Ibroniylarga maktub 9 bob

1 Avvalgi Ahd davridagi diniy xizmat. 11 Masih — barkamol qurbonlik.

1 Darvoqe, avvalgi ahd davrida sajdaga oid qonun–qoidalar va bu dunyoga mansub bo‘lgan bir sajdagoh bor edi.
2 Bu sajdagoh Chodir bo‘lib, ikki xonadan iborat edi. Birinchi xona Muqaddas xona deb atalar edi. U yerda chiroqpoya, xontaxta va xontaxta ustida muqaddas nonlar bor edi.
3 Chodirning ichki pardasi orqasida Eng muqaddas xona deb atalgan yana bir xona bor edi.
4 Bu xonada tutatqi tutatiladigan oltin qurbongoh va har tomoni oltin bilan qoplangan ahd sandig‘i turardi. Ahd sandig‘i ichida manna solingan oltin idish, Horunning gullagan hassasi va amrlar yozilgan ikkita tosh lavha bor edi.
5 Sandiqning qopqog‘i ustiga Xudo huzurining ramzi — qanotli karublar o‘rnatilgandi. Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib turardi. Bularning hammasini hozir birma–bir aytishning mavridi emas.
6 Xullas, Chodir shu tarzda jihozlangan edi. Ruhoniylar har kuni Chodirning birinchi xonasiga kirib, o‘z xizmatlarini ado etardilar.
7 Chodirning ichki — Eng muqaddas xonasiga esa faqatgina oliy ruhoniy yilda bir martagina kirardi. U doim o‘zi bilan qurbonlik qonini olib kirardi. Bu qonni o‘zining va xalqning bilmasdan qilgan gunohlari uchun nazr qilardi.
8 O‘rnatilgan o‘sha tartib orqali Muqaddas Ruh shuni ko‘rsatyaptiki, Eng muqaddas xona xalq uchun yopiq. Chodirning birinchi xonasiga oid bo‘lgan qoidalar hanuz kuchda ekan, samodagi Eng muqaddas xonaga ham hali yo‘l yopiq.
9 Bu qoidalar hozirgi zamon uchun ramzdir, ular shunday ma’noni bildiradi: keltirilgan nazrlar va qurbonliklar Xudoga sajda qiluvchilarning vijdonini poklay olmaydi.
10 Bu nazrlaru qurbonliklar, shuningdek, yegulik, ichgulik va har xil poklanish marosimlariga oid udumlar inson tanasi bilan bog‘liq. Bular yangi tartib o‘rnatilguncha amal qilgan.
11 Endi esa Masih kelgan xayr–barakalarning Oliy ruhoniysi bo‘ldi. U inson qo‘li bilan qurilmagan, bu dunyoga mansub bo‘lmagan samodagi mukammal Chodirga kirdi. Yerdagi Chodirdan buyukroq bo‘lgan samodagi bu Chodirdan o‘tib,
12 Eng muqaddas xonaga kirdi. Masih bu xonaga takalar va buqalarning qoni bilan emas, balki O‘z qoni evaziga kirdi. U yerga bir marta kirib, bizni to abad gunohlardan ozod qildi.
13 Ilgarilari takalaru buqalarning qoni hamda kuydirilgan g‘unajinning kuli harom bo‘lgan kishilarning ustiga sepilganda, ular jisman poklanardilar. Jonivorlarning qoni bilan shunday natijaga erishilgan bo‘lsa,
14 Masihning qoni bilan bundanda buyukroq natijaga erishsa bo‘ladi! Zero, Masih mangu Ruhning qudrati orqali O‘zini benuqson qurbonlik sifatida Xudoga bag‘ishladi. Uning to‘kilgan qoni vijdonimizni o‘limga yetaklovchi ishlardan poklaydi, shunda biz barhayot Xudoga xizmat qila olamiz.
15 Ana shu sababdan Masih Yangi Ahdning vositachisi bo‘ldi. Endi da’vat etilgan odamlar Xudoning va’da qilgan abadiy merosiga ega bo‘la oladilar. Ular avvalgi ahd davrida berilgan Xudoning qonunini buzib, gunoh qilgan edilar. Masih esa ularni gunohlaridan xalos qilish uchun qurbon bo‘ldi.
16 Yangi ahdni go‘yo vasiyatga o‘xshatsa bo‘ladi. Qayerda vasiyat bor bo‘lsa, vasiyat qilgan odamning o‘limi tasdiqlanishi kerak.
17 Chunki vasiyat o‘limdan keyingina kuchga kiradi. Vasiyat qiluvchi hali tirik ekan, vasiyatning hech bir ta’siri yo‘q.
18 Shu bois avvalgi ahd ham to‘kilgan qon orqali kuchga kirgandi.
19 Boshida MusoTavrotdagi hamma amrlarni butun xalqqa o‘qib berdi. So‘ng bir tutam issop va qirmizi ip yordamida buqalar va takalarning qoni bilan suvni Tavrot kitobiga va butun xalqning ustiga sepib,
20 dedi: “Shu qon Egamizning sizlar bilan qilgan ahdini tasdiqlaydi.”
21 Shuningdek, Muso Muqaddas chodir ustiga va sajda marosimlarida ishlatiladigan barcha ashyolar ustiga qon sepdi.
22 Darhaqiqat, Tavrot qonunlari bo‘yicha qariyb hamma narsa qon bilan poklanadi, to‘kilgan qon orqaligina gunohlar kechiriladi.
23 Shu sababdan, samoviy Chodirning aksi bo‘lgan bu Chodir va undagi hamma ashyolar hayvonlarning qoni bilan poklanishi kerak edi. Ammo samoviy narsalar bundan a’loroq qurbonliklarni talab qiladi!
24 Ana shu maqsadda Masih bizlar uchun Xudoning huzurida hozir bo‘ldi. U haqiqiy Chodirning soyasigina bo‘lgan bu dunyodagi chodirning Eng muqaddas xonasiga emas, balki inson qo‘li bilan qurilmagan samoviy Chodirga kirdi.
25 Levi naslidan bo‘lgan oliy ruhoniylar har yili Eng muqaddas xonaga kirib, hayvonlarning qonini nazr qiladilar. Masih esa O‘zini qayta–qayta qurbonlik qilmadi.
26 Agar Masih har yili O‘zini qurbonlik qilganda edi, dunyo yaratilgandan beri U qayta–qayta azob chekkan bo‘lardi. Buning o‘rniga U mana shu oxirgi zamonda odamlarning gunohlarini yuvish uchun, bir martagina olamga kelib, O‘zini qurbon qildi.
27 Inson zoti bir marta o‘ladi, so‘ng Xudo tomonidan hukm qilinadi.
28 Shu singari Masih ham ko‘plarning gunohlarini O‘z bo‘yniga olish uchun, bir marta qurbon bo‘lib, o‘ldi. U bu dunyoga qaytib keladi. Bu safar U gunohlarni yuvish uchun emas, balki Uni intizorlik bilan kutayotgan odamlarga najot berish uchun keladi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак