Hakamlar 18 bob

1 Mixo va Dan qabilasi.

1 Bu voqealar sodir bo‘lgan davrda Isroilda shoh yo‘q edi. Dan qabilasi Isroil qabilalari orasida o‘ziga ulush bo‘lib tushgan yerni hanuz qo‘lga kiritmagani sababli istiqomat qilish uchun joy qidirib yurgan edi.
2 Bir kuni ular o‘z qabilasining jamiki urug‘lari orasidan beshta jangchini tanlab: “Boringlar, yurtni sinchiklab tekshirib chiqinglar”, — deya ularni Zorox va Eshtoyo‘l shaharlaridan jo‘natib yubordilar. Bu odamlar yo‘l yurib Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qolishdi va tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi.
3 Ular Mixoning uyida bo‘lganlarida yosh levini shevasidan tanib qolishdi–da, uning oldiga borib: — Bu yerga qanday qilib kelib qolding? Bu yerda nima qilib yuribsan? — deb so‘rashdi.
4 U javob berib: “Mixo meni ishga oldi, ruhoniy qilib tayinladi”, — dedi. Mixo unga qilgan hamma yaxshiliklarini aytib berdi.
5 Shunda ular leviga: — Xudoga iltijo qilib, ishimiz o‘ngidan kelish– kelmasligini bilib ber, — dedilar.
6 — Hech narsadan xavotirlanmanglar. Egamizning o‘zi sizlarga bu ishda madadkordir, — dedi ruhoniy.
7 Beshala odam yo‘lga ravona bo‘ldi. Ular Layish shahriga kelib, u yerda Sidon aholisi kabi muloyim, xotirjam va tinch–totuv yashayotgan odamlarni ko‘rishdi. Bundan tashqari, atrofdagi xalqlardan birontasi o‘sha xalqqa xavf solmagan, yurtiga tajovuz qilmagandi. Ular Sidondan ancha uzoqda bo‘lib, atrofdagi shaharlar bilan hech qanday aloqa o‘rnatmagan edilar.
8 Beshala odam Zorox bilan Eshtoyo‘lga — o‘z urug‘– aymoqlarining oldiga qaytib borishdi. — Bizga qanday xabar olib keldingizlar? — deb so‘radi ulardan qarindosh–urug‘lari.
9 Ular shunday javob berishdi: — Kelinglar, Layishga hujum qilaylik! Biz ko‘rgan yurt nihoyatda yaxshi ekan. Nimaga qaqqayib turibsizlar?! Bo‘linglar, o‘sha yerga borib yurtni qo‘lga kiritaylik.
10 U yerga borganlaringda, xotirjam yashayotgan odamlarga duch kelasizlar. Barcha narsaga mo‘l va keng bu yerni Xudo chindan ham qo‘lingizga beryapti.
11 Dan qabilasining olti yuzta odami jang aslahalari bilan qurollanib, Zorox bilan Eshtoyo‘ldan safarga otlanishdi.
12 Ular yo‘l yurib, o‘z qarorgohini Yahudodagi Xirat–Yorim shahrining g‘arb tomonida qurishdi. Shuning uchun o‘sha joy bugunga qadar Dan qarorgohi, deb ataladi.
13 U yerdan ular Efrayim qirlari tomon yo‘l olib, Mixoning uyiga yaqinlashib qolishdi.
14 Shunda yurtni, aniqrog‘i, Layish shahrining atroflarini ko‘rib chiqqan beshta odam birodarlariga deyishdi: “Bu xonadonlarning birida ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va but borligidan xabarlaring bormi? Nima qilishimiz kerakligini yaxshi o‘ylab ko‘ringlar.”
15 Ular yosh levi turadigan Mixoning uyiga borib, levidan hol– ahvol so‘radilar.
16 Olti yuzta qurollangan Dan qo‘shini darvozaning yonida turgan edi.
17 Ayg‘oqchilik qilgan beshta odam to‘ppa–to‘g‘ri ichkariga bostirib kirib, ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va kumush bilan qoplangan butni olmoqchi bo‘ldilar. Levi esa qurollangan olti yuzta odam bilan darvoza yonida qolgan edi.
18 Ayg‘oqchilar Mixoning uyiga kirib, ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va butni olganlarini ko‘rgan levi ularga: — Bu nima qilganlaring? — dedi.
19 — Jim bo‘l! — deb do‘q qildi ular. — Ovozingni o‘chirib biz bilan yur. Bizga maslahatchi va ruhoniy bo‘l. O‘zing o‘ylab ko‘r, sen bittagina xonadonga ruhoniy bo‘lganing yaxshimi yoki Isroilning butun bir qabilasigami?
20 Ruhoniyga bu taklif ma’qul keldi. U ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va kumush bilan qoplangan butni olib, Dan odamlari bilan ketdi.
21 Dan odamlari bola–chaqalarini, chorvayu mol–mulkini oldinga o‘tkazib, safarlarini davom ettirishdi.
22 Ular Mixoning uyidan ancha uzoqlashib qolganlarida, Mixo qo‘ni–qo‘shnilarini to‘pladi–da, Dan odamlarining ketidan quvib ketdi.
23 So‘ng ovozi boricha baqirib, Dan odamlarini chaqirdi. Ular esa orqaga o‘girilib Mixoga: — Tinchlikmi?! Shuncha odamni yetaklab kelibsan?! — dedilar.
24 — Sizlar men yasatgan xudolar bilan ruhoniyimni olib ketib, meni ship–shiydam qildingiz–ku. Yana: “Tinchlikmi?” deganingiz nimasi?! — deya javob berdi Mixo.
25 — Ovozingni o‘chir, — dedi unga Dan odamlari. — Bo‘lmasa, qoni qaynagan birodarlarimiz jag‘ingni ezib, o‘zingni ham, uyingdagilarni ham yo‘q qilib yuborishadi.
26 Dan odamlari yo‘ldan qolmadilar. Mixo esa ularga bas kelolmasligini ko‘rib, uyiga qaytib ketdi.
27 Dan qabilasi Mixo yasattirgan narsalarni va uning xizmatida bo‘lgan ruhoniyni Layishga olib bordilar. Ular Layishda tinch va xotirjam yashayotgan odamlarni qilichdan o‘tkazib, shaharga o‘t qo‘ydilar.
28 Layish aholisiga najot beradigan hech kim yo‘q edi, chunki Layish Sidondan juda uzoqda bo‘lib, yaqin atrofidagi shaharlar bilan esa hech qanday aloqa o‘rnatmagan edi. Layish Bayt–Rexob shahri bilan bir vodiyda joylashgan edi. Dan qabilasi shaharni tiklab, u yerda o‘rnashib oldi.
29 Shaharni esa ota–bobosi Yoqub o‘g‘li Danning nomi bilan atadi. Dan shahrining eski nomi Layish edi.
30 Dan qabilasi o‘zi uchun Mixodan tortib olgan, kumush bilan qoplangan butni o‘rnatdi. Gershom o‘g‘li Yo‘natan esa ularga ruhoniy bo‘ldi. Yo‘natan Musoning nabirasi edi. Isroil xalqi surgun bo‘lguniga qadar Yo‘natanning butun nasli ham Dan qabilasiga ruhoniylik qildi.
31 O‘sha davrda Xudoning uyi Shilo‘ shahrida joylashgan edi, ammo Dan qabilasi u yerga bormay, Mixo yasatgan butga sajda qilib keldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак