Hakamlar 5 bob

1 Dobira va Baraqning qo‘shig‘i.

1 Abunavam o‘g‘li Baraq bilan Dobira o‘sha kuni shunday qo‘shiq kuylashdi:
2 “Isroil yo‘lboshchilari yo‘l boshlaganda, Xalq fidoyilik ko‘rsatganda, Egamizga hamdu sanolar ayting!
3 Eshiting, sizlar, ey, shohlar! Quloq soling, ey, yo‘lboshchilar! Egamizga men qo‘shiq ayturman, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni kuylab soz chalurman.
4 Sen, ey, Egam, Seirdan yo‘lga chiqqaningda, Edom bo‘ylab yurish qilganingda, Yer silkindi, osmon yomg‘irin quydi, Ha, bulutlar sharros yomg‘irin to‘kdi.
5 Tog‘lar titradi Sinaydagi Egamiz oldida, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning oldida.
6 Onot o‘g‘li Shamgar davrida, Yovel zamonida yurmay qo‘ygandi karvon. Yo‘lovchilar so‘qmoqdan yurishga bo‘ldi majbur.
7 Isroil qishloqlari huvullab qoldi butkul. Men, Dobira, kelgunimga qadar, Isroilning volidasi singari, Bo‘m–bo‘sh edi Isroil qishloqlari!
8 Yangi xudolarni Isroil xalqi tanlaganda, Jang qizidi shahar darvozalarida. Na qalqoni, na nayzasi bor edi Isroilning qirq mingta sipohida.
9 Qalbim moyil Isroil yo‘lboshchilariga, Xalqning orasidagi fidoyilarga. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
10 Eshiting, ey, oq xachir minganlar, Qimmatbaho egarlarda o‘tirganlar! Ey, yo‘lda yayov yurganlar!
11 Quduq oldida to‘plangan Qishloq cho‘ponlarining ovozlarin eshiting. Madh qilayotir ular Egamizning zafarlarini, Isroildagi qishloqlarning g‘alabalarini. Shahar darvozalariga hamla qildi Egamiz xalqi:
12 “Olg‘a bos, Dobira, olg‘a bos ildam! Olg‘a bos, kuylagin jangovar qo‘shiq! Abunavam o‘g‘li Baraq! Qani, bo‘l sen ham! Asirlaringni o‘zing boshlagin!”
13 Xalqning qolgani bo‘ysundirdi bahodirlarni, Egamiz xalqi mag‘lub qildi pahlavonlarni,
14 Omoleklarni yenggan Efrayimdan chiqqandi. Benyamin ham senga ergashdi, Moxir naslidan kelishdi lashkarboshilar, Zabulun qavmidan — hokimlik tayog‘in tutganlar.
15 Dobiraga qo‘shildi Issaxor yo‘lboshchilari, Baraqni qo‘lladi Issaxor o‘g‘lonlari. Vodiyga shoshildi ular Baraq ortidan. Ammo beqarorlik qildi Rubenning nasli.
16 Nega sizlar qo‘ralarda qoldingiz, ey, Ruben? Cho‘ponlarning qurey–qureylarin eshitganimi?! Beqarorlik qildi–ku Rubenning nasli.
17 Gilad Iordan ortida qoldi. Dan kemalari yonida qoldi. Osher dengiz sohilida o‘rnashib oldi, O‘z ko‘rfazlarida joylashib qoldi.
18 O‘limdan qo‘rqmadi Zabulun lashkari, Jonin ayamadi Naftali ham jang maydonida.
19 Tanaxda, Maxido‘ suvlari yonida Kan’on shohlari urush ochishdi. Biroq xazinani ular o‘lja qila olmadi.
20 Jang qildi yulduzlar samoda turib, Sisaroga urush qildi o‘z yo‘llarida yurib.
21 Supurib tashladi dushmanni Xishon daryosi, O‘sha ko‘hna daryo — Xishon daryosi. Ey, jonim! Kuch–la olg‘a bos!
22 Arg‘umoqlar keldi dupur–dupur qilib, Sisaro otlarining tuyoqlari yerni tamg‘alab.
23 “Miroz shahrini la’natla, — deydi Egamizning farishtasi, — Aholisini ham qattiq qarg‘agin, Ular kelmadi Egamizga madad bergani, Pahlavonlarga qarshi Egamizga madad bergani.”
24 Xayin urug‘idan bo‘lgan Xaberning xotini — Yovel ayollar orasida baraka topsin! Chodirlarda yashaydigan ayollarning baxtlisi bo‘lsin.
25 Sisaro suv so‘raganda Yovel keltirdi sut, Shohkosada qatiq olib keldi u.
26 Chodir qozig‘ini qo‘liga oldi, O‘ng qo‘lida bolg‘ani tutdi. Zarba bilan Sisaroning boshini yordi, Chakkasiga bir urib, teshib yubordi.
27 Sisaro sulayib yiqilib tushdi, Yovelning oyog‘i ostida churq etmay qoldi. Yovelning oyog‘i ostida sulayib qoldi, Yiqilgan joyida jon taslim qildi.
28 Sisaroning onasi derazadan ko‘chaga qarar, Panjara ortidan u zorlanib aytar: “Aravalar qolib ketdi namuncha? Tuyoqlar ovozi eshitilmas hanuzgacha?”
29 Javob berar uning dono ayollari, Javob berar takror–takror o‘ziga o‘zi:
30 “Bo‘lishayotgandir ular o‘ljani, Har qaysi sipohga bir–ikki juvonni, Sisaroga rang–barang liboslarni. G‘oliblarga olib kelar ikki hissa qilib Nafis naqshli liboslarni.”
31 Ey, Egamiz! Dushmanlaring barchasi Sisaroga o‘xshab qirilib ketsin! Do‘stlaring–chi, chiqayotgan quyoshday Charaqlab tursin!” Yurtda qirq yil tinchlik barqaror bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак