Yo‘el 2 bob

1 Chigirtka galasi. 12 Tavba–tazarruga da’vat. 18 Egamizning inoyati. 28 Egamizning kuni.

1 Siondaburg‘u chalinglar! Egamizningmuqaddas tog‘ida bong uringlar! Titrasin Yahudoning jamiki ahli, Axir, kelyapti Egamizning kuni. U kunga oz vaqt qoldi.
2 Zimziyo zulmat kuni bo‘lur u kun, Bulut qoplagan tim qorong‘i bo‘lur u kun! Katta kuchli lashkar yurtni bosar, Yorishgan tongday tog‘lar uzra yoyilar. Bunaqasi azaldan hech sodir bo‘lgan emas, Bundan keyin ham hech qachon sodir bo‘lmas.
3 Alanga yutib borar ular oldidan, Olov guvullab yonar ular ortidan, Biron jonzot qochib qutulmas ulardan. Ilgari edi zamin Adan bog‘iday, Endi bo‘lib qoldi qaqroq sahroday.
4 Ularning ko‘rinishi otlarga o‘xshar, Jang otlari kabi hujum qilishar.
5 Tog‘ cho‘qqilariga sakrab chiqishar, Jang aravasiday gumburlab chopar, Yonayotgan xas–cho‘p kabi chirsillar, Jangga tayyor bo‘lib saf tortgan Kuchli lashkarga o‘xshar ular.
6 Ularning oldida xalqlar dahshatga tushar, Hammaning yuzi bo‘zday oqarib ketar.
7 Jangchilarday hujum qilar bu lashkar, Sipohlarday devordan oshib tushar. Safdan chetga chiqmay olg‘a bosishar.
8 Bir–birlarin turtmaslar, Hammasi o‘z yo‘lida ketar. G‘ovlarni ham yorib o‘tishar, Hech narsa ularni to‘xtata olmas.
9 Bostirib borishar ular shaharga, Yopirilishar shahar devorlariga. Uylarga tirmashib chiqishar, O‘g‘riday derazalardan ichkariga kirishar.
10 Ularning oldida zamin titrar, Osmonu falak qaltirab turar. Quyosh ham, oy ham qorayar, Yulduzlar nuri so‘nar.
11 Egamiz lashkarning boshida turar, Lashkariga O‘z sadosin berar. Naqadar behisob Uning qo‘shini, Uning amriga bo‘ysunadiganlar qudratli. Egamizning kuni chindan dahshatli! Bu vahimali kunga bardosh bergay kim?!
12 Egamizning kalomi shudir: “Hozir ham kech emas, Ro‘za tutib, yig‘lab, qayg‘urib, Butun qalbingiz bilan Menga qaytinglar.
13 Kiyimingizni emas, bag‘ringizni yirtinglar.” Egangiz Xudoga qaytinglar, U inoyatli, Rahmdil, jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir, G‘azabidan tushib kechiradigan Xudodir.
14 Kim bilsin, U shashtidan qaytar, Balki xirmoningizga baraka berar. Shunda Egangiz Xudoga sizlar Don bilan sharob nazrin taqdim qilasizlar.
15 Burg‘u chaling Sionda! Ro‘za kunlarin belgilanglar, O‘sha kunlarga yig‘in e’lon qilinglar.
16 Yig‘ing jamiki xalqni, Pok qiling jamoani. Chaqirtiring qariyalarni, Olib keling bolalaru emizikli go‘daklarni. Hatto yangi kelin–kuyovlar ham Chimildiqdan chiqib kelishsin.
17 Ma’badning ayvoni bilan qurbongoh orasida Yig‘lashsin Egamizning xizmatkor ruhoniylari, Yolvorishsin shunday deya Xudoga: “Ey Egamiz, shafqat qilgin xalqingga, Mulking bo‘lgan Isroil ellar aro kulgi bo‘lmasin. ‘Ularning Xudosi qani?!’ deya xalqlar bizni mazax qilmasin!”
18 Egamiz O‘z yurtiga jon kuydirdi shul zamon, O‘z xalqiga rahm qildi U o‘shal on.
19 Javob berdi U xalqiga shunday debon: “To‘q bo‘lasiz, sizlarga beraman sharob, moy va don. Xalqlar orasida mazax bo‘lishingizga endi yo‘l qo‘ymayman.
20 Daf qilaman shimoldan kelgan lashkarlarni, Haydab solaman qaqroq, huvullagan sahroga ularni. O‘lik dengizga uloqtiraman ilg‘or qismlarini, O‘rta yer dengiziga suraman orqa qismlarini. Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi.” Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
21 Ey zamin, qo‘rqma! Xursand bo‘l, shodlan. Bajo qildi Egamiz buyuk ishlarini!
22 Qo‘rqmanglar endi, ey, yovvoyi hayvonlar, Chunki yam–yashildir dashtdagi yaylovlar, Meva berayotir endi daraxtlar, Anjir va uzumning hosili mo‘ldir.
23 Ey Sion xalqi, xursand bo‘linglar, Egangiz Xudoning ishlaridan sevininglar. Sizlarga U yon bosib, yomg‘irni mo‘l yog‘dirdi. Oldingiday, kuz, bahorda yomg‘irni quydirdi.
24 Endi xirmonlar donga to‘lib ketadi, Xumlar sharobu moy bilan to‘lib–toshadi.
25 Egamiz shunday deydi: “Zarar ko‘rdingiz qirg‘in keltiruvchi, Yemiruvchi chigirtkalar dastidan, Ekinzorlaringizni kemirib tashlagan Sakraydigan chigirtka galasi dastidan, Ko‘rgan zararingizni Men qoplayman. Bu kuchli lashkarni sizga qarshi Men yuborganman.
26 Endi sizlar xohlaganingizcha yeysiz, Sizlar uchun ajoyibotlar ko‘rsatgan Men, Egangiz Xudoga hamdu sano aytasiz. Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
27 Ey Isroil, Men orangda ekanimni bilib olasan shunda, Men Egangiz Xudoman, yo‘qdir Mendan boshqasi. Ey xalqim, hech qachon sharmanda bo‘lmaysan endi!
28 So‘ngra O‘z Ruhimni yog‘diraman har bir inson ustiga, Vahiylar keladi yigitlaringizga. Bashorat qilurlar sizning o‘g‘il–qizlaringiz. Karomatli tushlar ko‘rurlar qariyalaringiz.
29 O‘z Ruhimni yog‘diraman o‘sha kunlarda, Hattoki qulu cho‘rilaringiz ustiga.
30 Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin, Men yeru osmonda alomatlarni ko‘rsataman. Yer yuzida qonni, olovni va tutun ustunlarini paydo qilaman.
31 Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.”
32 Shunda Xudo da’vat etgan odamlar omon qoladi. Ha, Egamizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi. Egamiz aytganiday, Sion tog‘iga va Quddusga qochib borganlar najot topishadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак