Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 28 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.6. IKKI ESLATMA

Oxirgi bobda paydo bo‘lgan ikkita savolga  izoh bermoqchiman.

1) Mulohazali bir tanqidchi shunday yozadi: “Agar Xudo o‘yinchoq askarlar o‘rniga o‘g‘illari bo‘lishini xohlagan bo‘lsa, nega o‘yinchoq askarlarni yaratib, keyin ularni shunday murakkab va og‘riqli jarayonga duchor qilish o‘rniga, darrov o‘g‘illarni yaratib qo‘ya qolmadi?”

Bu savolga qisman javob berish juda oson; uning boshqa bir qismiga javob  berish, balki inson tafakkuridan tashqaridadir. Oson qismiga javob berishga harakat qilaman. Agar insoniyat oilasi ming yillar oldin Xudodan yuz o‘girmaganida, mavjudotni o‘g‘ilga aylantirish jarayoni murakkab yoki og‘riqli bo‘lmasdi. Odamlar buni bajarish qobiliyatiga ega edilar, chunki Xudo ularga iroda erkinligini bergan. U ularga iroda erkinligini berdi, chunki oddiy avtomatlar dunyosi hech qachon sevgini va shuning uchun haqiqiy, cheksiz baxtni his qila olmaydi.

Javobning qiyin qismi quyidagicha. Barcha masihiylar so‘zning to‘liq, asl ma’nosida Xudoning yagona O‘g‘li borligiga rozi. “Xudoning ko‘p o‘g‘illari bo‘lishi mumkinmi?” degan savolimizga qattiq turib, biz chiqa olmaydigan chalkash o‘rmonga kirib qolish xavfini tug‘diramiz. "Bo‘lishi mumkinmi?" degan savolda qandaydir ma’no bormi, agar u Xudo haqida bo‘lsa? Menimcha, bunday savolni boshi va oxiri bo‘lgan narsa yoki hodisaga nisbatan qo‘llash mumkin, chunki u boshqa narsa (yoki hodisa) boshqacha bo‘lganligi sababli o‘zgacha bo‘lishi mumkin edi va bular esa, o‘z navbatida, ba’zi uchinchi narsa boshqacha bo‘lganligi sababli o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Va hokazo (agar bosmaxona ishchisi qizil bosma siyoh olgan bo‘lsa, bu sahifadagi harflar qizil bo‘lishi mumkin edi va agar unga tegishli yo‘riqnoma berilgan bo‘lsa, u qizil siyoh olgan bo‘lar edi va hokazo). Ammo biz Xudo haqida, ya’ni asosiy tamoyil, boshqa barcha voqe’liklarni, hodisalarni, haqiqatlarni belgilab beruvchi qandaydir o‘zgarmas voqe’lik haqida gapirganda, biror narsa boshqacha bo‘lishi mumkinmidi deb so‘rash ma’nosizdir. U qanday bo‘lsa, Shundaydir va shu bilan savol o‘z-o‘zidan barham topadi.

Ammo bundan tashqari, abadiy o‘g‘illarni dunyoga keltiradigan Xudoni tushunish men uchun juda qiyin. Bu o‘g‘illar ko‘p bo‘lishi uchun ular qandaydir tarzda bir-biridan farq qilishi kerak. Ikkita tanga bir xil ko‘rinadi. Unda nega ular ikkita? Shubhasiz, chunki ular har xil joylarda turibdi va bir xil atomlardan iborat emas. Boshqacha qilib aytganda, ularni alohida, turli birliklar deb aytish uchun biz fazo va modda kabi tushunchalarga, ya’ni yaratilgan Koinotga tayanishimiz kerak. Men Ota va O‘g‘il o‘rtasidagi farqni fazo yoki moddani jalb qilmasdan tushuna olaman, chunki bu holda biri dunyoga keltiradi, ikkinchisi esa dunyoga keladi. Ota O‘g‘liga nisbatan, O‘g‘li Otasiga nisbatan bo‘lgan holidan ko‘ra farq qiladi. Ammo bir nechta o‘g‘il bo‘lsa, ularning bir-biriga va Otaga bo‘lgan munosabati bir xil bo‘lardi, ular bir-biridan qanday farq qilar edi? Bir qarashda, bu muammo, albatta, sezilmaydi. Odamlar bir nechta o‘g‘illarning mavjud bo‘lish g‘oyasi yashashga haqli deb hisoblashadi. Biroq, bu haqda chuqurroq o‘ylab ko‘rganimda, bunday fikr haqiqatga yaqin ko‘rinadi degan xulosaga kelaman, chunki biz bu o‘g‘illarni qandaydir makonda yonma-yon turgan odamlar sifatida noaniq tasavvur qilamiz. Boshqacha qilib aytganda, biz Koinot yaratilishidan oldin mavjud bo‘lgan narsa haqida o‘ylayotganimizni tasavvur qilsak ham, aslida biz rasmga yaratilgan Koinotni yashirincha olib kirishga va uning ichiga o‘g‘illarni joylashtirishga harakat qilyapmiz. Biz buni amalga oshirishni to‘xtatganimizda, lekin hali ham dunyo yaratilishidan oldin Ota ko‘p o‘g‘illarni dunyoga keltirishini o‘ylashga harakat qilsakda, biz hech narsa haqida o‘ylamayotganligimizni ko‘ramiz. Tasvirlar yo‘qoladi, g‘oyaning o‘zi esa so‘zlar to‘plamiga aylanadi. Shunda yana bir fikr paydo bo‘ladi: tabiat makon, zamon va moddani aynan shu ko‘plikni amalga oshirish uchun yaratmaganmikin? Balki o‘lmas ruhlarning “legionlarini” qo‘lga kiritishning yagona yo‘li avvalo Koinotda ko‘plab jismoniy mavjudotlarni yaratish va keyin ularning har birini ruhlantirishdir? Lekin bularning barchasi taxmin, albatta.

2) Butun insoniyatni daraxt kabi yagona ulkan organizm sifatida tasavvur qilish, individual farqlar muhim emasligi yoki haqiqiy odamlar Tom, Nobbi yoki Ket sinflar yoki irqlar kabi jamoaviy tushunchalardan kamroq ahamiyatga ega ekanligining dalili sifatida qabul qilinmasligi kerak. Aslida, bu tushunchalar bir-biriga qarama-qarshidir. Yagona organizmning alohida qismlari bir-biridan juda katta farq qilishi mumkin, bitta organizmning qismlari bo‘lmagan alohida elementlar esa bir-biriga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Oltita bir tiyinlik tangalar o‘zaro hech qanday bog‘lanmagan, lekin ular bir xil ko‘rinadi. Mening burnim va o‘pkam tashqi ko‘rinishidan butunlay boshqacha, lekin ular ikkalasi ham tanamning bir qismi bo‘lganligi va uning hayotida ishtirok etgani uchun yashaydi.

Masihiylik alohida odamlarni nafaqat bir guruh a’zolari yoki ro‘yxatdagi qandaydir narsalar sifatida, balki bir tananing bir-biridan ajralib turadigan va har biri boshqalari bajara olmaydigan narsalarni bajaradigan organlar sifatida ko‘radi. Farzandlaringiz, yoxud o‘quvchilaringiz yohud qo‘shnilaringizni sizga har tomonlama o‘xshashini hoxlaganingizda, Xudoga bu umuman xush kelmasligini eslang. Siz va ular turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan alohida organlardirlar. Boshqa bir tarafdan, agar siz bu “sizning ishingiz emas” bo‘lgani uchun boshqalarning ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirish vasvasasiga tushib qolsangiz, boshqalar sizga o‘xshamasa-da, ular xuddi o‘sha organizmning bir qismi ekanligini unutmang. Agar siz har bir inson siz kabi bir organizmga tegishli ekanligini unutib qo‘ysangiz, individualistga aylanasiz. Agar siz boshqa tana siz bilan bir xil emasligini unutib, hamma bir xil bo‘lishi uchun odamlar o‘rtasidagi har qanday farqni bostirishga harakat qilsangiz, u holda totalitaristga aylanasiz. Shu bilan birga, masihiy individualist ham totalitarist ham bo‘lmasligi kerak.

Men ham sizga, xuddi shuningdek,  siz  ham menga bu xatolarning qaysi biri xavfliroq ekanligini aytmoqchisiz. Lekin shayton bizni aldayapti. U har doim ikki qarama-qarshilikdan iborat bo‘lgan xatolarni dunyoga juftma juft qilib yuboradi va ulardan qay biri yomonroq ekanligi haqida o‘ylashga imkon qadar ko‘proq vaqt sarflashga undaydi. Nima uchun ekanligini siz, albatta, tushunsangiz kerak? Bu xatolardan biri bizni doimiy ravishda teskari tarafga tortishi uchun bizni yoqtirmasligimizga tayanadi. Ammo biz unga erk bermasligimiz kerak. Biz o‘sha va boshqa xato vasvasalarini chetlab o‘tib, ikkalasiga ham aldanmaslikka harakat qilib, maqsad sari olg‘a intilishimiz kerak.

 

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак