Yeremiyoning marsiyasi 2 bob

1 Egamiz Quddusni jazolaydi.

1 Voy sho‘rim! Rabbimiz g‘azablanib, Qiz Quddusni zulmat bilan qopladi, U Isroilning salobatini Osmondan yerga uloqtirdi. Achchiq qahri kelganda, O‘z poyandozi bo‘lgan Ma’badini esga olmadi.
2 Rabbiy ayovsiz vayron qildi Yoqub naslining maskanlarini. G‘azabi kelib yakson qildi Qiz Yahudoning qal’alarini. Oyoq osti qilib, xo‘rladi Shohlik va uning hukmdorlarini.
3 U qattiq g‘azabga minib, Isroilning bor qudratini yo‘q qildi. G‘animlar hujum qilganda, O‘z xalqini himoya qilmadi. Avjiga chiqqan olov kabi, Yoqubning yurtini yondirib yubordi.
4 U g‘animday bizga qarata yoyini tortdi, O‘q uzishga Uning qo‘li tayyor turardi. U dushmanday kelishgan yigitlarimizni o‘ldirdi. Qiz Quddusning chodirlariga olovday qahrini sochdi.
5 Rabbiy dushmanga o‘xshab qoldi, Isroil yurtini vayron qildi. Xarob qildi barcha saroylarini, Yakson etdi Isroil qal’alarini. Qiz Yahudoga keltirdi g‘am–g‘ussa, Uning qayg‘usini orttirdi ming hissa.
6 Bog‘dagi chaylani yiqitganday, Ma’badini U buzib tashladi. Quddusdagi bayram va Shabbat kunlarni Egamiz bekor qildi. Shohlar va ruhoniylarni G‘azab ustida rad etdi.
7 Rabbiy O‘z qurbongohidan voz kechdi, O‘z maskanini tashlab ketdi. Quddus saroylarini yovning qo‘liga berdi. Egamiz uyidagi yovning hayqirig‘i Bayramdagi shodon ovozlarga o‘xshaydi.
8 Ha, Egamiz qiz Quddusning devorlarini Vayron etishga qaror qildi. Devorlarga birma–bir qarab chiqdi, Shashtidan qaytmadi, hammasini yakson qildi. Endi qal’ayu devorlar qayg‘uryapti, Hammasi xarob bo‘lib yotibdi.
9 Quddus darvozalari tuproqqa belanib yotibdi, Darvoza tambalari parchalanib yotibdi. Shohu amaldorlari surgun bo‘lishdi, Qonunlar xalqqa o‘rgatilmas endi. Egamizdan kelgan vahiylarni Payg‘ambarlar endi ko‘rmaydi.
10 Qiz Quddusning oqsoqollari Sukut saqlab yerda o‘tiribdi. Boshlaridan ular tuproq sochgan, O‘zlari qanorga o‘rangan. Boshlarini solib quyi O‘tiribdi Quddus qizlari.
11 Yig‘layverib ko‘zlarim tolgan, Ichimda yuragim to‘kilib ketgan. Jigar–bag‘rim ezilib ketdi, Axir, mening xalqim qirilib ketdi! Och qolgan go‘dagu chaqaloqlar Shahar ko‘chalarida hushsiz yotibdi!
12 “Qornim ochdi! Chanqadim!” deb Onalariga ular faryod qilar. Yarador jangchiday shahar ko‘chalarida hushsiz yotishar. Onalarining bag‘rida jon taslim etishar.
13 Sen haqingda nima aytay?! Seni kimga solishtiray, ey qiz Quddus? Nima deb yupatay?! Seni kimlarga o‘xshatay, ey bokira qiz Sion? Dengizday cheksizdir sening kulfating, Endi shifo bera olmas senga hech kim!
14 Sening payg‘ambarlaring Yolg‘on va behuda vahiylar aytishdi. Gunohlaringni fosh qilmay, Surgunning oldini olishmadi. Yolg‘on bashoratlar aytib, Seni yo‘ldan ozdirishdi.
15 O‘tgan–ketganlar sendan or qilib, Qo‘l siltab ketadilar. Yoqasini ushlab, boshlarini chayqaydilar, Ey qiz Quddus, seni mazax qilib shunday aytadilar: “Go‘zallikda komil shaharmi shu?! Butun dunyoning sevinchimish u!”
16 Barcha yovlaring ustingdan kuladi, Holingni ko‘rib yoqasini ushlaydi. Tishlarini g‘ijirlatib aytishadi: “Biz uni yamladik! Voh, qanday intizorlik bilan Bu kunni kutgan edik! Nihoyat, o‘sha kunga yetdik!”
17 Evoh, Egamiz O‘z rejalarini amalga oshirdi, O‘z aytganlarini bitta qoldirmay bajardi. Azaldan ogohlantirib kelganday Sizlarni ayovsiz qirib tashladi. G‘animlarning qudratini yuksaltirdi, Holingizdan dushmanlarni xursand qildi.
18 Shaxar ahlining qalbi Rabbiyga faryod qilmoqda, Ey, qiz Quddusning devorlari! Ko‘z yoshingiz kechayu kunduz daryo bo‘lib oqsin. O‘zingizga tinim bermang, Ko‘z yoshingizni aslo to‘xtatmang!
19 Tur, ey qiz Quddus! Kechasi bilan Xudoga iltijo qilib chiqqin! Yuragingni Rabbiyga suvday to‘kib solgin! Qo‘llaringni uzat osmonga, Farzandlaring uchun yolvorgin Unga! Axir, ular ochlikdan hushsiz yotibdi Har bir ko‘chaning boshida.
20 Shunday ibodat qilgin: “Ey Egam, ko‘rmaysanmi buni: Ne ko‘ylarga solib qo‘yding Sen xalqingni?! Onalar erkalatib o‘stirgan farzandlarini yeyishyapti–ku! Ruhoniyu payg‘ambarlar maskaningda qirilib ketyapti–ku!
21 Yoshu qarilarning jasadlari ko‘chada changga belanib yotibdi. Qilich tufayli yigitu qizlarim juvonmarg bo‘ldi. Sen g‘azabing chiqqan kuni ularni halok qilding, Ayovsiz ularni qirib tashlading.
22 Menga qarshi yig‘ding Sen tevarakdagi yovlarni, Go‘yo ziyofatga chaqirganday taklif qilding ularni. O‘sha kuni Sening g‘azabingdan hech kim qutilolmadi, Biror odam o‘z jonini saqlab qololmadi. Evoh, erkalab o‘stirgan bolalarimni Dushmanlarim o‘ldirdi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак