O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 23 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

23 bob - O‘smirlarning nikohgacha “toqat” qilishlari haqidagi fikrlar haqqoniylikka mos tushadimi?

Men (Josh) bir vaqtlar Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles katta yo‘llaridan mashinada ketayotganimda, ko‘chada shunday so‘zlar bitilgan reklama taxtasini ko‘rib qoldim: “Mabodo jinsiy aloqa qilishga sabring chidamayotgan bo‘lsa, prezervativdan foydalan”. Buni ko‘rib, xayolga botdim: “Bu qanaqasi bo‘ldi - “jinsiy aloqa qilishga sabring chidamayotgan bo‘lsa”? Axir jinsiy aloqa - hayot kechirishning mutlaqo zaruriy bir qismi emasmi? Axir jinsiy aloqasiz hayot mavjud bo‘lmaydi-ku, misol uchun, suvsiz yashab bo‘lmaganidek, shunday emasmi?”

Bundan bir necha yillar muqaddam Qo‘shma Shtatlarda va butun jahonda “jinsiy aloqa bo‘yicha mutaxassis” sifatida dong taratgan va o‘zini doktor Rut deya atagan o‘ta mashhur bir ayol paydo bo‘lgandi. Past bo‘yli keksa bu ayol ba’zan qo‘pol hazillarga o‘tib ketardi va uni talabalar oldida chiqish qilishi uchun tez-tez taklif etib turishardi.

Sinsinnati universitetidagi chiqishi paytida talabalardan biri so‘rab qoldi: “Doktor Rut, kutishga ortiq sabr qilolmasam nima bo‘ladi?” “Yigitcha, - javob qaytardi ayol, - kutishga qodir ekanligingiz haqidagi fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu holatda hirsingiz nihoyatda kuchli”. Auditoriya quloqni yoradigan darajadagi qarsaklardan larzaga tushdi.

Keling, ana shu nuqtai nazar yorug‘ligidan keyingi savolga qaraylik: “Xo‘sh, agar men xohlasam ham, sevgan qizim jinsiy aloqa qilishni istamasa-chi?” Bu yigitning kutishi haqidagi fikr haqqoniylikka mos tushadimi? Axir, doktor Rut, unga nihoyatda kuchli hirs borligini aytmadimi? Demak, agar odam, aytishganlaridek, qistalang bo‘lib qolsa, u chidab turadi deb o‘ylash noto‘g‘ri, shundaymi? Demak, zo‘ravondan ham boshqa nimanidir kutish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydimi?

Doktor Rut va butun bir yosh avlod shuni bilishgani xalaqit bermasdi, ya’ni biz, odamlar, his-tuyg‘ular va betizgin istaklar boshqaradigan hayvonlardan farqli tarzda Xudoga monand qilib yaratilganmiz.  Jinsiy aloqa - bu insonning erkin tanlovi. Men ishonamanki, doktor Rut va boshqa ko‘plab “jinsiy aloqa mutaxassislari” agar ayol jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishga tayyor bo‘lmasa, erkak o‘zini tiyishga va kutishga qodirligi haqidagi fikrga qo‘shilishadi. Qonun ayolni jinsiy aloqaga majburlashni ta’qiqlaydi.

Xo‘sh, erkak hirsi haddan ziyod kuchlimi yoki baribir bunday emasmi? Bolalarimiz ongiga shuni singdirishadiki, agar qiz jinsiy aloqa qilishni istasa... demak, yigitning hirsi o‘ta kuchli. Xo‘sh, agar qiz xohlamasa-chi? Bu holda unchalik kuchli emasmi? Sizni hech nima hayron qoldirmayaptimi? G‘alati, tuturiqsiz va shunchaki mantiqsiz nuqtai nazar. Bunday yondashuv bilan, ta’rif berganlaridek, to‘ygacha “toqat” qilolmaydigan o‘sha yosh yigit-qizlar oilaviy hayotda sadoqatni asrab qolisharmikan? Agar uylangan erkak jinsiy aloqa qilishga tayyor boshqa ayolni uchratib qolsa, o‘z xotiniga sadoqat ko‘rsatishini kutish to‘g‘rimi?

Biz bolalarimizni poklikka erishish mumkinligiga va buni Xudo ham, umumiy ahloq ham talab qilishiga ishontirishimiz zarur. Tananing boshqa a’zolari bilan emas, bosh bilan fikrlash kerak. Jinsiy aloqa - insonning erkin tanlovi bo‘lib, o‘z ortidan turli oqibatlar olib keladi, ular ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin.

Avval Kaliforniya Qora tanli Go‘zali deya atalgan Lakita Gart bir intervyuda bu haqda shunday degandi:

Bir necha yillar avval men Fanta ichimligining reklamasida suratga tushdim. Tanaffus chog‘ida to‘satdan oldimga bir notanish qiz kelib so‘radi: “Darvoqe, Lakita, sening hayotingda jinsiy aloqa qanday kechmoqda?” Uning dangalchiligi va takallufsizligi meni hayratga soldi. “Kechirasan, - javob qaytardim men, - ammo hozircha hayotimda jinsiy aloqa yo‘q”. Qiz gapidan qolmasdi: “Unda oxirgi marotaba jinsiy aloqa qilganingda nimalar bo‘lganini aytib bergin” va men yana shuni aytdim: “Menda aslo oxirgi jinsiy aloqa bo‘lmagan”. Nazarimda, uning jag‘i osilib qolgandek bo‘ldi. “Ishongim kelmaydi! - davom etdi qiz. - Atrofingda shuncha yigitlar bor, sen esa chidab yuribsan-a! Har holda sen hayotda nimalarni boy berayotganingni tasavvur qilarsan?” - Bilasanmi, har qalay, sen haqsan, - javob berdim men. - Men hayotda ko‘p narsani boy berganman. Misol uchun, ertalab uyg‘onganingda homiladorlik haqidagi test nimani ko‘rsatishidan tashvishga tushasan, men esa o‘sha hayajon titrog‘ini boy berganman. Yoki sevimli yigiting seni kasalxonaga abort qildirish uchun olib boryapti, negaki sen va chaqalog‘ing bilan umrining oxirigacha birga qolishni istamaydi, men ana shunday holatdagi qizning kechinmalarini boy berganman. Xonamda birga yashaydigan ayol har yili tayin bir kunda ko‘z yoshlari bilan tug‘ilmagan bolasini yodga olib, tavba qilayotganda nima his qilishini men bilmayman. OITSga chalingan do‘stim Rod uyg‘ongan paytida boshi uzra kasalxona shiftini ko‘rgan, men esa bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarganman. Rod o‘zini haqiqiy erkak hisoblab, bundan faxrlanib yurardi. U go‘yo atrofdagi hamma “shu bilan” mashg‘ul ekanligi haqidagi yolg‘onga laqqa tushgandi. U o‘limi oldidan men o‘z yo‘limdan qaytmasligimni o‘tinib so‘radi. Xullas, o‘ylashimcha, sen mutlaqo haqsan!  Men hayotda ko‘p narsani boy berganman”1.

Har qanday tanlov o‘z ortidan oqibatini olib keladi. Mabodo farzandlaringiz to‘ygacha jinsiy aloqa qilmaslikni afzal ko‘rishsa va keyinchalik nikohda ham sadoqatli bo‘lib qolishsa, xayriyatki, ko‘plab og‘riq va qalb azoblarini “boy berib qo‘yishadi”. Shu bois, yoshlardan ahloqan to‘g‘ri qaror qilishlarini kutish kalta fikr emas. Biz faqatgina toza jinsiy aloqa va sadoqat ila yashash - bizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni va himoya etishni istagan Xudoning amrlariga binoan hayot kechirish ekanligini bolalarimiz ongiga singdirishimiz lozim.


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак