Hakamlar 9 bob

1 Abumalek.

1 Gido‘n o‘g‘li Abumalek Shakam shahriga — tog‘alarining oldiga borib, barcha urug‘– aymoqlariga shunday dedi:
2 — Shakam beklarining huzuriga boringlar, ularga: “Ustingizdan Gido‘nning yetmishta o‘g‘li hukmronlik qilganidan ko‘ra, bittasi hukmronlik qilgani yaxshi emasmi”, deb aytinglar. Men sizlarning jigaringiz ekanimni ham eslaringdan chiqarmanglar.
3 Tog‘alari Abumalekning manfaatini ko‘zlab, bu so‘zlarni Shakam beklariga yetkazdilar. Shakam beklari esa: “Har qalay Abumalek qarindoshimiz”, deya uning tarafdorlari bo‘ldilar.
4 Shakam beklari unga Baal–Berit uyidagi yetmish bo‘lak kumushni berdilar. Abumalek esa bu kumushga yaramas odamlarni yolladi.
5 U O‘fraga — otasining uyiga borib, yetmishta o‘gay aka–ukasini bir tosh ustida qatl qildi. Ammo Gido‘nning kenja o‘g‘li Yo‘tom bekinib, tirik qoldi.
6 So‘ng Shakam beklari va Bayt–Milloda yashovchilar Shakamdagi muqaddas eman daraxtining oldiga borib, u yerda Abumalekni taxtga ko‘tarishdi.
7 Yo‘tom buni eshitgach, Garizim tog‘ining tepasiga chiqib xitob qildi: “Ey, Shakam beklari, gapimni eshitinglar, shunda Xudo ham sizlarni eshitgay!
8 Bir zamonda daraxtlar o‘zlariga shoh tanlamoqchi bo‘lishibdi. Ular zaytun daraxtiga: — Shohimiz bo‘l, — deyishibdi.
9 Zaytun daraxti ularga shunday javob beribdi: — Xudolar va bandalar sharafiga ishlatiladigan moyimni bermay qo‘yib, daraxtlar uzra shoxlarimni silkitib turaymi?!
10 Shunda daraxtlar anjirga: — Sen kelib, shohimiz bo‘laqol, — deb aytishibdi.
11 Anjir daraxti ham shunday javob beribdi: — Iye, shirin va lazzatli mevalarimni tugmay, daraxtlar uzra shoxlarimni silkitib turaymi?!
12 So‘ng daraxtlar tokka: — Bizga sen hukmronlik qilaqol, — deyishibdi.
13 Tok ham javob berib shunday debdi: — Xudolar va bandalar dimog‘ini chog‘ qiladigan sharobimni bermay qo‘yib, daraxtlar uzra novdalarimni silkitib turaymi?!
14 Oxiri daraxtlarning barchasi yantoqqa deyishibdi: — Sen kelib, bizga hukmronlik qilgin.
15 Yantoq esa daraxtlarga: — Agar meni sidqidildan shohlikka ko‘tarayotgan bo‘lsangizlar, kelib soyamda panoh olinglar, aks holda tikanlarimdan chiqqan olov avj olib, hatto Lubnondagi sadrlarni ham kuydirib tashlaydi! — deb javob beribdi.
16 Shu tariqa sizlar ham Abumalekni taxtga sidqidildan, vijdonan ko‘tardingizmi?! Gido‘n va uning xonadoniga nisbatan to‘g‘ri ish tutdingizmi?! Qilmishlaringiz otamning sizlar uchun qilgan ezgu ishlariga loyiq ekanmi?!
17 Otam jonini ayamay sizlar uchun jang qilgan edi, sizlarni Midiyonlarning qo‘lidan qutqargan edi.
18 Sizlar esa otamning xonadoniga qarshi chiqib, uning yetmish nafar o‘g‘lini bir toshning ustida qatl qildingizlar. Cho‘risidan tug‘ilgan Abumalekni esa qarindoshingiz bo‘lgani uchun Shakam beklarining ustidan shoh qilib tayinladingizlar.
19 Agar bugun Gido‘n xonadoniga nisbatan vijdonan ish tutgan bo‘lsangiz, Abumalekdan mamnun bo‘lib shodlaning, u ham sizlardan mamnun bo‘lib shodlansin.
20 Aks holda Abumalekdan olov chiqib, Shakam va Bayt–Millo beklarini yamlab yuborsin. Shakam va Bayt–Millo beklaridan ham olov chiqib, Abumalekni kuydirib yo‘q qilsin.”
21 So‘ng Yo‘tom Abumalekdan qo‘rqqanidan Ber hududiga qochib qoldi.
22 Abumalek uch yil Isroilda hukmronlik qildi.
23 Egamiz esa Abumalek va Shakam beklari orasida nizo chiqarish uchun bir ruh yubordi. Shuning uchun Shakam beklari Abumalekka xoinlik qilishdi.
24 Bu hodisa Gido‘nning yetmishta o‘g‘lini o‘ldirgan Abumalekdan va uning bu jinoyatini qo‘llab turgan Shakam beklaridan qasos olinishining daragi edi.
25 Shunday qilib, Shakam beklari Abumalekka qarshi tog‘larning tepalarida, pistirmada odamlarini o‘tirg‘izib qo‘yishgandi. Ular o‘tgan–ketganlarni talab, bor–yo‘g‘ini tortib olishardi. Abumalek bundan xabar topdi.
26 Gal ismli bir odam o‘z og‘a–inilari bilan Shakamga ko‘chib keldi. U Shakam beklarining ishonchini qozondi. Gal Evid degan odamning o‘g‘li edi.
27 Shakamliklar dalaga chiqib, uzumzorlaridan uzum terishdi, uni ezib sharob tayyorlashdi, so‘ng ziyofat qilishdi. Ular xudosining uyida o‘tirib, ziyofat qilishar ekan, yeb–ichib Abumalekni mazax qilishdi:
28 “Abumalek kim bo‘libdiki, biz, Shakamliklar, unga xizmat qilsak? — shang‘illab gapini boshladi Gal. — Padari buzrukvorimiz Xamo‘r bu shaharga asos solgan edi. Shunday ekan, Xamo‘r naslidan bo‘lgan bironta odam bizga hukmronlik qilishi kerak. Abumalek esa yetti yot begona bo‘lgan Gido‘nning o‘g‘li–ku! Nega biz uning va hokimi Zabulning oldida bosh egishimiz kerak ekan?
29 Agar bu odamlar qo‘lim ostida bo‘lganda edi, Abumalekni o‘zim yo‘q qilardim! Unga, lashkaringni ko‘paytirib, jangga chiq, degan bo‘lardim.”
30 Shahar hokimi Zabul Galning bu so‘zlarini eshitgach, g‘azabi alanga oldi.
31 U bildirmay Abumalekning oldiga chopar jo‘natib dedi: “Qarang, Evid o‘g‘li Gal butun urug‘i bilan Shakamga kelib, shaharni sizga qarshi qo‘zg‘atmoqda.
32 Shuning uchun yarim tunda lashkaringiz bilan yo‘lga tushib, dalalarda yashirining.
33 Ertasiga saharda turib, shaharga qo‘qqisdan hujum qiling. Gal qo‘shinlari bilan sizlarga qarshi chiqqanda qo‘lingizdan kelganicha ular bilan olishing.”
34 Shunday qilib, Abumalek lashkari bilan yarim tunda yo‘lga tushdi. Ular to‘rt qismga bo‘linib Shakam yaqinida pisib yotishdi.
35 Gal chiqib shahar darvozasida turganda, Abumalek bir qism lashkari bilan qirlar orqasidan chiqib keldi.
36 Gal ularni ko‘rgach, Zabulga dedi: — Qarang! Qirlardan odamlar tushib kelmoqda! — Qo‘ysang–chi, — dedi Zabul. — Qirlar soyalari ko‘zingga odamlar bo‘lib ko‘rinyapti.
37 — Qarang, qirlardan odamlar pastga tushib kelishyapti, boshqa bir qismi esa folbinlar yig‘iladigan daraxt tomondan yaqinlashyapti, — dedi yana Gal.
38 — Katta ketib: “Abumalek kim bo‘pti biz unga xizmat qilsak?” deb gapirgan sen emasmiding?! — dedi shunda Zabul, — sen mana shu lashkarni mazax qilgan eding–ku. Qani, bo‘l, endi chiqib ular bilan jang qil.
39 Shakam beklari Gal boshchiligida chiqib, Abumalekka qarshi jang qilishdi.
40 Abumalek Galni quvib ketdi, ammo Gal qochib qoldi. O‘sha kuni Shakam sipohlarining ko‘plari halok bo‘ldi, butun jang maydoni to shahar darvozasigacha jasadlarga to‘ldi.
41 Abumalek Armaxda o‘rnashdi, Zabul esa Galni barcha qarindoshlari bilan Shakamdan quvib yubordi. Ular endi Shakamda yashay olmas edilar.
42 Ertasi kuni Shakamliklar yumushlarini bajarmoq uchun dalalarga chiqmoqchi ekanligidan Abumalek xabardor bo‘ldi.
43 U lashkarini uch qismga bo‘ldi. Lashkarlar dalalardagi qirlarda pisib yotishdi. So‘ng shahardan chiqib kelayotgan odamlarni ko‘rib, ularga hamla qilishdi.
44 Lashkarning bir qismi Abumalek boshchiligida shahar darvozasini qo‘lga kiritdi. Ular shahar darvozasi oldidan siljimadilar. Lashkarning qolgan ikki qismi esa daladagi odamlarga hujum qilib, ularni qirib tashladi.
45 O‘sha kuni Abumalek kun bo‘yi shaharga qarshi jang qildi. Oxiri shaharni qo‘lga oldi. U yerdagi hamma odamni qatl qildi. Shaharni esa vayron qilib, ustidan tuz sochib tashladi.
46 Shakam qal’asining beklari buni eshitgach, o‘sha yerdagi Baal–Berit uyining qo‘rg‘oniga kirib bekinib oldilar.
47 Beklarning hammasi qo‘rg‘onda ekanligidan xabardor bo‘lgan Abumalek
48 lashkari bilan Zalmon tog‘ining tepasiga chiqdi. Qo‘lidagi bolta bilan bir bog‘lam o‘tin kesib orqasiga ortib oldi. So‘ng esa lashkariga: “Qani, sizlar ham xuddi shunday qilinglar”, deb buyurdi.
49 Sipohlarning har biri bir bog‘lamdan o‘tin kesib oldi. Ular Abumalekka ergashib o‘tinlarni qo‘rg‘onning atrofiga terib chiqdilar, so‘ng qal’aga o‘t qo‘ydilar. Qal’adagi hamma odamlar halok bo‘ldi. U yerda mingtacha ayol va erkak kishi bor edi.
50 Shundan so‘ng Abumalek Tavoz shahriga yo‘l oldi. Shaharni qamal qilib, qo‘lga kiritdi.
51 Ammo shaharning ichida juda baland bir qo‘rg‘on bor edi. Shahardagi ayolu erkaklar, hamma shahar beklari o‘sha qo‘rg‘on ichiga qochib kirishdi. Ular eshiklarni tambalab, tomga chiqib olishdi.
52 Abumalek qo‘rg‘ondagilarga qarshi jang qildi, unga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lib, yoniga bordi.
53 Shu payt bir ayol tepadan tegirmon toshini uloqtirib, Abumalekning boshini yorib yubordi.
54 Jon talvasasida Abumalek qurolbardorini yoniga chaqirib: — Bo‘l, qilichingni sug‘urib meni o‘ldir, — dedi, — yana odamlar: “Uni ayol kishi o‘ldirdi”, deb yurishmasin. Shunda yigit qilich suqib, Abumalekni o‘ldirdi.
55 Odamlar Abumalekning o‘lganini ko‘rib uylariga tarqalib ketishdi.
56 Otasiga xiyonat qilib, yetmishta aka–ukasini o‘ldirgan Abumalekni Xudo shu yo‘sinda jazolagan edi.
57 Shuningdek, Shakamliklarning ham qilgan qabihliklari uchun ta’zirini bergan edi. Ular Gido‘n o‘g‘li Yo‘tomning qarg‘ishiga yo‘liqdilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак