Rimliklarga maktub 9 bob

1 Xudoning tanlagan xalqi. 19 Xudoning g‘azabi va marhamati. 30 Isroil xalqi va oqlanish.

1 Men Iso Masihga tegishli bo‘lganim uchun haqiqatni aytyapman, yolg‘on gapirmayman. Bu haqda vijdonim ham Muqaddas Ruh orqali shahodat beryapti.
2 O‘z xalqim uchun chuqur qayg‘uga botgan yuragim muttasil alam chekmoqda.
3 O‘z qondoshlarim haqi Xudoning lan’ati ostida qolib, Masihdan ajralishga ham rozi bo‘lardim.
4 Ular Isroil xalqidir. Xudo ularni O‘ziga farzand qilib olish uchun tanladi. O‘zining ulug‘vorligini ularga namoyon qilib, ular bilan ahdlar tuzdi. Ularga O‘z qonunini berib, ularni O‘zining xizmatiga tayinladi hamda ularga O‘z va’dalarini berdi.
5 Ular ulug‘ ota–bobolardan kelib chiqqan, Masih ham jismoniy jihatdan Isroil xalqidan kelib chiqqan. Butun borliq ustidan hukmdor bo‘lgan Xudoga abadiy hamdu sanolar bo‘lsin. Omin!
6 Xudo O‘z so‘zida turmadi, demoqchi emasman. Ammo Isroil xalqining hammasi ham Xudoning xalqi emasdir.
7 Shunga o‘xshab, Ibrohimdan tug‘ilganlarning hammasi ham Ibrohimning asl zurriyoti, deb hisoblanmaydi. Axir, Xudo Ibrohimga: “Nasling Is’hoq orqali kelib chiqadi”, deb aytgan–ku!
8 Demak, jismoniy jihatdan Ibrohimning farzandlari bo‘lganlarning hammasi ham Xudoning farzandlari emaslar. Faqatgina Xudo bergan va’daning natijasida dunyoga kelganlar asl zurriyot hisoblanadi.
9 Xudoning Ibrohimga bergan va’dasi quyidagicha edi: “Kelgusi yili shu paytda Men kelaman, xotining Sora o‘g‘il tug‘adi.”
10 O‘sha o‘g‘il bobokalonimiz Is’hoq edi. Vaqti kelib, Is’hoqning xotini Rivqo egizak o‘g‘illarga homilador bo‘ldi.
11 Farzandlar tug‘ilmaslaridan avval, hali birorta yaxshi yoki yomon ish qilmaslaridan oldin
12 Xudo Rivqoga: “Kattasi kichigiga xizmat qiladi”, deb aytgandi. Bu ko‘rsatib turibdiki, Xudo O‘z maqsadini bajarish uchun insonlarni tanlaydi, tanlanish insonlarning ishlariga emas, balki Xudoning da’vatiga bog‘liqdir.
13 Axir, Muqaddas Bitiklarda: “Men Yoqubni yaxshi ko‘rib, Esovdan nafratlandim”, deb yozilgan–ku!
14 Xo‘sh, bunga nima deymiz? Xudo adolatsizmi? Yo‘q, aslo!
15 Xudo Musoga: “Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman”, deb aytgan.
16 Shunday qilib, Xudoning mehr–shafqati inson xohishi va tashabbusiga emas, balki Xudoning irodasiga bog‘liq.
17 Muqaddas Bitiklarda yozilganiday, Xudo fir’avnga: “Senga qudratimni ko‘rsatay, butun olamga shuhratimni yoyay, deb seni hukmdor qilib tayinladim”, deb aytgan.
18 Xullas, Xudo O‘z xohish–irodasiga ko‘ra ish yuritadi, bir insonga marhamat ko‘rsatadi, boshqa birovning esa yuragini tosh qiladi.
19 Shunda kimdir mendan: “Unda nima uchun Xudo bizni ayblaydi? Axir, kim ham Uning irodasiga qarshi chiqa olardi?”, deb so‘rashi mumkin.
20 Ey inson, sen kim bo‘libsanki, Xudoga gap qaytarsang?! Yaratilgan narsa yaratuvchisidan: “Nima uchun meni bunday qilib yaratding?”, deb so‘raydimi?
21 Axir kulol bir loy qorishmasidan har xil idishlar yasar ekan, ularning ba’zilarini qutlug‘ bayram kunlarida ishlatiladigan qilishga, boshqalarini esa har kuni ishlatiladigan idish qilib qo‘yishga haqi yo‘qmi?
22 To‘g‘ri, Xudo O‘z g‘azabi va qudratini jazo orqali ko‘rsatishga haqlidir. Ammo jazoga mubtalo bo‘ladiganlarning halokatini orqaga surib, sabr– bardosh ko‘rsatsa, nima bo‘pti?
23 Shunday qilib, Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lgan va Uning ulug‘vorligini baham ko‘rishga belgilangan odamlarga Xudo O‘z ulug‘vorligining naqadar boy ekanligini namoyon qiladi.
24 Nafaqat yahudiylar orasidan, balki boshqa xalqlar orasidan tanlanganlar qatorida biz ham bormiz.
25 Xo‘sheya kitobida Xudo shunday deb aytgan: “Mening xalqim bo‘lmaganlarni ‘O‘z xalqim’, deb atayman. Oldin sevgilim bo‘lmaganni ‘Sevgilim’, deb aytaman.
26 Ularga: ‘Xalqim emas’, deb aytilgan bo‘lsa, kelajakda ular: ‘Barhayot Xudoning bolalari’, deb ataladi.”
27 Ishayo ham Isroil xalqi haqida shunday degan edi: “Isroil xalqining soni dengiz qumiday ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, faqatgina ba’zilari qutqarilib, omon qoladi,
28 chunki Egamiz dunyo ustidan chiqargan hukmini to‘la–to‘kis va tezda ijro etadi.”
29 Bulardan oldinroq Ishayo yana shunday deb aytgan edi: “Eh, agarda Sarvari Olam Qoldirmaganda edi bizga zurriyot, Sado‘m shahriga o‘xshab qolgan bo‘lardik, G‘amo‘ra shahriga o‘xshagan bo‘lardik.”
30 Xo‘sh, bular nimani bildiradi?! Xudoning oldida oqlanish payida bo‘lmagan boshqa xalqlar endi imon tufayli oqlandilar.
31 Isroil xalqi esa oqlanish niyatida qonunni bajarish payida bo‘ldilar, lekin maqsadlariga erisha olmadilar.
32 Nima uchun? Chunki ular imon bilan emas, balki qonunni bajarish orqali oqlanishga urindilar. Ular Muqaddas Bitiklarda tasvirlangan Toshga qoqilib yiqildilar.
33 Xudo Muqaddas Bitiklarda shunday deb aytgan edi: “Men Quddusda bir Tosh joylashtiryapman. Ba’zilar unga qoqilib, yiqiladilar, ammo unga tayanganlar sharmanda bo‘lmaydilar.” Bu Tosh Iso Masihdir.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак