Filippiliklarga maktub 2 bob

1 Masihdan o‘rnak oling. 12 Najotingiz yorqin ko‘rinib tursin. 19 Pavlus Timo‘tiyni va Epafroditni Filippiga jo‘natmoqchi.

1 Masihga tegishli bo‘lganingiz sizlarga dalda beryapti, Uning sevgisidan tasalli topyapsiz, Muqaddas Ruh bilan muloqotdasiz, yuraklaringiz mehr–shafqatga to‘la.
2 Shunday ekan, mening shodligimga shodlik qo‘shib, bir xil fikr qiling, bir–biringizga mehr–muhabbat ko‘rsating, yakdillik bilan hamfikr bo‘ling.
3 Hech bir ishni xudbin niyatda qilmang, shuhratparast bo‘lmang, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o‘zingizdan balandroq ko‘ring.
4 Faqat o‘zingizning emas, balki boshqalarning ham manfaatini ko‘zlang.
5 Fikr–zikringiz Iso Masihnikiday bo‘lsin.
6 Iso Masih Xudoning tabiatiga ega edi, shunda ham U Xudo bilan tengligini mahkam tutmadi.
7 Aksincha, U bu ulug‘vorlikdan voz kechib, qul tabiatiga kirdi, inson bo‘lib tug‘ildi. U inson qiyofasida yashab,
8 o‘zini past tutdi. Itoatkorlik bilan yashab, hatto o‘limga, xochdagi o‘limga ham rozi bo‘ldi.
9 Shuning uchun Xudo Uni eng yuqoriga yuksaltirdi va Unga har qanday ismdan yuqori ismni ato etdi.
10 Toki Isoning oldida yeru osmondagi va yer ostidagi borliq jon tiz cho‘ksin,
11 har bir til Iso Masihni Rabbiy, deb tan olsin. Mana shu Otamiz Xudoga shuhrat keltiradi.
12 Ey azizlarim, mana shularni yodda tutib, har doimgiday itoatkor bo‘lishda davom etaveringlar. Faqatgina sizlar bilan bo‘lganimda emas, hatto yoningizda bo‘lmasam ham, Xudoning oldida qo‘rquv va titroq bilan shunday yashanglarki, najot topganingiz yorqin ko‘rinib tursin.
13 Zotan Xudo O‘zini xushnud qiladigan ishlarni qilishingiz uchun sizlarga kuch va xohish beradi.
14 Mana shu buzuq va egri nasl orasida Xudoning nuqsonsiz, aybsiz va pok farzandlari bo‘lishingiz uchun hamma narsani nolimay, bahslashmay qilinglar.
15 Hayotbaxsh xabarni mahkam tutar ekansiz, o‘sha buzuq va egri nasl orasida samodagi yulduzlar kabi porlaysizlar.
16 Shunda Masih kelgan kuni, mehnatim zoye bo‘lmaganidan, qilgan ishlarim behuda ketmaganligidan faxrlanaman.
17 Siz imoningizga asoslanib, xizmat qilib kelyapsiz, shu sizning qurbonligingizdir. Agarda mening jonim fido bo‘lib, hayotim sizning qurbonligingiz ustiga to‘kiladigan sharob nazriday bo‘lib qolsa ham, xursand bo‘laman, hammangiz bilan birga shodlanaman.
18 Xuddi shuningdek, sizlar ham xursand bo‘linglar va men bilan birga shodlaninglar.
19 Rabbimiz Isoning irodasi bilan yaqinda Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman. Shunda ahvolingizdan xabardor bo‘lib, ko‘nglim taskin topadi.
20 Timo‘tiyni yuborishimning sababi shuki, sizlar uchun xuddi menday chin ko‘ngildan jon kuydiradigan boshqa hech kim yo‘q.
21 Qolganlar Iso Masihga xizmat qilishni emas, balki o‘z manfaatini ko‘zlaydi.
22 O‘zlaringiz bilasizlar, biz Xushxabarni yoyishda Timo‘tiy bilan birga ota–o‘g‘ilday xizmat qildik. U o‘zining hurmatga loyiq ekanligini ko‘rsatdi.
23 Shuning uchun taqdirim aniq bo‘lishi bilanoq Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboraman, deb umid qilaman.
24 O‘zim ham yaqinda oldingizga boraman. Bu haqda Rabbimizning O‘zi menda ishonch hosil qildi.
25 Hozir esa Epafroditni yoningizga yuborishni lozim ko‘rdim. U sizlarning yuborgan elchingiz, muhtojligimda menga madad bergan birodarim, hamkorim va safdoshimdir.
26 Epafrodit sizlarni juda sog‘ingan. Uning kasalligi haqida eshitganingizni ham bilib qattiq qayg‘uryapti.
27 Haqiqatan ham u o‘lar holatda kasal edi, ammo Xudo unga rahm–shafqat ko‘rsatdi. Bu bilan Xudo faqat unga emas, balki g‘amimga g‘am qo‘shilmasin, deb menga ham shafqat qildi.
28 Shunday qilib, yana Epafroditni ko‘rib, sevininglar, degan niyatda uni tez orada oldingizga yuboraman. Shunday qilsam, g‘amim ancha yengillashadi.
29 Rabbimiz Isoga ishonganlar bir– birlarini qanday kutib olsalar, sizlar ham Epafroditni xuddi shunday qilib, katta quvonch bilan kutib olinglar. Bunday insonlarga munosib bo‘lgan izzat–hurmatni unga ko‘rsatinglar.
30 Axir, u Masihga xizmat qilish yo‘lida bir o‘limdan qoldi. Sizlarning o‘rningizga ham menga xizmatni qilib, o‘z jonini ayamadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18