Yuhanno Muqaddas xushxabar 21 bob

1 Iso ko‘l bo‘yida zohir bo‘ladi. 15 Isoning Butrusga savoli. 20 Iso va Uning sevikli shogirdi. 24 Xotima.

1 Bu hodisalardan keyin Iso Jalila ko‘li bo‘yida yana shogirdlariga zohir bo‘ldi. Bu shunday ro‘y berdi:
2 Shimo‘n Butrus, “Egizak” laqabli To‘ma, Jaliladagi Kana qishlog‘idan bo‘lgan Natanil, Zabadiyning o‘g‘illari va boshqa ikki shogird birga yig‘ilgan edilar.
3 Shimo‘n Butrus yonidagilarga: — Men ketdim, baliq tutaman, — dedi. — Biz ham sen bilan boramiz, — deyishdi ular. So‘ng qayiqqa tushib, jo‘nab ketishdi. Lekin o‘sha kecha hech narsa tutisholmadi.
4 Kun yorishganda Iso qirg‘oqda turgan edi. Shogirdlari esa Uning Iso ekanligini bilmadilar.
5 — Yigitlar, balig‘ingiz bormi? — deb so‘radi Iso ulardan. — Yo‘q, — deb javob berdi ular.
6 — To‘ringizni qayiqning o‘ng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, — dedi Iso. Ular to‘rni tashladilar. Baliq ko‘pligidan uni tortib ololmadilar.
7 Shu payt Isoning sevikli shogirdi Butrusga: — Bu Rabbimiz Iso–ku! — dedi. Shimo‘n Butrus buni eshitishi bilanoq, uzun ko‘ylagining etaklarini beliga qistirdi–yu, ko‘lga sakradi.
8 Boshqa shogirdlar esa baliq to‘la to‘rni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quruqlikka yaqin, taxminan ikki yuz tirsak masofada edilar.
9 Qirg‘oqqa chiqqanlarida, nonni va yongan ko‘mir ustida pishayotgan baliqni ko‘rdilar.
10 Iso ularga: — Hozir tutgan balig‘ingizdan olib kelinglar, — dedi.
11 Shimo‘n Butrus borib, to‘rni qirg‘oqqa tortib chiqardi. To‘r katta baliqlarga to‘la edi. Hammasi bo‘lib 153 ta baliq bor edi. Baliqlar ko‘pligiga qaramasdan, to‘r yirtilmadi.
12 Iso shogirdlariga: — Qani kelinglar, nonushta qilib olinglar, — dedi. Ulardan hech biri: “Siz kimsiz?” — deb so‘rashga botinolmadi, chunki Uning Rabbimiz Iso ekanligini bilar edilar.
13 Iso ularning oldiga borib, nondan berdi, baliqdan ham berdi.
14 Bu Isoning tirilganidan keyin uchinchi bor shogirdlariga zohir bo‘lishi edi.
15 Nonushtadan keyin Iso Shimo‘n Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni ulardan ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, Rabbim! Men Sizni yaxshi ko‘rishimni O‘zingiz bilasiz–ku, — dedi Unga Butrus. — Qo‘zilarimni o‘tlat, — dedi unga Iso.
16 Iso ikkinchi marta Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni yaxshi ko‘rasanmi? — Ha, Rabbim! Sizni yaxshi ko‘rishimni O‘zingiz bilasiz–ku, — dedi Butrus Unga. — Qo‘ylarimni boq, — dedi unga Iso.
17 So‘ng uchinchi marta Butrusdan so‘radi: — Yuhanno o‘g‘li Shimo‘n, sen Meni yaxshi ko‘rasanmi? Iso uchinchi marta yana shu savolni bergani uchun Butrus xafa bo‘ldi. — Rabbim! Siz hamma narsani bilasiz, men Sizni yaxshi ko‘rishimni ham bilasiz, — dedi Butrus. Iso unga shunday dedi: — Qo‘ylarimni o‘tlat!
18 Senga chinini aytayin: yosh bo‘lganingda kamaringni o‘zing bog‘lar eding, xohlagan joyingga borar eding. Qariganingda esa qo‘llaringni uzatasan, boshqa birov seni bog‘laydi, seni xohlamagan joyingga olib boradi.
19 Iso bu so‘zlar orqali Butrusning qay yo‘l bilan o‘lib, Xudoni ulug‘lashini bildirdi. So‘ngra unga: — Ortimdan yur! — dedi.
20 Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini ko‘rdi. Bu shogirdi kechki ziyofatda engashib, Isodan: “Hazrat, Sizni kim tutib beradi?” — deb so‘ragan edi.
21 Butrus uni ko‘rib, Isodan: — Rabbim, uning taqdiri nima bo‘ladi? — deb so‘radi.
22 Iso unga: — Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?! Sen ortimdan yuraver, — dedi.
23 Shunday qilib, imonlilar orasida bu shogird o‘lmaydi, degan gap–so‘z tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni o‘lmaydi, demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?!” — deb aytgan edi.
24 Ana shu shogird bu hodisalarning hammasiga guvoh bo‘lib, ularni yozib olgan. Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz.
25 Iso yana ko‘p boshqa ishlar qilgan. Bular birma–bir yozib chiqilganda edi, yozilgan kitoblar olamga ham sig‘mas edi, deb o‘ylayman.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18