Ester 9 bob

1 Yahudiylarning zafari. 20 Purim bayrami.

1 Shohning amru farmoni ijro qilinadigan o‘n ikkinchi oy — Adar oyining o‘n uchinchi kuni keldi. Bu kunni yahudiylarning g‘animlari, ularning ustidan hukmronlikni egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha bo‘lib chiqdi: yahudiylar o‘z g‘animlari ustidan hukmronlikni o‘rnatdilar.
2 Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga qarashli hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda bir joyga yig‘ildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.
3 Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning a’yonlari Mordaxaydan qo‘rqqanlari uchun yahudiylarni qo‘llab–quvvatladilar.
4 Mordaxay saroyning yuksak martabali odami bo‘lib, u tobora o‘sib borar, uning shuhrati butun viloyatlarga yoyilardi.
5 Yahudiylar jamiki dushmanlarini qilichdan o‘tkazib, o‘ldirib, qirib tashladilar. G‘animlariga nisbatan istaganini qildilar.
6 Jumladan, yahudiylar Shushan qal’asida besh yuz kishini qirib tashladilar.
7 Yana yahudiylar o‘zlarining dushmani Xamadoto o‘g‘li Xomonning o‘nta o‘g‘lini — Parshandata, Dalfon, Aspata,
8 Po‘rata, Odaliyo, Oridato,
9 Parmashto, Orisay, Oriday va Vayzotoni o‘ldirdilar.
10 Ammo mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
11 O‘sha kuni Shushan qal’asida o‘ldirilganlarning hisobini shohga ma’lum qildilar.
12 Shoh esa malika Esterga aytdi: — Yahudiylar Shushan qal’asida Xomonning o‘nta o‘g‘lini va yana besh yuz kishini qirib, yo‘q qildilar. Kim bilsin, boshqa viloyatlarimda ular nima qildilar ekan? Istaging nima? Ayt, qondirayin. Yana qanday tilaging bor? Bajo qilayin.
13 — Agar shohimizga ma’qul bo‘lsa, Shushandagi yahudiylar ertaga ham bugungi farmoningizni ijro etsinlar, — dedi Ester. — Xomonning o‘nta o‘g‘lining jasadlari ham dorga osilsin.
14 Shoh ushbu istakni bajarishni buyurdi. Shushanda farmon chiqarildi. Xomonning o‘nta o‘g‘lining jasadi ham dorga osildi.
15 Adar oyining o‘n to‘rtinchi kuni Shushandagi yahudiylar yana to‘planib, qal’ada dushmanlardan uch yuztasini o‘ldirdilar. Lekin mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
16 Shohlikning turli viloyatlarida yashaydigan boshqa yahudiylar ham jonini saqlash va dushmanlaridan qutulish uchun bir joyga to‘plandilar. Dushmanlaridan yetmish besh ming kishini o‘ldirdilar, lekin mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.
17 Bularning hammasi Adar oyining o‘n uchinchi kuni yuz berdi. Yahudiylar o‘n to‘rtinchi kuni tinchib, bu kunni bayram qildilar.
18 Shushandagi yahudiylar ham o‘zlarini qutqarish uchun o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi kunlari yig‘ildilar. O‘n beshinchi kuni esa tinchib, bu kunni bayram qildilar.
19 Shuning uchun qishloq ahli Adar oyining o‘n to‘rtinchi kunini bayram sifatida nishonlab ziyofat uyushtiradilar va bir– birlariga taom ulashadilar.
20 Mordaxay bu voqealarni yozib qo‘ydi. So‘ngra shoh Axashverash qo‘li ostidagi uzoq– yaqindagi hamma yurtlarda yashayotgan yahudiylarga maktublar yubordi.
21 Maktubda har yili Adar oyining o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarini nishonlash lozimligi ta’kidlangan edi.
22 Chunki bu kunlar — yahudiylar o‘z dushmanlaridan qutulgan kunlardir. O‘sha oy — g‘am — xursandchilikka, motam — bayramga aylangan oydir. Mordaxay: “Shu kunlari ziyofat berib, xursandchilik qilinsin, taomlar ulashilsin, kambag‘allarga hadyalar in’om qilinsin”, deb buyurgan edi.
23 Shunday qilib, yahudiylar Mordaxayning buyrug‘ini qabul etdilar va boshlagan bayramlarini davom ettirdilar.
24 Darvoqe, butun yahudiylarning dushmani O‘gax naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomon fitna qo‘zg‘ab yahudiylarni ezib, yo‘q qilish uchun pur — qur’a tashlagandi.
25 Lekin Ester shohning huzuriga kirganda, shoh yangi maktub orqali farmon bergandi: Xomon yahudiylarga qarshi yovuz reja o‘ylab qo‘ygan, lekin rejasi o‘zining boshiga yetib, Xomon va uning o‘g‘illari dorga osilgandi.
26 Shuning uchun bu bayramga Purim deb nom berilgandi. Bu nom “pur” so‘zidan olingan. Shunday qilib, yahudiylar Mordaxayning maktubida yozilganlardan, ko‘rgan– kechirganlaridan va boshlariga tushgan ko‘rgiliklardan keyin,
27 o‘zlari, bolalari va barcha qabiladoshlari o‘sha ikki kunni belgilangan vaqtda, yozilganiday, har yili doimiy ravishda bayram qilishga qaror qilgandilar.
28 “Bu kunlar avlodlar osha hamma oilada, viloyatlarda, har bir shaharda unutilmasdan, bayram qilinsin, Purim kunlarini yahudiylar o‘tkazib yubormasin, bu kunlar avlodlar osha davom etib xotirlansin”, deb qaror chiqardilar.
29 Abuhayil qizi malika Ester, yahudiy Mordaxay bilan birga, o‘z huquqi bo‘yicha, Purim to‘g‘risida o‘sha yangi maktubni yozib tasdiqladi.
30 Mordaxay Axashverashning hukmronligi ostidagi yuz yigirma yettita viloyatda yashaydigan hamma yahudiylarga tinchlik–omonlik tilangan o‘sha maktublarni yubordi.
31 Maktubda malika Ester bilan Mordaxay ilgari buyurganlariday, Purim kunlarini belgilangan sanada nishonlashga qat’iy rioya qilishlari aytilgan edi. Bu bayramlarga yahudiylar, o‘zlari va bolalari ro‘za tutishga va motam odatlariga amal qilganlari singari, rioya qilishlari ta’kidlangan edi.
32 Shunday qilib, Purimga oid qoidalar, Esterning buyrug‘iga ko‘ra, tasdiqlandi va kitobga yozib qo‘yildi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак