Hakamlar 11 bob

34 Yiftoxning qizi.

1 Giladlik Yiftox dovyurak jangchi edi. Uning otasi Gilad, onasi esa fohisha bir ayol edi.
2 Giladning o‘z xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illari ham bor edi. Ular ulg‘aygach, Yiftoxga: “Otamizdan qolgan merosga sening hech qanday haqing yo‘q! Bor, yo‘qol! Sen boshqa ayolning bolasisan”, — deya haydagan edilar.
3 Yiftox aka–ukalaridan qochib, Tov yurtiga borgan edi. O‘sha yerda o‘rnashib olganidan so‘ng, atrofiga yaramas odamlarni to‘plab, bosqinchilik qila boshlagan edi.
4 Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Ommon xalqiIsroil xalqiga hujum qildi.
5 Ommon xalqi Isroil xalqiga hujum qilganda, Gilad oqsoqollari Yiftoxni olib kelgani Tov yurtiga jo‘nadilar.
6 Ular Yiftoxga: — Biz bilan yuraqol, — dedilar. — Ommon xalqi bilan jang qilganimizda bizga rahnamolik qilgin.
7 — Sizlar meni mensimay otamning uyidan haydagan edingiz–ku! — deya zarda qildi ularga Yiftox, — Nima uchun endi boshingizga kulfat tushganda mening oldimga keldingizlar?
8 — Bo‘lar ish bo‘ldi endi, — deyishdi Gilad oqsoqollari. — Biz sening oldingga bosh egib keldik, biz bilan borib Ommon xalqiga qarshi jang qil, Giladliklarga o‘zing bosh bo‘l.
9 Yiftox Gilad oqsoqollariga shunday dedi: — Xo‘p mayli, sizlarga qo‘shilib, Ommon xalqiga qarshi jang qildim ham deylik. Bordi–yu, Egam dushmanlarni qo‘limga bersa, men sizlarga hukmronlik qilaman.
10 Gilad oqsoqollari esa Yiftoxni ishontirib: — Xudo shohid, hammasi aytganingday bo‘ladi, — dedilar.
11 Yiftox Gilad oqsoqollari bilan ketdi. Xalq uni hokim va lashkarboshi qilib tayinladi. Yiftox esa Mispaxda Egamizning huzurida qo‘ygan shartlarini qayd qildi.
12 Yiftox Ommon shohiga choparlarni yuborib dedi: “Oramizda nima bo‘lib o‘tgan ediki, sen mening yurtimga jang qilib kelding?”
13 Ommon shohi Yiftox choparlariga shunday javob berdi: “Isroil xalqi Misrdan chiqib kelganda, janubdagi Arnon soyligidan to shimoldagi Yavoq daryosigacha va g‘arbdagi Iordan daryosigacha bo‘lgan hamma yerlarimni tortib olgan edi. Borib Yiftoxga aytinglar, yerlarimni menga tinchgina qaytarib bersin.”
14 Yiftox yana choparlarini Ommon shohiga yuborib
15 dedi: “Isroil xalqi na Mo‘ab, na Ommon yerlarini tortib olgan.
16 Ular Misrdan chiqqandan keyin, Qizil dengiz tomon sahrodan yurib Kadeshga kelgan edilar.
17 Shunda Edom shohi huzuriga elchilar jo‘natib, Edom yurti orqali o‘tib ketishga ijozat so‘radilar. Ammo Edom shohi quloq solmadi. Ular Mo‘ab shohidan ham ijozat so‘radilar, biroq u ham rozi bo‘lmagandan keyin, Kadeshda qoldilar.
18 Keyin ular sahroga yo‘l olib, Edom va Mo‘ab yurtlarini aylanib o‘tdilar. Mo‘ab hududining sharqiy chegarasi bo‘ylab yurib, qarorgohni Arnon soyligining narigi qirg‘og‘ida qurdilar. Arnon soyligi Mo‘abning chegarasi bo‘lgani uchun, ular daryodan o‘tmadilar, Mo‘ab yurtiga oyoqlarini ham bosmadilar.
19 So‘ng elchilarini Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘n oldiga yuborib, hududingizdan yurtimizga o‘tib ketaylik, deb ijozat so‘radilar.
20 Ammo shoh Sixo‘n rozi bo‘lmadi. U barcha odamlarini yig‘di–da, qarorgohini Yaxazda joylashtirib, Isroil xalqiga hujum qildi.
21 Ammo Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Sixo‘nni barcha odamlari bilan Isroil xalqining qo‘liga berdi. Shuning uchun Isroil xalqi o‘sha yurtda istiqomat qilgan Amor xalqining barcha yerlarini qo‘lga kiritdi.
22 Ular Arnondan Yavoqqacha, sahrodan Iordangacha bo‘lgan Amor xalqining barcha yerlariga ega bo‘ldilar.
23 Isroil xalqining Xudosi — Egamizning O‘zi bu yerlarni Amor xalqidan tortib olib, xalqi Isroilga berdi. Shunday ekan, ularni qaytarib olishga sening hech qanday haqing yo‘q.
24 Undan ko‘ra, xudoying Xamo‘sh bergan narsalarga egalik qil! Biz esa Egamiz Xudo bizga bergan hamma narsaga egalik qilamiz!
25 Nima, sening Zippur o‘g‘li Boloqdan ortiq joying bormidi?! U Mo‘ab shohi bo‘la turib, Isroil xalqi bilan biron marta ham tortishgan emas. Biron marta ham bizga qarshi jang qilgan emas.
26 Isroil xalqi uch yuz yildan beri Arnon soyligining bo‘yidagi shaharlarda, Xashbon, Aror va ularning atrofidagi qishloqlarda yashab kelmoqda. Nima uchun shu paytgacha o‘sha yerlarni qaytarib olmading?!
27 Men senga hech qanday yomonlik qilmadim, sen esa menga qarshi jang qilmoqchi bo‘lib noto‘g‘ri ish qilyapsan. Xudo qozi, Uning o‘zi bugun kim haq, kim nohaq ekanini ko‘rsatsin.”
28 Ammo Ommon shohi Yiftoxning so‘zlarini eshitishni ham xohlamadi.
29 Egamizning Ruhi Yiftoxni qamrab oldi. Yiftox Gilad va Manashe yerlaridan o‘tib, Giladdagi Mispax shahriga yetib bordi. U yerdan yo‘lida davom etib, Ommon yurti tomon yurdi.
30 So‘ng qasam ichib, Egamizga dedi: “Agar jangda Ommon xalqini yengishimga yordam bersang,
31 uyimga eson–omon qaytib borganimdan so‘ng meni qarshilab chiqqan birinchi tirik jonni Senga qurbonlik qilib kuydiraman.”
32 Yiftox lashkari bilan Ommon xalqining ustiga bostirib borib, jang qildi. Egamiz Ommon xalqini Yiftoxga taslim qildi.
33 Yiftox Arordan Minnit atrofigacha bo‘lgan yigirmata shaharni va Ovil–Karomgacha bo‘lgan barcha qishloqlarni vayron qildi. Katta talafot ko‘rgan Ommon xalqi Isroil xalqiga bo‘ysundi.
34 Yiftox Mispaxdagi o‘z uyiga qaytib kelganda, qizi childirma chalib o‘ynaganicha, uni qarshilab chiqdi. Bu qiz uning yolg‘iz farzandi edi.
35 Yiftox uni ko‘rgach, qayg‘u–alamdan kiyimlarini yirtib: — Voy qizim! Nima qilib qo‘yding?! — dedi. — Yurak–bag‘rimni qon qilding–ku! Men Egamizga qasam ichgan edim, endi so‘zimni qaytib ololmayman!
36 — Otajon, — dedi qizi, — Egamizga so‘z bergan bo‘lsangiz, zinhor so‘zingizdan qaytmang, chunki Egamiz sizga dushmaningiz — Ommon xalqi ustidan g‘alaba berdi.
37 Mening esa birgina tilagim bor. Menga ikki oy muhlat bersangiz, men dugonalarim bilan toqqa chiqib, u yerda yoshligim xazon bo‘lganidan qayg‘uray. Chunki men endi hech qachon turmushga chiqmayman.
38 Yiftox unga ijozat berib, ikki oyga toqqa jo‘natib yubordi. Qiz dugonalari bilan toqqa chiqib, qayg‘urib yig‘ladi.
39 Ikki oy o‘tgach, otasining yoniga qaytib keldi. Yiftox Egamizga bergan va’dasiga vafo qoldi. Qiz bokira edi. Shundan keyin Isroilda bir odat paydo bo‘ldi:
40 har yili Isroil qizlari tog‘larga chiqib, to‘rt kun davomida Giladlik Yiftoxning qizi uchun motam tutadigan bo‘lishdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак