Amos 5 bob

1 Tavba–tazarruga undov. 18 Egamizning kuni — zulmat kuni.

1 Ey Isroil xalqi, men sen haqingda aytayotgan marsiyamga quloq solgin:
2 Bokira qiz Isroil talafot ko‘rdi, Endi u hech qachon o‘zini o‘nglab olmaydi! Tashlab ketilgan, u o‘z yurtida ag‘nab yotadi, Unga turish uchun hech kim yordam bermaydi.
3 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bir shahringdan jangga chiqqan mingta jangchidan Yuztasi omon qoladi. Boshqa shahringdan jangga chiqqan yuzta jangchidan O‘ntasi omon qoladi.”
4 Isroil xalqiga Egamiz shunday demoqda: “Menga intilinglar, shunda yashaysizlar.
5 Baytilga esa bormanglar, Gilgalga oyoq bosmanglar, Bersheva tomon o‘tib yurmanglar. Axir, Gilgal aholisi surgun qilinadi, Baytil butkul vayron bo‘ladi.”
6 Egamizga intiling, shunda yashaysiz. Aks holda, ey Yusuf xonadoni, Sizga Xudo olovday yopiriladi, Olov Baytilni yamlab yutadi. Yong‘inni o‘chiradigan odam bo‘lmaydi.
7 Ey, adolatni zahar o‘tga aylantirganlar, Haqiqatni yerga uloqtirganlar, Sizning holingizga voy!
8 Parvin va Hulkar yulduzlarini yaratgan Egamizdir, U zulmatni tonggi nurga aylantiradi, Kunduzni qorong‘ilikka cho‘ktirib, tun qiladi, Dengiz suvlarini yig‘ib, yer yuziga sochib yuboradi. Egamizdir Uning nomi.
9 U kuchlilar ustiga kulfat yog‘diradi, Qal’alarni kulfatga giriftor qiladi.
10 Sizlar esa adolatli qozilardan nafratlanasizlar, Haqiqatni gapiruvchilardan hazar qilasizlar.
11 Kambag‘alning bug‘doyidan soliq olib, uni ezasizlar. Shunday ekan, yo‘nilgan toshdan qurgan uylaringizda yashamaysizlar. Barpo qilgan go‘zal uzumzorlaringiz mahsulidan sharob ichmaysizlar.
12 Men bilaman sizlar gunohga botib ketganingizni, Ko‘plab jinoyatlarga qo‘l urganingizni. Sizlar aybsiz kishini ezib, pora yeysizlar, Mahkamalarda faqirni adolatdan mahrum qilasizlar.
13 Shuning uchun farosatli odam bunday zamonda sukut saqlaydi, Axir, bu yovuz zamondir.
14 Yomonlikning emas, Yaxshilikning payida bo‘linglar, Shunda yashaysizlar. Parvardigori Olam — Egamiz ham, O‘zlaringiz aytganingizday sizlar bilan birga bo‘ladi.
15 Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving, Mahkamalarda adolat o‘rnating. Balki shunda, ey Yusuf naslidan omon qolganlar, Parvardigori Olam — Egamiz sizga iltifot qilar.
16 Ey Isroil xalqi, gunohlaringiz tufayli Rabbiy, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Hamma shahar maydonlarida odamlar dod– faryod ko‘tarishadi, Hamma ko‘chalarda ‘Voy jonim! Voy jonim!’ deya yig‘i–sig‘i qilishadi. Dehkonlarni aza tutish uchun chaqirishadi, Marsiya aytadigan yig‘ichi ayollar yollanadi.
17 Har bir uzumzordan fig‘on eshitiladi, Axir, Men orangizdan o‘tib, sizlarni jazolayman.” Egamizning kalomi shudir.
18 Egamizning kunini intizorlik bilan kutganlarning holiga voy! Nega Egamizning kunini kutyapsizlar? Bu kun yorug‘lik emas, zulmat olib keladi–ku!
19 O‘sha kuni sizlar go‘yo arslondan qochib, Ayiqqa duch kelgan odamday bo‘lasizlar. O‘sha odam ayiqdan ham qochib, uyiga keladi, Qo‘li bilan devorga suyanganda uni ilon chaqadi.
20 Nahot tushunmasangiz?! Egamizning kuni yorug‘lik emas, Qorong‘ulik olib keladi–ku! O‘sha kun nursiz, zulmat kuni bo‘ladi!
21 Egamiz shunday deydi: “Ey Isroil xalqi! Men marosimlaringizdan nafratlanaman, Ulardan hazar qilaman. Muqaddas yig‘inlaringizni xush ko‘rmayman.
22 Menga qurbonliklar kuydirsangiz ham, Don nazrlarini atasangiz ham, Men ularni qabul qilmayman. Semiz hayvonlaringizni so‘yib, Tinchlik qurbonliklarini keltirsangiz ham, Men ulardan rozi bo‘lmayman.
23 Bo‘ldi, bas qiling sershovqin ashulalaringizni, Men eshitmayman toringizning navolarini.
24 Undan ko‘ra suvday oqsin adolat, To‘xtovsiz daryoday oqsin haqiqat.
25 Ey Isroil xalqi, sizlar juda ko‘p qurbonliklar keltirasizlar! Men ota–bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar ko‘p qurbonligu nazrlarni talab qilmadim!
26 Sizlar o‘zingiz uchun yasagan ilohiy shohingiz Sikkut va yulduz xudosi Kivunning tasvirlariga topindingizlar.
27 Shuning uchun Men sizlarni Damashq ortidagi yurtga surgun qilaman. Qani endi turinglar! O‘sha xudolarning tasvirlarini ko‘tarib olib ketinglar.” Egamizning kalomi shudir. Parvardigori Olamdir Uning nomi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18