O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 5 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

5 bob - Yaqin munosabatlar qurish uchun g‘ishtlar

“Mayli, agar men o‘z bolalarim bilan yaqin munosabatlar qursam, ular hamisha to‘g‘ri qaror qabul qilishlariga, to‘g‘ri yashashlariga va faxrlansa arzigulik hayot kechirishlariga kafolat bering”.

Afsuski, biz bunday kafolat berolmaymiz. Biz shunday demoqchimiz: yaxshi maslahatlarga amal qiling, bolalaringiz bilan yaqin bo‘ling, bu esa ularni toabad qalb azobidan himoya qiladi, natijada ularga haqiqiy baxt keltiradi. Ammo biz buni ham va’da berolmaymiz.

Sizning barcha urinishlaringizga qaramay, bolalar baribir sizni va qadriyatlaringizni rad etishlari mumkin. Biroq biz har holda nimalarnidir aytamiz: agar siz bolalaringiz bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatishga bor kuchingizni bag‘ishlasangiz va ular bilan jinsiy aloqa haqida aql bilan suhbatlashsangiz, sizning omad borasidagi imkoniyatlaringiz anchayin yuqori bo‘ladi. Siz bu borada bir qancha muhim qadamlarni tashlang va inson zotining dushmani jinsiy aloqa borasida bolalaringiz uchun tayyorlagan tuzoqlardan o‘tib olishlariga umid bag‘ishlang.

Quyida biz “yaqin munosabatlar qurish uchun g‘ishtlar” deya nomlagan qisqacha mazmunni keltirib o‘tamiz. Maslahatlarimizni amalda qabul qiling va bolalaringiz so‘zlaringizni qabul qiladigan bo‘lishadi, negaki shuni bilishadi va his qilishadi: siz haqiqatdan ham ular haqida qayg‘urayapsiz.

1. Farzandingizning qiziqishlarini o‘rganing

- Josh, bu ish bermayapti, - bir ota menga shunday shikoyat qilib qoldi. - Men vaqt sarfladim, ya’ni shu vaqtni o‘g‘lim bilan o‘tkazdim, lekin barcha urinishlar befoyda ketdi.

- Siz birgalikda nima qildingizlar? - aniqlab olmoqchi bo‘ldim.

- Xo‘sh, men golf o‘ynashni yaxshi ko‘raman, - dedi u. - Shu bois, uni o‘zim bilan maydonchaga olib bordim, bu esa hammasini butunlay barbod qildi.

- Nima, o‘g‘lingiz golf o‘ynashni yoqtiradimi? - so‘radim men.

- Yo‘q, ammo men yaxshi ko‘raman, - javob qaytardi omadsiz ota.

U o‘g‘lini o‘z dunyosiga - bolasi bundan juda uzoqda bo‘lgan golf dunyosiga - olib keldi va halokatli oqibatga duchor bo‘ldi. Nima uchun? Negaki bola bir narsani tushundi: otani faqat “otaga yoqadigan” mashg‘ulotlar qiziqtiradi. Agarda biz aksincha yo‘l tutib, bolamizning qiziqishlariga kirisha olsak, bu bilan unga shunday degan bo‘lamiz: “Menga sening o‘zing va senga yoqadigan hamma narsalar qiziqarli”.

Men, Kelli, Makdauellar oilasida to‘ng‘ich farzandman. Endilikda, o‘zim turmushga chiqqanimda va shaxsiy mavqeimni qurayotganimda, o‘tmishga nazar tashlab, ota-onam men bilan yaqin munosabatlarni qay tariqa izlashganlarini ko‘rish qiziqarli, albatta.  Misol uchun, shunday paytlar bo‘lganki, bizlardan uchtamiz futbol o‘ynaganmiz, tag‘in hammamiz turli jamoalarda. Bizlar tez-tez haftasida oltitagacha o‘yinlarni o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelardi, lekin onamiz har birimizni o‘sha o‘yinlarga doimiy ravishda olib borardi. Bu ona uchun qanchalik “zavqli” ekanligini hatto tasavvur qilolmayman.

Biroq har safar o‘yinga yoki mashg‘ulot o‘tkazishga borayotganimizda, onam shunday xitob qilardi: “Qoyil! Bugun futbol o‘ynaysan! Men senga muxlislik qilaman! Bu juda ajoyib!” Albatta, onamiz bizni sevishiga va qiziqishlarimizni baham ko‘rayotganiga biz shubha qilmasdik.

Yodimda, snoubording bilan qiziqib qolganimda, bir voqea ro‘y bergandi. Men va singlim yangi snoubordlarni sinab ko‘rishimiz uchun, otam bizni o‘zi bilan tog‘ chang‘isi kurortiga olib bordi. Otamiz bizni bir chekkadan kuzatib turadi deb o‘ylagandik, axir u ashaddiy chang‘ichi emas edi. Men navbatdagi do‘nglikdan oshib o‘tayotganimda, otam orqamizdan kelayotganini ko‘rib qoldim! Jag‘im shaqillab ketdi! Otam hayotda chang‘ida uchmagandi, lekin u bizni hayron qoldirishni juda istagani uchun tog‘ cho‘qqisiga chiqib bizlar bilan birgalikda yelib kelardi. Xayriyatki, u oyoqlarini sindirib olmadi! Uning ushbu harakati men bilan singlimga ko‘p narsani ayon etdi. Otamiz qiziqishlarimizni baham ko‘rishini va uning uchun qadrli ekanimizni amalda ko‘rsatdi.

O‘smirlar o‘rtasida rejalashtirilmagan homiladorlikning oldini olish Milliy Kampaniyasi tashkilotchilari ota-onalarga shunday da’vat bilan murojaat qilishdi: “O‘smirlarga e’tibor bering, ularning qiziqishlariga kirib boring. Ularning sport musobaqalariga qatnashing, qiziqishlari haqida ko‘proq bilib oling, hatto kichik muvaffaqiyatlari bo‘lsa ham ulardan hayratlaning; ularning hayotida kechayotgan voqealarga befarq emasligingizni bildiradigan savollar bering”1. Shunday yo‘l tutingki, bolalar sizni tinglashga, sizdan o‘rganishga va sizdan ibrat olishga tayyor bo‘lsinlar.

2. Farzandingizni qabul qiling

Bu bema’ni bir tushga o‘xshardi. Men (Dotti) ko‘z oldimda tutayotgan kapotga qarab, jimgina muz qotgandim. Meni g‘ijim kulchaga aylangan metall qurshab olgandi. Hattoki bundan menga shikast yetganini ham tushunmasdim. Yana kimgadir ziyon yetdimikan? O‘shanda yoshim endigina o‘n oltida edi va otamning mashinasini pachaqlab qo‘ygandim.

Tabiiyki, yuz bergan voqea haqida otamga aytishdan qo‘rqardim.  U nima deydi? “Doroti, nega bunday qilding?” Yoki: “Nahotki yo‘lga e’tibor berishning iloji bo‘lmagan bo‘lsa?” Yoki: “Darvoqe, sen qanday tezlikda haydaganding?” Yoki: “Bilasizmi, yosh xonim, bu endi menga qanchaga tushadi?” Lekin otam umuman bu kabi gaplarni aytmadi. Uning dastlabki so‘zlari shunday bo‘ldi: “O, Doroti, senga shikast yetmagani qanday yaxshi!” Otam takror va takror menga hech nima bo‘lmaganidan nihoyatda xursand ekanligini aytardi. U biror marta ham meni so‘kmadi, avtomobiliga shikast yetganidan zorlanmadi. Hech qachon unutmayman: hatto o‘n olti yoshimda ham yo‘lda e’tiborsizlik qilganimda mendan yuz o‘girmadi.

Bolani qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilsak, unga o‘zining xavfsizlikda ekanini his qilish tuyg‘usini beramiz. Qabul qilmoq - insonni qanday yo‘l tutgani uchun emas, balki kim ekanligi uchun qadrlash demakdir. O‘zini hech qanday shartlarsiz qabul qilinganini his etgan bolalar ochiq muloqotga, ota-onalarga ishonishga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Men ana shunday qabul qilinganlik muhitida o‘sganman va shu bois, nimaiki yuz bermasin, doimo meni yaxshi ko‘rishlarini his qilganman.

Havoriy Pavlus yozgan: “Masih sizlarni O‘z birodarlariday qabul qilgani kabi, sizlar ham bir-biringizni birodarlarday qabul qiling” ( Rimliklar 15:7). Xo‘sh, Masih sizni  qanday qabul qiladi? Hech bir shartlarsiz, siz qanday bo‘lsangiz shu tarzda, so‘gal yoki boshqa nima bo‘lishidan qat’iy nazar. Albatta, Xudo gunoh ishlaringizni tashlab, yo‘g‘ri yo‘l tutishingizni istaydi. Biroq bizning kamchiliklarimiz Uning sizga bo‘lgan sevgisiga va siz faqatgina Uning o‘g‘li yoki qizi bo‘lganingiz uchun qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Buni anglash xavfsizlikning hayratomuz his-tuyg‘ularini berishi to‘g‘ri emasmi? Samoviy Otangiz sizni muhokama etmasligini bilsangiz, U bilan muloqot qilishingiz yengil ko‘chmaydimi axir? Agar siz ham bolalaringizni hech qanday shartlarsiz qabul qilishingizni tez-tez namoyon etib tursangiz, farzandlaringiz ham xuddi shunday tuyg‘uni his etadilar

3. Farzandingiz uchun vaqt ajrating

Siz bandmisiz? Har doim o‘zingizni sillasi qurigan otdek his qilasizmi? Bir sutka ichidagi soatlar barchasiga ulgurishingiz uchun yetmayaptimi? Shunday tuyuladiki, bizning davrimizda vaqt yanada shiddat bilan o‘tmoqda.

Men (Josh) haddan ziyod band bo‘lganim bois bolalarim bilan suhbatlashib olishni necha bora orqaga surganimni hisoblay olmayman. “Hozir emas, Shon, men ma’ruzamni tayyorlashim kerak. Keyinroq gaplashib olamiz”. “Keti, bir uchrashuvda qatnashishim uchun shaharga borishim kerak... Hammasi tugaganidan so‘ng suhbatlashamiz”. “Xizer, hozir mavridi emas: men aeroportga chiqish uchun jomadonlarimni tayyorlayapman”. “Kelli, hozir juda charchaganman, kechki ovqatdan so‘ng gaplashib olamiz, maylimi?” Bunday so‘zlarni aytib, men aslida  ishlarim o‘zim uchun muhimroq ekanligini bildirganman. Endi esa bu haqdagi xotiralar yuragimni ezadi.

Bola uchun sevgi - eng avvalo unga ajratiladigan vaqt ekanligini bilasizmi? Bolaga vaqt ajratgan holda, biz unga o‘zining muhimligi haqidagi tuyg‘uni hadya etamiz. U bilan muloqotni orqaga surganimizda, aslida shunday degan bo‘lamiz: “Men seni yaxshi ko‘raman, ammo o‘z hayotimdagi ko‘pgina narsalarni yaxshi ko‘rgan darajamda emas”.

Hayot o‘zining barcha talablari bilan bizga har safar barcha ishlarimizni tashlab, bolalarimizga ular xohlaganicha e’tibor qaratishga imkon bermaydi. Biroq biz ularga o‘zlarining nihoyatda muhim ekanliklarini ko‘rsatishimiz lozim, buning eng afzal usullaridan biri - o‘z vaqtimizni ularga bag‘ishlashdir.

Men, Keti, Makdauellar oilasidagi uchinchi farzandman. Otam sayohatlarda ko‘p bo‘lgan va har doim ham yonimda bo‘lmagan, shunday bo‘lsada uning men bilan telefon orqali o‘tkazgan suhbatlari yodimda. Men ta’til chog‘ida birga sayr qilganlarimizni eslayman. Otam uyda bo‘lganida, deyarli hamisha meni darsdan so‘ng o‘zi olib kelardi, bir safar esa ot-aravada kelib, meni banan shirinligi bilan siylash uchun restoranga olib borgandi. Hattoki ota-onalarning ishlari haddan ziyod ko‘p bo‘lsa ham, bolaga o‘zining muhimligini his ettirish uchun hamisha yo‘l topiladi. Endilikda men ham o‘z yaqinlarimga vaqt topish uchun hamma narsani qilishga tayyorman.

4. Bolangizning tuyg‘usini jiddiy qabul qiling

Men, Xizer, Makdauellar oilasida eng kenjasiman. Men hozirda ulg‘ayib qolgan bo‘lsamda, hamma narsaga biroz badiiy tus berishga moyilman, o‘rta maktabdagi o‘quvchilik davrimda esa his-tuyg‘ularim mutlaqo beqaror bo‘lgan. Qandaydir o‘n daqiqa ichida baxtiyorlik holatidan zerikish holatiga tushishim yoki buning teskarisi bo‘lishi mumkin edi. Ammo, bilasizmi, onam hech qachon tuyg‘ularimni yerga urmagan. Men his-tuyg‘ularimni hamisha ham o‘rinli tarzda bildirmaganman, ba’zan esa mutlaqo nohaq bo‘lganman. Lekin onam meni aybdor qilmagan - azoblanganimda yoki umidsizlikka tushganimda u yonimda qolib, meni hissiy jazavalarim bilan birga jiddiy qabul qilgan. Uning borligi tufayli o‘zimni tushunarsiz va yolg‘iz his etmaganman.

Biz, ota-onalar, har doim ham farzandlarimizning tuyg‘ularini baham ko‘ravermaymiz, lekin bu tuyg‘ulari haqiqiy ekanligini tasdiqlashimiz mumkin. O‘smirning hayotiy tajribasi o‘zining qarama-qarshi ichki dunyosi bilan to‘qnashganida, ko‘pincha yosh yigitlar va qizlar nazarida haqiqiy tuyuladigan tuyg‘ularning shiddatli ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi, biz ana shu tuyg‘ularni tushunishga uringanimizda, muloqot uchun ko‘prik qurgan bo‘lamiz. Farzandimizning tuyg‘ularini jiddiy qabul qilib, biz unga o‘zimizdek teng huquqli ekanligini, ayniqsa, qadrli, sevimli, nimani his etayotgan bo‘lsa, bunga to‘la haqqi bor inson ekanligini aytgan bo‘lamiz. Uning hayrati, hayajoni yoki umidsizlikka tushganini so‘z bilan ifodalashga yordam berib, biz uni tushunayotganimizni va uning ichki olami bizga ahamiyatli ekanini ko‘rsatamiz. Bu o‘smirga o‘z his-tuyg‘ularini hal etishiga yuqori darajada samarali yordam ko‘rsatadi, uni tushunayotganlari va qabul etayotganlari haqidagi tuyg‘ularni beradi.

5. Farzandingizni qo‘llab-quvvatlang

Oilada to‘ng‘ich bo‘lish va bobo-buvilarning e’tiboridan to‘yib huzurlanish yaxshi, albatta. Har holda, bizning kenja nabiramiz Skotti Jeyms singlisi Shona tug‘ilmagunicha shunday hisoblagan bo‘lsa kerak.

Men (Dotti) ularga yaqin joyda yashardim va vaqti-vaqti bilan Skottini ko‘rgani borib turardim. Uning singlisi tug‘ilganida, qo‘shni bo‘lib yashayotganimizdan ikki hissa ko‘proq xursand bo‘ldim. Shona juda nozik qizaloq edi, uch yoshli Skotti esa unga tashlanishni va o‘z bag‘rida uni birozgina qattiq qisishni xush ko‘rardi. Men uni hech qachon shunday “hujum”lari uchun koyimaganman. Buning o‘rniga uning oldiga borib, qo‘limga olardim va singlisining boshini yoki kaftini qanday siypash mumkinligini ko‘rsatardim. So‘ngra esa uni maqtovlarga ko‘mib tashlardim: “Barakalla, Skotti! Sen qanday mehribon akasan-a! Buving sen bilan faxrlanadi!” Nevaramning quvonchdan yuzi yorishib, go‘yo shunday demoqchi bo‘lgandek ma’noli bosh irg‘ab qo‘yardi: “Rahmat, buvijon, sizning maqtashingizni intizor bo‘lib kutayotgandim”

Garchi qabul etish ishonchli munosabatlarning asosi bo‘lsada, qo‘llab-quvvatlashni ularning poydevori deya hisoblash mumkin. Biz qo‘llab-quvvatlashni ifodalagan holda, farzandimizga o‘zining ahamiyatli ekanligi, nimalar qilgani yoki qandaydir munosib so‘zlarni aytgani borasidagi tuyg‘ularni hadya qilamiz. O‘smirni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish - uning borligining o‘zi siz uchun muhim ekanligi haqida unga tushuncha bermoqlik demakdir. Farzandingiz harakatlarini maqtash - uning ishlari siz uchun muayyan qiymatga ega ekanligini o‘ziga bildirish demakdir. Bolangiz biror yaxshi ish qilganini ko‘rganingizdayoq uni maqtang. Siz qanchalik tez-tez shunday qilsangiz, qachondir yomon ish ustida qo‘lga tushirishingiz ehtimoli shuncha kam bo‘ladi.

6. Farzandingizga mehr ko‘rsating

Hayotning ajoyib muqaddimasi nima o‘zi - rosa to‘qqiz oyni inson taftining qurshovida o‘tkazish! Siz ona qornida biror lahza ham o‘zingizni tashlandiq va yolg‘iz his etmagansiz. So‘ngra, tug‘ilganingizdan so‘ng, siz har holda, ona qo‘llarining taftini his etgansiz. Va siz ham, farzandingiz ham butun hayotingiz mobaynida bunday erkalikka ehtiyoj his etasiz.

Farzandimizga mehr ko‘rsatib, biz mayin so‘zlar va silab-siypashlar bilan u sevgiga munosib ekanligini o‘ziga anglatamiz. Har safar ana shunday mehr ko‘rsatish siz va bolangiz o‘rtasidagi qalb rishtalarini yanada mustahkamlaydi va unga sevimli ekanligini anglashiga yordam beradi.

Biz “men seni yaxshi ko‘raman” so‘zlarini turlicha usulda - bolani quchoqlab,  chakkasidan mehr bilan chimchilab, yelkasiga qo‘limizni qo‘yib - aytishimiz mumkin Mehrli so‘zlar va silab-siypashlar qaysidir tarzda bizni bir-birimiz bilan bog‘laydi, yaqinlik tuyg‘usini singdiradi. Har holda, o‘z o‘rnida ko‘rsatilgan mehr-muhabbat yaqin insonimizga ochilishimiz uchun yordam beradi va hech nima odamlar o‘rtasidagi devorlarni bunday yaqinlik kabi tez buzolmaydi. Kalomning bizga shunday saboq berishi taajjubga solmaydi: “Bir-biringiz bilan o‘pishib ko‘rishinglar” (Rimliklar 16:16).

7. Farzandingizdan so‘rab ko‘ring

Men, Shon, Makdauellar oilasidagi yagona o‘g‘ilman. Men ham qabul qilish, tushunish, vaqt ajratishga tayyorlik, qo‘llab-quvvatlash, mehr ko‘rsatish asosida qurilgan mustahkam aloqalar uchun ota-onamdan minnatdorman. Biroq, bundan tashqari, bizni mas’uliyatga o‘rgatishganidan xursandman.

Yodimda, bir kuni nojo‘ya qiliq ko‘rsatdim... Bu boshlang‘ich maktabda yuz bergandi. Futbol jamoamizda meni yoqtirmaydigan bir necha bolalar bor edi. Sababini bilmayman, ammo ular meni ochiq-oydin pisand qilmay, o‘zimni e’tibordan chetda qolgandek his etishga majbur qilishardi. Bir kuni dars vaqtida o‘qituvchimiz Karlson xonim ikkala “ashaddiy do‘stlarim”ni koyib berdi.

O‘qituvchi doska tarafga burilganida, menda jamoadosh o‘rtoqlarimning tarafini olish fikri tug‘ildi. Balki, shu bois bolalar meni payqab, qadrimga yetishadi deya o‘yladim. Va men Karlson xonimga o‘rta barmog‘imni ko‘rsatdim. Bu “qahramonlik” e’tibordan chetda qolmadi.

Darsdan so‘ng darhol barcha sinfdoshlar - jamoadosh ikkala o‘rtoq ham - qandaydir mashhur odamni qurshagandek, hayrat bilan atrofimni o‘rab olishdi.  Muammolar esa bu haqdagi gap-so‘zlar ota-onamga yetib borganidan so‘ng boshlandi.

Onam va otam menga tanbeh berishmadi, kechki ovqatdan yoki shirinlikdan mahrum qilishmadi, bolalar xonasiga yuborishmadi. Buning o‘rniga o‘z yaqinlariga meni o‘tirg‘izib, nima qilganim va nega bunday qilganimni xotirjam so‘ray boshlashdi. Ushbu suhbat davomida o‘qituvchiga nisbatan qanchalik hurmatsizlik ko‘rsatganimni angladim.

Xatoimni tan olish oson edi. Ammo ota-onam buyurganini bajarish, - yo‘q. Ular butun sinf huzurida, shu bilan birgalikda, bolalar oldida Karlson xonimdan kechirim so‘rashim kerakligini aytishdi. Otam, agar zarur bo‘lsa, men bilan maktabga birga borishini aytdi. Men o‘zim uddalashimni aytdim. Bu men uchun kamsitilish edi.  Biroq buning sharofati ila, men qilmishim uchun javob berishim haqida bilib oldim.

Bundan tashqari, yana bir bonusga ega bo‘ldim: jamoadosh o‘rtoqlar mening kechirim so‘rashim ular o‘z hayotida ko‘rgan eng qoyilmaqom ish bo‘lganini aytishdi, shundan so‘ng ular chindan ham do‘stlarimga aylanishdi.

Farzandlar bilan munosabatlar o‘rnatishimiz uchun ularga mehr berishimiz, qo‘llab-quvvatlashimiz, qabul qilishimiz, vaqt ajratishimiz va qiziqishlariga kirib borishimiz kerak. Shu bilan birgalikda, agar shaxsiy chegaralarni o‘rnatishda yaqin munosabatlarni qurish g‘ishtlari tekis qo‘yilmasa, bolalar o‘zlariga mas’uliyat olishni o‘rganishmaydi. Biz farzandimizdan uning hatti-harakatlari haqida sevgi ila so‘raganimizda, unga mas’uliyat tuyg‘usini singdiramiz.

O‘z hatti-harakatlari uchun hisob berishga majburiyat chegaralari ortida o‘smir o‘zini xotirjam va xavfsiz his qilishi mumkin. Bolalar o‘zlariga mas’uliyatli va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlariga yordam beradigan sevuvchi ota-onalarining va boshqa katta yoshdagi g‘amxo‘r kishilarning obro‘-e’tiboriga ehtiyoj sezadilar.

Munosabatlar ko‘p narsani o‘zgartiradi

Bizdan hech kim qobiq ichida qaror qabul qilishga o‘rgana olmaydi. Xudoning maqsadiga ko‘ra, bolalar ota-onalari bilan yaqin munosabatlar va sevgi holatida ezgulikni yovuzlikdan ajratishni o‘rganishlari kerak. “Nikohgacha bo‘ladigan jinsiy aloqadan qochgin” deb, shunchaki aytish yetarli emas. Oralaringizdagi munosabat qanchalik qalin bo‘lsa, ogohlantirishlaringiz va uqtirishlaringiz shunchalik samarali bo‘ladi. Kitobning keyingi qismi hayotiy muhim omil - jinsiy aloqa borasida turli maslahat va fikrlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, bunda  aynan yuqorida qayd etilgan yettita g‘ishtdan iborat poydevor asosida qurilgan yaqin munosabatlar doirasida suhbat qilishga sizlarni da’vat etamiz.

2 qism

Suhbatlashmog‘ingiz uchun maslahat va g‘oyalar

Yanada batafsilroq puktlar Josh Makdauell va D. Deyning “Farzandlar uchun qanday qilib qahramon bo‘lish mumkin” kitobida ko‘rib chiqiladi.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак