Yuhanno Muqaddas xushxabar 12 bob

1 Maryam Isoga atir moy surtadi. 12 Iso Quddusga tantanali ravishda kiradi. 20 Iso O‘z o‘limi haqida gapiradi. 37 Xalqning o‘jarligi va imonsizligi.

1 Fisih bayramidan olti kun oldin Iso Lazarning qishlog‘i Baytaniyaga bordi. Iso o‘sha Lazarni o‘likdan tiriltirgan edi.
2 O‘sha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso va mehmonlar bilan birga dasturxon oldida yonboshlagan edi.
3 Shu payt Maryam bir shisha toza sunbuldan ishlangan qimmatbaho atir moyini olib kelib, Isoning oyoqlariga surtdi, so‘ng sochlari bilan artdi. Uy atir moyining xushbo‘y hidiga to‘lib ketdi.
4 Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi:
5 — Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib, kambag‘allarga bo‘lib bersa bo‘lmasmidi?!
6 U bu gapni kambag‘allarga qayg‘urgani uchun emas, balki o‘g‘ri bo‘lgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, qutiga solinadigan puldan u o‘g‘irlab turardi.
7 Iso shunday dedi: — Ayolni tinch qo‘yinglar! Zotan, u Meni dafn kunimga tayyorladi.
8 Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladi. Men esa har doim ham sizlar bilan birga bo‘lmayman.
9 Bir talay yahudiylar Isoning Baytaniyada ekanligini bilib kelishdi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso o‘likdan tiriltirgan Lazarni ham ko‘rishni istardilar.
10 Bosh ruhoniylar Lazarni ham o‘ldirishni rejalashtirgan edilar.
11 Chunki ko‘p yahudiylar Lazar tufayli Iso tomoniga o‘tib, Unga imon keltirayotgan edilar.
12 Ertasi kuni bayramga borgan ko‘p xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qolishdi.
13 Ular palma daraxti shoxlaridan olishdi, Uni qarshi olgani chiqib, shunday deb hayqirishardi: “Tasanno! Egamiz nomi bilan kelayotgan Inson baraka topsin. Isroilning shohi muborak bo‘lsin!”
14 Iso bir xo‘tikni topib, unga mindi, xuddi Muqaddas Bitiklarda aytilganday:
15 “Ey Quddus xalqi, qo‘rqma! Mana shohingiz xo‘tikni minib kelyapti.”
16 Isoning shogirdlari avval buni tushunmadilar. Iso ulug‘langandan keyingina ular bu so‘zlarning U haqda yozilganini va xalq xuddi yozilganidek qilganini esladilar.
17 Iso Lazarni qabrdan chaqirib tiriltirganiga guvoh bo‘lgan olomon Isoga ergashib, bu haqda hammaga aytdi.
18 Isoning qilgan bu mo‘jizali alomati haqida eshitgan ko‘p odamlar Uni kutib olgani chiqqan edilar.
19 Farziylar esa bir–biriga: — Qaranglar, qo‘limizdan hech narsa kelmadi. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda! — deyishardi.
20 Xudoga sajda qilish uchun bayramga kelganlar orasida ba’zi g‘ayriyahudiylar bor edi.
21 Ular Filipning oldiga borib (Filip Jalilaning Baytsayda shahridan edi) shunday deb aytishdi: — Taqsir, biz Isoni ko‘rmoqchimiz.
22 Filip borib, bu haqda Idrisga aytdi. So‘ng ikkalovi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi.
23 Iso ularga shunday javob berdi: — Inson O‘g‘li ulug‘lanadigan vaqt–soat keldi.
24 Sizlarga chinini aytay: agar bug‘doyning doni yerga tushib o‘lmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda o‘lsa, ko‘p hosil beradi.
25 Kim o‘z jonini sevsa, uni yo‘qotadi. Kim bu dunyoda o‘z jonidan voz kechsa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi.
26 Kim Menga xizmat qilmoqchi bo‘lsa, orqamdan yursin. Men qayerda bo‘lsam, xizmatchim ham u yerda bo‘lsin. Menga xizmat qilgan odamni Otam hurmat qiladi.
27 Endi esa yuragim siqilib ketyapti. Nima ham der edim?! “Ey Ota, bu vaqt–soatdan Meni saqla”, deb ayta olarmidim?! Men shu vaqt–soat uchun kelganman–ku!
28 Ey Ota, O‘z nomingni ulug‘lagin! Iso shunday deyishi bilanoq osmondan: — Men nomimni ulug‘ladim, bundan keyin ham ulug‘layman, — degan sado keldi.
29 U yerda turgan olomon bu sadoni eshitib, momaqaldiroq deb o‘yladi. Boshqalar esa: — Unga farishta gapirdi! — deyishdi.
30 Bunga javoban Iso dedi: — Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun bo‘ldi.
31 Endi bu dunyo hukm qilinadi, endi bu dunyoning yovuz hukmdori haydab chiqariladi.
32 Men yerdan yuqoriga ko‘tarilganimda, hammani O‘zimga jalb qilaman.
33 Iso bu so‘zlarni qay yo‘l bilan o‘lishini bildirish uchun aytdi.
34 Xalq bunga javoban dedi: — Biz Tavrotda, Masih abadiy yashaydi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen: Inson O‘g‘li yuqoriga ko‘tarilishi kerak, deb aytyapsan? Inson O‘g‘li kim o‘zi?
35 Iso ularga dedi: — Nur yana qisqa bir muddat sizlar bilan bo‘ladi. Nur borida yuringlar, tag‘in zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qayerga ketayotganini bilmaydi.
36 Nur hanuz sizlar bilan ekan, nurga ishoninglar, shunda nur farzandlari bo‘lasizlar. Bularni aytib bo‘lgach, Iso uzoqlashib, xalqdan yashirindi.
37 Iso xalqning ko‘z o‘ngida shuncha ko‘p mo‘jizali alomatlar yaratgan bo‘lsa ham, ular Isoga ishonmas edilar.
38 Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning so‘zi bajo bo‘ldi: “Ey Egamiz, bizning xabarimizga kim ishondi? Sening qudratli kuching kimga ayon bo‘ldi?”
39 Haqiqatdan ham, ular ishona olmadilar. Negaki, Ishayo ular haqida yana shunday deb aytgandi:
40 “Xudo ularning ko‘zlarini ko‘r qildi, Aqllarini o‘tmas qildi. Toki ko‘zlari bilan ko‘rmasinlar, Aqllari bilan anglamasinlar, Tag‘in Menga qaytib, shifo topmasinlar.”
41 Ishayo Masihning ulug‘vorligini ko‘rgani uchun bu so‘zlarni aytgan edi.
42 Shunga qaramay, ko‘p yahudiy boshliqlari ham Isoga imon keltirdilar. Lekin ular farziylar tufayli buni ochiqchasiga tan olmas edilar, chunki sinagogadan haydalishdan qo‘rqardilar.
43 Axir, ular Xudoning maqtovidan ko‘ra insonning maqtovini yaxshi ko‘rardilar.
44 Iso xitob qilib dedi: “Menga ishongan odam Menga emas, balki Meni Yuborganga ishongan bo‘ladi.
45 Meni ko‘rgan odam Meni Yuborganni ko‘rgan bo‘ladi.
46 Menga ishongan bironta odam zulmatda qolmasin, deb Men dunyoga nur bo‘lib keldim.
47 Agar kim Mening so‘zlarimni eshitib, rioya qilmasa, Men uni hukm qilmayman. Men dunyoni hukm qilish uchun emas, najot berish uchun kelganman.
48 Meni rad qilib, so‘zlarimni qabul qilmagan odamni hukm qiluvchi bor. Aytgan so‘zim unday odamni oxiratda hukm qiladi.
49 Zotan Men O‘zimcha gapirganim yo‘q. Meni yuborgan Ota nima aytishimni, qanday gapirishimni Menga amr etgan.
50 Uning amri esa abadiy hayot berishini bilaman. Xullas, nima aytayotgan bo‘lsam, Otam Menga aytganday sizlarga aytyapman.”


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак