Korinfliklarga birinchi maktub 9 bob

1 Havoriyning haq-huquqlari. 19 Pavlusning maqsadi.

1 Men ozod emasmanmi?! Men havoriy emasmanmi?! Rabbimiz Isoni ko‘rmaganmanmi?! Rabbimiz yo‘lida qilgan mehnatimning mahsuli sizlar emasmi?!
2 Agar boshqalar uchun havoriy bo‘lmasam ham, hech bo‘lmasa sizlar uchun havoriydirman. Axir, sizlar Rabbimizga tegishli bo‘lganingiz uchun havoriyligimning muhrisizlar.
3 Meni tanqid qilayotganlar oldida quyidagilar bilan o‘zimni oqlayman.
4 Nahotki Rabbimiz yo‘lida qilgan xizmatimiz uchun tekin yeb–ichishga huquqimiz bo‘lmasa?!
5 Nima, boshqa havoriylar kabi, Rabbimiz Isoning ukalari va Butrusga o‘xshab, imonli bir ayolga uylanib, uni yonimizda olib yurishga haqqimiz yo‘qmi?!
6 Yoki faqatgina men bilan Barnabo kun kechirish uchun o‘z qo‘limiz bilan mehnat qilishimiz kerakmi?!
7 Kim o‘z hisobidan askarlik qiladi?! Kim tok o‘tqazib, uning mevasini yemaydi?! Kim poda boqib, podaning sutini ichmaydi?!
8 Bularni faqatgina insoniy nuqtayi nazardan aytayotganim yo‘q! Tavrot ham xuddi shunday buyuradi–ku!
9 Mana, Tavrotda: “G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini to‘smang”, deb yozilgan–ku. Nima, Xudo ho‘kizlar haqida qayg‘uryaptimi?!
10 Yo‘q, Xudo buni bizning manfaatimiz uchun aytgan. Ha, bular biz uchun yozilgan. Shudgor qiluvchi ham, g‘alla yanchuvchi ham o‘z haqini olish umidi bilan ishlaydi–ku.
11 Biz ruhiy jihatdan sizlarga xizmat ko‘rsatsak–da, moddiy yordamingizni bizga ko‘p ko‘rasizmi?
12 Boshqalar sizlarning yordamingizdan bahramand bo‘layotgan ekan, bizning haqimiz ularnikidan ham ko‘proq emasmi?! Lekin biz bu huquqimizdan foydalanmadik. Aksincha, MasihningXushxabariga to‘siq qo‘ymaylik deb, har narsaga chidab yuribmiz.
13 Bilmaysizlarmi, ma’badda xizmat qiluvchi ruhoniylar ma’baddan ovqat olib yeydilar. Qurbongohda xizmat qiluvchilar keltiriladigan qurbonliklardan ulush oladilar.
14 Shuningdek, Xushxabarni yoyish vazifasini bo‘yniga olganlar bu ishi orqali kun kechirishlari kerakligini Rabbimiz Isoning O‘zi buyurgan.
15 Ammo men bu huquqlarimdan foydalanmadim va bundan faxrlanaman. Bu xatni o‘sha huquqimdan foydalanay, deb ham yozayotganim yo‘q. Menga faxrlanish huquqini berayotgan sababni yo‘qotishdan ko‘ra o‘lganim yaxshiroqdir.
16 Men Xushxabarni yoyar ekanman, bu bilan maqtanishga haqqim yo‘q, chunki bu zimmamdagi vazifamdir. Ammo Xushxabarni yoymasam, mening holimga voy!
17 Men buni o‘z tashabbusim bilan qilayotgan bo‘lsam, mukofotga loyiq bo‘lardim. Lekin mukofotga loyiq emasman, chunki bor–yo‘g‘i zimmamdagi vazifani bajaryapman, bu ishni qilishdan boshqa ilojim yo‘q.
18 U holda mening mukofotim nima? Mukofotim shundaki, men Xushxabarni yoyganimda, hech kimdan biron narsa so‘ramayman. Shuning uchun Xushxabarni yoyish menga ba’zi bir huquqlarni bersa–da, ulardan foydalanmayman.
19 Men qul emas, erkin inson bo‘lsam–da, hammaga qulday xizmat qildim. Yanada ko‘proq odam Isoning shogirdi bo‘lsin, deb shunday qildim.
20 O‘sha maqsadimni ko‘zda tutib, Yahudiylar bilan birga bo‘lganimda Yahudiyday bo‘ldim, o‘zim Musoning qonuniga tobe bo‘lmasam–da, bu qonunga tobe bo‘lganlar orasida bo‘lganimda, xuddi ularday yashadim.
21 Musoning qonunini bilmaganlar bilan birga bo‘lganimda, ular ham Isoning shogirdlari bo‘lsin, deb xuddi ularday yashadim. To‘g‘ri, men Xudoning qonunidan ozod emasman, Masihning amrlariga tobeman.
22 Zaif insonlar ham Isoni tanisinlar deb, ularning orasida bo‘lganimda zaif insonday bo‘ldim. Hech bo‘lmasa ba’zilarni qay yo‘l bilan bo‘lsa–da qutqaray deb, hammaga hamma narsa bo‘ldim.
23 Men bularning hammasini Xushxabarni yoyish niyatida qilaman, toki Xushxabar keltiradigan qut–barakalardan bahramand bo‘lay.
24 Bilasizlar–ku, musobaqada ko‘p yuguruvchilar qatnashadi, ammo faqat bir kishi yutib, mukofot oladi. Sizlar ham shunday yuguringki, mukofotni qo‘lga kiritinglar.
25 Axir, musobaqada qatnashadigan odam o‘z nafsini tiyib, tartib– intizom bilan mashq qiladi–ku! Ular so‘lib qoladigan toj olish uchun shunday qiladilar, biz esa boqiy toj olish uchun harakat qilamiz.
26 Shuning uchun men maqsadsiz yugurmayman, kurashganimda zarbalarim aniq bo‘ladi.
27 Tanamni chiniqtirib, uni o‘z ixtiyorimga bo‘ysundiraman, toki boshqalarga Xushxabarni va’z qilib turib, o‘zim mukofotga noloyiq bo‘lib qolmayin.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак