Xo‘sheya 13 bob

1 Isroilga chiqarilgan so‘nggi hukm.

1 Egamiz shunday deydi: “Ilgari Efrayim gapirganda hammani titroq bosardi, Isroilda uning martabasi ulug‘ edi. Ammo Efrayim Baalga sajda qilib, gunoh orttirdi, Shunday qilib, o‘zini o‘limga mahkum etdi.
2 Hozir ham xalqim gunoh ustiga gunoh qilishar. O‘zlariga butlar yasashar, Kumushdan mahorat bilan sanamlar ishlashar, Bularning barchasi bor–yo‘g‘i hunarmandning ishi! Bunday odamlar to‘g‘risida bordir bir matal: Butga qurbonlik qilgan — buzoqni o‘pgan bo‘lar!
3 Shuning uchun ular tonggi tumanday bo‘ladi, Birpasda g‘oyib bo‘ladigan shudringga o‘xshab qoladi. Shamol xirmondan uchirgan to‘ponday ular g‘oyib bo‘ladi, Mo‘ridan chiqadigan tutunga o‘xshab qoladi.
4 Ammo Egangiz Xudo — Menman. Ey Isroil, seni Misrdan olib chiqqanman. Mendan boshqa Xudoni sen bilmaysan, Mendan boshqa yo‘qdir najotkoring.
5 Men sahroda senga g‘amxo‘rlik qildim, Suvsiz qaqragan cho‘lda seni boqdim.
6 Seni boqqanimda qorning to‘ydi, Qorning to‘ygach, manman bo‘lib ketding, Shu sababdan sen Meni unutding.
7 Endi Men yo‘lingni qoplonday poylayman, Senga bir sherday hujum qilaman.
8 Bolalaridan ayrilgan ona ayiq kabi tashlanaman, Seni tilka–pora qilaman. O‘sha joydayoq seni sherday g‘ajiyman, Yirtqichga o‘xshab seni qonga belayman.
9 Ey Isroil, o‘z boshingga o‘zing balo orttirding, Axir, Menga — O‘z Madadkoringga qarshi chiqding.
10 Shaharlaringni qutqaradigan shohing qani?! ‘Bizga shohu hokimlar ber’, deb so‘ragan boshliqlaring qani?!
11 Men jahl ustida senga shohlarni berdim, G‘azabga minganimda ularni olib tashladim.
12 Efrayimning jinoyati yozib qo‘yilgan, Ha, uning gunohi kitobga bitilgan.
13 Isroilning yashashga imkoniyati bor edi, Ammo u nodon bolaga o‘xshadi, Onani to‘lg‘oq tutganda, U qorindan chiqishni xohlamadi.
14 Men bu xalqni o‘liklar diyoridan qutqararmikanman?! Ularni o‘limdan xalos qilarmikanman?! Ey o‘lim, qirg‘in olib kelgin! Ey o‘liklar diyori, halokatli kuchingni ko‘rsatgin! Endi Men rahm–shafqat qilmayman.”
15 Isroil qarindoshlari orasida Serpusht va farovon bo‘lsa–da, Egamiz uning ustiga sharq shamolini yuboradi, Sahrodan esgan garmselni jo‘natadi. Isroilning bulog‘ini quritadi, Uning chashmasini qovjiratadi. Xazinasidagi qimmatbaho ziynatlarini tortib oladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18