini sinab ko‘rishi mumkin. Go‘zal his-tuyg‘ular, buyuk farosat, dinga bo‘lgan qiziqishning ortishi, agar bizning xatti-harakatlarimiz yaxshi tomonga o‘zgarmasa, xuddi avvalgidek harorati ko‘tarilayotgan bemor o‘zini yaxshi his qilmaganidek, hech narsani anglatmaydi. Shu ma’noda, dunyo masihiylikni natijalariga ko‘ra hukm qilsa, to‘liq haqdir. Masih bizga shunday hukm qilishimiz kerakligini aytgan. Daraxt mevalaridan bilinadi. "Puding yaxshi yoki yo‘qligini bilish uchun uni yeb ko‘rish kerak." Biz masihiylar o‘zimizni noloyiq tutsak yoki o‘zimizni to‘g‘ri tutishga urinishlarimiz natija bermasa, biz odamlarni masihiylikka bo‘lgan ishonchsizligini oshiramiz. Urush davri plakatlarida quyidagi so‘zlarga ko‘zingiz tushishi mumkin: "Bemulohaza bekorchi gaplar bizni o‘limga olib kelishi mumkin". Bu so‘zlarni teskari qilib aytish mumkinki, bekorchi turmush tarzi tuhmatli gaplarga olib kelishi mumkin. Va biz o‘zimiz masihiylikning chinligini shubha ostiga olib, mish-mishlarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lamiz.

Ammo, boshqa bir tomondan, bizni o‘rab turgan olamning o‘zi masihiylikka bo‘lgan talablarda juda mantiqsiz bo‘lishi mumkin. Ba’zan masihiylikni qabul qilgan odamning hayoti yaxshi tomonga o‘zgarishi odamlar uchun yetarli emas. Imon keltirishlaridan oldin, ular butun dunyoni masihiylar va masihiy bo‘lmaganlarning ikkita lageriga ajratishga harakat qilishadi; birinchi lagerdagi barcha odamlar istalgan vaqtda ikkinchi lagerdagi odamlardan so‘zsiz yaxshiroq bo‘lishlarini kutishadi. Bunday talab bir necha sabablarga ko‘ra asossizdir.

1) Birinchidan, haqiqiy hayotda hamma narsa ancha murakkab. Dunyo 100% masihiylar va 100% masihiy bo‘lmaganlardan iborat emas. Asta-sekin masihiylar safidan chiqib ketayotgan, lekin baribir o‘zlarini shu nom bilan ataydigan odamlar (va ular ko‘pchilikni tashkil etadi) ham bor, boz ustiga ularning ba’zilari ruhoniylardir. Boshqalar esa asta-sekin masihiylikni qabul qiladilar, garchi ular o‘zlarini hali shunday deb atamasalar ham. Shunday odamlar borki, ular haligacha Masih haqidagi ta’limotni to‘liq qabul qilmaydilar, lekin Uning Shaxsiga shunchalik maftun bo‘lib qolishganki, ular allaqachon o‘zlari anglaganlaridan ko‘ra chuqurroq ma’noda Unga tegishlidir. Boshqa dinlarga e’tiqod qilib, Xudoning yashirin ta’siri ostida e’tiborini masihiy ta’limotiga mos keladigan bo‘limlarga qaratgan odamlar ham ma’lum. Masalan, xayrixoh buddaviy, bu ta’sir tufayli, boshqa masalalarni chetga surib qo‘yib, buddaviylarning rahm-shafqat haqidagi ta’limotiga ko‘proq e’tibor qaratishi mumkin (garchi u hali ham bu ta’limotni tan olishini da’vo qilsa ham). Masihning tug‘ilishidan ancha oldin ko‘pgina himmatli butparastlar ham xuddi shunday ahvolda edi. Dunyodagi qanchadan-qancha odamlarning boshida chalkashliklar bor va e’tiqodlari esa bir-biriga mos kelmaydigan e’tiqod parchalaridan tuzilgan! Shuning uchun masihiylar va nomasihiylar haqida o‘ylash umuman ma’nosizdir. Mushuk va itlarni yoki hatto erkak va ayollarni solishtirish mumkin, chunki bu yerda kimning kim ekanligi hammaga ayon. Bundan tashqari, hayvonlar (birdaniga ham, asta-sekin ham) itdan, aytaylik, mushukka aylanmaydi.

Masihiylar va nomasihiylarni solishtirganda, biz odatda, o‘zimiz biladigan haqiqiy odamlarni emas, balki kitob va gazetalardan olingan qandaydir noaniq g‘oyalar haqida o‘ylaymiz. Agar siz yomon masihiyni yaxshi ateist bilan taqqoslamoqchi bo‘lsangiz, u holda ular siz haqiqatdan uchrashgan ikkita aniq odam bo‘lsin. Ishning oxiriga yetmagunimizcha, biz faqat vaqtni behuda sarflagan bo‘lamiz.

2) Aytaylik, biz buning tagiga yetdik va biz endi xayoliy masihiylar va masihiy bo‘lmaganlar haqida emas, balki bizga qo‘shni bo‘lgan ikkita aniq odam haqida gapiramiz. Shunday bo‘lsa ham, bu savol hushyor, tahliliy yondashuvni talab qiladi. Agar masihiylik chin bo‘lsa,

a) har qanday masihiy, agar u masihiy bo‘lmaganda, xuddi o‘sha odamdan yaxshiroq bo‘ladi; va

b) masihiylikni qabul qilayotgan har qanday odam ilgarigisidan yaxshiroq ekanligi kelib chiqishi kerak.

Taqqoslashimga ruxsat bering. Agar “Oq tishli tabassum” tish pastasi reklamasi bizni aldamasa, demak:

a) undan foydalanadigan har bir kishining tishlari uni ishlatmaganidan ko‘ra yaxshiroq bo‘ladi; va

b) agar kimdir undan foydalanishni boshlasa, uning tishlarining holati yaxshilanadi.

Lekin bu pastani ishlatgandan keyin - mening yomon tishlarim (u ikkala ota-onamdan ham meros bo‘lib qolgan), aslo hech qanday pasta ishlatmagan sog‘lom, yosh habashning tishlaridek chiroyli bo‘lib qolmaydi degani, bu reklamaning yolg‘on ekanligini isbotlamaydi. Ehtimol, masihiy Beyts xonim imonsiz Dik Ferkindan ko‘ra tili achchiqroqdir. O‘z-o‘zidan, bu haqiqat hali ham masihiylikning samarasiz ekanligiga dalil bo‘la olmaydi. Savolni boshqacha qo‘yishimiz kerak: agar Dik imonli bo‘lganda, qanday bo‘lardi? Beyts xonim hamda Dik irsiyati va erta bolaligidan olgan tarbiyasi tufayli har xil temperament va tiynatga ega. Agar ruxsat berilsa, masihiylik bu temperamentni ham, tiynatni ham nazorat qilishni va’da qiladi. Bitta haqqoniy savol yuzaga keladi: agar bu nazorat o‘rnatilsa, u Beyts xonim va Dikni yaxshi tomonga o‘zgartiradimi? Hammaga ayonki, Dik misolida, Beyts xonimga qaraganda, yaxshi ta’sirga ko‘proq moyil bo‘lgan tiynat nazorat ostida bo‘ladi. Lekin gap unda emas. Fabrika rahbariyati haqida mulohaza qilish uchun, nafaqat mahsulot sifatini, balki texnik jihozlarni ham hisobga olish kerak. Ehtimol, “A” fabrikasining texnik jihozlari shundan iboratki, u faqat mo‘‘jizaviy tarzda qandaydir mahsulot ishlab chiqara oladi. Aksincha, “B” fabrikasining birinchi darajali uskunalarini hisobga olgan holda, tan olish kerakki, uning mahsulotlarining yuqori sifati hali ham mumkin bo‘lganidan ancha past. Shubhasiz, “A” fabrikasidagi yaxshi rahbar imkon qadar tezroq yangi jihozlarni o‘rnatadi, lekin bu darhol sodir bo‘lmaydi. Bu sodir bo‘lmaguncha, ushbu zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning past darajasi rahbariyatning nochorligidan dalolat bermaydi.

3) Endi biz ko‘rib chiqayotgan savolga o‘taylik. Rahbar yangi jihozlarni o‘rnatmoqchi va Masih Beyts xonim ustida ishlashni tugatmasdanoq, u haqiqatan ham ajoyib insonga aylanadi. Ammo agar biz shu yerda to‘xtasak, vaziyat xuddi Masihning yagona maqsadi Beyts xonimni Dik boshidanoq bo‘lgan darajaga olib chiqish kabi ko‘rinadi. Sizda Dik bilan hech qanday muammo yo‘qdek va faqat yomon fe’l-atvorli odamlargagina masihiylik kerak, va yaxshi, istarali odamlar usiz ham yashay oladi, degan taassurot paydo bo‘lishi mumkin; go‘yoki go‘zallik Xudo talab qiladigan hamma narsadek tuyuladi. Bunday o‘ylash halokatga olib keluvchi xatodir. Haqiqat shundaki, Xudoning nuqtai nazaridan, Dik Ferkin ham Beyts xonim kabi qutqarilishga muhtoj. Qandaydir ma’noda (aynan qaysi ma’noda ekanligini bir daqiqadan so‘ng tushuntiraman), tiynat yoqimliligining bunga qandaydir bog‘liqligi shubhali. Xudo Dikning xotirjam tiynati va do‘stona munosabatiga biz ularga qaragan ko‘zlar bilan qarashini kuta olmaymiz. Zero, bu xislatlar asosan tabiiy sabablar (qulay irsiyat), ya’ni, oxir-oqibat Xudoning O‘zigagina bog‘liq. Ammo, boshqa tomondan, Dikning temperamenti bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ular deyarli barqaror emas va Dikning ovqat hazm qilish tizimi buzilganidan keyin darhol yo‘qolishi mumkin. Tiynatning yoqimliligi, mohiyatiga ko‘ra, Dikning Xudoga emas, balki Xudoning Dikga sovg‘asidir. Xuddi shunday, qadimgi zamonlardan beri gunohlar bilan to‘lgan dunyoda amalga oshadigan tabiiy sabablar tufayli, Beyts xonimning aqli cheklangan, asablari esa tarang bo‘lib, uning badfe’lligi asosan shunga bog‘liq bo‘lishiga Xudo ruxsat berdi. Beyts xonimning bu kamchiligini U o‘z vaqtida tuzatish niyatida. Lekin Xudo uchun vaziyatning muhim qismi bu emas. Bu Unga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. U bu haqda tashvishlanmayapti. U nimani kuzatayotgani, nimani kutayotgani va nima uchun ishlayotganini, hatto Uning,  Xudoning ham erishishi oson emas, chunki U o‘rnatgan iroda erkinligi tamoyili tufayli U bunga kuch bilan erisha olmaydi. U Beyts xonimda ham, Dik Ferkinda ham "bu"ning paydo bo‘lishini kutadi va kuzatadi: bu faqat ularning yaxshi niyatigagina bog‘liq. Bu qadamni tashlash yoki undan voz kechish, ularning har biri o‘zlari yaratilgan yagona maqsadni amalga oshirib, Xudoga yuzlanish yoki yuzlanmasligiga bog‘liq. Ularning erkin irodasi kompas ko‘rsatkichidek tebranib turadi. Ammo bu ko‘rsatkichning tanlash huquqi bor. U aynan shimolga burila oladi, lekin bunga majbur emas. Ko‘rsatkich aylanadimi, joylashadimi, Xudoga ishora qiladimi?

Xudo bu borada Beyts xonimga yordam berishi mumkin. Lekin U uni majburlay olmaydi. U qo‘lini cho‘zib, uni aylantira olmasa, boshidanoq unga berilgan iroda erkinligini yo‘qotgan bo‘lar edi. Ko‘rsatkich shimolga qarab ishora qiladimi? Qolgan hammasi shunga bog‘liq. Beyts xonim va Dik insoniyligini Xudoning qo‘liga topshiradimi? Hamma gap ana shunda. Bu tiynatlarning biri yoqimli, ikkinchisi esa chidab bo‘lmaydigan badfe’lmi, bu ikkinchi darajali masala. Xudo bu bilan hech qanday muammoga duch kelmaydi.

Iltimos, meni noto‘g‘ri tushunmang. Xudo yomon, chidab bo‘lmas inson tabiatini qandaydir yovuzlik, qayg‘uli narsa deb biladi. Albatta, odamning go‘zal hulq-atvori Uning nazarida, yaxshi non, yoki quyosh nuri yoki toza suv kabi yaxshidir. U beradigan va biz oladigan yaxshilik yangiroqdir. U Dikka kuchli asablarni va yaxshi ovqat hazm qilishni berdi va u kelib chiqqan manbaadagi yaxshilik bundan kamayib qolmadi. Xudoga yaxshilik qilish, biz bilganimizdek, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo isyonkor inson irodasi to‘g‘ri yo‘lga qaytishi uchun U xochda o‘ldi. Bu iroda erkin bo‘lgani uchun, u yaxshi va yomon odamlarda ta’sir ko‘rsatib, Uni qabul qilishi yoki rad qilishi mumkin. Ikkinchi holda, Dikning barcha yoqimli fazilatlari, faqat uning insoniy tabiatigagina xos bo‘lib, oxir-oqibat hech narsaga aylanmagan bo‘lar edi, chunki bu tabiatning o‘zi yo‘qolib ketadi. Quyosh botayotganda yoqimli ranglar jamlanmasini hosil qilganidek, tabiiy sabablarning jamlanmasi ham, Dikda qulay psixologik tuzilmani yaratdi. Ammo tabiatga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar tufayli bunday jamlanma tezda parchalanadi va yo‘qoladi. Dikga bu o‘tkinchi jamlanmani abadiy ruhning o‘lmas go‘zalligiga aylantirish (to‘g‘rirog‘i, Xudo tomonidan aylantirish) imkoniyati berildi; lekin u bu imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Sog‘lom aqlga zid fikr yuzaga keladi: Dik Xudoga yuzlanmaguncha, u o‘zining yoqimli fe’l-atvorini har tomonlama (ham kelib chiqishi, ham tegishliligi bo‘yicha) o‘zining mulki deb o‘ylaydi. Ammo u shunday deb o‘ylar ekan, uning go‘zal fazilatlari unga tegishli emas. Qachonki u o‘zining fazilatlarini o‘ziniki emas, balki Xudoning hadyasi ekanini anglab, yana Xudoga qaytarishni hoxlasa, shundagina bu fazilatlar uning mulkiga aylanadi. Xudoga ixtiyoriy ravishda bera oladigan narsalarimiznigina saqlab qola olishimiz mumkin. O‘zimiz uchun saqlab qolishga harakat qiladigan narsalarni esa, albatta, yo‘qotamiz.

Shuning uchun masihiylar orasida haligacha badfe’l odamlarni uchratishdan hayron bo‘lmasligimiz kerak. Agar bu haqda o‘ylab ko‘rsak, nima uchun yoqimsiz odamlar yoqimli odamlardan ko‘ra tezroq Masihga yuzlanishlarini kutish mumkinligini tushunish mumkin. Esingizdami, Masih zamondoshlari, Uni eng dahshatli, hamma nafratlanadigan odamlarni o‘ziga tortadi deb o‘ylab g‘azablangan edilar? Xuddi shu narsa zamondoshlarimiz orasida ham norozilik va sarosimaga sabab bo‘lmoqda. Huddi shu narsa ertaga ham, va har doim ham bo‘ladi. Nima uchunligini taxmin qila olasizmi? Masihning so‘zlarini eslang: “...boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin bo‘ladi”. “Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir” deb ham aytgan. Ko‘rinib turibdiki, U ikki xil: moddiy va ruhiy boylik va qashshoqlik haqida gapirgan. Moddiy boy kishilar uchun xavf shundaki, ular pul bergan baxtdan qanoatlanadilar va Xudoga muhtoj ekanliklarini tushunmaydilar. Agar hamma narsa shunday oson bo‘lib tuyulsa, chekka oddiy imzo qo‘yib xohlagan narsangizga erisha olsangiz, har daqiqada siz Xudoga to‘liq bog‘liq ekanligingizni unutishingiz osonroq bo‘ladi. Tabiiy iste’dod ham xavflidir. Agar sizga Xudodan kuchli asablar, yuksak qobiliyatli  aql, mustahkam sog‘liq in’om qilingan bo‘lsa, agar siz yaxshi tarbiya ko‘rgan bo‘lsangiz va “jamiyatning yuragi” bo‘lsangiz, qanday qilib o‘z tiynatingiz va sharoitingizdan to‘liq qoniqmaysiz? “Nega bularning barchasiga Xudoni aralashtirish kerak?” deb o‘zingizdan so‘raysiz. Yaxshi xulq va fe’l-atvorga siz osonlikcha erishasiz. Siz turli xil komplekslarga duchor bo‘lgan baxtsiz insonlardan emassiz: sizni jinsiy masalalar qiynamaydi, siz spirtli ichimliklarga haddan tashqari ishtiyoqmand emassiz, haddan tashqari asabiy yoki yomon tiynatga ega emassiz. Atrofingizdagi hamma sizni "yaxshi odam" deb ataydi va siz ham (o‘zingiz bilan yakkama-yakka qolganda ham) ularning fikriga qo‘shilasiz. Siz o‘zingizdagi barcha yaxshi fazilatlarni o‘zingizning xizmatingiz tufayli ekanligiga ishonasiz. Va, ehtimol, siz yanada yaxshiroq, balki yangicha yo‘l bilan, so‘zning tom ma’nosida yaxshiroq bo‘lishga intilmaysiz. Ko‘pincha, tabiatan yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan odamlar, kunlarning birida ularning fazilatlari behuda ekanligi ma’lum bo‘lmaguncha, Masihga bo‘lgan ehtiyojini anglay olmaydilar va umidsizlik ularni qurshab oladi va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi. Boshqacha qilib aytganda, so‘zning bu ma’nosida boy bo‘lganlarning ham Osmon Shohligiga kirishi qiyin.

Noxush, kichik, xo‘rlangan, qo‘rqoq, buzilgan, zaif, yolg‘iz yoki jilovsiz, ehtirosli, muvozanatsiz odamlar bilan vaziyat butunlay boshqacha. Yaxshi bo‘lishga ozgina urinib ko‘rgandan so‘ng, ular birovning yordamisiz hech nima qila olmasligini darhol his qilishadi. Ular uchun, yo Masih yoki hech narsa. Ularda faqat bitta tanlov bor, yo xochni ko‘tarib, Unga ergashish yoki doimiy umidsizlikda yashash. Ular adashib qolgan qo‘ylardir; U ularni topish uchun maxsus kelgan. Ular eng haqiqiy, eng dahshatli ma’nodagi "tilanchilardir". Aynan ular uchun U ibodat qilgan. Aynan ular U bilan muloqot qiladigan "dahshatli to‘da"dir. Va, albatta, farziylar, avval boshida aytganlaridek, bugungi kunda ham quyidagilarni aytishadi: "Agar masihiylik ta’limoti haqiqatga asoslangan bo‘lsa, bu odamlar masihiy bo‘lmas edi". Aytganlarim har birimiz uchun yoki ogohlantirish, yoki daldadir. Agar siz yaxshi odam bo‘lsangiz, yaxshilik sizga osonlik bilan kelsa, ehtiyot bo‘ling! Kimga ko‘p narsa berilgan bo‘lsa, undan ko‘p narsa talab qilinadi. Agar siz tabiatdan olgan Xudoning in’omini o‘z qadr-qimmatingiz deb bilsangiz, agar siz o‘zingizning yoqimli tiynatingiz bilan qanoatlansangiz, siz hali ham Xudoga qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz va bir kun kelib tabiatdan olgan in’omlaringiz bundan ham dahshatliroq tanazzulga uchrashingizga, nozik yo‘ldan ozishingizga xizmat qiladi, yomon o‘rnak  esa ayniqsa halokatli bo‘ladi. Shaytonning o‘zi bir vaqtlar bosh farishta edi: uning tabiiy in’omlari sizning in’omlaringizdan shunday yuqoriroq ediki, huddi sizning tabiiy in’omlaringiz shimpanzening tabiiy in’omlaridan yuqoriroq bo‘lgani kabi yuqori edi.

Ammo, agar siz hasad hukm surgan va bema’ni janjallar to‘xtamagan oiladagi befoyda tarbiyadan ziyon chekkan baxtsiz maxluqot bo‘lsangiz,  agar siz o‘z xohishingizga zid ravishda yuk bo‘lib qolgan bo‘lsangiz, qandaydir jirkanch jinsiy buzulishga duchor bo‘lib norasolik kompleksidan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, hatto eng yaxshi do‘stlaringizga ham tashlanib, urishib ketayotgan bo‘lsangiz, tushkunlikka tushmang. Xudo siz to‘g‘ringizda hamma narsani biladi. Siz Xudo siylagan faqirlardansiz. U siz qanday ayanchli mashinani boshqarmoqchi ekanligingizni biladi. Bo‘sh kelmang. Qo‘lingizdan kelgan barcha ishni amalga oshiring. Bir kuni U bu mashinani axlatxonaga tashlab, sizga yangisini beradi. Va keyin, ehtimol, siz barchamizni va o‘zingizni ham hayratda qoldirasiz, chunki siz qiyin haydovchilik maktabidan o‘tgan bo‘lasiz ("Ammo birinchi bo‘lganlarning ko‘plari oxirgi bo‘ladilar, oxirgilar esa birinchi bo‘ladilar"). Yoqimli tiynatga ega bo‘lish, bir butun, yuksak axloqli inson bo‘lish ajoyib. Biz imkon qadar ko‘proq odamlar biz yaratishni hoxlagan, hammaning yemishi yetarli bo‘lgan dunyodagi kabi yaratish uchun bizda mavjud bo‘lgan barcha vositalardan - tibbiyot, ta’lim, iqtisod, siyosatdan foydalanishimiz kerak. Ammo shu bilan birga, shuni yodda tutishimiz kerakki, agar biz har bir insonni yaxshi va xayrixoh qilishga muvaffaq bo‘lsak ham, biz bu insonlarning barcha ruhlarini qutqara olmaymiz. O‘zining yoqimliliga qanoat qilib, boshqa hech narsasi yo‘q yoqimli odamlar dunyosi, boshqacha qilib aytganda, Xudodan yuz o‘girgan dunyo ham xuddi ayanchli, baxtsiz odamlar dunyosi kabi najotga muhtoj bo‘ladi, lekin uni saqlab qolish yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin. Shunchaki, mexanik takomillashtirish gunohini yuvish emas, garchi gunohini yuvish odamlarni doimo yaxshilaydi, hatto shu yerda va hozir va biz hali orzu qila olmaydigan darajada yaxshilaydi. Xudo O‘zi yaratgan mavjudotlarni O‘z farzandlariga aylantirish uchun odam bo‘ldi; nafaqat insoniyatni yaxshilash, balki butunlay boshqa turdagi odamlarni yaratish uchun. Bu tobora balandroq sakrashga o‘rgatilgan otni mashq qildirish bilan bir xil emas, balki uni ajoyib qanotli otga aylantirishga o‘xshaydi. Albatta, otning qanoti o‘sib chiqqandan so‘ng, u hech qachon sakrab o‘tmagan to‘siqlardan uchib o‘ta oladi va oddiy ot unga teng kela olmaydi. Biroq, birinchi navbatda, qanotlar endi o‘sishni boshlaganda, bularning barchasiga uning kuchi yetmasligi mumkin. Orqa tarafdagi o‘simtalar kulgili va xunuk ko‘rinadi va hech kim ularga qarab, qanotlar o‘sib chiqishini taxmin qilmaydi.

Biroq, biz bu masalaga juda ko‘p vaqt ajratgan bo‘lishimiz mumkin. Agar siz izlayotgan hamma narsa masihiylikka qarshi dalil bo‘lsa (va men masihiylik haqiqat ekanligidan qo‘rqishni boshlaganimda, men o‘zim bunday dalillarni qanchalik ishtiyoq bilan qidirganimni yaxshi eslayman), unda siz aqlsiz va unchalik yoqimli bo‘lmagan masihiyni osongina topishingiz va aytishingiz mumkin: "Mana shu sizning maqtayotgan yangi odamingizmi! Menga yaxshisi eskisini bering!" Ammo agar siz hech bo‘lmaganda bir marta masihiylikning kalitlari boshqa yerda ekanligini his qilsangiz, qalbingizning tubida sizning barcha e’tirozlaringiz va dalillaringiz shunchaki qochishga urinish ekanligini tushunib yetasiz. Boshqa inson ruhlari haqida nimani bilishingiz mumkin? Ularning vasvasalari, imkoniyatlari, kurashlari haqidami? Siz Xudoning butun dunyosida faqat bitta jonni bilasiz va u taqdiri sizning qo‘lingizda bo‘lgan jondir. Agar Xudo mavjud bo‘lsa, siz qaysidir ma’noda U bilan birgasiz. Siz qo‘shnilaringizning fazilatlari va yomonliklari haqida falsafa qilish yoki kitoblarda o‘qiganlaringizni eslab qolish bilan Undan qutula olmaysiz. Biz “tabiat” yoki “haqiqiy dunyo” deb ataydigan behushlikning sustlashtiruvchi tumanlari tarqalganda va siz doimo bilgan Ishtirok sezilarli, bevosita, bartaraf qilib bo‘lmaydigan bo‘lib qolsa, bu g‘iybat va uydirmalar (va siz buni umuman eslay olasizmi?) nimani anglatadi?

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак