Korinfliklarga birinchi maktub 12 bob

1 Muqaddas Ruh beradigan in’omlar haqida. 12 Tana bir, tana a’zolari esa ko‘p.

1 Ey birodarlarim, endi Muqaddas Ruh beradigan in’omlar masalasiga kelsak, bu haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishingizni xohlayman.
2 Esingizdami, sizlar Xudosiz bo‘lgan paytlaringizda yo‘ldan ozib, gung butlarga sajda qilar edingiz.
3 Shuning uchun quyidagilarni bilishingizni xohlayman. Xudoning Ruhidan ilhom olayotgan hech kim Isoni la’natlamaydi, shuningdek, hech kim Muqaddas Ruhning ilhomisiz Isoni Rabbim, deb ayta olmaydi.
4 Ruh beradigan in’omlar har xildir, ammo Ruh birdir.
5 Xizmat qilish yo‘llari har xildir, Rabbimiz Iso esa birdir.
6 To‘g‘ri, xizmatlar har xildir, lekin odamlarning hayotida ularni yuzaga keltirayotgan Xudo birdir.
7 Umumiy manfaat uchun Muqaddas Ruh har kimda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi.
8 Bir odamga Ruh orqali donolik bilan gapirish qobiliyati beriladi, boshqa birovga esa xuddi shu Ruh orqali ilm–ma’rifatga to‘la so‘zlarni gapirish qobiliyati beriladi.
9 O‘sha Ruh orqali kimgadir kuchli bir imon beriladi, boshqa birovga esa shifo berish in’omi beriladi.
10 Ba’zilarga mo‘jizalar ko‘rsatish qobiliyati, boshqalarga Xudoning so‘zini yetkazish in’omi berilgan. Yana boshqalarga esa ruhlarning farqiga borish in’omi berilgan. Kimgadir noma’lum tillarda gapirish in’omi berilgan bo‘lsa, boshqalarga bu tillarni ta’bir qilish in’omi berilgan.
11 Bularning hammasini Muqaddas Ruh bajo qiladi. Har bir insonga Ruhning O‘zi loyiq ko‘rgan in’omni ato qiladi.
12 Tana bir bo‘lsa–da, uning a’zolari esa ko‘p. Xuddi shuningdek, tana a’zolari ko‘p bo‘lsa–da, ularning hammasi bir tanani tashkil qiladi. Masihning tanasi, ya’ni jamoat ham shundaydir.
13 Axir, biz hammamiz — yahudiylaruyunonlar, qullaru ozod bo‘lganlar, bir tana bo‘lishimiz uchun bir Muqaddas Ruhga cho‘mdirildik. Hammamiz o‘sha bir Ruhga to‘lib–toshganmiz.
14 Zotan badan bir a’zodan emas, balki ko‘p a’zolardan iborat.
15 Oyoq: “Men qo‘l emasman, shuning uchun tanaga tegishli emasman”, degani bilan tanaga tegishli bo‘lmay qoladimi?!
16 Quloq ham: “Men ko‘z emasman, shuning uchun tanaga tegishli emasman”, degani bilan tanaga tegishli bo‘lmay qoladimi?!
17 Axir, butun tana ko‘z bo‘lsa, qanaqa qilib eshitadi? Agar butun tana quloq bo‘lsa, qanaqa qilib hidlay oladi?
18 Axir, Xudo tana a’zolarining har birini O‘zi xohlagan joyiga qo‘ygan.
19 Agar ularning hammasi birgina a’zo bo‘lganda, tana bo‘larmidi?!
20 Shunday qilib, tana a’zolari ko‘p, lekin tana birdir.
21 Ko‘z qo‘lga: “Sen menga kerak emassan”, deb ayta olmaydi, bosh ham oyoqlarga: “Sizlar menga kerak emassizlar”, deya olmaydi–ku!
22 Aksincha, ojiz tuyulgan tana a’zolari eng kerakli a’zolardir.
23 Biz tanamizning uyatli hisoblangan a’zolariga e’tibor berib, ularni yopib yuramiz. Ko‘rimsiz tuyulgan tana a’zolarimizga diqqat– e’tibor qilamiz.
24 Uyatli bo‘lmagan tana a’zolarimizga bunday e’tibor berishimizning hojati yo‘q. Xudo tanamizni shunday yaratganki, hurmat– e’tiborsiz a’zolarga ko‘proq izzat–e’tibor beriladi.
25 Shunday qilib, tana a’zolarida orasida kelishmovchilik bo‘lmaydi, balki barcha a’zolar bir–biriga g‘amxo‘rlik qiladi.
26 Agar bir a’zo azob cheksa, qolgan barcha tana a’zolari u bilan birga azob chekadi. Agar bir a’zo yuksalsa, qolgan barcha a’zolar u bilan birga sevinadi.
27 Endi sizlar Masihning tanasisizlar, har biringiz tananing alohida bir a’zosisiz.
28 Shu tariqa, Xudo imonlilar jamoatiga birinchidan havoriylarni, ikkinchidan payg‘ambarlarni, uchinchidan muallimlarni tayinlab berdi. Keyin ba’zilarga mo‘jiza ko‘rsatish qobiliyatini, boshqalarga esa shifo berish in’omini, yana boshqalarga yordam berish, boshqarish, noma’lum tillarda gapirish qobiliyatlarini ato qildi.
29 Hamma havoriymi?! Hamma ham Xudoning so‘zlarini yetkaza oladimi?! Hamma ham muallimmi?! Hamma mo‘jiza ko‘rsatadimi?!
30 Hammada shifo berish in’omi bormi?! Hamma ham noma’lum tillarda gapirish qobiliyatiga egami?! Hamma ham noma’lum tillarda aytilganlarni talqin qila oladimi?!
31 Sizlar ulug‘roq in’omlarga ega bo‘lishga intilinglar. Endi sizlarga eng oliy yo‘lni ko‘rsataman.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18