Korinfliklarga birinchi maktub 15 bob

1 Iso Masihning o‘likdan tirilganligi haqida. 12 O‘liklardan tirilish haqida. 35 Tirilgan tananing xususiyatlari.

1 Birodarlarim, men o‘zim sizlarga yetkazgan Xushxabarning mohiyatini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman. Sizlar bu Xushxabarni qabul qilgansiz, u imoningizning asosidir.
2 O‘sha Xushxabar orqali qutqarilasiz, ammo sizlar men aytgan o‘sha Xushxabar orqali yetishgan imoningizda mahkam turishingiz kerak, aks holda bekorga ishongan bo‘lasizlar.
3 Menga berilgan eng muhim ta’limotni sizlarga yetkazdim. Bu ta’limot quyidagichadir: Muqaddas Bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun o‘lgan.
4 Keyin U dafn qilindi, uchinchi kuni esa tirildi. Bularning hammasi Muqaddas Bitiklarga muvofiq sodir bo‘ldi.
5 Avval U Butrusga, so‘ngra o‘n ikki shogirdiga ko‘rindi.
6 Undan keyin bir vaqtning o‘zida besh yuzdan ko‘proq birodarlarga ko‘rindi. Ularning aksariyati hozirga qadar tirik, ba’zilari esa dunyodan ko‘z yumib ketganlar.
7 Undan so‘ng Masih Yoqubga va qolgan barcha havoriylarga ko‘rindi.
8 Va nihoyat, menga ham ko‘rindi, men rivojlanmay qolgan bir homiladay edim.
9 Axir, havoriylarning eng arzimaydiganiman, havoriy deb atalishga ham loyiq emasman, chunki Xudoning jamoatini quvg‘in qilardim.
10 Ammo Xudoning inoyati tufayli endi havoriyman. Uning menga ko‘rsatgan inoyati zoye ketmadi, zero, men havoriylarning hammasidan ham ko‘proq mehnat qildim. Lekin aslida mehnat qilgan men emas, balki Xudoning inoyatidir.
11 Nima bo‘lsa ham, Xushxabarni sizlar mendan eshitgansizlarmi yoki boshqalardanmi, farqi yo‘q, chunki biz bir Xushxabarni va’z qilamiz, sizlar esa unga ishonasiz.
12 Masih o‘likdan tirilgan, deb va’z qilinayotgan ekan, qanday qilib ba’zilaringiz, o‘likdan tirilish, degan narsa yo‘q, deb aytyapsizlar?!
13 Axir, o‘likdan tirilish bo‘lmasa, Masih ham tirilmagan ekan–da!
14 Masih tirilmagan bo‘lsa, Xushxabarni va’z qilishimiz bekor, sizlarning imoningiz ham bekor.
15 Agar rostdan ham o‘liklar tirilmasa va Masihni Xudo tiriltirmagan bo‘lsa, bunday holda, biz Xudo haqida yolg‘on shohidlik bergan bo‘lamiz, chunki biz: “Xudo Masihni tiriltirdi”, deb shahodat berib yuribmiz.
16 Axir, o‘liklar tirilmas ekan, Masih ham tirilmagan bo‘ladi.
17 Agar Masih tirilmagan bo‘lsa, sizlarning imoningiz behuda, sizlar hali ham gunohga botganingizcha yuribsizlar.
18 Shunday bo‘lsa, Masihga ishongan holda hayotdan ko‘z yumganlar butunlay halok bo‘lib ketibdilar–da!
19 Agar biz yolg‘iz bu hayot uchun Masihga umid bog‘lagan bo‘lsak, biz eng baxtsiz insonlar ekanmiz.
20 Vaholanki, Masih rostdan ham tirildi! U birinchi bo‘lib tirildi, shu tariqa o‘likdan tiriladiganlarning orasida hosilning ilk samarasiday bo‘ldi.
21 O‘lim bir inson orqali dunyoga kirdi. Shunga o‘xshab, o‘liklarning tirilishi ham bir inson orqali sodir bo‘ladi.
22 Axir, bu dunyoga o‘lim Odam Ato tufayli kirib keldi, endi Iso Masih orqali hamma tiriladi.
23 Hamma narsa o‘z navbati bilan sodir bo‘ladi: mana, Masih birinchi bo‘lib tirildi, Masih kelganda esa Unga tegishli bo‘lganlar tiriladi.
24 Shundan so‘ng, Masih har qanday hokimiyatni, hukmronlik va qudratni barbod qilib, saltanatni Samoviy Ota — Xudoga topshirganda oxirat bo‘ladi.
25 Masihning hamma dushmanlari Uning oyoqlari ostiga poyandoz qilinmaguncha, U hukmronlik qilishi kerak.
26 Shunda oxirgi dushman — o‘lim ham barham topadi.
27 Axir, Xudo hamma narsani Masihga tobe qildirib, Uning oyoqlari ostiga tashlagan. Garchi Muqaddas Bitiklarda: “Butun borliq Unga tobe bo‘ldi”, deb yozilgan bo‘lsa–da, borliqni Unga tobe qilgan Xudo bundan istisnodir.
28 Hamma narsa Masihga tobe qildirilgandan keyin, O‘g‘il ham O‘ziga hamma narsani tobe qildirgan Xudoga tobe bo‘ladi, toki Xudo borliqning ustidan butunlay hukmron bo‘lsin.
29 Ba’zilaringiz o‘lganlar uchun suvga cho‘mdirilayotgan ekansiz. O‘liklar tirilmas ekan, ularning o‘rniga cho‘mdirilishning qanday foydasi bor?
30 Xo‘sh, nima uchun bizlar har daqiqa o‘z hayotimizni xavf–xatar ostiga qo‘yyapmiz?
31 Har kuni o‘limga ro‘baro bo‘layotganim rost! Birodarlarim, Rabbimiz Iso Masih sizlarning hayotingizda qilayotgan ishlaridan faxrlanayotganim chin bo‘lganiday, aytayotgan gaplarimda ham biror yolg‘on yo‘q.
32 Agar faqatgina bu dunyoga umid bog‘lagan bo‘lsam, nima uchun Efes shahrida hayotimni xavf ostiga qo‘ydim?! Agar o‘liklar tirilmas ekan, unda “kelinglar, yeb–ichib qolaylik, erta–indin o‘lib ketamiz–ku” deyish o‘rinli bo‘lmaydimi?!
33 Lekin adashmanglar, axir, “yomon ulfatlar yaxshi axloqni buzadi”, deyishadi–ku!
34 Ko‘zlaringizni ochib, o‘zingizga kelinglar! Bas endi, gunoh qilavermanglar. Ko‘rinib turibdiki, ba’zilaringiz Xudoni bilmaysizlar. Sizlarni uyaltiray, deb bularni aytyapman.
35 Ehtimol, biror kishi: “O‘liklar qanday qilib tirilarkan? Ularning tanalari qanaqa bo‘larkan?” deb so‘rar.
36 Qanday ahmoqona savol–a bu! Axir, ekilgan urug‘ o‘lmasa, o‘simlik o‘sib chiqmaydi– ku!
37 Bug‘doy bo‘ladimi yoki boshqa biror narsami, ekin ekkaningda, o‘sib chiqadigan o‘simlikni emas, uning urug‘ini ekasan–ku!
38 Xudo uruqqa O‘zi istagan bir jismni bag‘ishlaydi, har bir urug‘dan alohida bir jismni hosil qiladi.
39 Ko‘rib turibmizki, jonzotlarning ham tanalari har xil, insonlarniki boshqacha, hayvonlarniki boshqacha, qushlarniki boshqacha, baliqlarniki boshqacha.
40 Samoviy va dunyoviy jismlar ham bor. Lekin samoviy jismlarning ko‘rki boshqa, dunyoviylarniki boshqa.
41 Quyoshning ko‘rki boshqa, oyning ko‘rki boshqa hamda yulduzlarning ko‘rki boshqa. Axir, yulduzlar ham o‘z ko‘rkiga yarasha bir–biridan farq qiladi.
42 O‘liklarning tirilish jarayoni ham quyidagiga o‘xshaydi: ekilgan urug‘dan o‘simlik o‘sib chiqqanday, o‘ladigan tanamiz o‘lmaydigan bo‘lib tiriladi.
43 Hozirgi ojiz va xor bo‘lgan tanamiz, qudratu ulug‘vorlikka to‘la ravishda tiriladi.
44 Hozirgi tanamiz moddiy bir jism bo‘lsa, tiriladigan tanamiz ruhiy bir tana bo‘ladi. Axir, moddiy tana bor ekan, ruhiy tana ham bor–da!
45 Muqaddas Bitiklarda yozilgani bo‘yicha: “Birinchi odam — Odam Ato tirik jon bo‘ldi”. Oxirgi Odam Ato, ya’ni Iso Masih esa hayotbaxsh ruh bo‘ldi.
46 Mana shundan ko‘rinib turibdiki, ruhiy tana emas, moddiy tana birinchi kelgan. Moddiy tana o‘tib ketgandan keyingina, ruhiy tana keladi.
47 Birinchi odamning tanasi moddiy jismdir, u tuproqdan yaratilgan, ikkinchi Odam, ya’ni Masih esa samoviydir.
48 Tuproqdan yaratilgan ilk odam qanday bo‘lsa, qolgan hamma odamlar ham shundaydir. Samoviy Odam, ya’ni Masih qanday bo‘lsa, samodagilar ham xuddi Unga o‘xshaydilar.
49 Biz tuproqdan yaratilgan odamga o‘xshar ekanmiz, bir kun kelib samoviy Odamga ham o‘xshagan bo‘lamiz.
50 Ey, birodarlar! Sizlarga quyidagilarni aytmoqchiman. Qon va etdan iborat bo‘lgan tanalarimiz Xudoning Shohligidan bahramand bo‘la olmaydi. Bu foniy tana mangu hayotga ega bo‘la olmaydi.
51 Mana, men sizlarga bir sirni bildirmoqchiman: biz hammamiz ham o‘lmaymiz, ammo hammamiz o‘zgaramiz.
52 To‘satdan, ko‘z ochib yumguncha, oxirzamon karnayi chalinganda o‘zgaramiz. Ha, karnay chalinadi va shu onda marhumlar hech o‘lmaydigan bo‘lib tiriladilar. Shunda biz ham o‘zgaramiz.
53 Chunki bizning o‘ladigan tanamiz o‘lmaydigan tanaga, foniy tanamiz mangu tanaga aylanishi kerak.
54 O‘ladigan tanamiz o‘lmaydigan tanaga, bu foniy tanamiz mangu tanaga aylanganda, Muqaddas Bitiklarda yozilgan quyidagi oyatlar amalga oshadi: “O‘lim yengilib, yo‘q bo‘ldi.
55 Ey, o‘lim, sening nishing qayerda?! Ey, o‘lim, sening zafaring qayerda?!”
56 O‘limning nishi gunohdir. Gunohning quvvati esa qonundan kelib chiqdi.
57 Xudoga shukrlar bo‘lsin! U Rabbimiz Iso Masih orqali bizga g‘alaba ato qilgan.
58 Shuning uchun, ey, aziz birodarlarim, hech ikkilanmay, imoningizda mahkam turinglar. Hamisha Rabbimiz Isoga xizmat qilishga bag‘ishlanib, yanada g‘ayratli bo‘linglar. Axir, Rabbimiz yo‘lida qilgan mehnatingiz samarasiz qolmasligini bilasizlar–ku!


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак