Ezra 8 bob

31 Quddusga safar.

1 Shoh Artaxshas hukmronligi davrida men bilan birga Bobildan ketgan urug‘boshilar va ular bilan birga ro‘yxatga olinganlar quyidagilardir:
2 Finxaz urug‘idan — Gershom. Itamar urug‘idan — Doniyor. Dovud urug‘idan — Shaxaniyo naslidan bo‘lgan Xattush.
3 Paro‘sh urug‘idan — Zakariyo va u bilan birga ro‘yxatga olingan 150 ta erkak.
4 Paxatmo‘ab urug‘idan — Zaraxiyo o‘g‘li Elixo‘nay va u bilan birga 200 ta erkak.
5 Zattu urug‘idan — Yaxaziyol o‘g‘li Shaxaniyo va u bilan birga 300 ta erkak.
6 Adin urug‘idan — Yo‘natan o‘g‘li Evid va u bilan birga 50 ta erkak.
7 Elam urug‘idan — Otaliyo o‘g‘li Yeshayo va u bilan birga 70 ta erkak.
8 Shafatiyo naslidan — Mikoyil o‘g‘li Zabadiyo va u bilan birga 80 ta erkak.
9 Yo‘ab naslidan — Yoxiyol o‘g‘li Obodiyo va u bilan birga 218 ta erkak.
10 Banix urug‘idan — Yo‘sifiyo o‘g‘li Shalumit va u bilan birga 160 ta erkak.
11 Bo‘vay urug‘idan — Bo‘vay o‘g‘li Zakariyo va u bilan birga 28 ta erkak.
12 Ozgad urug‘idan — Xakkatan o‘g‘li Yo‘xanon va u bilan birga 110 ta erkak.
13 Odonixam urug‘idan — Elifalet, Yaviyol, Shamayo va ular bilan birga 60 ta erkak. Elifalet, Yaviyol va Shamayo qarindoshlari orasidan eng oxirgi bo‘lib qaytib keldilar.
14 Big‘vay urug‘idan — Utay, Zakkur va ular bilan birga 70 ta erkak.
15 Men ularni Ohabo shahriga oqib boradigan daryo bo‘yida to‘pladim. O‘sha joyda biz uch kun turdik. Men to‘planganlarni sinchiklab ko‘rib chiqdim, ularning orasida ruhoniylarni topdim, lekin levilar yo‘q edi.
16 Keyin yo‘lboshchilar Eliazarni, Oriyolni, Shamayoni, Elnatanni, Yorivni, Elnatanni, Natanni, Zakariyoni, Mashullomni hamda Tavrot ustozlari Yo‘xariv va Elnatanni chaqirtirdim.
17 Ularni Kosifiyodagi levilarning yo‘lboshchisi Iddoning huzuriga jo‘natayotib, ularga shunday deb tayinladim: “Iddoning huzuriga borgach, unga, uning sheriklariga, Kosifiyodagi Ma’bad xizmatkorlariga aytinglar, Xudoning uyi uchun levilarni yuborishsin.”
18 Xudoyimizning marhamati bizga yor bo‘lgani uchun, ular Sharaviyo degan layoqatli bir odamni, o‘g‘illari va qarindoshlari bilan birga yubordilar. Sharaviyo Yoqub o‘g‘li Levi naslining Maxli urug‘idan edi. Kelganlar jami 18 ta erkak edilar.
19 Shuningdek, Marori urug‘idan Xashaviyo va Yeshayo o‘g‘illari va qarindoshlari bilan birga yuborilgan edi. Ular jami 20 ta erkak edilar.
20 Bulardan tashqari, 220 ta Ma’bad xizmatkori ham yuborildi. Bu xizmatkorlarning ajdodlarini shoh Dovud va uning a’yonlari levilarga yordam berish uchun tayinlagan edilar. Ularning hammasi nomma–nom qayd etilgan.
21 Xudodan: “Bizni, bolalarimizni va butun mol– mulkimizni safarda saqlagin”, deb so‘rab, toat– ibodat qilishimiz uchun men Oxabo daryosi bo‘yida ro‘zani e’lon qildim.
22 Shohdan: “Bizni yo‘lda dushmandan himoya qilish uchun bir guruh sipoh va otliq sipoh bering”, deb so‘rashga xijolat bo‘lardim. Chunki biz shohga: “Xudoyimiz Unga yuz burganlarning hammasiga marhamat qiladi, lekin Undan yuz o‘girganlarga g‘azabini sochadi”, deb aytgan edik.
23 Shunday qilib, biz ro‘za tutdik va Xudoyimizga, bizni saqlagin, deb iltijo qildik. Xudoyimiz bizning iltijolarimizni eshitdi.
24 So‘ngra bosh ruhoniylarning orasidan o‘n ikkita ruhoniyni — Sharaviyoni, Xashaviyoni va ularning qarindoshlaridan o‘ntasini tanlab oldim.
25 Xudoyimizning uyi uchun nazr qilingan kumush, oltin va buyumlarni ularning huzurida tarozida tortdim. Shoh, uning maslahatchilari, a’yonlari, Bobil viloyatidagi butun Isroil xalqi nazr qilgan bu hadyalarni ularga topshirdim.
26 Men ularga topshirgan nazrlarning miqdori quyidagicha edi: 1400 pud kumush, 210 pud kumush buyum, 210 pud oltin,
27 yarim pud chiqadigan 20 ta oltin kosa, qiymati oltinga teng bo‘lgan, sayqallangan a’lo sifatli 2 ta bronza buyum.
28 Men ularga shunday dedim: “Sizlar Egamizga bag‘ishlangansizlar, buyumlar ham Egamizga bag‘ishlangan. Odamlar bu kumush va oltinlarni ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizga ko‘ngildan chiqarib nazr qildilar.
29 Sizlar bu nazrlarni Quddusga olib borgunlaringizgacha ehtiyot qilib saqlanglar. So‘ng bularni Egamizning uyi omborida bosh ruhoniylar, levilar va urug‘boshilar huzurida tarozida tortinglar.”
30 Shunday qilib, ruhoniylar va levilar tarozida tortilgan bu kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning Quddusdagi uyiga olib borish uchun qabul qilib oldilar.
31 Birinchi oyning o‘n ikkinchi kuni biz Ohabo daryosi bo‘yidan Quddus tomon yo‘lga tushdik. Xudoyimiz bizga yor edi. Yo‘lda ketayotganimizda, U bizni dushman hujumidan va qaroqchilardan himoya qildi.
32 Biz Quddusga yetib kelib, u yerda uch kun turdik.
33 To‘rtinchi kuni esa kumush, oltin va buyumlarni Xudoyimizning uyida tarozida tortib, Uriyo o‘g‘li ruhoniy Miromo‘tga topshirdik. Uning yonida Finxaz o‘g‘li ruhoniy Elazar, shuningdek, levilardan Yeshuva o‘g‘li Yo‘zabad va Binnuy o‘g‘li Novadiyo bor edilar.
34 O‘sha kuni biz hamma narsani tarozida tortib, hisoblab chiqdik, har bir narsaning vaznini yozib qo‘ydik.
35 Shundan so‘ng asirlikdan qaytib kelganlar Isroil xalqining Xudosiga qurbonliklar keltirdilar. Ular butun Isroil xalqi uchun 12 ta buqani, 96 ta qo‘chqorni, 77 ta qo‘zini Egamizga qurbonlik qilib kuydirdilar. Bulardan tashqari, xalqni gunohlaridan poklash uchun 12 ta takani qurbonlik qildilar.
36 So‘ng shohning farmonini Furot daryosining g‘arbidagi viloyat noiblariga va hokimlariga olib bordilar. Noiblar bilan hokimlar xalqqa va Xudoning uyiga yordam ko‘rsatdilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак