Efesliklarga maktub 2 bob

1 Xudoning inoyati tufayli hayotga erishish. 11 Iso Masih orqali xalqlar birlashadi.

1 Sizlar bir vaqtlar gunohlaru ayblaringiz tufayli ruhan o‘lik edingizlar.
2 Sizlar bu dunyoning odatlari bo‘yicha, yovuz ruhiy kuchlarning hokimi bo‘lgan shaytonga bo‘ysunib, gunohga botib yashardingiz. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan — shayton.
3 Biz ham bir vaqtlar xudbin istaklarimizni qondirib yashar edik. Tananing ehtiroslari va bema’ni o‘y–xayollarga berilib yashaydigan, barcha odamzod kabi tabiatan Xudoning qahr– g‘azabiga loyiq bo‘lgan itoatsiz insonlar edik.
4 Ammo mehr–shafqatga boy Xudo O‘zining bizga bo‘lgan buyuk muhabbatini quyidagicha ko‘rsatdi:
5 Garchi biz gunohlarimiz tufayli ruhan o‘lik bo‘lsak ham, Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi. Biz Xudoning inoyati tufayli qutqarilganmiz.
6 Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi va bizga samoda U bilan birga joy berdi. Bular Iso Masih tufayli amalga oshdi.
7 Xudoning inoyati behad mo‘l ekanligi to abad namoyon bo‘lishi uchun U bizga Iso Masih orqali mehr– shafqat ko‘rsatdi.
8 Axir, sizlar Xudodan inoyat topib, imon orqali najot topgansiz. Bu Xudoning in’omidir, sizning yutug‘ingiz emas.
9 Yana hech kim: “Men savob ishlarim tufayli qutulganman”, deb maqtanmasin.
10 Axir biz Xudoning ijodimiz. Xudo bizni xayrli ishlar qilishimiz uchun Iso Masih orqali yaratdi, bu ishlarni biz uchun azaldanoq tayyorlab qo‘ygan edi.
11 Esingizda bo‘lsin, sunnat qilingan yahudiylar bir vaqtlar siz — g‘ayriyahudiy bo‘lganlarni “sunnatsiz”, deb atardilar. Vaholanki, yahudiylarning sunnati faqatgina jismoniy sunnat edi.
12 O‘sha paytda sizlar Masihni bilmas edingizlar, Isroil xalqiga tegishli emasdingiz. Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan ahdlariga va bergan va’dalariga begona bo‘lib, bu dunyoda umidsiz va Xudosiz yashar edingiz.
13 Sizlar oldin Xudodan uzoq edingiz, endi esa Iso Masih orqali, Uning to‘kilgan qoni tufayli Xudoga yaqinlashdingiz.
14 Masihning O‘zi bizning tinchlik manbaimizdir. U O‘z tanasini fido qilib, yahudiylar va g‘ayriyahudiylarni birlashtirdi, ularning orasidagi adovat devorini qulatdi.
15 Iso Masih yahudiylarga berilgan qonunni va uning amrlariyu qoidalarini bekor qildi. Masih tufayli g‘ayriyahudiylar bilan yahudiylar birlashib, yangi bir xalq bo‘ldilar, shunday qilib Masih tinchlik o‘rnatdi.
16 Xochdagi o‘limi orqali Masih g‘ayriyahudiylarni ham, yahudiylarni ham Xudo bilan yarashtirdi–da, ularning orasidagi adovatni yo‘q qildi.
17 Masih kelib, sizlarga, ya’ni oldin Xudodan uzoq bo‘lganlarga hamda Xudoga yaqin bo‘lganlarga tinchlik Xushxabarini e’lon qildi.
18 Masih tufayli endi hammamiz bir Ruh orqali Otamiz Xudoning huzuriga kira olamiz.
19 Demak, sizlar endi begona ham, kelgindi ham emassizlar, balki Xudoning aziz xalqi qatoridasiz, Uning xonadoni a’zosi bo‘ldingizlar.
20 Sizlar xuddi bir binodaysizlar. Bu binoning asosi havoriylaru payg‘ambarlardir. Binoning tamal toshi esa Iso Masihning O‘zidir.
21 Bu imorat Rabbimiz Iso Masih orqali bir bo‘lib, yuksalib boradi va Unga bag‘ishlangan muqaddasma’bad bo‘ladi.
22 Iso Masihga tegishli bo‘lganingiz uchun sizlar ham bu imoratning bir qismisiz. Bu imoratni Xudoning Ruhi O‘ziga maskan qilib oladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак