Voiz 7 bob

1 Donolarning maslahati. 15 Inson donoligining me’yori.

1 Yaxshi nom qimmatbaho xushbo‘y moydan, o‘lim kuni esa tug‘ilgan kundan yaxshiroqdir.
2 To‘y bo‘layotgan uyga borishdan ko‘ra, azador xonadonga borish yaxshiroq, chunki hammaning taqdiri bir, hayot bo‘lganlar buni unutmasinlar.
3 Qayg‘u kulgidan yaxshiroqdir, qayg‘uli yuz yurakka yaxshi.
4 Dononing qalbi azador uydagilar bilandir, nodon esa doimo xursandchilik haqida o‘ylaydi.
5 Dono odamning tanbehini eshitish nodonning maqtovlaridan yaxshiroq,
6 chunki nodonning maqtov kuyi qozonning ostida yonib turgan yantoqning chirsillashiga o‘xshaydi. Ammo bu ham behuda, chunki
7 do‘q–po‘pisa dononi ham telba qiladi, pora esa yurakni egri qiladi.
8 Hamma narsaning oxiri — boshidan, sabr–toqat — mag‘rurlikdan yaxshiroqdir.
9 Jahldor bo‘lmagin, chunki jahl nodonlarning yuragida uy quradi.
10 “Nima uchun o‘tmish kunlar hozirgilardan yaxshiroq edi?” — deb so‘ramagin, bu savolni so‘rash donolikdan emas.
11 Donolik xuddi meros kabi yaxshidir, bu dunyoda hayot bo‘lganlarga foydalidir.
12 Donolik ham pul kabi vaqtinchalik orom beradi, donolik hayotga chidashga yordam beradi, ilm–ma’rifat foyda keltiradi.
13 Xudo qilgan ishlarga qaragin, U egri qilgan narsalarni kim ham to‘g‘rilay olardi?!
14 Baxtli kunlaringda quvongin, qayg‘uli kunlaringda esa shuni esingda tut, quvonchni ham, qayg‘uni ham Xudo yaratgan. Hech kim kelajakda nima bo‘lishini aytib bera olmaydi.
15 Mana shu behuda hayotim davomida hamma narsani ko‘rdim. Solih insonlar solih bo‘lsalar ham halok bo‘ladilar, fosiqlar esa o‘z fosiqliklari bilan uzoq umr ko‘radilar.
16 Qonunparast bo‘lma, donoligingga juda ham ishonaverma, nima uchun o‘zingni o‘zing halok qilishing kerak?!
17 Ammo shakkok yoki ahmoq ham bo‘lmagin, nima uchun ajaling yetmay turib vafot etishing kerak?!
18 Bu nasihatlarning birini tutib, ikkinchisini unutma. Xudodan qo‘rqqan ikkisini ham esda tutadi.
19 Donolik insonni shahardagi o‘nta hukmdordan qudratliroq qiladi.
20 Lekin bu dunyoda har doim solihlik qilib, umuman gunoh qilmaydigan inson yo‘qdir.
21 Xizmatkoring seni yomonlayotganini eshitib qolmasliging uchun, odamlar gapirayotgan hamma narsaga ham e’tibor beravermagin.
22 O‘zing bilasan, sen o‘zing ham boshqalarni juda ko‘p yomonlagansan–ku!
23 Bularning hammasini donoligim bilan sinab ko‘rdim, o‘zimga: “Donolikka erishaman”, — dedim, lekin unga yeta olmadim.
24 Hamma sodir bo‘ladigan narsalarning ma’nosi juda chuqur, yetib bo‘lmasdir. Kim ham uni topa olardi?!
25 Shunda men donolikni qidirib topishga, har bir sodir bo‘lgan narsani tushunishga o‘zimni bag‘ishladim. Fosiqlik nodonlik ekanligini, ahmoqlik telbalik ekanligini o‘z hayotimda isbotlamoqchi bo‘ldim.
26 Men mana bu narsani bildim. Ahmoqlik bir ayolga o‘xshaydi. U o‘zi tuzoq, yuragi to‘r, qo‘llari esa zanjirdaydir. U o‘limdan ham achchiqroq ekan. Xudoga ma’qul keladigan ishlarni qiladiganlar undan qocha oladilar, lekin gunohkor uning qo‘llariga tushadi.
27 -
28 Voiz shunday dedi: “Bekorga har bir sodir bo‘lgan narsaning ma’nosini qidirib (bu ma’noni juda sinchkovlik bilan izlagan bo‘lsam ham), mana shu narsani tushunib yetdim: minglar orasida bitta solih kishini topdim, shularning orasidan bitta ham solih ayol topa olmadim.
29 Ammo mana bu bir narsani angladim, qarang, Xudo insonni to‘g‘ri qilib yaratgan, lekin u har xil qabih rejalar tuzadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18