Rimliklarga maktub 5 bob

1 Xudo bilan yarashish. 12 Odam Atodan — o‘lim, Masihdan — hayot.

1 Biz imonimiz tufayli oqlanganimiz uchun Rabbimiz Iso Masih orqali Xudo bilan yarashib, tinchlikka ega bo‘ldik.
2 Rabbimiz Iso Xudoning inoyati eshigini bizga ochib berdi. Biz imon tufayli bu inoyatga erishib, mahkam turamiz hamda Xudoning ulug‘vorligiga sherik bo‘lish umidimiz borligidan faxrlanamiz.
3 Faqatgina o‘sha umidimiz bilan emas, balki azob–uqubatlarimiz bilan ham faxrlanamiz, chunki azob–uqubatlar sabr–toqat hosil qilishini bilamiz.
4 Sabr–toqat Xudoga ma’qul fe’l–atvorni, bunday fel–atvor esa umidni hosil qiladi.
5 Umidimiz bizni uyatga qoldirmaydi. Chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudoning mehr–muhabbati bilan to‘lib-toshadi.
6 Ha, biz chorasiz bo‘lganimizda, belgilangan vaqtda Masih biz — betavfiqlar uchun o‘ldi.
7 Hatto solih inson uchun ham o‘lishga rozi bo‘ladigan birorta insonni topish qiyin. Loaqal, kimdir himmatli inson uchun o‘lishga jur’at qilar.
8 Lekin biz hali gunohga botgan chog‘imizda, Masih biz uchun o‘ldi. Shu yo‘sinda Xudo bizga bo‘lgan O‘z mehr–muhabbatini namoyon qildi.
9 Demak, biz Masihning to‘kilgan qoni tufayli oqlangan ekanmiz, albatta U bizni Xudoning qahr–g‘azabidan qutqaradi.
10 Biz hali Uning dushmanlari bo‘lgan paytimizda, Xudo O‘z O‘g‘lining o‘limi orqali bizlarni O‘zi bilan yarashtirdi. Biz endi Xudo bilan yarashgan ekanmiz, albatta O‘g‘lining hayoti tufayli najot topamiz.
11 Bundan tashqari, biz Rabbimiz Iso Masih tufayli Xudo bilan bo‘lgan munosabatimizdan faxrlanamiz. Axir, Iso Masih orqali biz Xudo bilan yarashganmiz–ku.
12 Bir odamning dastidan dunyoga gunoh kirib keldi. Gunohdan esa o‘lim kelib chiqdi. Natijada insonlar o‘ladigan bo‘lib qoldi, chunki hamma gunohkordir.
13 Qonun mavjud bo‘lmasdan oldin ham dunyoda gunoh bor edi, lekin qonun yo‘qligida gunoh hisobga olinmaydi.
14 Shunga qaramay, Odam Atodan Musoga qadar yashaganlarning gunohlari aynan Odam Atoning gunohiday bo‘lmasa–da, o‘lim ularning ustidan hokimlik qildi. Quyidagi ravishda Odam Ato Kelajak Zotning timsoli edi:
15 Bir kishining gunohi tufayli hamma o‘ladigan bo‘ldi, shunga o‘xshab bir Odam, ya’ni Iso Masihning inoyati orqali hamma Xudoning boy ehsonidan bahramand bo‘la oladi. Biroq Xudoning ehsonini Odam Atoning gunohi bilan solishtirib bo‘lmaydi.
16 Xudoning ehsoni bilan Odam Atoning gunohi orasidagi farqi quyidagidan iboratdir: o‘sha bir gunohning oqibati mahkum qilinishga olib bordi, ko‘p gunohlardan keyin berilgan ehson esa oqlanishni keltirib chiqardi.
17 To‘g‘ri, bittagina odamning gunohi tufayli, o‘sha odamning dastidan o‘lim hokimlik qila boshladi. Ammo Xudoning cheksiz inoyati bilan oqlanganlarning hammasi endi bir Odam, ya’ni Iso Masih orqali abadiy hayotda hokimlik qiladilar.
18 Shunga ko‘ra, bir gunoh hammani mahkum qilganday, bir solih ish tufayli hamma oqlanib, yangi hayotdan bahramand bo‘la oladi.
19 Bir odamning itoatsizligi tufayli ko‘p odamlar gunohkor bo‘lgan bo‘lsa, endi bir Kishining itoatkorligi tufayli hamma solih bo‘la oladi.
20 Qonun berilgandan keyin gunoh ko‘payib ketdi. Lekin qayerda gunoh ko‘p bo‘lsa, Xudoning inoyati yanada ko‘proq namoyon bo‘ladi.
21 Shunday qilib, gunoh hokimlik qilib, bizni o‘limga boshlar edi. Ammo biz oqlandik va Rabbimiz Iso Masih orqali abadiy hayotga egamiz. Bu ko‘rsatib turibdiki, endi Xudoning inoyati hukm surmoqda.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак