O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat (Josh va Dotti Makdauell) 2 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Josh va Dotti Makdauell. O‘Smir Bilan Ochiq Suhbat.

Китоб PDF | Kitob PDF (latin)

1 QISM

JINSIY ALOQA - XUDO MAQSADINING BIR BO‘LAGI

Книга на Узбекском языке

2 bob - Jinsiy aloqa Xudoga monand qilib yaratilgan odamga berilgan

Bu maftunkor kun bo‘lgan. Barchasi shunchalik mukammal ko‘rinardiki, bundan yaxshisi bo‘lishi mumkin emasdek tuyulardi. Yorqin nur sochayotgan osmon ostida, jannat gullari va o‘simliklari orasida turli xil hayvonlar erkalanib yotishardi. Bu hammasi beqiyos go‘zallik aks etgan suratni eslatardi. Biroq bu jannat bog‘ida nimadir hanuz yo‘q edi, negaki ilk odam, Odam Ato ushbu bog‘da yolg‘iz, hamrohsiz kezib yurardi.

Shunda Xudo aytdi: “...Odamning yolg‘iz bo‘lishi yaxshi emas...”  (Ibtido 2:18). Bu yerda, bu ajoyib olamda, gunoh hali uyatni ham, qalb og‘rig‘ini ham olib kelmagan joyda nimadir yetishmasdi. Odam Atoning Xudo bilan munosabatlari juda yaxshi edi. U ajoyib ish bilan mashg‘ul bo‘lgan, ya’ni mana shu mo‘‘jizaviy bog‘ni parvarish qilardi. Unda oziq-ovqatlar rosa ko‘p edi. Ammo erkakning ich-ichini bo‘shliq egallagandi, toki Xudo g‘aroyib bir mo‘‘jizani yaratmagunicha, u bunday azobli bo‘shliqning sababini tushuntirib berolmasdi.

U dastlab Odam Atoni chuqur uxlatib qo‘ydi. Odam Ato uyg‘onganida esa o‘z tushunchasidan ham ziyod bo‘lgan manzarani ko‘rdi - bu mavjudot xotin deya atalardi.

Siz Odam Atoning taajjubda kafti bilan ko‘zlarini yopganini va barmoqlari orasidan uning yuziga qaraganini tasavvur qiling, bu chehra o‘ta maftunkor bo‘lib unga abadiy lol bo‘lib qarash mumkin edi Tasavvur qiling-a, u qanchalik hayrat bilan xotinning nafis va xiromon qadam bosishlarini kuzatgan. Xotinning nafis badani beqiyos go‘zal edi! Odam Atoning yuragi qanchalik tez urib ketganini bir tasavvur qiling-a. Bu ayolning go‘zalligi, uning muattar hidi va yaqinroq kelishi Odam Atoni shunday his-tuyg‘ular bilan to‘ldirdiki, nafas olishga holi qolmadi. Ayol nega uni bu qadar hayajonga soldi? Ko‘zlar ko‘rib turganidan ko‘prog‘ini bilish - biror aniqlikka bo‘ysunmaydigan bu tashnalik nima o‘zi? Odamlar ana shu tariqa o‘zlarida jinsiy aloqa deya nomlangan Xudoning mo‘‘jizaviy in’omini his etishdi.

Muqaddas Kitobda yozilganki, endigina yaratilgan erkak va ayol yalang‘och bo‘lganlar. Ular jisman bir-birlarini istaganliklari aniq. Va tabiiyki, hech qanday gunohsiz yoki uyatsiz jinsiy munosabatdan rohat olardilar (qarang: Ibtido 2:25). Biroq ularda bunchalik qizg‘in mayl qanday va qay sababga ko‘ra paydo bo‘ldi?

Jinsiy mayl qayoqdandir olinishi kerak edi.

Quyosh va Oyni Xudo yaratgandi. Uning so‘zi bilan bepoyon ummonlar, xushmanzara ko‘llar, shiddatkor daryolar va jo‘shqin sharsharalar paydo bo‘ldi. Qor bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilari, quyuq o‘rmonlar, yovvoyi cho‘llar Uning so‘zi bilan yaraldi. Yer va koinotdagi barcha olamlar Uning ulug‘ ovozidan hosil bo‘ldi. Lekin jinsiy aloqa - bu aslida boshqa darajada yuz beradigan nimadir. Barcha yaratilganlar Xudoning so‘zi bilan hosil bo‘lgan, ammo odamlar va ularning jinsiy mayli uchun Xudo yanada hayratomuz nimadir yaratdi.

Muqaddas Kitobning birinchi kitobidagi birinchi bob bu haqdagi shubhaga o‘rin qoldirmaydi: “Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, Erkagu ayol qilib yaratdi ularni” ( Ibtido 1:27). Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan odamni yasadi va uning burun teshigidan puflab jon ato etdi (qarang: Ibtido 2:7). Ya’ni, Xudoning so‘ziga ko‘ra yaratilgan hayvonlarga nisbatan odam yuqori darajala turadi.. Xudoga monand va o‘xshash qilib yaratilgan, odamdek jinsiy aloqa qilishga qodir  Odam Ato va uning avlodlari hayot kechira boshladilar.

Bu esa bizning aynan Xudo kabi ko‘rinishimizda ekanimizni anglatmaydi, zero, “Xudo Ruhdir, Unga sajda qiluvchilar ham Muqaddas Ruh boshligida, haqiqatni bilgan holda sajda qilishlari lozim” (Yuhanno 4:24). Garchi U Iso siymosida inson qiyofasiga kirgani haqiqat bo‘lsada, ammo Xudo aslo moddiy yoki jismoniy mavjudot emas: U - Ruh. Ammo baribir bizning jismoniy, hissiy va ruhiy xislatlarimiz, bizning munosabatlarimiz nimasi bilandir Xudoga monand, hirsiy maylimiz ham bundan mustasno emas. Biz Xudo tomonidan Unga o‘xshash qilib yaratilganmiz, ayni vaqtning o‘zida bir-biriga intiladigan hirsiy maylga ega mavjudotlarmiz. Bunday mayl Xudo siymosining qandaydir qismini o‘zida aks ettirmaydimi?

Taxminlardan biriga ko‘ra, erkak va ayol o‘rtasidagi bir-biriga intilish Xudoning tabiatida ham erkaklik, ham ayollik xususiyatlari borligi bilan bog‘liq ekan. Garchi Xudo O‘zi xususida erkak jinsi haqida gapirgandek bo‘lsada, biz Uning erkak ham, ayol ham emasligini aniq-ravshan bilamiz. Shunday bo‘lsada, U O‘zining buyuk maqsadiga ko‘ra, odamlarni ikki jinsli - erkak va ayol qilib yaratdi, shu bois ularning o‘zaro bir-biriga intilishlari bir vaqtning o‘zida ham erkak, ham ayol xususiyatiga ega bo‘lgan Xudoning yagonaligi va mukammalligidan hosil bo‘ladi. Aytish mumkinki, Xudo O‘z xususiyatiga ko‘ra har yerda mavjud, zero turli xususiyatlarga ega bo‘lgan ikkita to‘plam ikkita jins vakillarida jo bo‘lganida, xuddi qarama-qarshi yo‘nalishdagi ohanrabo kabi tabiiy ravishda bir-birlarini o‘zlariga jalb etadilar. Xudo yagona (uch birlikda), U ikkala jinsni ham yagonalik uchun yaratgan. Har holda, nazariyalardan biri nega erkak va ayol bir-biriga intilishini ana shunday izohlaydi. Va bu nazariya asossiz emas.

Kalom  Xudoning tabiatiga birlik mos ekanligini o‘rgatadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Egamiz Xudo tanho Xudodir...” (Qonunlar 6:4). Bunday xususiyat Xudo Uchlikdan - Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruhdan iborat ekanligiga zid emas. Bu haqda ham Kalomda aniq aytilgan. Demak, Uchlikning botinida mukammal  birlik mavjud. Ota hamisha O‘zining O‘g‘liga behad darajada yaqin bo‘lgan. O‘g‘il hamisha O‘z Otasi bilan hamjihatlikda bo‘lgan. Muqaddas Ruh hamisha Ota bilan ham, O‘g‘il bilan ham cheksiz uyg‘unlikda bo‘lgan. Xudo mukammal birlikka intilmaydi, U buni yaratmaydi - Uning O‘zi birlikdir. “Men va Otam - birmiz, - Iso shogirdlariga shunday degan. - ...qilayotgan ishlarimga ishoninglar. Shunda Ota Menda va Men Otada ekanimni bilib, anglab olasizlar” (Yuhanno 10:30, 38).

Xudoning siymosi birlik va mukammal munosabatlar uyg‘unligini o‘zida aks ettiradi. Uning birligi - bu cheksiz sevgiga asoslangan munosabat bo‘lib, borliqda tengsiz bir yaqinlik va rishtalarni hosil qiladi. Xudoni ajratib bo‘lmaydi. Xudoni yakkalab bo‘lmaydi. U - abadiy va buzilmas birlik hamda yaqinlikdir. Demakki, odamlar chinakamiga yaqin munosabatlar o‘rnatishni Xudodan qabul qilishgan.

Asl yaqinlik

“...erkak kishi ota-onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar” (Ibtido 2:24). Yaqin sevgi munosabatlari va ehtiyojlariga bo‘lgan chanqoqligimiz zamirida yagona Xudoning siymosi mavjud. Jinsiy aloqani nikohda tuzgan erkak va ayollar birlikning uyg‘unliklagi ilohiy tabiatini aks ettiradilar. Jinsiy mayl - Xudoning mo‘‘jizaviy tuhfasi bo‘lib, odamlarga sevgi asosida jinsiy munosabatlar o‘rnatish imkonini beradi.

Men (Dotti) jinsiy aloqani yoshligidan buyon qandaydir ifloslik deb hisoblaydigan ayollarni uchratganman. Hatto nikohda ham ulardan ayrimlari jinsiy yaqinlik uchun erlari oldida o‘zlarini aybdor his etib kelishmoqda. Bu ayollar qachonlardir jinsiy aloqa haqida tor tushuncha olganliklari aniq. Nikohdagi yaqin aloqalar uchun o‘zini jirkanch yoki aybdor his qilish uchun hech bir sabab yo‘q. Xudo jinsiy aloqani er-xotinlar jinsiy munosabatlardan rohatlanishi uchun yaratgan.

Ushbu haqiqat hatto biologik darajada ham tasdiqlanadi. Olimlar ishonch (mehr-muhabbat) gormoni deb ataladigan oksitotsin gormonini topishgan. Miyamiz bu kimyoviy moddani  jinsiy aloqa vaqtida yoki shunga mayl uyg‘onganida ajratib chiqaradi. Oksitotsin qonga o‘tib, chuqur mayinlik, himoyalanganlik va ishonch hissini uyg‘otadi. Aynan o‘sha gormon ona chaqalog‘ini emizganida ayolning qonidan ajralib chiqadi va odamlar o‘rtasidagi aynan chuqur bog‘liqlikni yaratish uchun xizmat qiladi.

Har safar siz boshqa odam bilan yaqinlik qilganingizda, tanangizda sizlardagi aloqani mustahkamlaydigan oksitotsinni ajratish kimyoviy jarayoni ro‘y beradi. Jinsiy aloqadan ko‘zlangan asosiy vazifalardan biri sizni aynan chinakam yaqinlikka olib borishdan iborat. Xudo uni insonning yaqinlikka ehtiyojini biologik darajada qondirish vositasi sifatida yaratgan. Ammo bu umumiy manzaraning bir qismi, xolos. Munosabatlardagi to‘liq yaqinlikka tanani yaqinlashtirish bilangina erishib bo‘lmaydi. Insoniy hirsiy mayl odamdagi mavjud barcha - jismiy, hissiy, ruhiy va ijtimoiy - jihatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Jinsiy aloqa bizni ushbu darajalarning barchasida bog‘lashga xizmat qiladi.

Biz faoliyatimiz davomida nega o‘zlarining munosabatlarida yaqinlik uzilib ketganini tushunishni istagan ko‘plab er-xotinlarni uchratganmiz. Ular jinsiy aloqa bilan mashg‘ul bo‘lishadi, ammo ularga boshqa barcha darajalarda o‘zlarini biriktiradigan teran sevgi yetishmaydi. Ular jinsiy aloqani hissiy, ruhiy va ijtimoiy hayotdan ajratgan holda faqat jismoniy huzur sifatida qabul qilishadi. Er-xotinlar jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishadi, ammo bu ularning birgalikdagi hayotida barcha jihatlarni aks ettirmaydi. Haqiqatning ko‘ziga tik qarang: qoyilmaqom jinsiy aloqa ajoyib munosabatlarga olib kelmaydi. Aslida bu aksincha: ajoyib munosabatlar barcha darajalarda qoyilmaqom jinsiy aloqadagi hayotga olib keladi.

Bolalarimiz aksariyat tarzda bu masalani o‘ta qiyinchilik bilan tushunadilar, ularning ongida chalkashlik yuzaga keladi. Ko‘pchilikning fikricha, bu yaqin kishisi bilan jismoniy yaqinlashishning bir usuli, xolos. Albatta, jinsiy aloqa qisqa vaqt ularga yaqinlik hissini beradi, ammo aytib o‘tganimizdek, jinsiy aloqaning asl maqsadidan biri - ikkita odamni butun hayoti mobaynida hissiy, ruhiy va ijtimoiy jabhada bog‘lab turishdir. Mana nima uchun Iso shunday degan: “Bunga ko‘ra ular endi ikki emas, bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo‘shganni bandasi ajratmasin” (Matto 19:6). Shu bois, agar siz butun hayot mobaynida birga bo‘lishga tayyor emas ekansiz, sizni mustahkam rishtalar bilan bog‘lash uchun belgilangan ishni - jinsiy aloqani -  qilish kerak emas.

Bolalarni tarbiyalayotganimizda, biz ularga jinsiy aloqa - Xudoning har birimizga bergan mo‘‘jizaviy tuhfasi - ikkita jinsni o‘zaro bir-biriga tortadigan vosita ekanligini tushuntirishmiz lozim. Garchi ayrim odamlar suiiste’mol qilib, bu bilan uning vazifasini buzsalar ham, jinsiy aloqa qandaydir  nopoklik emas. Zamonaviy dunyo madaniyati bu haqdagi tushunchani buzib yuborgan bo‘lsada, bu bilan ajoyib jinsiy aloqa jirkanch bo‘lib qolavermaydi. Biz jinsiy aloqani va insonning jinsiy maylini Xudo dastlab aytgan maqsad darajasiga ko‘tarishimiz kerak.  Va nihoyat, U bir-birimizga chanqok biz odamlarni O‘z siymosiga monand tarzda yaratib, jinsiy aloqalarni ham O‘zi paydo qilgan.

Chinakam lazzat

Xudo erkak va ayolni butun umr mobaynida jismonan va ijtimoiy jabhada o‘zaro birlashtirish uchun jinsiy aloqani yaratgan. Garchi odamda alohida holatlarda va aksariyat paytlarda “juftlashish istagi” tez-tez yuz berib tursada, ushbu “qotiradigan material” bir marotabalik havas uchun mo‘ljallanmagan,

Albatta, jinsiy yaqinlik bizga rohat baxsh etadi, biroq butun umr mobaynida bir-birini sevishga ahd qilgan nikohdagi er-xotin o‘rtasida u mutlaqo ajoyib bo‘ladi. Albatta, jinsiy aloqa lazzati hamisha ham o‘ta keksalik yoshigacha davom etavermaydi, ammo shunday ham bo‘lishi mumkin. Sakson to‘rt yoshli bir professor universitetda insonning jinsiy aloqasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib berdi. Talabalardan biri undan qaysi yoshda jinsiy yaqinlik lazzat baxsh etmay qo‘yishini so‘radi. “Aniq bilmayman, - javob berdi professor, - ammo men hali o‘sha yoshgacha yashaganim yo‘q”. Oddiygina qilib aytaylik: toki er va xotin vujudida jinsiy aloqa uchun kuch bor ekan, jinsiy aloqa ularning bemalol va quvonch bilan lazzat olishlari uchun berilgan.

Biz jinsiy aloqa lazzatlanish uchun yaratilganligi haqidagi fikrga qo‘shilmaydigan odamlarni ham bilamiz va o‘z nuqtai nazarimiz bilan ularni muhokama qilmaymiz. Biz jinsiy aloqani er-xotinlik burchi va majburiyat deya hisoblaydigan odamlarni hurmat qilamiz. Biz faqatgina ular qanday katta quvonchni qo‘ldan boy berayotganlarini tushuntirishimiz shart ekanligini his etamiz. Bunday holatlarda, biz nikohdagi yaqinlik chinakam lazzat baxsh etishi mumkinligi haqida hattoki Muqaddas Kalomdan parchalar keltirib, o‘z so‘zimizni mustahkamlaymiz.

Odamlar ba’zan mendan (Joshdan) so‘rashadi: “Nima, siz Muqaddas Kitobni to‘liq bilasizmi?” Men ularga javob berishga oshiqaman: “Mavzu shoh Sulaymonning dono maslahatiga borib taqalsa, albatta bilaman!” O‘zingiz fikrlang:

Bulog‘ing suvlari muborak bo‘lsin, ko‘z ochib ko‘rganing bilan quvongin, Jozibali ohu va go‘zal kiyik! Uning og‘ushi seni qoniqtirsin, doim uning sevgisi bilan qanoatlangin

Hikmatlar 5:18-19

Palma daraxtiday savlatlisan, Ko‘kraklaring uning mevalariday to‘liqdir Men shunday dedim: “Palma daraxtiga chiqib, uning mevalaridan ushlayman.” Ko‘kraklaring men uchun uzumday mazali, Nafasing esa olmalarday shirin bo‘lsin. O‘pichlaring eng a’lo sharobday shirindir, Bunday sharob lab va tishlar orasidan tekis o‘tadi.

Qo‘shiq 7:8-10

Bu so‘zlar Kalomda bitilgan! Hech nimaga - dunyoviy madaniyatga ham, o‘tmishingizdan qolgan nojo‘ya tasavvurlarga ham - Xudo sizning jinsiy hayotingizda istagan o‘sha quvonchni o‘g‘irlab olishiga izn bermang.

Bolalarimiz ulg‘ayib borayotgan paytda, men (Dotti) ularga Josh bilan birga ekanimizdan juda xursand ekanimizni tez-tez aytib turardim. Albatta, bolalar o‘z ota-onalarining jinsiy aloqada bo‘lishlarini fikran tasavvur qilishni istashmaydi, lekin men farzandlarimizga jinsiy aloqa Xudo tomonidan er-xotinlar uchun ajoyib va yoqimli bir holat sifatida maxsus yaratilgani haqida tushuncha berdim, shuningdek, biz Josh bilan birgalikda Xudoning bu tuhfasidan rohatlanishimiz haqidagi tushunchaga ularni nozik fahm-farosat bilan yetakladim. Aytish joizki, agar sizga er-xotinlarning jinsiy yaqinlikdan rohat olishlari Xudoning xohishi ekanligi haqida Muqaddas Kitobdan qo‘shimcha tasdiq kerak bo‘lsa, Sulaymonning qo‘shig‘ini o‘qishda davom eting.

Avlodning davom etishi

Xudo ilk juftlik, Odam Ato va Momo Havoga bergan birinchi amrlardan biri shunday bo‘lgan: “Uvali-juvali bo‘linglar...” ( Ibtido 1:28). Har holda, bu eng yoqimli tarzda bajariladigan amrlardan biri bo‘lsa kerak! Axir u bajarilmay qolganida, inson zoti o‘lib ketgan bo‘lardi.

Buning muqaddimasi Ibtido Kitobida shunday yangraydi: “Xudo insonlarga marhamat qilib aytdi: “Uvali-juvali bo‘linglar...) Ya’ni, bolalar - bu marhamatdir. Sulaymon aytganidek, “Nabiralar - keksalarning toju taxti, otalar o‘g‘illarning shon-shuhratidir” (Hikmatlar 17:6).

Ehtimol, sevgingizdagi eng jinsiy ifoda keyinchalik hamisha o‘g‘lingiz yoki qizingiz bo‘ladigan qimmatli hayotni dunyoga keltirganini anglab yetishdan ko‘ra maroqli hech nima bo‘lmasa kerak. Albatta, hozirgi kunda tug‘ilish va bolalarni tarbiyalash borasida ko‘plab muammolar mavjud, ammo baribir insonda o‘z oilasining bo‘lishi ulkan imtiyoz va marhamatdir!

Sizlar ota-ona va sizga ishonib topshirilgan bolalar uchun mas’ul jamoat boshqaruvchilari sifatida, albatta, bolalaringizning hayot yo‘lidan xotirjam borishlarini istaysiz, aslo xuddi mina maydonida bo‘lganidek, har qadamda ularni pornografiya, nikohgacha bo‘lgan jinsiy aloqa, munosabatlarning buzilishi, singan qalblar faryodi, ajralishlar kabi “qotillar” kutib turishini xohlamaysiz. Siz farzandlaringizning o‘zingiz uchun, Xudo uchun va atrofdagi olam uchun marhamat bo‘lishini istaysiz. Biz barchamiz ham shuni xohlaymiz. Bunga ilk qadamlardan biri - jinsiy aloqa Xudo tomonidan yaratilganini, uning ajoyibligini va nafaqat naslni davom ettirish uchun, balki er-xotindagi yaqinlikni va rohatlanishni mustahkamlash uchun ham mo‘ljallanganini o‘z bolalarimizga tushuntirishimiz lozim. Bizning kitobimiz bolalarga bu haqda qanday so‘zlash kerak ekanligi mavzusiga bag‘ishlangan.

Farzandlarimiz tushunishlari zarur: Xudoning xohishi shundayki, jinsiy aloqa ular hayotida va bo‘lajak turmush o‘rtoqlari bilan munosabatlarda marhamat bo‘lsin. Ular bundan maqsad nima ekanligini anglashlari kerak. Bundan tashqari, ular bunday imtiyozdan qay tarzda to‘g‘ri foydalanishni va tartibga solishni tushunishlari lozim, zero jinsiy aloqaning qudrati va jo‘shqinligi munosabatlarda alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Biz keyingi bobda Xudo tomonidan jinsiy aloqa borasida qanday chegaralar o‘rnatilgani haqida so‘z yuritamiz.

 


Книга на узбекском языке - Прямой разговор с подроском. Дотти и Джош Макдауэлл.



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак