Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 8 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


2-KITOB.

MASIHIYLAR NIMAGA ISHONISHADI?

2.3. HAYRATOMUZ MUQOBILLIK

Masihiylar, shunday qilib, yomonlik kuchi bu dunyoning hokimi bo‘lib qolganiga ishonishadi. Mana shunda muammolar kelib chiqadi, albatta. Buning hammasi Xudoning irodasi bilan bo‘ladimi? Agar shunday bo‘lsa, U ancha g‘alati Xudo ekan, deysiz siz; agar yomonlik dunyoda Uning irodasiga zid ravishda o‘rnashgan bo‘lsa, u holda, mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan Zotning irodasiga qarshi biror narsa ro‘y berishi qandoq bo‘lishi mumkin?

Ammo biror marta bo‘lsa ham, hokimiyatga ega bo‘lgan har bir odam qanday qilib bir tomondan ba’zi narsalar sizning xohish-irodangizga binoan, boshqa tomondan esa - unga zid tarzda ro‘y berishini biladi. Masalan, ona to‘liq asos bilan bolalariga shunday deyishi mumkin: "Men har kuni kechqurun sizlarning xonangizni yig‘ishtirmoqchi emasman. O‘zlaringiz uni yig‘ishtirib qo‘yishni o‘rganishlaring shart". Bir kuni kechqurun ona bolalar xonasiga kiradi va baxmal ayiqcha, siyohdon va fransuz grammatikasi darsligi bir joyda uyulib yotganini ko‘radi. Bu uning xohishiga qarshi. Ona bolalari batartib bo‘lishini ma’qul ko‘rgan bo‘lardi. Lekin boshqa tomondan, bunda uning frzandlarini mustaqil bo‘lishga o‘rgatish xohishi ham bor edi, biroq bu ular uchun tanlov erkinligini keltirib chiqaradi. Har qanday boshqaruv tizimida, xizmatda, maktabda ham xuddi shu narsa yuzaga keladi. Siz qaysidir majburiyatni ixtiyoriy deb e’lon qilasiz va shu zahotiyoq, odamlarning yarmi o‘sha majburiyatni bajarmay qo‘yadi. Bu sizning irodangizga moslashtirilmaydi, biroq aynan sizning xohish-irodangiz tufayli yuz berishi mumkin bo‘ladi.

Ehtimol, Koinotda ham shu narsa ro‘y berayotgandir. Xudo o‘zi yaratgan ba’zi mavjudotlarga erkin iroda bergan. Bu ular to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘lni tanlab olishlari mumkinligini anglatadi. Ba’zi odamlarga erkin bo‘lgan, ammo noto‘g‘ri xatti-harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan mavjudotni o‘ylab topish mumkindek bo‘lib tuyuladi. Men bunday mavjudotni tasavvur qila olmayman. Agar kimdir yaxshilik qilishda erkin bo‘lsa, u yomonlik qilishda erkin. Aynan erkin xohish-iroda yomonlik yuzaga kelishini mumkin qilgan. Unday bo‘lsa, nega Xudo O‘zi yaratgan mavjudotlarga iroda erkinligini berib qo‘ydi? Chunki erkin irodasiz, garchi u yomonlik paydo bo‘lishini keltirib chiqarsada, chin sevgi, yaxshilik, quvonch va dunyoda qadrga ea bo‘lgan hamma narsa bo‘lishi mumkin emas.

Xuddi mashina kabi harakat qiladigan avtomat-robotlar dunyosi uni yaratishga arzishi dargumon bo‘lganidek. Xudo O‘zining oliy mavjudotlari uchun tayyorlab qo‘ygan baxt bu - Uning O‘zi bilan hamda bir-biri bilan muhabbat va hayrat jo‘shqinligidagi erkin qovushish bo‘lib, buning oldida erkak va ayol o‘rtasidagi eng yuksak sevgi xuddi suyultirilgan sut kabi bo‘lib qoladi. Ammo buning uchun mavjudotlar erkin bo‘lishlari shart.

Agar ular o‘z erkiligidan noto‘g‘ri foydalanishsa, nima bo‘lishini Xudo bilardi. Lekin, ko‘rinishidan, U O‘zi o‘ylab topgan narsa tavakkal qilishga arziydi, deb hisoblagan. Balki, biz uning fikriga qo‘shilishga moyil emasdirmiz. Lekin Xudoning fikriga qo‘shilmaslik qiyin. U siz o‘zingizning barcha dalillaringizni oladigan manbadir. Xuddi oqim o‘z manbasidan yuqoriga ko‘tarila olishi mumkin bo‘lmagani kabi, Siz haq bo‘lishingiz, U esa nohaq bo‘lishi mumkin emas. Uning qarorlari to‘g‘riligi haqida tortishar ekansiz, sizga tortishish imkonini bergan kuchga qarshi chiqayotgan bo‘lasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o‘zingiz o‘tirgan shoxni qirqayapsiz. Agar Xudo Koinotdagi urush holati xohish-iroda erkiligi uchun unchalik katta to‘lov emas va aynan shuning uchun O‘zi boshqarib turadigan qo‘g‘irchoqlar dunyosini emas, Xudo yaratgan mavjudotlar ongli ravishda yaxshilik va yomonlikdan birini tanlay olishi mumkin dunyoni yaratdim, deb hisoblayotgan bo‘lsa, unda biz erkin iroda shunga arziydi, degan fikrga qo‘shilishimiz kerak. Faqat yaxshilik va yomonlikdan birini erkin tanlashga asoslangan dunyodagina muhim ahamiyatga ega biror narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Iroda erkinligini tushunib olganimizdan so‘ng, bir paytlar menga berilgan savol ahmoqona tuyuladi: "Nega Xudo odamni shunday chirigan materialdan yaratganki, u darhol yaroqsiz bo‘lib qoldi?". Mavjudot yaratilgan material qanchalik yaxshi bo‘lsa va u to‘g‘ri yo‘ldan yursa, shunchalik aqlli, kuchli va erkin bo‘ladi, agar noto‘g‘ri yo‘lni tanlasa,  shunchalik yomon bo‘ladi. Sigir juda yaxshi yoki juda yomon bo‘lishi mumkin emas; it juda yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin; bolakay ko‘proq yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin; bundanda ko‘ra, odatdagi katta odam yanada yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin, shuningdek daho odam bundan ham ko‘proq darajada yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin; g‘ayri insoniy ruh esa barcha bor narsalarning yo eng yomoni yoki eng yaxshisi bo‘lishi mumkin.   

Erkin iroda noto‘g‘ri yo‘ldan ketganligi qanday ro‘y berdi? Shubha yo‘qki, odamlar bu savolga qandaydir aniq javob bera olishmaydi. Ammo, bizning shaxsiy tajribamizga asoslangan ongli (va umum e’tirof etgan) taxminni nazarda tutsa bo‘ladi.

Sizda o‘z “men”ingiz paydo bo‘lganida, bu “men”ni birinchi o‘ringa qo‘yish imkoni tug‘iladi, markaz bo‘lish, ya’ni aslida Xudo bo‘lishni istab qolasiz. Shaytonning gunohi shunda edi va u bu gunohni inson zotiga yuqtirdi. Ba’zi odamlar insonning qulashi jinsiy aloqa (seks) bilan qandaydir bog‘liq, deb hisoblashadi. Lekin bu xato fikr (Ibtido kitobidan joy olgan qissa, tanazzul bizning jinsiy tabiatimizga qulashdan keyin qandaydir tarzda ta’sir etgan va shu qulashning sababi emas, balki natijasi bo‘lgan, degan fikrga olib boradi.) Shayton bizning uzoq ajdodlarimiz miyasiga ular agar o‘zlarini o‘zlari yaratganida, “xuddi xudodek” bo‘lishlari, hammasini o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘rnatishi  mumkinligi; odam o‘ziga o‘zi xo‘jayin bo‘lishi va o‘zi uchun Xudoga bog‘liq bo‘lmagan qandaydir baxt ixtiro qilishi mumkinligi g‘oyasini kiritdi. Ana shu besamar urinishdagi insoniyat tarixini, Xudoni aylanib o‘tib, baxt sirini topishga urinayotgan odamning uzoq va qo‘rqinchli tarixini belgilab bergan, deyarli hamma narsa – pullar, qashshoqlik, manmanlik, urushlar, fohishalik, sinflar, imperiyalar, qullik kelib chiqdi.

Bu qidirishlar umidsiz va buning sababi mana nimada. Xuddi inson mashinani ixtiro qilishi kabi, Xudo bizni yaratdi, ixtiro qildi. Avtomobil uchun yoqilg‘i benzin bo‘lib, mashina hozirgi tuzilishida boshqa yoqilg‘ida ishlay olmaydi. Insoniyatni esa Xudo odam me’yordagi hayotiy faoliyat uchun quvvatni Xudoning O‘zidan olishini mo‘lajallab tuzgan. Xudo bizning ruhimiz, unga zarur bo‘lgan oziqamiz mo‘ljal oladigan yonilg‘idir. Mana shuning uchun biz Xudodan hech qanday dinni zimmamizga yuklamagan holda, o‘zimizni o‘z ta’bimiz bo‘yicha baxtli qilishini so‘rashdan ma’no yo‘q. Xudo bizga Uning O‘zisiz baxt va tinchlik bera olmaydi, chunki Usiz baxt va tinchlik shunchaki mavjud emas.

Tarixning kaliti mana shunda. Ulkan miqdordagi quvvat sarflanayapti, tamaddunlar paydo bo‘layapti, juda soz, olijanob tashkilotlar tuzilayapti, biroq har gal nimadir o‘xshamayapti. Ba’zi halokatli nuqson sababli, har doim yuqorida xudbin va shafqatsiz odamlar bo‘lib qolyapti, hammasi yana qulayapti va pastga, kambag‘allik va umidsizlikka qarab enib ketayapti. Mashina o‘chib qoladi. U bir necha metrlarni xuddi osongina o‘tgandek bo‘ladi va buzilib qoladi. Odamlar mashina nomaqbul yoqilg‘ida ishlashini xohlaydi. Mana, shayton biz, odamlarni nima qilib qo‘yibdi.  

Xudochi, nima qilgandi? Avvalambor, U bizga vijdonni qoldirdi va biz nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini tushunamiz. Butun tarix davomida vijdon ovoziga quloq tutishga (ba’zan juda qaysarlik bilan) uringan odamlar bo‘lgan. Ularning hech biri bunda to‘liq muvaffaqiyat qozona olmagan.

Ikkinchidan, U inson zotiga men yorqin orzular deb ataydigan narsani yuborgan. Men deyarli barcha majusiy dinlarda uchraydigan g‘alati qissalarni nazarda tutayapman, ularda o‘ladigan va yana tiriladigan, o‘z o‘limi bilan qaysidir tarzda odamlarga yangi hayot beradigan qandaydir xudo haqida hikoya qilinadi. Uchinchidan, U bir alohida xalqni tanlab olgan va O‘z tanlab olgan odamlarning miyasiga bir necha yuz yillar davomida U yagona Xudo ekanligi va odamlar o‘zini to‘g‘ri tutishi muhimligini singdirgan. O‘sha alohida xalq yahudiylar edi va Eski Ahd buning hammasini batafsil bayon qiladi.

Keyin esa insoniyat haqiqiy karaxtlikni boshdan kechirdi. To‘satdan shu yahudiylarning orasidan go‘yoki o‘zi Xudo ekanligini aytayotgan odam chiqdi. U gunohlarni kechirish mumkin ekanligini aytadi. U abadiy yashashini aytadi. Oxirzamonda dunyoning ustidan hukm chiqarish uchun kelishini aytadi.

Bu o‘rinda tushuntirish zarur bo‘ladi. Masalan, hindular kabi panteistlar orasida har biri Xudoning bir qismi yoki Xudo bilan bir ekanligini ayta oladiganlar bor; buning hech taajjublanadigan joyi yo‘q. Lekin O‘sha Odam panteizmga emas, iudaizmga e’tiqod qilgandi. Yahudiylarning tushunchasida Xudo dunyodan tashqarida bo‘lgan Mavjudotdir; bu dunyoni yaratgan Zot istisnosiz hamma narsadan beqiyos farq qiladi. Siz buni to‘la tushunib olganingizda, shuni his qilasiz: bu Inson aytganlari shu paytgacha odam og‘zidan chiqqan hamma so‘zlardan ko‘ra taajjublanarli. Bu so‘zlarning bir qismi qulog‘imizga kirmaydi: biz ularni shunchalik ko‘p eshitganmizki, ular qanchalik yuksak jaranglashini tushunishdan to‘xtadik. Men gunohlarni kechirish, gunohni yuvish haqidagi so‘zlarni nazarda tutayapman. Agar bu Xudodan kelmayotgan bo‘lsa, bu kulgili va tuturiqsizdir. Odam o‘ziga qilingan haqoratlar va ozorlarni kechirishini tushuna olamiz. Siz mening oyog‘imni bosib oldingiz va men sizni kechiraman. Lekin hech kim tegmagan va talab ketmagan, ammo boshqalarning oyog‘ini bosganingiz va ularning pulini o‘g‘irlaganingiz uchun sizni kechirishini e’lon qilayotgan odam bilan qanday yo‘l tutish kerak? Bunday odamning xulq-atvori bizga o‘ta ahmoqchilik bo‘lib tuyulgan bo‘lardi. Biroq Iso aynan shunday qildi. U odamlarga ularning gunohi kechirilganini aytdi va hech qachon bu gunohlar zarar yetkazgan odamlar bilan maslahatlashgani yo‘q. U hech ikkilanmay o‘zini xuddi hamma ozorlar Unga yetkazilgan, barcha qonunsizliklar Unga qarshi sodir etilgan Zotdek tutdi. Bunday xatti-harakat faqat U haqiqatan ham Xudo bo‘lgandagina, o‘z qonunlari oyoqosti qilingan, sevgisiga har bir sodir etilgan gunoh bilan haqorat yetkazilgan Zot bo‘lgandagina, ma’noga ega bo‘lardi, Boshqa har qanday odamning og‘zidan yangraganida, bu so‘zlar faqat butun insoniyat tarixida tengi bo‘lmagan ahmoqlik va manmanlik vasvasasidan dalolat bergan bo‘lardi.

Biroq (va bu taajjubli) hatto Uning dushmanlarida ham, ular Yangi Ahdni o‘qiyotganida, bu so‘zlar ahmoqlik yoki buyuklik vasvasasi tufayli aytilgan, degan tasavvur uyg‘onmaydi. Ayniqsa, oldindan noto‘g‘ri taxminga bormaydigan o‘quvchilarda. Masih “tavozeli va beozor” ekanligini aytadi – va tavoze hamda beozorlik shunday bayonot qilgan odamga xos bo‘lishi ehtimoli kamligini payqamgan holda, biz Unga ishonamiz.  

Bularning hammasini ko‘pincha “Men Iso buyuk ruhiy ustozligini tan olishga tayyorman, ammo Uning Xudo ekanligi haqidagi da’vosini inkor qilaman”, deb eshitib qolish mumkin bo‘lgan, chindan ham ahmoqona ta’kidning oldini olish maqsadida aytayapman. Bunday deyish yaramaydi. Iso aytganlarini ta’kidlay olgan oddiy odam buyuk ruhiy ustoz bo‘lmasdi, balki xuddi o‘zini Napoleon deb hisoblaydigan jinni yoki go‘l bo‘lishi yoxud shaytonning o‘zi bo‘lishi mumkin. Boshqa muqobillik bo‘lishi mumkin emas: bu odam – yoki Xudoning O‘g‘li yoki aqldan ozgan yoxud bundan ham yomonrog‘idir. Siz esa tanlab olishingiz kerak: aqli past sifatida Undan yuz o‘girishingiz va Unga hech qanday e’tibor bermasligingiz mumkin; Uni iblis sifatida o‘ldirishnigz mumkin; aks holda siz Unga sajda qilishingiz va Uni Rabbiy hamda Xudo deb tan olishingizdan boshqa ilojingiz qolmaydi. Faqat go‘yoki U buyuk insonparvar bo‘lgan, degan aqlingizni chulg‘ab olgan bema’ni fikrdan voz keching, iltimos. U bizga bunday o‘ylashimizga imkoniyat qoldirmagan.

 


 

Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак