Rimliklarga maktub 11 bob

1 Xudoning tanlangan xalqi. 13 Novdalarning payvand qilinish misoli.

1 Shunday qilib, yana bir savolim bor. Nahotki Xudo O‘z xalqini rad qilgan bo‘lsa? Yo‘q, aslo! Men o‘zim Isroil xalqidan bo‘lib, Ibrohimning avlodidanman, Benyamin qabilasiga tegishliman– ku!
2 Xudo azaldan tanlab olgan xalqini rad qilgani yo‘q. Muqaddas Bitiklarda Ilyos payg‘ambar haqida nima yozilgani esingizda yo‘qmi?! U Isroil xalqidan shikoyat qilib, Xudoga shunday degan edi:
3 “Ey, Egam, Isroil xalqi qurbongohlaringni buzdi, payg‘ambarlaringni qilichdan o‘tkazdi. Yolg‘iz men qoldim, xolos. Endi jonimni olish uchun meni ham qidirib yuribdilar.”
4 Xudo unga nima deb javob berdi? “Men Isroil xalqidan O‘zim uchun yetti ming odamni qoldirdim, ular Baal oldida tiz cho‘kmagan.”
5 Xuddi shunga o‘xshab, hozir ham Xudoga sodiq qolganlar bor, chunki ular Xudoning inoyati bo‘yicha tanlanganlar.
6 Tanlash insonlarning ishlariga emas, Xudoning inoyatiga bog‘liq. Agar shunday bo‘lmaganda edi, inoyat haqiqiy inoyat bo‘lmas edi.
7 Xullas, bu nimani bildiradi? Isroil xalqi solihlik payida bo‘lsa ham, solihlikka erishmadi. Faqatgina tanlanganlar bu maqsadga erishdi, qolganlarning esa yuraklari tosh bo‘ldi.
8 Muqaddas Bitiklarda yozilganday: “Xudo shu paytgacha ularni qattiq uxlatib qo‘ydi, Ularga ko‘radigan ko‘z, eshitadigan quloq bermadi.”
9 Dovud ham shunday degan: “Dasturxonlari o‘zlariga to‘ru tuzoq bo‘lsin, Shunda ular qoqilib, Jazolarini oladilar.
10 Ko‘z nurlari so‘nsin, ko‘rmayin qolsin, Bellari to abad bukchayib qolsin.”
11 Bundan yana bir savol kelib chiqadi. Yahudiylar qoqilganda, butunlay halok bo‘ldilarmi? Yo‘q, aslo! Aksincha, ular Masihni rad qilganlari uchun g‘ayriyahudiylar najotga ega bo‘ldilar, toki Isroil xalqining rashki qo‘zg‘alsin.
12 Yahudiylar Masihni rad etib, butun dunyoni yanada boyitdilar. O‘zlari yo‘qotgan boylik bilan g‘ayriyahudiylarga foyda keltirdilar. Agar ularning bu gunohi shunday samara keltirgan bo‘lsa, ularning najot topishi qanchalik foyda keltirishini bir tasavvur qilib ko‘ringlar–a!
13 Endi sizlarga — g‘ayriyahudiylarga aytyapman. To‘g‘ri, men sizlarga Xushxabar keltirish uchun yuborilganman. Bu xizmatimni jon– jahdim bilan bajaraman,
14 balki bu xizmatim bilan o‘z qondoshlarim, yahudiylarning rashkini qo‘zg‘atarman, ularning ba’zilarini qutqarib qolarman.
15 Yahudiylarning rad etilishi dunyoni Xudo bilan yarashtirgan bo‘lsa, ularning Xudo tomonidan qabul qilinishi o‘limdan hayotga olib bormaydimi?
16 Birinchi yopilgan non Xudoga bag‘ishlanib muqaddas bo‘lsa, xamirning qolgani ham muqaddasdir. Agar tomirlar muqaddas bo‘lsa, novdalar ham muqaddasdir.
17 Ba’zi yahudiylar daraxtning sindirib tashlangan novdalariga o‘xshaydilar. Sizlar — g‘ayriyahudiylar esa tabiiy novdalar orasiga payvand qilingan yovvoyi zaytun novdalariga o‘xshaysizlar. Endi ular bilan birga bir tomirdan oziqlanyapsizlar.
18 Shunday ekan, boshqa novdalarga qarab maqtanmanglar. Agar juda kekkayib ketsangizlar, yodga olinglar, sizlar tomirni emas, balki tomir sizlarni oziqlantiryapti.
19 Ehtimol sizlar: “Biz payvand qilinishimiz uchun novdalar sindirildi”, — dersizlar.
20 To‘g‘ri, lekin esingizda bo‘lsin: ular ishonmaganlari uchun sindirib tashlandilar, ammo sizlar imoningiz orqali payvand qilingansiz. Shuning uchun kekkayib ketmanglar, balki Xudodan qo‘rqinglar.
21 Yo‘qsa, Xudo tabiiy novdalarni ayamagani kabi, sizlarni ham ayamaydi.
22 Shunday qilib, Xudoning mehribonligi va qattiqqo‘lligi haqida o‘ylab ko‘ring: Xudoning najotini rad qilganlarga U qattiqqo‘llik qildi, sizlarga — payvand qilinganlarga esa U mehribonlik ko‘rsatdi. Agar Xudoga sodiq qolsangiz, Uning mehribonligidan bahramand bo‘laverasiz. Bo‘lmasa, Xudo sizlarni ham kesib tashlaydi.
23 Najotni rad qilganlar o‘z imonsizliklarini bas qilsalar, payvand qilinadilar. Xudo ularni qayta payvand qilib qo‘yishga qodir.
24 Axir, sizlar yovvoyi zaytun daraxtidan kesib olinib, parvarishlangan zaytun daraxtiga, tabiatga xilof ravishda payvand qilindingiz. Shunday ekan, ular — tabiiy novdalar, o‘zlarining daraxtlariga qanday osonlik bilan qayta payvand qilinadilar–a!
25 Birodarlarim, sizlar tag‘in o‘zbilarmon bo‘lib ketmanglar, deb bu sirni sizlarga bildirmoqchiman: g‘ayriyahudiylar orasidan belgilangan sondagilar najot topmaguncha, Isroil xalqining ba’zilari o‘jar bo‘lib qolaveradilar.
26 Shundan keyin, butun Isroil qutqariladi. Muqaddas Bitiklarda Xudo shunday degan–ku: “Qutqaruvchi Quddusdan keladi, Yoqub naslidan betavfiqlikni yo‘q qiladi.
27 Ular bilan qilgan ahdim mana shudir: Men ularni gunohlaridan forig‘ qilaman.”
28 Xushxabarni rad qilib, yahudiylar Xudoning dushmanlari bo‘lib qoldilar, bu sizlar — g‘ayriyahudiylarga foyda keltirdi. Ammo Xudo yahudiylarni tanlagani uchun, ularning ota– bobolari haqi hali ham ularni yaxshi ko‘radi.
29 Chunki Xudo bergan in’omlarini qaytarib olmaydi va O‘zi da’vat qilgan xalqidan voz kechmaydi.
30 Siz — g‘ayriyahudiylar ham bir vaqtlar itoatsiz edingiz, ammo endi Xudo sizlarga mehr–shafqat ko‘rsatdi. Bu yahudiylarning itoatsizligi natijasida sodir bo‘ldi.
31 Endi esa yahudiylar itoatsiz bo‘lib qoldilar, ammo sizlarga ko‘rsatilgan mehr–shafqat tufayli ular ham mehr– shafqat topadilar.
32 Hammaga mehr ko‘rsatay, deb Xudo hammani itoatsizlikka tutqun qildi.
33 Xudoning donoligiyu bilimi naqadar boy va chuqurdir! Uning hukmlarini kim tushunib yetar?! Uning yo‘llarini kim sinchiklab tekshira olar?!
34 Kim Egamizning fikr–zikrini bila olar?! Kim Unga maslahat bera olar?!
35 Kim Xudoga shunday hadya berganki, Xudo undan qarzdor bo‘lsa?!
36 Hech kim! Chunki butun borliq Xudodan kelib chiqqan, Xudo orqali va Xudo uchun mavjuddir! Unga to abad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18