O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 19 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

19 bob - Bolangiz nimalar bilan mashg‘ul ekanini qanchalik tez-tez kuzatib borish kerak?

Bugungi dunyoda bolangiz nima bilan mashg‘ul ekanligini kuzatib turish - mutloq zaruriyat, albatta, siz uni himoya qilishni istasangiz agar. Nazoratni haddan ziyod oshirib yuborishdan qo‘rqmang - “etarlicha ta’m bermay qolish”dan qo‘rqing.

Hozirda qanday jabhalarni nazorat qilish kerak? O‘z-o‘zidan tushunarliki, bolangizning do‘stlari va ularning oilalari, maktab, to‘garaklar, farzandingiz ko‘radigan televideniye, film va videoroliklar, uning o‘qiydigan jurnallari, bolangiz eshitadigan musiqalar va albatta, Internet ana shunday jabhaga kiradi. Bu ozmuncha mehnatni talab qilmaydi, lekin busiz iloji yo‘q.

Bugungi dunyoda biz, ota-onalar, qat’iyatli ekanligimizni ko‘rsatishimiz va bolalarimiz nima bilan hayot kechirayotganlarini kuzatib borishimiz zarur. Internet keng tarqalgan asrimizda avval hech kimning xayoliga kelmagan muammolarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalari bo‘lgan qizimiz Keti yaqinda menga (Dottiga) shunday dedi: “Farzandlarimni zamonaviy dunyo madaniyatidan himoya qilish umididan voz kechdim”. Shu bois uning tutgan yo‘li shundan iboratki, “bolalarni kelajakdagi janglardan himoya qilish emas, balki shunga tayyorlash - ularga tushuncha berish, kurashishga o‘rgatish va hayot yo‘lidan munosib qadam tashlashlariga yordam berishdan iborat”. Bunday yondashuv jiddiy, ba’zan esa murakkab qarorlar qabul qilishni talab etadi.

Bolalarimizning qiziqish olamiga sho‘ng‘ish uchun hamisha g‘ayrioddiy ijodiy usullar topish mumkin. Mening (Dottining) singlim, yuqori sinf o‘quvchilarining onasi, bu o‘rinda ajoyib ibrat bo‘lishi mumkin. U - diplomli murabbiy, ammo dekret ta’tilidan so‘ng ishga chiqmaslikka qaror qildi, negaki singlim qizi hayotining markazida bo‘lishni xohladi. Singlim o‘z maqsadiga erishmoq uchun qizi o‘qiydigan maktabga ishga kirdi. Shu tariqa, singlim qizi bilan muloqotda bo‘ladigan bolalar bilan tanishish, boshqa o‘qituvchilarni yaqindan bilish va maktab muhitini to‘laqonli his qilish imkoniga ega bo‘ldi. Albatta, har birimizga ham bunday omad kulib boqavermaydi, ammo hamma ham topqirlik va qat’iyat ko‘rsatishi mumkin.

Biz Josh bilan bu masalada qat’iyat ko‘rsatdik va bolalarimizdan hisobot berishlarini kutganmiz. Biz ulardan qayoqqa borishlarini va qachon qaytishlarini, qanday davrada nima bilan mashg‘ul bo‘lishlarini aytishni talab qilardik. Bu bizdan vaqt va kuch-quvvat talab qilardi, ammo farzandlarimizning xavfsizligi va o‘z xotirjamligimiz uchun sabr qilishga va orqaga chekinmaslikka to‘g‘ri kelgan.

Biz asosiy qoidani - o‘zini tutishning muayyan kodeksini, -  shuningdek, “komendantlik soatini” o‘rnatgandik. Bolalarimiz bizning nuqtai nazarimizni, muammolarimizni tushunishlari uchun bu jarayonda biz bilan barobar ishtirok etishardi. Bularning hammasi qalban yaqin munosabatlar holatida bajarilardi - aks holda, biz qarshilikka duch kelishimiz mumkin edi. Yodingizda bo‘lsin: “Yaqin munosabatlar asosida o‘rnatilmagan qoida ko‘pincha qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi”.

Bolalarimiz ulg‘aygani sayin, balog‘atga yetganliklarini va javobgarliklarini ko‘rsatganlari sari talablarimiz ham yumshatib borilgan. Bu o‘ziga xos tayyorgarlik jarayoni bo‘lgan: biz ularning vaqti kelib kollejga o‘qishga kirishlarini yoki ishga kirib, ertami-kechmi o‘zlari mustaqil qaror qilishlari lozimligini tushunardik. Albatta, ba’zan bolalarimizga ularni mijg‘ovlik uchun emas, vaysash va ayb izlash uchun emas, balki ota-ona bo‘lganimiz bois nazorat qilayotganimizni eslatib turishga to‘g‘ri kelardi.

Bolangiz qo‘shnining uyida o‘ynayotganida, biror yoshi katta ishonchli odam borligini bilish zarur. Afsuski, ko‘pincha boshqa bolalar tomonidan ham zo‘ravonlik sodir etiladi, shu bois uyda kim borligini bilishingiz muhim. Bolangizni yangi tanishgan odamlar oldiga mehmon bo‘lib borishidan avval, o‘sha uyda pornografiya yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Biz bilan yonma-yon yashaydigan yoshgina er-xotinlar bolalari taklif etilgan oilada katta yoshdagi o‘g‘il bolalar bor-yo‘qligini doimo surishtirishadi. Agar bor bo‘lsa, oila siyosati shunday: bolalar qo‘shnining uyida emas, uylarida o‘ynay qolishsin. Bundan tashqari, ular o‘z bolalarini o‘smir o‘g‘il bolalarga aslo ishonib topshirishmaydi. Bir taraflama bu ortiqcha injiqlikdek ko‘rinishi mumkin, ammo bolalar xavfsizligi - hammasidan muhim.

Bolangizga nimalarni o‘rgatishayotganini bilib qo‘ying, zero maktablarning siyosati turlicha, ya’ni  maktabingiz qaysi shtatda joylashganiga va shu maktab davlatga tegishlimi yoki xususiy ekanligiga bog‘liq. Voqealar markazida bo‘ling, sinfga chaqirishsa yoki biror masalada yordam so‘rashsa bosh tortmang. Ota-onalar qo‘mitasi yig‘ilishlarida qatnashib turing, o‘qituvchilar bilan faol muloqotda bo‘ling. Davlat siyosatini kuzatib boring, ayniqsa, maktabingiz joylashgan hududga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan yangi qonunlar qabul qilinishini e’tibordan chetda qoldirmang.

Farzandingiz qanday filmlarni, teledasturlarni va DVD-disklarni tomosha qilayotganini kuzating. Har bir oilaga bolalarining manfaatlarini himoya qiladigan muayyan bir siyosat zarur. Ha aytgandek, bolalarimizdan ikkitasi ulg‘ayishgach, uyda televizor bo‘lishidan voz kechishdi. Yana bittasi esa barcha teledasturlarni sinchiklab tekshirib chiqadi. Qanday filmlar va DVD-disklar uyingizda ekanligidan boxabar bo‘ling; oilangiz andazalarini aks ettiradigan ro‘yxat tuzib chiqing. Mayli, bu narsalar haqidagi bahs mazmunli suhbatlar uchun yaxshi bir sabab bo‘la qolsin. Bolalar ommaviy axborot vositalarida o‘zlari uchun yolg‘on, xavfli va zararli ma’lumotlar to‘lib ketganligini tushunishlari zarur. Bolangiz o‘qiyotganlarini o‘qishga, eshitayotganlarini eshitishga harakat qiling. Ana o‘shanda siz uning sevimli kitobi yoki qo‘shig‘idagi mazmunga tayangan holda, bolangiz bilan muloqot qilishingiz mumkin. Doimiy nazorat bizga bolamiz bilan yaqinlashish va o‘zaro tushunishimiz uchun katta imkoniyatlar beradi.

Yigirma sakkiz yoshli aqlli onaning Internetga va bolalarga bo‘lgan qarashi

Bizning kunlarimizda bolalarimizni Internet ta’siridan asrab bo‘lmaydi1. Bu muqarrar: hatto maktabda ham faqat Internetda bajarish mumkin bo‘lgan uy vazifalarini berishadi.

Biroq endilikda foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘plab turli himoya dasturlari paydo bo‘ldi. Ulardan ayrimlari uchun pul to‘lash kerak bo‘lsa, boshqalari - bepul. Ba’zilari smartfonlar uchun belgilangan, boshqalari - yo‘q. Mana, shunday ta’minot dasturlaridan bir qancha misollar:

 

X3 Watch - pullik / bepul

www.x3watch.com/

Total Net Guard - pullik

http://afo.net/

Bsecure - pullik

www.bsecure.com/

Net Nanny - pullik

www.netnanny.com/

Covenant Eyes - pullik

http://covenanteyes.com/

K9 Web Protection - bepul

www1.k9webprotection.com/

Safe Eyes - bepul

www.internetsafety.com/

Cyber Sitter - pullik

www.cybersitter.com/

Pure Sight - pullik

www.puresight.com/

 

Eslatib o‘tish joizki, bu o‘rinda dastur filtri barcha nojoiz ma’lumotlardan asrashga to‘liq kafolat berolmaydi. Dastur ta’minoti ko‘pgina pornografik saytlarga to‘siq qo‘yadi, lekin hammasiga emas, bundan tashqari, u elektron pochtani tekshirmaydi.

Men (Dotti) bolalarni himoya qilish maqsadida quyidagilarni qo‘llaganman:

1. Xonadonimizdagi barcha kompyuter va smartfonlar kechki soat to‘qqizdan kechikmay o‘chiriladi. Ushbu matal bejiz aytilmagan: “Kechki to‘qqizdan keyin hech qanday yaxshi narsa bo‘lmaydi”.

2. Men bolalarimga tunda o‘z xonalarida kompyuter, televizor yoki smartfonni yoqishlariga ruxsat bermaganman.

3. Men bolalarimning do‘stlari va qaysi oiladan ekanliklarini bilardim. Bolalarimning imonga kirmaganlar bilan do‘st bo‘lishiga qarshi emasdim, ammo farzandlarim begona uyga borishlari uchun ruxsat so‘rashsa, o‘sha oila bizning oilaviy andazalarimizga to‘g‘ri kelsagina ijozat berardim, aksincha hollarda begona bolalarning o‘zlari bizning uyga mehmon bo‘lib kelishardi.

4. Men bolalarimga Internetdan foydalanish imtiyoz ekanligini, ammo bu ular tug‘ilganidayoq o‘z-o‘zidan beriladigan huquq emasligi haqidagi fikrni singdirganman. Meni eski uslubdagi ayol yoki ko‘hna qolipda toblangan ona deb hisoblashingiz mumkin, biroq men bolalarimning kitob o‘qib, ko‘chada o‘z tasavvurlari bilan o‘ynab yurishlarini xohlaganman.

5. Men bolalarga Internetda vaqt o‘tkazishlari uchun cheklov belgilardim. Men ayrim oilalarda Internetda o‘tkaziladigan vaqt mukofot tariqasida berilishi haqida eshitgandim. Hatto virtual tizim ham hisob-kitobli: bolalar xonadon yumushlariga yordam berib, yutuqli ball yig‘ishlari mumkin. Menga shunday yondashuv yoqadi: tartibga keltirilgan to‘shak uchun o‘n daqiqa, ovqat tayyorlaganlik uchun o‘n daqiqa, tozalangan gilam uchun yigirma daqiqa va hokazo.

6. Kompyuterlar bizning uyimizda ko‘pchilik bo‘ladigan va ochiq yerda joylashtirilgandi.

7. Bolalarim kompyuter oldida o‘tirganlarida yoki smartfon tugmalarini bosib turgan paytlarda uxlash uchun yotmasdim.

8. Va nihoyat, bolalarim uchun o‘rnatilgan har qanday qoidalarga o‘zim ham amal qilardim. Men ular uchun hayotning barcha jabhalarida namuna bo‘lishga intilardim, xususan, Internetga va ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli masalalar bo‘yicha ehtiyotkorlikda ham.

Ehtimol, kimningdir nazarida men ona sifatida bolalarimga haddan ziyod rahnamolik qilib yuborgandirman. Ammo qaysi tomonga qarab xato qilishni tanlashga to‘g‘ri kelsa, bu holda haddan ziyod rahnamolik kamroq yomonlik keltirishi tayin.

Pornografiya barbod qilgan oilalar

2012 yilning yanvarida Melissa, Tom va ularning oilasi bir umrga o‘zgarib ketdi. Politsiya ularning o‘n uch yoshli o‘g‘li Kaylni so‘roq qilish uchun ularning uyiga keldi. Kayl so‘roq chog‘ida pornografiyaga berilib ketib, o‘z ukasi va singlisi bilan quyushqondan chiqib ketganiga, shuningdek, ularning uyiga tez-tez kelib turadigan kichkina o‘g‘il bolani ham ahloqsizlikka tortganiga iqror bo‘ldi. Melissa va Tom yurak-yurakdan larzaga tushdilar. Politsiya ularning o‘g‘lini uydan olib, balog‘atga yetmaganlar saqlanadigan muassasaga joylashtirdilar. Unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha uchta va bitta o‘ta og‘ir jinoyat yuzasidan ayb qo‘yildi.

Melissa va Tom farzandlarini Xudoning xayrixohligi ila tarbiya qilishdi, yaxshi va yomonni farqlashga o‘rgatishdi, ular uchun ibodat qilishdi va imkonlari yetgancha himoya qilishdi. Bolalaridan birovi pornografiyaga ruju qo‘yishini, tag‘in uning ta’siri ostida qilg‘iliq sodir etishini ota-ona xayoliga ham keltirmagandi. Pornografiyaning kuchini va unga oson yo‘llar borligini to‘g‘ri baholamagan ota-ona anoyi ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Bir kuni ahloqsiz rolikni tasodifan ko‘rib qolgan Kayl, tezda unga mukkasidan berilib ketdi. U ota-onasining xonasiga o‘tib, ularning filtrlash dasturi o‘rnatilmagan noutbuklaridan foydalangan. Bundan tashqari, u og‘aynilari bilan porno tomosha qilgan. Uning do‘stlari tez-tez uylariga kelib, “masihiy musiqalarni tinglash” uchun Melissadan Wi-Fi parolini so‘rashgan. Ayol ochiqko‘ngillik bilan barcha istaganlarga parolni aytavergan, u hatto parol bolalarning telefonida saqlanib qolishini va ularning keyingi har qanday tashrifida Tarmoqqa o‘z-o‘zidan kirish imkonini berishidan bexabar bo‘lgan.

Kayl esa ko‘rganlarini yoddan chiqara olmasdi. U xayolida yuz berayotgan shahvoniy sahnalardan qutula olmagan va ularning ta’siri ostida oxir-oqibat jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan. U qarindoshlari xonadonida uy qamog‘ini o‘tab, endidikda sinov muddatida va ikki yillik tezkor davolanish dasturini o‘tamoqda. Faqat yaqindagina unga singlisi va ukasi bilan uchrashishga ruxsat berishdi, biroq dastur yakunigacha u o‘zining uyiga qaytolmaydi. “Yosh bolalarni zo‘rlovchi” tamg‘asi umrining oxirigacha u bilan birga qoladi. Kaylni fosh etishganidan so‘ng, uning o‘zi bor voqeani hammaga oshkor qilishni xohladi. U Melissa va Tomdan uning do‘stlarini va oilalarini pornografiyaga va boshqa vasvasalarga qaramlikdan saqlanishga da’vat etishlarini muntazam so‘rab turadi. Garchi Kayl erta bolalik davridanoq Masih sevgisi haqida eshitgan bo‘lsada, bu uni pornografiya to‘ridan asrab qololmadi... ammo uning hayoti qanday tus olmasin, bu sevgi unga hayotini to‘g‘ri izga solishiga yordam beradi. U tiz cho‘kib gunohlaridan poklanishni so‘raydi va o‘zining tarixi kimdir uchun saboq bo‘lishi haqida ibodat qiladi.

 

Ma’lumotlar maxfiyligini himoya qilish maqsadida ushbu maqolada ko‘rsatib o‘tilgan odamlarning ismlari o‘zgartirilgan.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак