Yoqubning maktubi 4 bob

1 Dunyo bilan do‘st bo‘lgan kishi Xudoga dushmandir. 11 Birodarlarni hukm qilmanglar. 13 Xudoga tayanmay o‘z kuchiga tayanganlarni ogohlantirish.

1 Orangizdagi urush va janjallar qayerdan kelib chiqadi? Ichingizda jang qilayotgan nafsu ehtiroslaringizdan emasmi?!
2 Sizlar o‘zingizda yo‘q narsani xohlaysizlar, o‘shanga erishish uchun odam o‘ldirishdan ham toymaysizlar. Hasad qilyapsizlar, ammo maqsadingizga erisha olmagach, janjallashib urushyapsizlar. Sizlarda xohlagan narsangiz yo‘q, chunki uni Xudodan so‘ramaysizlar.
3 So‘ragan taqdirda ham, olmayapsizlar, chunki yomon niyat bilan, nafsingizni qondirish uchun so‘rayapsizlar.
4 Ey sadoqatsiz bandalar! Dunyo bilan do‘stlik Xudoga dushmanlik ekanligini nahotki bilmasangizlar?! Kim dunyo bilan do‘st bo‘lishni istasa, Xudoga dushman bo‘ladi.
5 Muqaddas Bitiklarda: “Xudo ichimizga solgan ruhni g‘oyatda qizg‘anadi, U bizdan sadoqatni talab qiladi”, deb ta’lim beriladi–ku! Nima, sizlar bularni bekor deb o‘ylaysizlarmi?!
6 To‘g‘ri, Xudo bizdan sadoqatni talab qiladi, ammo shu bilan birga U bizga nisbatan nihoyatda inoyatlidir. Zero, Muqaddas Bitiklarda yozilgan: “Xudo mag‘rurlarga qarshi chiqadi, Kamtarga esa inoyat qiladi.”
7 Shunday ekan, Xudoga bo‘ysuninglar! Iblisga qarshilik ko‘rsatinglar, shunda u sizlardan qochadi.
8 Xudoga yaqinlashinglar, shunda U sizlarga yaqinlashadi. Ey gunohkorlar, qo‘llaringizni gunohdan tozalanglar! Bir vaqtning o‘zida ham Xudoga, ham dunyoga ko‘ngil bog‘laganlar, qalbingizni poklanglar!
9 Qilgan gunohingiz uchun qayg‘uringlar, motam tutinglar, yig‘langlar! Kulgingiz motamga, shodligingiz g‘am–g‘ussaga aylansin.
10 Egamiz oldida o‘zingizni past tutinglar, shunda U sizlarni yuksaltiradi.
11 Ey birodarlarim, bir–biringizni yomonlamanglar. Agar birodaringizni yomonlab, hukm qilsangiz, demak, mehr–oqibatni o‘rgatadigan Xudoning qonunini yomonlab, hukm qilgan bo‘lasizlar. Xudoning qonunini hukm qilgan odam esa, qonun bajarishdan bosh tortib, o‘zini qonundan ustun qo‘ygan qoziday bo‘ladi.
12 Ammo faqatgina Xudo qonun chiqarib, hukm qila oladi. Faqat U qutqarish va nobud qilish qudratiga ega. Sen esa kim bo‘libsanki, birodaringni hukm qilasan?!
13 Hoy, qilmoqchi bo‘lgan ishlari bilan maqtanadiganlar, menga quloq solinglar! Sizlar: “Bugun yoki ertaga falon shaharga borib, u yerda bir yil yashaymiz. Savdo–sotiq qilib, pul ishlab kelamiz”, — deysizlar.
14 Ertaga nima bo‘lishini sizlar qayerdan bilasizlar?! Umringiz bir lahza ko‘zga ko‘rinib, keyin g‘oyib bo‘ladigan tutunga o‘xshaydi–ku!
15 Buning o‘rniga sizlar: “Egamiz xohlasa, sog‘–salomat bo‘lsak, uni yoki buni qilamiz”, — deb aytishingiz kerak.
16 Sizlar esa aksini qilib, mag‘rurlanib, maqtanyapsizlar. Bu kabi maqtanish yomondir.
17 Demak, qilishingiz kerak bo‘lgan yaxshi ishni bila turib, qilmasangiz gunoh bo‘ladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18