Sulaymonning hikmatlari 24 bob

23 Dono o‘gitlar.

1 Fosiqlarga havas qilma, ular bilan birga bo‘lishga intilma.
2 Chunki ular zo‘ravonlikni niyat qiladi, tillari esa yomonlikni gapiradi.
3 Uy donolik bilan quriladi, idrok bilan mustahkam bo‘ladi.
4 Xonalar esa bilim bilan turli qimmatbaho, qimmatli boylikka to‘ladi.
5 Dono sipohlar kuchli sipohlardan, ilm–ma’rifatlilar esa kuchi borlardan qudratliroqdir.
6 Yaxshi odam yo‘l–yo‘riq bilan urushga boradi, maslahatchilar ko‘pligi tufayli g‘alaba qiladi.
7 Ahmoq donolikka yetishmaydi, hukmda og‘zini ocha olmaydi.
8 Yomon niyat qiluvchining nomi shakkokdir.
9 Ahmoqlik bilan tuzilgan reja gunohdir, mazaxchidan odamlar jirkanadi.
10 Tashvishli kunda ojiz bo‘lganning kuchi kamdir.
11 O‘limga mahkum bo‘lganlarni, dorga olib ketilayotganlarni qutqar.
12 “Bilmayman”, — desang ham, yurakni sinaydigan Xudo ko‘rmaydimi, jonni asraydigan buni bilmaydimi? Hammaga ularning ishiga yarasha qaytarmaydimi?
13 O‘g‘lim, asal yeb ko‘rgin, u yaxshi, asalari mumi og‘zingga shirindir.
14 Donolik joningga asaldaydir, unga erishsang kelajagingni topasan, umiding ro‘yobga chiqadi.
15 Ey, fosiq, solihning uyiga pistirma qurma, uy–joyiga tegma.
16 Solih yetti marta yiqilsa ham turib ketaveradi, fosiq esa halokatga uchraydi.
17 Dushmaning yiqilganda sevinma, qoqilgani uchun yuraging quvonmasin.
18 Bo‘lmasa Egamiz buni ko‘rib yoqtirmay, g‘azabini undan o‘giradi.
19 Fosiqlardan jahling chiqmasin, yomonlarga havas qilma.
20 Chunki yomonlarning kelajagi yo‘q, fosiqlarning chirog‘i esa o‘chib qoladi.
21 Ey, o‘g‘lim, Egamizdan ham, shohdan ham qo‘rq, ularga qarshi bosh ko‘tarma.
22 Chunki ulardan kulfat kutilmaganda keladi, ikkovidan keladigan halokatni kim biladi?!
23 Quyidagi so‘zlar ham donolardan. Hukmda tarafgarchilik qilish yaxshi emas.
24 Fosiqqa “solihsan” deganni el la’natlaydi, xalqlar undan nafratlanadi.
25 Unga tanbeh berganlardan xursand bo‘ladi, ular qut–baraka topadilar.
26 To‘g‘ri javob beradiganlarni esa hamma sevadi.
27 Tashqaridagi yumushingni bajar, daladagi barcha ishlaringni tartibga sol, keyin uyingni qurgin.
28 Sababsiz o‘zgaga qarshi guvohlik berma, tiling bilan aldama.
29 “Menga nima qilgan bo‘lsa, men ham shunday qilaman, qilmishiga yarasha qaytaraman”, — dema.
30 Dangasaning dalasidan, nodonning uzumzori yonidan o‘tdim.
31 Ana, hamma yoq tikanzor, hamma yerda qichitqi o‘t, tosh devor ham qulab, yer bilan bitta bo‘lib yotibdi.
32 Qarab, o‘ylab ko‘rdim, uni ko‘rib saboq oldim.
33 “Biroz uxlay, bir mizg‘ib olay, yonboshlab birpas dam olay”, — deydi.
34 Shuning uchun qashshoqlik yo‘lto‘sarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustiga keladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18