O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 18 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

18 bob - Agar bolam bilan nuqul bitta mavzuda gaplashaversam, u meni mijg‘ov odamga chiqarib qo‘ymaydimi?

Mijg‘ov - bu zeriktirib qo‘yadigan, bezor qilib yuboradigan odam. Mijg‘ovlarni hech kim yoqtirmaydi. To‘g‘ri: mabodo biz ota-onalar kun bo‘yi bolalarga jinsiy aloqa mavzusini uqtiraversak, ular rostdan ham zerikishadi va so‘zlarimizni qabul qilmay qo‘yishadi. Ammo baribir haqiqatni, ayniqsa jinsiy aloqalar uchun Xudo tayinlagan chegaralar va rejalarga oid haqiqatni bolalar ongiga yetkazishimiz kerak.  Xo‘sh, biz qanday yo‘l tutishimiz lozim?

Bolangizni bezor qilish o‘rniga ular hayotida bo‘lib o‘tgan vaziyatlardan foydalanishga urining, ularni o‘rganish mumkin bo‘lgan holatlarga aylantiring. Saboq uchun maqbul holat - bu kundalik jarayonlarda jinsiy aloqa mavzusiga bag‘ishlangan qisqacha tarbiyaviy suhbatlarni o‘tkazib olish imkonini beradigan vaziyatdir. Bu suhbat murakkab narsalar, nozik muammolar, jinsiy aloqaning o‘ziga oid mavzu yoki bola shu paytda qalbini ochishi uchun juda muhim yana nimadir bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatdan boshqacha foydalansa ham bo‘ladi, misol uchun, bola Internet yoki televizor orqali nimalarni ko‘rgani, og‘aynisidan nimani eshitganini, plakatda nimani ko‘rib qolgani va hatto bolalarga bag‘ishlangan kitobdan o‘qigan misralarni so‘rashingiz mumkin. Barcha bu imkoniyatlardan foydalaning.

Qulay vaziyatni boy bermaslik - bu o‘rganib olsa bo‘ladigan san’atdir. Bu o‘rinda, albatta, ko‘p narsa sizning keng ko‘lamdagi savodxonligingizga bog‘liq. Boshqacha aytganda, o‘smirlarning xatti-harakatlari va qadriyatlarining shakllanishida mediakontentning (Internet, kino, televideniye, jurnallar, komikslar, bloglar, tvitlar va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa xabarlarning) ta’sir darajasini izohlash va to‘g‘ri baholashni bilish zarur.

Zamonaviy dunyo madaniyati har qanday ota-onaga muhokama qilish uchun qulay vaziyat yaratib beradigan uyum-uyum imkoniyatlarni taqdim etadi. “Kaiser Family Foundation”ning televizion uzatmalarga oid hisobotida ko‘rsatilishicha, “praym-taym yo‘nalishidagi 75% shoular jinsiy aloqa haqidagi dialoglarni yoki hirsni uyg‘otuvchi kadrlarni o‘z ichiga oladi”1.

Ko‘ngilochar OAV, ayniqsa Internet va televideniye dunyoda jinsiy aloqa mavzusini yoritadigan asosiy manbaga aylandi, tag‘in shu darajadaki, biz faqat uning vayronkor ta’sirini kuzatishga majbur bo‘lib qolyapmiz. Ammo biz bularning barchasidan ijobiy saboq chiqargan holda bolalarimiz bilan suhbat o‘tkazib, buning oqibatlarini yumshatishimiz mumkin.

Misol uchun, “Superkubok”ning shanba kunida ko‘rsatilgan yarim final o‘yinida xonanda M.I.A. kameraga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatganida barcha hayron bo‘lib qoldi, axir bu jinsiy aloqaga doir ishora bo‘lib, beadab ifodani o‘zida aks ettiradi. Qanchalab masihiylar bu daqiqada o‘z nafratlarini to‘lqinlanib namoyon etishdi (mutlaqo o‘rinli), lekin shu bilan birgalikda jinsiy aloqa haqida bola xotirasida uzoq yillar saqlanib qoladigan suhbat uchun ajoyib imkoniyatini boy berib qo‘yishmadimi?  Bu salbiy nimadandir ijobiy saboq chiqarsa bo‘ladigan qulay vaziyat edi.

Bir kuni men (Josh) oilaviy yuk mashinamizda to‘qqiz va yetti yoshda bo‘lgan Kelli va Shonni olib ketayotgandim. Bu yoshdagi barcha bolalarda bo‘lganidek, ular to‘satdan janjallashib qolishdi va Shon jahl bilan qichqirib yubordi: “Kelli, itardim seni!” Shu lahzada jahlim chiqib, o‘g‘limni jazolasam ham bo‘lardi, ammo buning o‘rniga, hayron bo‘lmaganimni namoyon etmay, shunchaki so‘radim:

- O‘g‘lim, sen buning nima ekanligini bilasanmi?”

U shu zahotiyoq javob qaytardi:

- Yo‘q.

Men gapimda davom etdim:

- Sen qayerdan buni eshitding?

- Maktabda, - to‘ng‘illadi o‘g‘lim.

Men unga taklif etdim:

- Xohlaysanmi, buning nima ekanligini senga tushuntiraman?

U ko‘zlarini katta ochib bosh irg‘adi:

- Mayli.

Biz keyingi o‘n daqiqani g‘aroyib suhbat bilan o‘tkazdik. Men bu jumlaning ahamiyatini hamda Xudoning bu olamdagi barcha ona va otalarga in’om etgan ajoyib tuhfasini bu jumla qanday tahqirlashini tushuntirib berdim. So‘ngra, yetti va to‘qqiz yoshdagi bolalarga imkon qadar tushunarli qilib aytishga uringan holda, nega oilamizda hech kim bu kabi jumlalarni qo‘llamasligi haqida gapirdim.. Shu tariqa o‘z o‘g‘lim bilan sug‘batlashib, uning kelgusi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan qulay vaziyatni qo‘ldan chiqarmadim.

Ota-onalarning imkoniyatlari chindan ham chek-chegara bilmaydi. Aslida “ahamiyatsiz” damlar juda muhim bo‘lib tuyuladi, negaki kuchli salbiy yoki ijobiy kechinmalar tariqasida bolaning xotirasiga urilib, uning ongi, ishonch-e’tiqodi, munosabatlari, hatti-harakati va o‘zini tutishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quyida ota-onalarga o‘z bolasi bilan suhbatlashib olish imkonini beradigan ajoyib sabablar keltirilgan.

1. TV va boshqa ko‘ngilochar ommaviy medialar. Amerika pediatriya akademiyasining “Jinsiy mayl, kontratsepsiya va ommaviy media” nomli maqolasida shunday xabar beriladi:

Amerikalik bolalar haftasida 36 soatdan ko‘proq vaqtlarini televideniye va Internet, shuningdek video, kompyuter o‘yinlari, musiqa kabi turli  yo‘nalishdagi OAV bilan o‘tkazishadi. O‘rta maktabni bitirish davriga kelib, o‘smir o‘rtacha 15000 soat vaqtini teledasturlarni ko‘rish uchun sarflaydi, bu esa uning parta ortida o‘tirgan vaqtiga qaraganda 20% ko‘pdir. Bundan tashqari, amerikalik o‘smir o‘rta darajada bir yil ichida ochiq ko‘rinishdagi deyarli 14000 kontentlarni tomosha qiladi2.

Yangiliklar dasturi ham muhokama uchun qimmatli mavzu. O‘smirlar o‘rtasida Homiladorlikni oldini olish resurslar markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Wait for Sex” o‘quv ko‘rgazmasida shunday namuna keltiriladi: “Siz bolangiz bilan birgalikda televizor orqali yangiliklarni ko‘ryapsiz. Muxbir hirsiy shilqimlik yuzasidan maktab boshqaruviga shikoyat bergan yettinchi sinfdagi o‘quvchi qizning oilasi haqida so‘z yuritmoqda. Bir o‘g‘il bola o‘quvchi qizning badani, ayniqsa ko‘kraklari haqida bir necha bora tahqiromuz tanbehlar bergan.  Mana, boshqa jins vakiliga hurmat ko‘rsatish qanday muhim ekanligi haqida gaplashib olish uchun ajoyib imkoniyat”3.

Biz vaqti-vaqti bilan bolalarimiz bilan birgalikda biror film yoki teleshouni ko‘rganimizda, to‘satdan ekran orqali behayo ishoralar bildirilar, hatto jinsiy ahloqsizlikni namoyish etayotgan odamlar tasviri paydo bo‘lardi. Bunday hollarda biz shunchaki televizorni o‘chirib, ko‘rganlarimizni suhbat mavzusiga aylantirardik.

Biz so‘rardik:

- Bolalar, ushbu vaziyatda nima noto‘g‘ri? - Ular javob berishar, biz esa diqqat bilan farzandlarimizni eshitardik. - Nima uchun bu noto‘g‘ri? - Biz tag‘in ularning gapini bo‘lmay eshitardik. - Jinsiy ahloqsizlikning oqibatlari qanday bo‘ladi? Siz kino yoki televizor orqali qachon oxirgi marta bunday harakatlarning salbiy oqibatlarini ko‘rsatishganini eslay olasizmi?

Odatda, ular buni eslay olishmasdi, negaki ko‘ngilochar OAV deyarli hech qachon nikohgacha bo‘ladigan jinsiy aloqaning salbiy oqibatlari haqida gapirmasdi. Misol uchun, televideniyeda ahloqsiz qahramonning jinsiy aloqa paytida kasallik yuqtirgani haqida gapirishmaydi. Albatta, bu zamonaviy dunyoga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan tasvir.

Hozirgi kunda har to‘rtinchi o‘smir jinsiy aloqa orqali o‘tadigan kasallikni yuqtirib olgan. Faqat shu yilning o‘zida yana uch million yosh yigit va qizlar kasallikka chalinadi O‘n ikki yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklarning ellik foizi odam papilloma virusi (OPV) bilan kasallangan. Bu kasallikka qarshi dori-darmonlar mavjud emas, prezervativlar - himoya qilmaydi, qolaversa, bu kasallik har yili OIV-infeksiyasiga nisbatan ko‘proq ayollarning hayotini olib ketmoqda.

Ammo televizor yoki kino orqali bunday narsalar haqida gapirilmaydi. Birinchidan, bu o‘smirlar nazarida dunyoning nomavjud tasvirini ko‘rsatadi, ikkinchidan, ularni anglashilmovchilikka olib kiradi, zero ahloqsiz harakatlarlarning salbiy oqibatlari bo‘ladi. Takrorlaymiz: tomoshabinlarga OAV orqali singdirilgan yolg‘on tasavvurlar - bolalar bilan ahloqsiz harakatlarning oqibatlari haqida gaplashib olish uchun qulay sabab.

Yana bir muhim fursat: suhbatni Xudo Kalomining asosiga va Xudoning jinsiy aloqaga bo‘lgan rejasiga bog‘lash mumkin. Birgalikda film va teledasturlarni tomosha qilgan holda, siz doimo noto‘g‘ri qaror qabul qilgan odamlar hayotiga oid voqealarga to‘qnash kelasiz. Xudo bizga nima uchun jinsiy hayotga munosabat borasida muayyan tavsiyalar berganini va unda muayyan chegaralar o‘rnatganini bolangiz bilan birga muhokama eting. Kalomga va unda keltirilgan qoidalarga amal qilish muhimligini takror va takror tushuntirish sizning manfaatlaringiz uchun xizmat qiladi.

Mana, Amerika ruhshunoslari uyushmasidan ajoyib maslahat:

Fikringizni bildiring. Agar sizga teleshou, o‘yin, video, jinsi yoki qo‘g‘irchoq yoqmasa, nega yoqmaganligini tushuntiring. “Yo‘q, buni ko‘rish yoki sotib olish mumkin emas” kabi oddiy so‘zlardan ko‘ra, bunday suhbat yanada samarali bo‘ladi. Qizlarda ijobiy obrazlarni yaratayotgan mahsulotlarni va ishlab chiqaruvchi kampaniyalarni qo‘llab-quvvatlang. Agar ishlab chiqaruvchilar, reklama beruvchilar, tele va kinoprodyuserlar, hatto chakana savdo do‘konlarining mahsulotlari qizlarni kimlarningdir shahvoniy ob’ektiga aylantirib qo‘yadigan bo‘lsa, ular ustidan arz qiling4.

AQSh jinsiy aloqaga doir ma’lumotlar va uni yoritish Kengashining yaqinda bergan hisoboti ham yaxshi takliflarni o‘z ichiga olgan:

• Fikrlaringizni bolangiz bilan o‘rtoqlashing. O‘z qarashlaringiz va qadriyatlaringizni ijobiy asosda baham ko‘ring. Bola o‘zining shaxsiy qarashlari va qadriyatlarini shakllantirishni boshlaganida, u sizning nuqtai nazaringizni aniq tushunishi kerak.

• Suhbat uchun qulay vaziyatni boy bermang. Har qanday imkoniyatdan - eshitgan hazillaringizdan, qo‘shiqdagi so‘zlardan, reklama ustunidagi tasvirdan yoki telereklamadan - suhbatni boshlash uchun foydalaning.

• Suhbat uchun reklamali tanaffuslardan foydalaning - shunda bolangiz sizga ko‘proq e’tibor qarata oladi. Qisqaroq so‘zlang, asosiy fikringizni oddiy so‘zlar bilan yetkazing.

• Yodda tuting, “yomon” shou ham bahs uchun yaxshigina sabab bo‘lishi mumkin. Bolalar muayyan bir personajning hatti-harakatlarini muhokama etishga tez-tez imkon berishadi.

• Iltifotli bo‘ling. Ehtimol, agar siz bolangizning do‘stlari yoki boshqa katta yoshdagilar huzurida jinsiy aloqa mavzusini muhokama etishni boshlasangiz, bola bundan taajjubga tushishi mumkin5.

Ommaviy mediadan o‘z manfaatingiz yo‘lida foydalaning. Muloqotda bo‘ling. O‘z nuqtai nazaringizni yashirmang.

2. Homilador ayol. Bolalar homilador ayolga - u begona, qarindosh yoki boshqa oiladan bo‘lishidan qat’iy nazar - ko‘pincha qiziqish bilan qaraydilar,  Ularning savollariga javob bergan holda, siz jinsiy aloqa mavzusiga oson o‘tib olishingiz mumkin.

3. Mavjud odamlar haqidagi hayotiy voqealar. Yozuvchi Vendi Sellers hayotiy voqealardan qanday foydalanish kerakligini aytadi: “Bolalar hayotda bor bo‘lgan odamlar haqidagi voqealarga o‘ta qiziqish bilan yondashadilar. Misol uchun, siz shunday deyishingiz mumkin: “Men hozirgina eshitgan bu yangilikdan ta’bim juda xira bo‘ldi. Amaki singlimning o‘g‘liga endi talabalikni tashlab, tezda ish axtarishiga to‘g‘ri keladi. U yaxshi ko‘rgan qizi bilan jinsiy aloqa qilibdi, hozir qiz homilador ekan. Endi oliy ta’lim olish o‘rniga, ishlashi va oilasini ta’minlashi kerak. Xo‘sh, sen bu haqda qanday fikrdasan?”6 Bu kabi hayotiy voqealar - bola bilan gaplashish uchun yaxshi sabab.

Florida shtati, Xillsboro okrugi Universitetida oilaviy hayot asoslaridan saboq beruvchi Diana Konvers farzand bilan suhbatlashish uchun foydalansa bo‘ladigan yana oltita vaziyat haqida eslatib o‘tadi:

4. Yalang‘och tanalar aks etgan fotosuratlar. “Bolangiz o‘rtog‘i bilan yotoqxonada hiringlashib kulmoqda. Ularni nima kuldirayotganini bilish maqsadida eshikni ochib ko‘rasiz: bolalar qomus kitobidagi yalang‘och ayollar tasvirini tomosha qilishmoqda7. Bu suhbat qilish uchun ajoyib sabab.

5. Jinoyatchi qidirilayotgani haqidagi e’lon. “Siz o‘n bir yoshli o‘g‘lingiz bilan pochta bo‘limida navbatda turibsiz va devorda jinoyatchi qidirilayotgani haqida osib qo‘yilgan e’longa ko‘zingiz tushadi. Bir erkak uch ayolni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda”8. Muhokama uchun katta imkoniyat bu!

6. Besoqolbozlik aloqasi. “Siz va bolangiz ham savdo markazida ikkita erkak bir-birining qo‘lidan nozik  tutib turishganini ko‘rib qolasizlar”9. Besoqolbozlik nima ekanligini bolangizga batartib aytib berish uchun yana bir sabab.

7. Prezervativni ko‘rib qolish. “Yuvish uchun kiyim-kechaklarni taxlayotganda, o‘g‘lingizning cho‘ntagidan prezervativ topib olasiz”10. Garchi bu holat sizni dastlab dahshatga tushirgan bo‘lsada, bu ham gaplashib olish uchun bir imkon.

8. Jinsiy aloqa haqida soxta ma’lumot. “Bir kuni maktabdan uyga qaytayotganlaringizda, o‘n uch yoshli qizingiz aytib qoladi: “Ona, to‘g‘rimi shu gap, birinchi marta jinsiy aloqa qilganda homilador bo‘lib qolmas ekan-a?”11  Siz aslo kechiktirmay muloqotga kirishing.

9. Oila o‘rtasida jinsiy aloqaga doir harakatlarga nisbatan farqli nuqtai nazarlar. “Qaynonangiz olti oylik o‘g‘lingizning tagligini almashtirmoqda. Siz to‘ng‘ich farzandingiz bilan uning yonida turibsiz. Qaynonangiz to‘satdan chaqaloqning qo‘liga yengilgina urib shunday deydi: “U joyingni ushlama”12. Ehtimol, siz unga e’tiroz bildirmassiz, ammo keyinchalik to‘ng‘ich farzandingiz bilan suhbatlashish uchun bu vaziyatdan sabab sifatida foydalanishingiz mumkin.

10. To‘y fotosuratlarini birgalikda tomosha qilish. Suhbat qurish uchun bu qanday ajoyib sabab!

11. Hayvonlarning hatti-harakatlari. Mana, Makdauell qizlaridan birining hikoyasi: “Onamning aytishicha, biz jinsiy aloqa haqida ilk bora oilaviy sayohatga chiqqanda gaplashganmiz, ya’ni men mashina oynasidan ho‘kizning g‘unajinga qanday irg‘iganini ko‘rib qolganimdan so‘ng mavzu ochilgan ekan. Men nimalar bo‘layotganini so‘radim. Onam menga tushuntirgach, men unga shunday javob qaytaribman: Yaxshi hamki, odamlar shunday qilishmaydi!” Jinsiy aloqa haqidagi bizning ilk suhbatimiz shunday kechgan. Juda g‘alati, men hatto bu suhbatni eslay olmayman”. Garchi qizimiz o‘sha voqeani unutgan bo‘lsada, bu aslida jinsiy aloqa - Xudoning mo‘‘jizaviy in’omi ekanligini tushunishi va qadrlashi uchun uni davomli ravishda oz-ozdan yetarli miqdordagi ma’lumotlar bilan ta’minlab borgan suhbatlarning birinchisi bo‘lgandi.

12. Maktabdagi yig‘ilish va bazmlar, sport musobaqalari, ishlab chiqarishga oid amaliyotlar va h.k.z. Biz oilamiz (to‘rt farzandimiz - Kelli, Shon, Keti va Xizer) bilan restoranda tushlik qilib turganimizda, to‘satdan Shon so‘rab qoldi: “Ota, bugun maktabimizda bir ma’ruzachi jinsiy aloqa haqida gapirdi. Menimcha, siz uning fikriga qo‘shilmasangiz kerak”. Men darhol so‘radim: “Nima uchun?”

Keyingi uch soatni biz Leyksayddagi (Kaliforniya shtati) Styuart Andersonning “Steakhouse” restoranida ochiq oilaviy suhbat muhitida o‘tkazdik. Ofitsiant (kollej talabasi) doimo atrofimizda aylanib yurdi va nihoyat suhbatimizga o‘z fikrlari bilan qo‘shildi: “Bolalar, agar bilsangiz, ota-ona masalasida juda omadli ekansiz, shunday mavzularni sizlar bilan birgalikda muhokama etishmoqda-ya! Agar mening ota-onam ham shunday yo‘l tutishganida, men ham, opam ham hayotda bu qadar ko‘p xatoliklar qilmagan bo‘lardik” Qulay vaziyatni boy berib qo‘ymang - farzandingiz bilan jinsiy aloqa mavzusida suhbat qiling.

13. Musiqa. Nyu-York shtati (Olbani shahri)dagi universitet tadqiqotchilari 2009 yilda “Billboard” xit-paradidagi o‘ntalikka kirgan kantri, pop va ritm-end-blyuz yo‘nalishidagi bir yuz yetmish to‘rtta qo‘shiq satrlarini tahlil qilib chiqishdi. Natijalarga ko‘ra, “qo‘shiqlardagi 92% matnlarda shahvoniy harakatlarga ishoralar mavjud bo‘lib, ochiq matnlar esa o‘rtacha 10,49% ni tashkil etadi”13.

Men (Josh) bundan bir necha yillar muqaddam Shonning xonasiga kirganimda, o‘g‘lim “Depeche Mode” guruhining yangi kompakt-diskdagi qandaydir qo‘shig‘ini o‘chirib tashlayotganiga ko‘zim tushdi. O‘shanda uning yoshi o‘n ikkida edi.

- Shon, nima qilyapsan? - so‘radim men.

- Mana bu qo‘shiqni o‘chirib tashlamoqchiman.

- Nega?

- U oilamiz qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, shu bois uni o‘chirib yubormoqchiman.

Albatta, men vaziyatni qo‘ldan boy bermasdan, darhol qilayotgan ishiga qoyil qolganimni va undan faxrlanishimni aytdim.

Ota-onalar qo‘mitasi a’zosi Deb Roffman qayd etadi: “Oilangiz qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan biror nimaga (reklama roligi, televizion shou, musiqali video), duch kelsangiz, bu haqda farzandingiz bilan gaplashib oling. Uning uchun o‘ziga xos “madaniyat tarjimoni” bo‘ling14.

14. Cho‘milish vaqti. Qizlarimdan biri ikki yosh arafasida bo‘lganida, Dotti bir kuni mendan uni cho‘miltirib qo‘yishimni so‘radi. Men rozi bo‘ldim, iliq suvni ulab qizimga dedim: “Azizam, yechingin, lekin hali suvga tushmay turgin”. Bilasizmi, men bolalarimizdan birortasi sirpanib boshi bilan vannaga urilishidan hamisha qo‘rqganman, shu bois unga aytdim: “Ota kelgunicha kutib turgin.  Mening senga sovg‘am bor!” Men yaqinda bo‘lgan sayohatim vaqtida sotib olgan rezina o‘rdakchani safar xaltamdan olish uchun tashqariga chiqdim. Men endigina vannaxonaga qaytmoqchi bo‘lganimda, o‘sha joydan qattiq chinqiriq eshitildi. Yuragim bezovta urayotganini his qilgan holda, eshik sari qichqirib yugurdim:

- Azizam, senga nima bo‘ldi?

Mening mittigina qizalog‘im vanna chetida o‘z tanasiga qarab o‘tirgandi. U qo‘rquv to‘la ko‘zlari bilan menga qaradi:

- Ota, otajon, mening olatim teskari tarafda ekan!

Tushunyapsiz-a, qizim bundan avval akasini yalang‘och holatda ko‘rgandi. Xo‘sh, ikki yoshli qizaloq tag‘in nima deb o‘ylashi mumkin? Undagi olati yoki uzilib tushgan yoxud orqaga buralib ketgan. Mana sizga qayg‘u va alam!

Men bunday qulay vaziyatni qo‘ldan chiqarmadim.

- O, yo‘q, azizam, - dedim men. - Xudo aslida seni shunday qilib yaratgan. Xudo akang kabi o‘g‘il bolalarga olat beradi, senga o‘xshagan qizlarga esa - qin. Juda g‘aroyib o‘ylab topilgan, to‘g‘rimi? Endi esa cho‘milish vaqti keldi, bo‘laqol.

Butun suhbatimiz yigirma soniyadan ortiq vaqtni olgan emas.  Jinsiy aloqa mavzusini yoritish uchun ajoyib sabab. Juda qulay vaziyat. Agar siz ajoyib suhbat uchun yuqorida keltirilgan barcha vaziyatlardan va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan foydalansangiz, agar siz bolangizni murg‘aklik davridan boshlab shunday suhbatga jalb etsangiz, u ulg‘aygan paytda o‘zi bu kabi suhbatlar uchun sabab izlaydigan bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “Yalang‘och dalillar” kitobiga qarang.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак