Efesliklarga maktub 4 bob

1 Imonlilarning birligi va yangi hayoti. 25 Yangi hayot uchun yo‘l–yo‘riqlar.

1 Rabbimiz Iso haqi mahbus bo‘lgan men — Pavlus sizlardan o‘tinib so‘rayman: Xudo sizlarni O‘ziga da’vat qilganini yoddan chiqarmay, shu da’vatga munosib tarzda yashanglar.
2 Doimo kamtar va muloyim bo‘linglar, mehr–muhabbat bilan bir–biringizga sabr–toqatli bo‘linglar.
3 O‘zaro tinch–totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydiringlar.
4 Hammamiz bir tananing a’zolarimiz, qalbimizdagi MuqaddasRuh ham birdir. Xuddi shuningdek, Xudo bizni da’vat qilib, hammamizga bergan umid ham birdir.
5 Rabbimiz bir, imonimiz ham birdir, bir maqsadda suvga cho‘mdirilganmiz.
6 Barchamizning Otamiz Xudo birdir. U hammamizdan ustun bo‘lib, hammamiz orqali O‘z irodasini bajo qiladi. U hammamizning oramizdadir.
7 Masih O‘z inoyatiga ko‘ra har birimizga turli xil in’omlar bergan.
8 Mana, Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan: “Yuksaklarga chiqdi U, Asirlarni ortidan ergashtirdi. Insonlarga hadyalar berdi.”
9 U yuksaklarga chiqdi, degan so‘zlar nimani bildiradi? U oldin pastga — yer yuziga tushgandan boshqa nimani bildirishi mumkin?!
10 Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay, deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi.
11 Masih ba’zilarni havoriy, ba’zilarni esa payg‘ambar, ba’zilarni Xushxabar voizi, yana boshqalarni jamoatlarning cho‘ponlariyu ustozlari qilib tayinladi,
12 toki ular Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, ya’ni jamoat imonda mahkam turadi.
13 Buning natijasida hammamiz imonda yakdil, Xudo O‘g‘lini tanib–biladigan, Masihning kamoliga erishgan yetuk odamlar bo‘lamiz.
14 Biz shamol esgan tomonga egiladigan novdaday bo‘lgan go‘daklarga o‘xshamaymiz. Har xil ta’limotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz.
15 Kelinglar, mehr–muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi bo‘lgan Masihga o‘xshab har jihatdan yetuk insonlar bo‘laylik.
16 Uning boshchiligida butun badan payu bo‘g‘inlar yordamida o‘zaro ulanadi va birikadi. Har bir a’zo o‘z vazifasini bajarar ekan, butun badan o‘sib boradi va mehr–muhabbat tufayli baquvvat bo‘ladi.
17 Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qat’iy tayinlab, sizlarga aytaman: endi behuda o‘y– xayollarga berilgan Xudosiz odamlarday yashamanglar.
18 Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qat’iy tayinlab, sizlarga aytaman: endi behuda o‘y– xayollarga berilgan Xudosiz odamlarday yashamanglar.
19 Ular har qanday or–nomus tuyg‘usini yo‘qotib, fisqu fujurga berilganlar, har xil iflos ishlarni ishtiyoq bilan qiladilar.
20 Ammo sizlar Masihdan bunday ishlarni o‘rganmagansiz.
21 Sizlar Masihning so‘zlarini eshitib, Uning ta’limotini olgansizlar, chunki haqiqat Masihda jamdir.
22 Oldingi yashash tarzingizga tobe bo‘lmang, eski o‘zligingizdan voz keching, chunki u aldovchi ehtiroslar tufayli buzilib ketgan.
23 Yangichasiga fikr–zikr qiladigan bo‘linglar.
24 Xudoning suratida yaratilgan, haqiqiy solihlik va muqaddaslikdan iborat bo‘lgan yangi tabiatga burkaninglar.
25 Endi yolg‘onchilikni bas qilib, har biringiz o‘z yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir hammamiz bir tananing a’zolarimiz–ku.
26 Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang. Quyosh botguncha jahldan tushinglar.
27 Iblisga fursat bermanglar.
28 Oldin o‘g‘ri bo‘lgan endi o‘g‘rilik qilmasin, balki ishlasin, o‘z qo‘llari bilan mehnat qilsin–da, topganini muhtoj bo‘lganlar bilan baham ko‘rsin.
29 Og‘zingizdan hech qanday yaramas so‘z chiqmasin. Lekin tinglovchilarning ehtiyojiga ko‘ra kerakli gaplarni aytib, ularga dalda bering, shunda so‘zlaringiz ularga foyda keltiradi.
30 Xudoning Muqaddas Ruhini xafa qilmanglar, chunki Muqaddas Ruh sizlarning Xudoga tegishli ekaningizning hamda bir kun kelib ozod bo‘lishingizning dalilidir.
31 Har qanday gina– kudurat, qahru g‘azab, janjalkashlik, g‘iybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni o‘zingizdan soqit qilinglar.
32 Bir–biringizga nisbatan ko‘ngilchan va mehr–shafqatli bo‘linglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganiday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак