Mark Muqaddas xushxabar 7 bob

1 Diniy urf–odatlar va Xudoning amri. 14 Insonni nima harom qiladi? 24 G‘ayriyahudiy ayolning ishonchi. 31 Iso kar odamga shifo beradi.

1 Farziylar va Quddusdan kelgan ayrim Tavrot tafsirchilari Isoning yoniga yig‘ilib keldilar.
2 Iso shogirdlarining ba’zilari harom, ya’ni yuvilmagan qo‘llari bilan non yeyayotganlarini ular ko‘rib qoldilar.
3 Farziylar va umuman yahudiylarota– bobolarining urf–odatini saqlab, qo‘llarini yaxshilab yuvmay hech ovqat yemaydilar.
4 Bozordan qaytganlarida ham yuvinmay ovqat yemaydilar. Shuningdek, kosa, tovoq, qozon va so‘rini yuvish kabi ko‘pgina udumlarga rioya qiladilar.
5 Shunday qilib, farziylar va tafsirchilar Isodan so‘radilar: — Nega Sizning shogirdlaringiz ota– bobolaringizning urf–odatini saqlashmaydi? Nima uchun harom qo‘llari bilan non yeyishadi?
6 Iso ularga shunday javob berdi: — Ishayoning bashorati siz ikkiyuzlamachilarga juda to‘g‘ri keladi, u yerda yozilganki: “Bu xalq Meni tildagina izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
7 Ular Menga behuda sajda qiladilar, Inson yaratgan qoidalarni ilohiy qonun deb o‘rgatadilar.”
8 Sizlar Xudoning amrlarini yig‘ishtirib qo‘yasizlar, insoniy urf–odatlarga esa yopishib olasizlar.
9 Iso yana ularga dedi: — Ha, sizlar urf–odatlaringizni saqlash uchun, Xudoning amrlarini chetlab o‘tishning zo‘r yo‘lini topgansizlar!
10 Muso aytgan edi: “Ota–onangizni hurmat qiling. Otasini yoki onasini xo‘rlagan har qanday odamga o‘lim jazosi berilsin.”
11 Ammo sizlar shunday ta’lim berasizlar: odam o‘z otasi yoki onasiga: “Farzandlik burchim — Xudoga qurbon (ya’ni Xudoga in’om qilingan)”, deb aytishi mumkin.
12 Shundan keyin o‘sha odamning otasiga yoki onasiga yaxshilik qilishiga sizlar yo‘l qo‘ymaysizlar.
13 Shu tariqa sizlar o‘zlaringiz o‘rnatgan urf–odatlaringiz orqali Xudoning kalomini bekor qilasizlar. Sizlar bunga o‘xshash yana ko‘p ishlarni qilasizlar.
14 Keyin Iso butun xalqni yana yoniga chaqirib, dedi: — Hammalaringiz Menga quloq solib, tushunib olinglar!
15 Tashqaridan inson ichiga kiradigan hech narsa uni harom qila olmaydi. Aksincha, inson ichidan chiqadigan narsa uni harom qiladi.
16 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!
17 Iso xaloyiq orasidan chiqib uyga kirdi, shogirdlar Undan: “Haligi aytganlaringizni tushuntirib bering”, deb iltimos qilishdi.
18 Iso ularga dedi: — Sizlar ham shunchalik befahmmisizlar?! Tashqaridan insonning ichiga kiradigan hech narsa uni harom qila olmasligini anglamaysizlarmi?
19 Bu narsalar insonning qalbiga emas, qorniga kiradi va kerak joydan chiqib ketadi. Iso bu gaplari bilan hamma yeguliklar halol ekanini e’lon qildi.
20 U yana dedi: — Insonning ichidan chiqadigan narsalar insonni harom qiladi.
21 Chunki ichdan, ya’ni inson qalbidan yomon fikrlar, zino, o‘g‘irlik, qotillik,
22 fahsh, ochko‘zlik, fosiqlik, makkorlik, shahvat, hasad, tuhmat, manmanlik va nodonlik chiqadi.
23 Ana shu yomonliklarning hammasi insonning ichidan chiqib, uni harom qiladi.
24 Iso u yerdan chiqib, Tir hududiga ketdi. Bir uyga kirdi va buni hech kim bilib qolishini istamas edi, lekin yashirina olmadi.
25 Qizalog‘ini yovuz ruh chalgan bir ayol Iso haqida eshitib qoldi–da, tez kelib, Uning oyog‘iga yiqildi.
26 Bu ayol Suriyaning Finikiya o‘lkasida tug‘ilgan bo‘lib, yahudiy emas edi. U: “Qizimdan jinni quvib chiqaring”, — deb Isodan yolvorib so‘radi.
27 Biroq Iso unga: — Avval bolalar to‘ysin, bolalardan nonni olib kuchuklarga tashlash yaxshi emas, — dedi.
28 — To‘g‘ri, Hazrat, — dedi ayol. — Lekin kuchuklar ham bolalarning dasturxonidan to‘kilgan ushoqlarini yeydi–ku.
29 Iso unga: — Mana shu gaping uchun Senga yordam beraman. Endi ketaver. Qizingdan jin chiqib ketdi, — dedi.
30 Ayol uyiga borganda, qizini jindan qutulib, to‘shakda yotgan holda ko‘rdi.
31 Iso Tir hududidan chiqib, Sidonga bordi. So‘ng Jalila ko‘li bo‘ylaridan o‘tib, Dekapolisga bordi.
32 Ayrim odamlar Isoning oldiga zo‘rg‘a gapiradigan bir kar odamni olib kelib, unga qo‘l tekkizishini so‘rashdi.
33 Iso u odamni xaloyiq orasidan bir chetga olib chiqdi, so‘ng O‘z barmoqlarini uning quloqlariga tiqib qo‘ydi. So‘ng tupurib, so‘lagini o‘sha odamning tiliga tekkizdi.
34 Keyin osmonga qarab, chuqur xo‘rsindi–da, unga: — Effatah! — dedi. Bu so‘zning tarjimasi “Ochil!” demakdir.
35 Shu onda u odamning quloqlari ochilib, tilga kirdi, ravongina gapira boshladi.
36 Iso u yerdagilarga, buni hech kimga aytmanglar, deb buyurdi. Biroq Iso odamlarga qancha man etsa ham, ular bu hodisani yanada ko‘proq yoyishardi.
37 Ular haddan tashqari hayratda qolib, shunday deyishardi: “U hamma narsani yaxshi qiladi, karlarni eshitadigan, soqovlarni gapiradigan qiladi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18