Yuhanno Muqaddas xushxabar 8 bob

1 Iso fohisha ayolni kechiradi. 12 Iso Masih — olamning nuri. 21 Isoni rad qilganlarning oqibati. 31 Ozod qiladigan haqiqat. 39 Ibrohim bolalari, iblis bolalari. 48 Iso azaldan mavjud.

1 Iso Zaytun tog‘i tomon ketdi.
2 Saharda yana Ma’badga qaytdi. Butun xalq Uning oldiga yig‘ilib keldi, U esa o‘tirib, odamlarga ta’lim bera boshladi.
3 Shu orada Tavrot tafsirchilari bilan farziylar bir ayolni olib kelishdi. Ular bu ayolni zino qilayotganda ushlab olishgan edi. Ayolni hammaning oldiga turg‘izib,
4 shunday deyishdi: — Ustoz! Bu ayol zino qilayotganda ushlandi.
5 Muso Tavrotda bunday ayollarni toshbo‘ron qilishni buyurgan. Siz nima deysiz?
6 Bu savol bilan ular Isoni tuzoqqa ilintirib, ayblashga asos topmoqchi edilar. Iso esa engashib barmog‘i bilan yerga yoza boshladi.
7 Ular bu savolni qayta–qayta so‘rayverganlari uchun, Iso o‘rnidan turib dedi: — Sizning orangizda kim begunoh bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib ayolga tosh otsin.
8 So‘ng yana engashib, yerga yozishni davom ettirdi.
9 Ular bu gapni eshitib, kattalardan boshlab hammasi birin–ketin keta boshlashdi. Oxirida yolg‘iz Iso bilan Uning oldida turgan ayol qoldi.
10 Iso o‘rnidan turib ayolga dedi: — Ey ayol, boshqalar qani? Hech kim seni mahkum qilmadimi?
11 — Hech kim, Hazrat! — deb javob berdi ayol. Iso dedi: — Men ham seni mahkum qilmayman. Bor, bundan keyin boshqa gunoh qilma.
12 Iso yana xalqqa gapirib dedi: — Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, hech qachon zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo‘ladi.
13 Farziylar Isoning bu gapiga e’tiroz bildirib dedilar: — Siz O‘zingizga O‘zingiz guvohlik beryapsiz. Bu guvohligingiz haqqoniy emas.
14 Iso shunday javob berdi: — Men O‘zimga O‘zim guvohlik bersam ham, guvohligim haqqoniydir. Chunki Men qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilmaysizlar.
15 Sizlar insoniy o‘lchov bilan hukm qilasizlar. Men esa hech kimni hukm qilmayman.
16 Bordi–yu, Men hukm qilsam ham, hukmim haqqoniydir. Chunki Men O‘zim emas, balki Meni yuborgan Ota bilan birga hukm qilaman.
17 O‘zlaringizning Tavrotingizda: “Ikki guvohning shahodati haqqoniydir”, deb yozilgan–ku.
18 Shunday ekan, bitta guvoh Menman, ikkinchisi Meni yuborgan Otadir.
19 Shunda ular Isodan: — Otangiz qayerda? — deb so‘radilar. U bunga javoban dedi: — Sizlar Meni ham, Otamni ham tanimaysizlar. Agar Meni taniganingizda edi, Otamni ham tanigan bo‘lar edingizlar.
20 Bu so‘zlarni Iso Ma’badda ta’lim berayotib, sadaqa qutisining oldida aytdi. Hech kim Uni qo‘lga olmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi.
21 Iso ularga yana dedi: — Men ketyapman. Sizlar Meni qidirasizlar va gunohkor bo‘lib o‘lasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar.
22 — Nahotki U O‘zini O‘zi o‘ldirsa? “Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar”, deb aytyapti–ku, — deyishdi o‘zaro yahudiylar.
23 Iso ularga shunday dedi: — Sizlar bu dunyodansizlar, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamga mansubsizlar, Men esa bu olamdan emasman.
24 Shuning uchun sizlarga “Gunohkor bo‘lib o‘lasizlar”, deb aytdim. Ha, agar O‘sha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor bo‘lib o‘lasizlar.
25 — Siz kimsiz? — deb so‘rashdi Isodan. Iso shunday dedi: — Kimligimni sizlarga boshidan aytib kelyapman–ku!
26 Sizlarni ayblab aytadigan gapim juda ko‘p. Lekin Meni Yuborgan haqdir, Men Undan nima eshitgan bo‘lsam, o‘shani dunyoga ma’lum qilaman.
27 Ular esa Iso O‘z Otasi haqida gapirayotganini tushunmadilar.
28 Iso so‘zida davom etdi: — Inson O‘g‘lini yuqoriga ko‘targaningizda, O‘sha Men ekanligimni bilib olasizlar. O‘shanda Men O‘zimcha hech narsa qilmaganimni, faqat Otam o‘rgatgan narsalarni aytganimni tushunib olasizlar.
29 Meni Yuborgan doim Men bilan birgadir. U Meni yolg‘iz tashlab ketmagan. Zero, Men har doim Unga ma’qul bo‘lgan ishlarni qilaman.
30 Isoning aytgan gaplarini eshitgan ko‘p odamlar Unga imon keltirdilar.
31 Shu vaqt Iso Unga ishongan yahudiylarga dedi: — Agar Mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim bo‘lasizlar.
32 Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi.
33 Ular shunday deb javob berishdi: — Biz Ibrohim naslimiz. Hech qachon hech kimga qul bo‘lmaganmiz. Qanday qilib siz “Ozod bo‘lasizlar”, deb aytyapsiz?
34 Iso dedi: — Sizlarga chinini aytayin: Gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir.
35 Qul hech qachon xonadon a’zosi bo‘la olmaydi, o‘g‘il esa abadulabad o‘z xonadonining a’zosidir.
36 Shunday ekan, agar O‘g‘il sizlarni ozod qilsa, haqiqatan ozod bo‘lasizlar.
37 Ibrohim nasli ekanligingizni bilaman. Biroq Mening jonimga qasd qilmoqchisizlar. Chunki Mening so‘zim qalbingizdan joy topmagan.
38 Men Otaning huzurida nima ko‘rgan bo‘lsam, o‘shani sizlarga aytyapman. Sizlar esa o‘z otangizdan o‘rganganingizni qilyapsizlar.
39 Ular Isoga shunday javob berdilar: — Bizning otamiz Ibrohimdir. Iso shunday dedi: — Agar Ibrohimning farzandlari bo‘lganingizda edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilgan bo‘lar edingizlar.
40 Men sizlarga Xudodan eshitgan haqiqatni so‘zlab berdim, xolos. Shunday bo‘lsa– da sizlar Meni o‘ldirmoqchisizlar. Ibrohim bunday ish qilmagan.
41 Sizlar Ibrohimning emas, o‘z otangizning ishlarini qilyapsizlar. — Iye, biz zinodan tug‘ilmaganmiz. Bizning bittayu bitta Otamiz — Xudoning O‘zi–ku! — deb javob berishdi Isoga.
42 Iso ularga shunday dedi: — Agar Otangiz Xudo bo‘lganda edi, Meni yaxshi ko‘rgan bo‘lar edingiz, chunki Men Xudodan kelib, endi shu yerda turibman. Men O‘zimcha kelganim yo‘q, Meni U yubordi.
43 Nega aytganlarimni anglamayapsizlar?! Bunga sabab — so‘zlarimni hazm qila olmaganingiz.
44 Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar o‘z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir.
45 Ammo Men haqiqatni gapirganim uchun, Menga ishonmayapsizlar.
46 Qaysi biringiz Meni biron gunohda ayblay olasiz? Agarda haqiqatni gapirayotgan bo‘lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?
47 Kim Xudoga tegishli bo‘lsa, Xudoning so‘zlariga quloq soladi. Sizlar esa Xudoga begona bo‘lganingiz uchun, quloq solmayapsizlar.
48 Bunga javoban yahudiylar shunday dedilar: — Siz Samariyaliksiz–ku, Sizni jin uribdi, deb to‘g‘ri aytgan ekanmiz!
49 Iso dedi: — Meni jin urgani yo‘q. Men Otamni hurmat qilaman. Sizlar esa Meni beobro‘ qilyapsizlar.
50 Men O‘zimga obro‘ orttirmoqchi emasman. Lekin obro‘yimni ko‘taradigan bor, Uning O‘zi hukm qiladi.
51 Sizlarga chinini aytayin: kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lim ko‘rmaydi.
52 Shunda yahudiylar dedilar: — Sizni jin urganini endi aniq bilib oldik! Ibrohim o‘ldi, payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan. Siz esa: “Kim Mening so‘zimga rioya qilsa, hech qachon o‘lmaydi”, deyapsiz–a?!
53 Nahotki Siz vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham ustun bo‘lsangiz?! Payg‘ambarlar ham o‘lib ketishgan– ku! Siz O‘zingizni kim deb hisoblaysiz o‘zi?!
54 Iso shunday javob berdi: — Agar Men O‘zimni O‘zim maqtasam, maqtovlarim behudadir. Otamning O‘zi Meni maqtaydi. Sizlar Uni Xudoyimiz deb ataysizlar,
55 aslida esa Uni tanimaysizlar. Men esa Uni bilaman. Agar, Uni bilmayman, desam, sizlarga o‘xshagan yolg‘onchi bo‘laman. Men Uni bilaman va Uning so‘ziga rioya qilaman.
56 Otangiz Ibrohim kelgan kunimni kutib, xursand bo‘lgan edi. O‘sha kunni ko‘rib, qattiq quvondi.
57 — Siz hali ellik yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, qanday qilib Ibrohimni ko‘rgansiz?! — deyishdi yahudiylar Unga.
58 Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlarga chinini aytay: Ibrohim tug‘ilmasidan oldin Men bor bo‘lganman.
59 Shunda Isoni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar. Iso esa yashirincha Ma’baddan chiqib ketdi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак