Timo‘tiyga ikkinchi maktub 1 bob

Kirish

2 Timo‘tiyga Pavlusning yosh hamkori va yordamchisi Timo‘tiyga yozgan ikkinchi maktubi, asosan, nasihatlardan tashkil topgan. Pavlus bu maktubini zindonda o‘tirgan paytda, xizmati nihoyasiga yetib qolganini bilgan holda yozgani uchun, uning his–tuyg‘ularini maktubda yaqqol sezish mumkin. Ushbu maktubning asosiy mavzusi sabr–toqat bo‘lib, Pavlus Timo‘tiyga hech qanday qiyinchilikdan qo‘rqmaslikka, Iso Masihga sodiq qolib, Xushxabarni targ‘ib qilishga, Muqaddas Bitiklardagi haqiqat bo‘yicha yashab, imonlilar jamoatidagi mas’uliyatini chin ko‘ngildan ado etishga undaydi.

Pavlus Timo‘tiyga, bema’ni, ahmoqona bahslardan uzoqlash, deb nasihat qiladi. Bunday bahslar tinglovchilarga faqat zarar yetkazishini ta’kidlaydi. Pavlus boshidan kechirgan qiyinchiliklarni, hayot tarzi, sabr–toqati, murod–maqsadi, imoni va sevgisini tilga olib, namuna tariqasida keltiradi.

 

1–BOB - Timo‘tiyga ikkinchi maktub

Duoyi salom

 

1 Xudoning irodasi bilan Iso Masihninghavoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Xudo abadiy hayotni e’lon qilishim uchun meni yubordi. U va’da qilgan bu hayotga Iso Masihga bo‘lgan imon orqali erishiladi.
2 O‘g‘lim Timo‘tiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
3 Timo‘tiy, boringga shukr! Men ota–bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman.
4 Seni juda sog‘inganman, ko‘z yosh to‘kkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni ko‘rsamu qalbim quvonchga to‘lsa, deyman.
5 Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika o‘z qalblariga jo etgan o‘sha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.
6 Shu sababdan, yodingda bo‘lsin: men ustingga qo‘llarimni qo‘yib duo qilganimda, sen Xudodan Muqaddas Ruhni in’om qilib olgansan. Ichingdagi o‘sha MuqaddasRuh in’omini alangalatib tur.
7 Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qo‘rquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi.
8 Shunday ekan, Rabbimiz Iso haqida shohidlik berishdan or qilma, men Rabbimiz tufayli zanjirband bo‘lganimdan ham uyalma. Mendan ibrat olib, Xushxabar tufayli azob chekishga tayyor turgin, buning uchun Xudoning bergan kuchiga tayangin.
9 Axir, Xudo bizga najot berdi, Xushxabar aytish kabi muqaddas xizmatga bizni da’vat etdi. Bunga bizning savob ishlarimiz emas, aksincha, Xudoning murod–maqsadiyu inoyati sabab bo‘ldi. Xudo azaldanoq Iso Masih orqali bizga inoyat ko‘rsatishga qaror qilgan edi.
10 Mana endi, bu inoyat Xaloskorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi. Masih o‘lim kuchini yo‘q qildi. U mangu hayotga eltuvchi yo‘lni bizga Xushxabar orqali yoritib berdi.
11 Xudo meni bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim qilib tayinladi.
12 Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Biroq men bundan or qilmayman, chunki Kimga e’tiqod qilganimni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, Xudo menga topshirgan Xushxabarni qiyomat kunigacha Uning O‘zi to‘lig‘icha saqlashga qodir.
13 Sen mendan eshitgan bu sog‘lom ta’limotdan namuna olgin, uni asragin. Iso Masihga tegishli bo‘lgan inson sifatida imon va muhabbatga to‘la hayot kechirgin.
14 Senga ishonib topshirilgan bu ezgu ta’limotni ichimizda yashayotgan Muqaddas Ruh yordamida avaylab–asragin.
15 Asiya viloyatidagi barcha birodarlar, shu jumladan, Figel bilan Hermogen mendan yuz o‘girganlarini bilasan.
16 6Onisifor baraka topsin, Rabbimiz Iso uning xonadoniga marhamat qilsin. Onisifor bir necha marta kelib, mening ko‘nglimni ko‘tardi. Zanjirbandligimdan or qilmay,
17 Rimga kelishi bilanoq, meni astoydil qidirib, oxiri topdi.
18 U menga Efes shahrida ham qanchalar xizmat qilganini o‘zing yaxshi bilasan. Yo Rabbim Iso, qiyomat kunida O‘z marhamatingni Onisifordan darig‘ tutmagin!


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18