O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 27 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

Книга на Узбекском языке

27 bob - Faol jinsiy aloqada bo‘lgan yigit yoki qiz o‘z hayotlarini qanday qilib pokiza tarzda boshlashlari mumkin?

Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, jinsiy aloqaga doir hayotni boshlamoqchi bo‘layotgan yosh yigitlar va qizlar o‘zlarida aybdorlik, uyat va hattoki hech kimga keraksizlik tuyg‘usini his etadilar. Shunday bo‘lsada, eng avvalo Xudoning oldida ular kechirimga erishishlariga yordam berish uchun sizda huquq va imkoniyat bor.

Kimdir jinsiy aloqa borasida qachonki jinoyat sodir etsa, u eng avvalo Xudoga qarshi gunoh sodir etgan bo‘ladi. Shoh Dovud qo‘rquv bilan Unga yolvorgan: “Senga, yolg‘iz Senga qarshi gunoh qilganman, Sening oldingda qabihliklarga qo‘l urganman...” (Hikmatlar 50:6). Dovud nega bunday degan va uning gunohi nimada edi?

Xudo O‘z marhamati ila ba’zan dahshatli qilmishlar sodir etgan taqvodor odamlar aks ettirilgan Muqaddas Kitobni bizga bergan. Dovud “Xudo marhamatlagan er” bo‘lgan, lekin u bir kuni Botsheva ismli erli ayol bilan zino qildi, ayolning homiladorligini bilgach esa, uning erini jangda o‘lim topishini uyushtirdi. Dovud Botsheva va uning eriga nisbatan gunoh qildi, ammo oxir-oqibat u Xudoga qarshi jinoyat sodir etdi. Nega?

Xudo bizni O‘zi bilan mukammal do‘stlikda yashashimiz, Uning ezgu amrlarini bajarishimiz, Unga itoat  qilib, ishongan holda U bilan muloqotdan rohatlanishimiz uchun bizni O‘zi uchun yaratgan. Shu bois, biz qachon Uning amrlarini buzganimizda, qalban Uning oldida gunoh qilgan bo‘lamiz.

Biz gunoh qilganimizda Xudo O‘z marhamati ila bizga aybdorlik va uyat tuyg‘usini his qilishimizga izn bergan, zero bu tuyg‘u Xudo bizga quvonch bilan beradigan kechirimni izlashimizga undaydi. Kalomda shunday deyilgan: “Bordi-yu gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi” (1 Yuhanno 1:9).

Haqiqat shundan iboratki, biz barchamiz gunohlarimiz uchun jazoga loyiqmiz, ammo Kalomda aytilganki, “U doimo bizni ayblamaydi, Yoki to abad g‘azabini sochmaydi Bizni U gunohlarimizga qarab jazolamas, Yomonliklarimizga qarab qaytarmas, Samolar zamindan naqadar balanddir! Egamizning sodiq sevgisi ham, Undan qo‘rqqanlarga shunday yuksakdir! Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa, Gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi”. (Zabur 102:9-12). Nega Dovud “shimol janubdan qanchalik uzoq bo‘lsa” deb emas, balki “sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa” deb yozgan? Zaburchi cheksizlikni bildiruvchi ibroniycha ifodadan foydalangan. Shimoldan janubgacha bo‘lgan masofa o‘lchab chiqilgan, negaki sayyoramizning Shimoliy va Janubiy qutblari bor, lekin sharq va g‘arbni o‘lchab chiqishning iloji yo‘q. Agar siz sharq tomon yo‘lga chiqsangiz, bu holda butun umr sharq sari yurib borishingiz mumkin. Mabodo g‘arb tomonga yo‘lga chiqsangiz, butun umr g‘arb sari borishingiz mumkin. Xudo kechirimining ifodasi qanday ajoyib! Siz bu haqdagi fikr-tuyg‘ularingizni kechirimga mushtoq farzandingiz bilan baham ko‘ring. Bola Xudoning uni kechirishni xohlashini va bunga doimo tayyor ekanligini bilib qo‘ysin.

Xudoning marhamati mavzusini ochib, farzandingizga har bir kishining kechirim olishiga yo‘l ochib beradigan quyidagi yettita qadamni tashlashiga yordam bering.

1. Qilgan gunohingizni ayting. Kechirim sari birinchi qadam - qilmishingizni o‘z nomi bilan, ya’ni gunoh deb atash. Bolangiz Xudoning xohishiga qarshi sodir etiladigan nimaiki bo‘lsa gunoh ekanligini tushunishi lozim. Nimanidir gunoh deya tan olinishi - bu tavba qilish uchun zamin yaratadi.

2. Gunohga tavba qiling. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Bordi-yu gunohlarimizni e’tirof etsak, sodiq va adolatli bo‘lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig‘ qiladi” (1 Yuhanno 1:9). Xo‘sh, “gunohlarimizni e’tirof etsak” nimani anglatadi? Bu Xudo bilan ikkita masalada kelishuv demakdir: birinchidan, biz Uning oldida gunoh qilganimizni tan olamiz, ikkinchidan, U bizni kechirishini tan olamiz.

3. Xudoning kechirimini qabul qiling. Siz biror insonning o‘z gunohini tan olib, samimiy tavba qilganini, so‘ngra esa Xudo chindan ham uning qilmishlarini kechirganiga shubha qilib, umidsiz yashashda davom etganini ko‘rganmisiz? Gunohni va Xudoning kechirimini qabul qilishni tan olish - bolalarimiz uchun eng muhim ikkita qadam hisoblanadi. Agar Xudo ularni kechirganiga ishonmasalar, o‘zlarini qanday qilib kechirishlari mumkin?

Faol jinsiy aloqada bo‘ladigan yosh yigit-qizlar uchun bu qadamlarni tashlash qiyin. Xudoning barcha gunohlarimizni kechirish uchun bergan va’dasiga qaramay (qarang: 1 Yuhanno 1:9), nikoh qurguncha jinsiy aloqa qiladigan yoshlar Uning va’dasiga zo‘rg‘a ishonishadi. Bu o‘smir yigit-qizlar o‘zlarini ikkinchi toifa odamlar, omadsizlar, Xudoning sevgisiga nomunosiblar deya hisoblashadi.

Bolangizga bizlardan hech kim biror-bir harakatimiz yoki his-tuyg‘ularimiz bilan marhamatga munosib bo‘lolmasligimizni anglating. Biz gunohlarimizning qanchalik og‘irligi yoki ularga nisbatan tuyg‘ularimizdan qat’iy nazar, kechirim olamiz. Kechirim uchun asos yagona - bu Masihning qurbonligi. Xudo bizning gunoh qilishimizni avvaldan bilgan, shu bois O‘z O‘g‘liga, Iso Masihga inson qiyofasiga kirib xochda ko‘tarilishiga izn bergan. Iso xochda hayqirgan: “Amalga oshdi!”, so‘ngra esa tirilgan va biz zarur bo‘lgan gunohlardan poklanishni oldik. Bolalarimiz Masihning kechirimini qabul qilgan holda, Masihning o‘limi va tirilishida yaqqol namoyon bo‘lgan Xudoning inoyati o‘zlarining hirsiy gunohlari uchun yetarli to‘lov bo‘lganligini tan olishadi.

4. O‘zingizni o‘zingiz kechiring. Odamlar ko‘pincha gunohlarini va Xudo ularni kechirganini tan olishadi, ammo o‘zlarini o‘zlari kechira olishmaydi. Xuddi shu holat bolalarimizga ham taalluqli. Ular hirsiy gunoh qilib, aybdorlik hissi bilan yashashlari mumkin, bunday hislar esa Xudodan emas, balki odamning o‘zidan kelib chiqadi,

Biz sevgi va kechirim muhitini yaratib, bolalarimizga Masihning kechirimi haqida tez-tez eslatib turishimiz zarur.

Farzandingiz gunohning yolg‘on hissiyotlarini ko‘nglidan kechirayotganini va o‘zini muhokama etishdan yuqoriga ko‘tarilish qalbini minnatdorlikka to‘ldirishini  tushunishiga yordam bering. Bolangizni Xudoni ulug‘lashga, sevgi va kechirim uchun Unga minnatdorchilik bildirishga o‘rgating. Olijanob qalb insondagi o‘zini kamsitadigan his-tuyg‘ularni izsiz yo‘qotadigan Xudoning inoyatini qabul qilishga qodir.

5. Tavbaning hosilini bering. Ushbu qadam haqida hamma ham gapiravermaydi, ammo shunday bo‘lsada bu  Xudoning kechirimiga va ayniqsa, odam birortasi bilan jinsiy aloqa jabhasida munosabatni tiklashga muhtoj bo‘lganida eng muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Tavbaga yarasha ish tutinglar” (Matto  3:8). Biz farzandlarimizni nafaqat ularning jinsiy gunohlari uchun shartsiz kechirim olishlarini, balki avvalgi yo‘lga qaytmasliklari uchun har kuni to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlarini ham olqishlashimiz lozim. Tavba - bu erkin qaror nafaqat gunohdan yuz o‘girish, balki Xudo va yaqin kishilar bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun qadamlar qo‘yish demakdir.

6. Siz hisobot berib turishingiz mumkin bo‘lgan kimnidir toping. Har birimizda ham bizni Masihda sevadigan va biz ishonadigan, hayotimizdagi nopoklik va jinsiy buzuqlikni ko‘ra oladigan hamda buning uchun bizni javob berishga chorlaydigan inson bo‘lishi kerak. Bunday odam biz bilan bir jinsdan bo‘lishi va Masih bilan muloqot qilib turadigan bo‘lishi kerak.

Bolangizga tushuntiring: u shunday odamni topsinki, o‘shaning oldida o‘z harakatlari uchun javob beradigan bo‘lsin. Agar shunday odam siz bo‘lmasangiz, bolangizdan boshqa birovni tanlashini so‘rang, albatta, bolangizdan hisobot so‘raydigan bu odam - imonda kuchli bo‘lmog‘i lozim.

7. Kimga nisbatan gunoh qilgan bo‘lsangiz, o‘shandan kechirim so‘rang. Har safar biz nikohdan tashqarida kimdir bilan jinsiy yaiqnlik qilar ekanmiz, unga nisbatan ham gunoh qilgan bo‘lamiz. Bolangiz kimga nisbatan ana shunday gunoh sodir etgan bo‘lsa, buning uchun kechirim so‘rashi kerakligini unga tushuntiring. Bu ularning munosabatlarini tuzatishi, ular qaysi darajada turishlari lozim bo‘lsa, shunchalik yuqori va toza darajaga ko‘tarishi mumkin.

Xudo bizni sevgani uchungina bizni va bolalarimizni muhokama etadi. Mabodo bolalarimiz gunoh ish qilsalar, biz ota-onalar ularga kechirim olishlari uchun zarur qadamlar qo‘yishiga yordam berib, xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

 


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак