Oddiy Masihiylik (Klayv Steyplz Lyuis) 23 bob

Kitob O'zbek tilida (Audiokitob) - Oddiy Masihiylik. Klayv Steyplz Lyuis

Книга на Узбекском языке ОДДИЙ МАСИҲИЙЛИК (Клайв Стейплз Льюис) Ўзбек тилида Аудиокитоб. © Lewis C.S. Mere Christianity. L.

MUNDARIJA

So‘zboshi

1-kitob. Yaxshilik va yomonlik olamni tushunish kaliti sifatida

1.01. Inson tabiati qonuni

1.02. Ba’zi e’tirozlar

1.03. Qonunning haqiqiyligi

1.04. Qonun ortida nima yashiringan?

1.05. Bizda tashvishlanish uchun asos bor

2-kitob. Masihiylar nimaga ishonishadi?

2.01. Xudo haqida qarama-qarshi tushunchalar

2.02. Bostirib kirish

2.03. Hayratomuz muqobillik

2.04. Mukammal tavba qiluvchi

2.05. Amaliy xulosa

3-kitob. Masihiycha xulq-atvor

3.01. Axloqning uch qismi

3.02. Asosiy fazilatlar

3.03. Xulq-atvorning ijtimoiy me’yorlari

3.04. Axloq va psixoanaliz

3.05. Jins sohasidagi axloq

3.06. Masihiycha nikoh

3.07. Kechirish

3.08. Eng katta gunoh

3.09. Sevgi

3.10. Umid

3.11. Ishonch

3.12. Ishonch (davomi)

4-kitob. Shaxsiyat sarhadlaridan tashqarida yoki Uch Birlik ta’limotidagi dastlabki qadamlar

4.01. Yaratish tug‘ishni anglatmaydi

4.02. Xudo uch qiyofada

4.03. Zamon va zamondan tashqarida

4.04. Foydali infeksiya

4.05. Qaysar qalayi askarlar

4.06. Ikki eslatma

4.07. Tasavvur

4.08. Masihiy bo‘lish osonmi?

4.09. Bu qanchaga tushadi

4.10. Yaxshi odamlar yoki yangi bashariyat

4.11. Yangi odamlar


4-KITOB.

SHAXSIYAT SARHADLARIDAN TASHQARIDA YOKI UCH BIRLIK TA’LIMOTIDAGI DASTLABKI QADAMLAR

4.1. YARATISH TUG‘ISHNI ANGLATMAYDI

Bu kitobda sizlarga aytib bermoqchi bo‘lgan narsamni aytmasligim lozimligi haqida meni ko‘p bora ogohlantirishdi. Menga shunday deyishgandi: "Oddiy o‘quvchi ilohiyot bilan ish ko‘rishni istamaydi; unga oddiy, amaliy dinni bering". Bu maslahatlarni rad qildim. Oddiy o‘quvchi shunchalik ahmoq deb o‘ylamayman. “Ilohiyot” so‘zi “Xudo haqidagi fan“ni anglatadi va menimcha, Yaratuvchi haqida biror mazmunli o‘yga borgan har bir odam U haqida iloji boricha eng yaqqol va aniq tushuncha olishni istagan bo‘lardi. Sizlar bolalar emassiz, shunday ekan sizlar bilan bolalar kabi munosabatda bo‘lish nimaga kerak?

Nega ba’zi odamlar ilohiyotni chetlab o‘tishi istashlarini qaysidir ma’noda tushunaman. Suhbatlarimning biri paytida ko‘rinishidan ko‘p mushkul ahvollarda bo‘lgan bir keksa ofitser o‘rnidan turib, shunday degani esimda: “Bu laqillashlarning menga hech foydasi yo‘q. Lekin shuni bildirib qo‘yayki, men ham taqvodor odamman. Xudo borligini bilaman. Bir gal cho‘lda bo‘lgan paytimda, tunda Uning ishtirokini his qildim. Bu buyuk sir. Aynan shuning uchun men sening kichkina formulalaring va U haqidagi aqidalaringga ishonmayman. U bilan real uchrashuvni rostdan ham boshidan o‘tkazgan har bir kishiga bular arzimas, quruq va haqiqiy emas bo‘lib tuyuladi”.

Qaysidir ma’noda men bu odamning fikriga qo‘shilaman. Menimcha,u rostdan ham o‘sha cho‘lda Xudo bilan uchrashuvni boshidan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Lekin shaxsiy tajribadan masihiylik aqidasiga murojaat qilganida, ko‘rinishidan, u buni qandaydir voqelikdan ahamiyati kamroq va haqiqiy bo‘lmagan narsaga o‘tish sifatida qabul qilgan ko‘rinadi. Hoynahoy, Atlantika okeanini qirg‘oqdan turib ko‘rgan, hozir esa uni xaritadan ko‘rayotgan odam xuddi shunday tasavvurni boshidan kechirar. Haqiqiy okean to‘lqinlarini bo‘yoq surilgan qog‘oz parchasi bilan taqqoslab bo‘ladimi? Biroq mana gap nimada. Xarita haqiqatan ham bo‘yalgan qog‘oz parchasi, lekin siz ikkita narsani tushunishingiz zarur. Birinchidan, u Atlantika okeanida rostdan ham suzayotgan yuzlab va minglab odamlar tomonidan qilingan kashfiyotlar asosida tuzilgan, ya’ni okean qirg‘og‘ida turgan odam boshidan o‘tkazganiga qaraganda, kam bo‘lmagan darajada shaxsiy tajribani o‘ziga singdirgan. Biroq bunda shunday istisno bor. O‘sha odam okeanni faqat bitta, o‘zi ko‘ra oladigan rakursdan turib ko‘rgan. Xarita esa o‘zida turli xil tajribalarni mujassamlashtirgan. Ikkinchidan, agar siz qayergadir ketmoqchi bo‘lsangiz, sizga xarita juda zarur bo‘ladi. Toki siz qirg‘oq bo‘ylab sayr bilan qoniqar ekansiz, okean go‘zalligini o‘zingizga singdirish, xaritani tomosha qilishdan ko‘ra ancha yoqimli. Ammo Amerikaga jo‘nashni istab qolsangiz, sayrdagi tajribalaringizga qaraganda xarita g‘oyat foydali bo‘ladi.

Ilohiyot xaritaga o‘xshaydi. Masihiylik ta’limotlari haqida shunchaki fikr yuritish va o‘rganish, agar siz shu yerda to‘xtasangiz, o‘sha ofitser sahroda boshidan kechirganidan ko‘ra unchalik mazmunli va qiziqarli emas. Ta’limotlar Xudo emas. Ular o‘ziga xos xaritalar. Ammo bu xarita Xudo bilan haqiqiy aloqada bo‘lgan yuzlab odamlar tajribasiga asoslanadi. Ushbu tajriba bilan solishtirganda, siz yoki menda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday hayajonli tajriba yoki diniy tuyg‘ular juda ibtidoiy va noaniq ko‘rinadi.

Agar siz davom etmoqchi bo‘lsangiz, xarita juda muhim. Ko‘ryapsizmi, ofitser cho‘lda boshmdan kechirgan bu hayajonli voqea, garchi haqiqiy bo‘lsa ham, o‘zi uchun ham befoyda. Bu hech qanday joyga olib kelmaydi, chunki u oddiy hissiy qo‘zg‘alishga tushadi va hech qanday ishni talab qilmaydi. Bu xuddi dengiz to‘lqinlarini tomosha qilishdek, qirg‘oqda turgandek. Agar Atlantika bilan aloqangiz shu bilan cheklansa, Nyufaundlendga yetib borolmaysiz. Ranglar va musiqalarda Xudoning ishtirokini his qilish orqali siz abadiy hayotga erisha olmaysiz. Ammo siz faqat xaritaga qarasangiz va ochiq dengizga borishga jur’at etmasangiz ham, hech qayerga yeta olmaysiz. Agar siz xaritasiz suzib ketsangiz, o‘zingizni xavfsiz his qilolmaysiz.

Boshqacha aytganda, ilohiyot, ayniqsa, bizning davrimizda amaliy fandir. Qadimgi kunlarda, ta’lim unchalik mashhur bo‘lmagan va muhokamalar hozirgidek ommabop bo‘lmaganida, odamlar Xudo haqidagi juda oddiy ma’lumotlar bilan qanoatlanishlari mumkin edi. Ammo hozir hammasi boshqacha. Hamma o‘qiydi, muhokamalar nima haqida ketayotganini hamma tinglaydi. Demak, ilohiy munozaralarda qatnashmasa ham, odamlar Xudo haqida ba’zi fikrlarga ega. Biroq, ko‘pincha bu tushunchalar yomon, o‘zgaruvchan va eskirgan. Ularning ko‘plari bir necha asrlar ilgari mashhur dinshunoslar tomonidan ko‘rib chiqilgan, o‘rganilgan va rad etilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda yangi deb hisoblanadi. Bularga bugungi kunda mashhur bo‘lgan dinning ayrim shakllari kiradi; ularni tan olish Yerning tekisligi haqidagi tushunchaga qaytish kabi orqaga qadamdir.

Angliyadagi masihiylik ta’limotining mashhur talqinini o‘rganing va siz buning sababini ko‘rasiz: Iso Masih buyuk ruhiy ustozdir va agar biz Uning maslahatiga amal qilganimizda, biz yaxshiroq ijtimoiy tuzum o‘rnatib, boshqa urushdan qochishimiz mumkin edi. Bu to‘g‘ri. Ammo bunday talqin masihiylik haqiqatining kichik bir qismidir va bir qarashda g‘alati tuyulishi mumkin, ammo amaliy ahamiyatga ega emas. Ha, agar biz Masihning maslahatiga amal qilsak, tez orada yanada baxtli dunyoni yaratgan bo‘lardik. Lekin buning uchun Masihga va Uning g‘ayrioddiy donoligiga qadar borish shart emas. Agar biz Aflotun, Arastu yoki Konfutsiy aytganlarini qilsak ham, dunyodagi mavqeimiz hozirgidan ancha yaxshi bo‘lar edi. Gap nimada edi? Ko‘rinib turibdiki, biz bu buyuk ustozlardan hech birining nasihatiga amal qilmaganmiz. Xo‘sh, nega endi ularga egashishimiz kerak? Nima uchun biz boshqalarga qaraganda Masihning maslahatiga ko‘proq ergashamiz? Chunki U eng yaxshi ruhiy ustozdir? Shunday bo‘lsada, biz Unga ergashishimiz ehtimoli kam. Chunki, agar biz boshlang‘ich maktabda saboq olmagan bo‘lsak, undan qiyinroq narsani o‘rganishimiz mumkinmi? Agar masihiylik yana bir yaxshi maslahatga aylangan bo‘lsa, unda uning ahamiyati yo‘q. O‘tgan to‘rt ming yillikda insoniyat yaxshi maslahatlardan kam bo‘lmagan. Bir nechta yangilari holatni o‘zgartirmaydi.

Ammo agar siz masihiylikni talqin qiladigan biron bir jiddiy diniy ishni olsangiz, u va mashhur talqin butunlay boshqa narsalar haqida gapirayotganini ko‘rasiz. Masihiy mualliflar Masih Xudoning O‘g‘li ekanligini ta’kidlaydilar (nima bo‘lishidan qat’iy nazar). Ularning aytishicha, Unga e’tiqod qo‘ygan va ishonganlar ham Xudoning o‘g‘illari bo‘lishlari mumkin (nima bo‘lishidan qat’iy nazar). Nihoyat, ular Uning o‘limi bizni gunohlarimizdan qutqardi, deyishadi (nima bo‘lishidan qat’iy nazar).

Bu gaplarni tushunish qiyin, deb shikoyat qilish befoyda. Masihiylik bizga boshqa dunyo haqida, bu dunyodan tashqarida biz yetishishimiz, eshitishimiz va ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan dunyo haqida gapiradi, deb da’vo qilishadi. Siz bu vahiyni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan deb hisoblash huquqiga egasiz; lekin agar masihiylikning aytgani to‘g‘ri bo‘lsa, tabiiyki, uni tushunish oson bo‘lmaydi, hech bo‘lmaganda zamonaviy fizikaning muammolari kabi qiyin va xuddi shu sababga ko‘ra.

Masihiylik haqida bizni eng hayratda qoldiradigani shundaki, biz o‘zimizni Masihga berish orqali Xudoning o‘g‘illari bo‘lishimiz mumkin. Kimdir shunday deb so‘rashi mumkin: "Biz allaqachon Xudoning farzandlari emasmizmi? Masihiylikning asosiy g‘oyalaridan biri Xudo butun insoniyatning Otasi ekanligi emasmi?" Albatta, qaysidir ma’noda biz hammamiz Xudoning bolalarimiz. Ya’ni, Xudo bizni mavjud bo‘lish uchun chaqirdi hamda U bizni Ota sifatida sevadi va g‘amxo‘rlik qiladi. Ammo Muqaddas Kitob bizga Xudoning o‘g‘illari bo‘lish imkoniyati haqida gapirganda, bu boshqa narsani anglatadi. Bu esa bizni ilohiyotning asosiy savoliga olib keladi.

Masihiycha farazlardan birida aytilishicha, "Xudoning O‘g‘li Masih Xudodan tug‘ilgan va U tomonidan yaratilmagan", keyin esa qo‘shib qo‘yiladi: "barcha asrlardan oldin Otadan tug‘ilgan" (ya’ni dunyo yaratilishidan oldin). Iltimos, to‘g‘ri tushunib oling, bu vahiyning Masih keyinchalik Yer yuzida inson bo‘lib tug‘ilgani va Bokira qizning O‘g‘li bo‘lganiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ayni paytda biz beg‘ubor konsepsiya masalasini ko‘rib chiqmayapmiz. Bizni dunyo yaratilishidan oldin, vaqt boshlanishidan oldin nima sodir bo‘lganligi qiziqtiradi. "Hamma asrlardan oldin Masih yaratilgan emas, balki tug‘ilgan." Bu nima degani?

Tug‘dirish - bu ota bo‘lish. Yaratmoq esa bajarmoqni anglatadi. Bu ikki tushunchaning farqi shundaki: sizdan tug‘ilgan siz bilan bir xil tabiatga ega. Odamdan odam bolasi tug‘iladi, qunduzdan qunduz bolasi, qush esa tuxum qo‘yadi, undan jo‘jalar chiqadi. Lekin biror narsa qilsangiz, tabiatda o‘zingizdan boshqacha narsani yaratasiz. Qush in quradi, qunduz to‘g‘on quradi, odam radio qabul qilgich yasaydi yoki qabul qilgichdan ko‘ra unga o‘xshash narsalarni, masalan, haykalni yaratishi mumkin. Agar u haykaltarosh sifatida yetarlicha mahoratga ega bo‘lsa, u odamga juda o‘xshash haykal yaratishi mumkin. Biroq, jonsiz haykal hech qachon odam bo‘lmaydi, chunki u nafas olmaydi va o‘ylay olmaydi; u shunchaki unga o‘xshaydi.

Bularning barchasini juda aniq tushunish kerak. Insondan tug‘ilgan inson bo‘lgani kabi Xudodan tug‘ilgan ham Xudodir. Xudo yaratgani Xudo emas, xuddi inson tomonidan yaratilgani inson degani emasdek. Shuning uchun ham odamlar Xudoning O‘g‘li Masih degan ma’noda Xudoning o‘g‘illari emas. Odamlar Xudoga o‘xshash bo‘lishi mumkin, lekin ular boshqa turdagi mavjudotlardir. Ular ko‘proq Xudoning haykali yoki tasviriga o‘xshaydi.

Odamga o‘xshagan, lekin hayoti yo‘q haykal kabi, odam (qaysidir ma’noda men shuni tushuntirishga urniayapman) Xudoga o‘xshaydi, lekin Xudoda mavjud bo‘lgan hayotga ega emas.

Keling, eng avvalo birinchi nuqtaga (insonning Xudoga o‘xshashligiga) qaraylik. Xudo tomonidan yaratilgan har bir mavjudot Unga o‘xshashdir. Koinot o‘zining cheksizligi bilan Unga o‘xshaydi. Koinotning cheksizligi Xudoning cheksizligi bilan bir xil ekanligini emas; lekin olamning cheksizligi, go‘yo Uning cheksizligining ramzi yoki uning ruhiy bo‘lmagan tartib nuqtai nazaridan ifodasidir. Materiya ham quvvatga ega ekanligi ma’nosida Xudoga o‘xshaydi, lekin, albatta, jismoniy quvvat Xudoga xos bo‘lgan quvvatdan farq qiladi. O‘simlik dunyosi Xudoga o‘xshab tirikligi bois, Unga o‘xshaydi. Ammo biologik hayot Xudoga xos bo‘lgan hayot bilan bir xil emas. U faqat Uning hayotining ramzi yoki soyasidir.

Hayvonot olamiga murojaat qilganimizda, biz biologik hayotdan tashqari, Xudo bilan boshqa o‘xshashliklarni ham topamiz. Hasharotlarning intensiv hayotiyligi va mahsuldorligi, ehtimol, Xudoning davom etayotgan ijodiy faoliyatining birinchi noaniq ishorasidir. Sut emizuvchilarning yuqori shakllarida biz tabiiy sezgi bog‘lanishning boshlanishini kuzatamiz. Albatta, bu qo‘shimcha, Xudoga xos bo‘lgan sevgi bilan bir xil emas, lekin xuddi bir tekis qog‘ozga chizilgan rasm manzaraga o‘xshash bo‘lgani kabi unga o‘xshaydi.

Shunday qilib, biz hayvonot olamining eng oliy mavjudoti bo‘lgan insonga kelamiz: unda biz Xudoga eng to‘liq o‘xshashlikni sezamiz. (Ehtimol, boshqa olamlarda bizdan ko‘ra Xudoga o‘xshash mavjudotlar yashar, lekin biz bu haqda hech narsa bilmaymiz). Inson nafaqat yashaydi, balki sevadi va o‘ylaydi; unda biologik hayot o‘zining eng yuqori darajasiga yetadi.

Tabiat holatida esa inson ruhiy hayotdan, ya’ni Xudoga xos bo‘lgan o‘ziga xos, oliy hayot turidan mahrum bo‘ladi. Biz bir xil “hayot” so‘zidan ikkalasini ham bir ma’noda ishlatamiz. Ammo agar siz bundan ular bir xil degan xulosaga kelsangiz, xato qilasiz. Koinotning cheksizligi va Xudoning cheksizligi bir xil emasligi kabi, ular bir-biriga o‘xshash emas. Biologik va ruhiy hayot o‘rtasidagi farq shunchalik muhimki, bundan buyon men ularni turli nomlar bilan yuritaman.

Biz tabiat orqali oladigan hamda (tabiatdagi hamma narsa kabi) doimiy yo‘q bo‘lib ketish va parchalanish tendensiyasiga ega bo‘lgan va shuning uchun doimiy yordamga muhtoj bo‘lgan biologik hayotdir (u tabiatdan havo, suv, oziq-ovqat va boshqalar shaklida keladi);  bunday hayotni men "bios" (yunoncha so‘z) deb atayman. Xudoda "abadiy" mavjud bo‘lgan va butun jismoniy olamning kelib chiqishi bo‘lgan ruhiy hayotni men yunoncha "zoe" (aslida "hayot" degan ma’noni anglatadi) deb atayman. Bios, albatta, soyasi yoki belgisi sifatida zoega o‘xshaydi. Bu surat va joyning o‘zi, haykal va odam o‘rtasidagi o‘xshashlikdir. Insonda sodir bo‘ladigan o‘zgarish, undagi bios zoe bilan almashtirilganda, marmar haykalning tirik odamga aylanishi bilan barobardir.

Bu barcha masihiy vahiylarining mohiyatidir: bizning dunyomiz Buyuk Haykaltaroshning studiyasidir. Siz va men haykalmiz, studiyada bir kun kelib bizdan ba’zilar jonlanadi, degan mish-mishlar yuribdi.

 


Книга на Узбекском языке: - Просто христианство (Льюис Клайв)

К достоинствам книги относятся простота изложения, последовательность и образность.

Льюис часто использует простые и наглядные образы, чтобы объяснить более сложные вещи.

И в то же время он не пытается упростить понятие: «Если мой пример, моя иллюстрация не помогают вам, отбросьте их, не колеблясь».

Нередко Льюиса обвиняют в излишнем либерализме в богословских вопросах.

Сам Льюис говорит, что сущность христианства, о которой он пишет, “можно сравнить с залом, из которого двери открываются в несколько комнат. Если мне удастся привести кого-нибудь в этот зал, моя цель будет достигнута”. Я думаю, что для этой цели книга подходит, как никакая другая.

«Просто христианство» — отличная, талантливейшая книга, которая может дать много ответов неверующему и сильно ободрить уже покаявшегося.

Книга «Просто христианство» это одна из лучших книг мировой литературы о христианстве.

То, о чем говорится в этой книге, послужило материалом для серии радиопередач, а впоследствии было опубликовано в трех отдельных частях под названием «Радиобеседы» (1942), «Христианское поведение» (1943) и «За пределами личности» (1944).

 



Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB ►
butun kitobni tinglang

Kitoblar

Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms

Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd


Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz



Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18



Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)    Сандон устида (Макс Лукадо)  Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Enaga yordamga shoshadi (Mishel Larou) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак