Rut 2 bob

1 Rutning Bo‘az bilan uchrashuvi.

1 Naimaning Bo‘az degan qarindoshi bo‘lib, anchagina obro‘li, badavlat odam edi. U Naimaning marhum eri Elimalek urug‘idan edi.
2 Bir kuni Mo‘ablik Rut Naimaga: — Men dalaga bormoqchi edim. Kim iltifot ko‘rsatsa, o‘sha daladan boshoq terib kelardim, — dedi. — Mayli, boraver, qizim, — dedi Naima.
3 Rut ketdi. Dalaga yetib kelib, o‘roqchilarning orqasidan to‘kilgan boshoqlarni tera boshladi. Qarangki, bu dala Elimalekning qarindoshi Bo‘azniki ekan.
4 Bir payt Baytlahmdan Bo‘az kelib qoldi. U o‘roqchilarga: — Hormanglar, Xudo sizlarga yor bo‘lsin! — dedi. Ular ham: — Bor bo‘ling, Xudo umringizga baraka bersin! — deb javob qaytarishdi.
5 Bo‘az o‘roqchilar nazoratchisiga Rutni ko‘rsatib: — Bu juvon kim? — deb so‘radi.
6 O‘roqchilar nazoratchisi: — Bu o‘sha Mo‘ablik musofir, — dedi, — Naima bilan birga Mo‘ab yurtidan kelgan.
7 U: “Men o‘roqchilar orqasidan yurib, to‘kilgan boshoqlarni terib olsam”, deb so‘ragan edi. Tong saharda kelib shu choqqacha tinmay dalada ishladi. Hozirgina chaylada bir oz dam olgani o‘tirdi.
8 Bo‘az Rutga: — Menga qara, qizim, — dedi, — boshoq terish uchun boshqa dalaga bormay qo‘ya qol. Shu yerda mening cho‘rilarim bilan birga yuraver.
9 Sen faqat xizmatkorlarim bug‘doy o‘rayotgan dalada bo‘l, ularning orqasidan yuraver. Xizmatkorlarimga tayinlab qo‘yaman, senga indashmaydi. Chanqasang, anavi idishlarda suv bor. Quduqdan xizmatkorlarim tortib olgan, ichaver!
10 Rut yer o‘pguday bo‘lib ta’zim qildi: — Nechun nazaringizga tushib, shunchalik mehringizga sazovor bo‘ldim? Men axir, kelgindi bo‘lsam, siz menga shu qadar e’tibor beryapsiz, — dedi u Bo‘azga.
11 Bo‘az shunday javob berdi: — Ering o‘lgandan keyin qaynanangga qanday munosabatda bo‘lganingni menga aytib berishdi. Sen ota–onangni, yurtingni tashlab, ilgari o‘zingga begona bo‘lgan xalq orasida yashashga kelding.
12 Yaxshiliklaring uchun Egamdan qaytsin. Sen panoh istab kelgan Isroil xalqining Xudosi — Egamdan senga to‘liq mukofot bo‘lsin.
13 — Sizning mehringizga sazovor bo‘layin, to‘ram! — dedi Rut. — Siz menday cho‘ringizning dilidagi armonlarini gapirib, tasalli berdingiz. Lekin men sizning cho‘rilaringizdan birontasi emasman–ku.
14 Tushlik payti bo‘lganda Bo‘az Rutga: — Bu yoqqa kel, nondan ol, musallasga botirib yegin, — dedi. Rut xizmatkorlar yonidan joy oldi. Bo‘az unga qovurilgan donlardan uzatdi. Rut to‘ydi va ozroq orttirib ham qoldirdi.
15 So‘ngra Rut yana boshoq terib olay, deb o‘rnidan turib nariga ketdi. Bo‘az xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: — U bog‘lamlar orasidan ham terib olaversin, zinhor xafa qila ko‘rmanglar.
16 Hatto bog‘lamdan atayin tashlab qoldirib ketinglar. U terib olsin, uni koyimanglar.
17 Shunday qilib, Rut qosh qorayguncha dalada boshoq terdi, terganlarini yanchidi. U yanchgan arpa bir tog‘oradan ko‘proq chiqdi.
18 Donni ko‘tarib, shaharga jo‘nadi. U terib kelgan donni qaynanasiga ko‘rsatdi. Rut o‘zi to‘ygandan so‘ng orttirib qoldirgan qovurilgan donlarni qaynanasiga berdi.
19 Qaynanasi Rutdan so‘radi: — Qayda ishlading? Kimning dalasidan boshoq terding bugun? Senga yordam ko‘rsatganni Xudo yorlaqasin! Rut kimnikida ishlaganini qaynanasiga aytdi: — Bugun men ishlagan dalaning egasi Bo‘az degan odam ekan, — dedi.
20 Naima keliniga: — Uni Xudo yorlaqasin! — dedi hayajonlanib. — Tiriklarga, ham marhumlarga sodiq qolib, marhamatini darig‘ tutmabdi. So‘ng: — U kishi bizning yaqin qarindoshlarimizdan, oilamizni o‘z panohiga olishga burchli odamlardan, — deb qo‘shib qo‘ydi.
21 Mo‘ablik Rut ham qo‘shimcha qildi: — U menga hatto, dalamda o‘rim–terim tugamaguncha, mening xizmatkorlarim bilan birga yuraver, deb aytdi.
22 Naima keliniga: — Yaxshi, qizim, sen uning cho‘ri qizlari bilan yuraver. Begona dalaga borsang, senga ozor berishlari mumkin, — dedi.
23 Shu tariqa Rut arpa va bug‘doy o‘rimi tugagunga qadar Bo‘azning cho‘ri qizlari yonida boshoq terib yurar, qaynanasi bilan birga yashardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18