Rimliklarga maktub 8 bob

1 Muqaddas Ruhning yetakchiligida yashash. 18 Hozirgi azob–uqubatlar va kelajakdagi ulug‘vorlik. 31 Xudoning mehr–muhabbati.

1 Iso Masihga tegishli bo‘lganlar endi hukm qilinmaydilar
2 Hayot ato etuvchi Ruhning qonun– qoidasi Iso Masih orqali meni gunohdan va o‘limga yetaklaydigan qonundan ozod qildi.
3 Inson Xudoning qonunini bajara olmagani uchun qonun ta’sirsiz bo‘lib qoldi. Qonun insonni gunohdan qutqara olmagani uchun Xudoning O‘zi bu ishni qildi. Xudo O‘z O‘g‘lini gunohkor insonga o‘xshatib, bu dunyoga yubordi. Shu yo‘sin, Xudo inson orqali gunohni mahkum qildi.
4 Biz, ya’ni bashariy tabiatning emas, balki Ruhning yetakchiligida yashayotganlar qonun talab qilgan solihlikka erishishimiz uchun Xudo shunday qildi.
5 Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ruhning yetakchiligida yashaydiganlar esa Ruhni mamnun qiladigan narsalar haqida fikr qiladilar.
6 Bashariy tabiat yetakchiligida fikr qilish o‘limga yetaklaydi, Ruh yetakchiligida fikr qiladiganlar esa hayot va tinchlikka ega bo‘ladilar.
7 Bashariy tabiat yetakchiligida fikr qilish Xudoga dushmanlikdir, chunki bunday tabiat Xudoning qonuniga itoat qilmaydi, darhaqiqat, itoat qila olmaydi.
8 Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar Xudoni mamnun qila olmaydi.
9 Agar Xudoning Ruhi haqiqatan ham sizlarning qalbingizda makon qilgan bo‘lsa, sizlar endi bashariy tabiat amri bilan emas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar. Kimki Masihning Ruhiga ega bo‘lmasa, u Masihga tegishli emas.
10 Ammo Masih sizning qalbingizda makon qilgan. To‘g‘ri, gunoh tufayli tanangiz o‘limga mahkum qilingan, lekin endi Xudoning Ruhi sizlar uchun hayot manbaidir, chunki sizlar oqlangansiz.
11 Isoni o‘likdan tiriltirgan Xudoning Ruhi qalbingizda yashayapti. Iso Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudo yuragingizda yashayotgan Ruhi orqali sizlarning foniy tanangizni ham o‘likdan tiriltiradi.
12 Shunday qilib, ey birodarlar, endi biz bashariy tabiatimizning amri bilan yashashga majbur emasmiz.
13 Axir bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, o‘lasizlar, ammo Ruh orqali o‘sha tabiatning qilmishlariga chek qo‘ysangizlar, yashaysizlar.
14 Xudo Ruhining yetakchiligida yashaydiganlarning hammasi Xudoning farzandlaridir.
15 Xudo bizga O‘z Ruhini berdi. Buni yana qul bo‘lib, qo‘rquvda yashashimiz uchun emas, balki Uning farzandi bo‘lib, Ruh orqali Xudoni “Otajon” deb chaqirishimiz uchun qildi.
16 Xudoning Ruhi bizning ruhimizga qo‘shilib, biz Xudo farzandlari ekanligimiz haqida guvohlik berib turadi.
17 Biz Xudoning farzandlari ekanmiz, demak, farzandlarday Uning va’da qilgan barakalariga ega bo‘lamiz, Masih bilan birga bu barakalarni baham ko‘ramiz. Biz Masihning azob– uqubatlariga sherik ekanmiz, albatta, Uning ulug‘vorligiga ham sherik bo‘lamiz.
18 Ishonchim komilki, hozirgi azob–uqubatlarimiz bizga zohir qilinadigan ulug‘vorlik oldida hech narsa emas.
19 Axir, butun mavjudot Xudoning farzandlari kim ekanligining ayon qilinishini intizorlik bilan kutyapti.
20 Chunki mavjudot behudalikka mubtalo bo‘lgan. Bu mavjudotning ixtiyori bilan emas, balki Xudoning ixtiyori bilan shunday bo‘ldi.
21 Shunday bo‘lsa–da, mavjudot chirib–bitish qulligidan ozod etilib, Xudoning farzandlari bilan birga ulug‘vor erkinlikdan bahramand bo‘lishiga umid bor.
22 Axir, butun mavjudot go‘yo to‘lg‘oq azobida, hozirga qadar birgalikda oh-nola qilayotganini bilamiz.
23 Nafaqat mavjudot, balki biz o‘zimiz, ya’ni Xudoning Ruhi bilan yashash qanday ekanligini tatib ko‘rganlar ham, ichimizdan oh– nola qilyapmiz. Xudoning farzandlari qilib asrab olinganimizning to‘la ro‘yobga chiqishini hamda o‘ladigan badanimizning chirib–bitishdan ozod bo‘lishini intizorlik bilan kutyapmiz.
24 Umidimizning ro‘yobga chiqishini kutib turib, najot topganmiz. Ko‘zga ko‘rinib turgan narsa umid emas. Axir, kim ko‘rib turgan narsani umid qiladi?!
25 Agarda biz ko‘rmaganimizni umid qilayotgan bo‘lsak, buni sabr bilan kutib tursak bo‘ladi.
26 Buning ustiga, ojizligimizda Ruh bizga madad beradi. Chunki biz qanday qilib ibodat qilishni bilmaymiz, ammo Ruhning o‘zi ifoda qilib bo‘lmas oh-nolalar bilan biz uchun Xudo oldida shafoat qiladi.
27 Insonlarning yuragini sinovchi Xudo Ruhning fikri nimada ekanligini biladi, chunki Ruh Xudoning irodasiga ko‘ra Uning azizlari uchun shafoat qiladi.
28 Biz bilamizki, Xudoni yaxshi ko‘rganlarga hamma narsa yaxshilik bo‘lib xizmat qiladi, chunki Xudo ularni O‘zining maqsadiga ko‘ra da’vat etdi.
29 Xudo ularni azaldan tanlab olgan edi va “Mening O‘g‘limga o‘xshab borsinlar”, deb oldindan belgilab qo‘ygan edi, toki O‘g‘il ko‘p birodarlar orasida to‘ng‘ich bo‘lsin.
30 Xudo oldindan belgilab qo‘yganlarni da’vat ham etdi, da’vat etganlarni esa oqladi, oqlaganlarni esa O‘zining ulug‘vorligidan bahramand qildi.
31 Endi bunga nima deymiz? Xudo biz tomon bo‘lsa, kim bizga qarshi chiqar ekan?!
32 Xudo O‘z O‘g‘lini ayamay, hammamiz uchun Uni fido qilgan bo‘lsa, Unga qo‘shib qolgan hamma narsani ham bizga ato qilmasmikan?!
33 Xudoning tanlaganlarini kim ayblay olardi?! Xudoning O‘zi ularni oqlaydi– ku!
34 Bizni kim mahkum qilar ekan?! Axir, o‘lib, tirilgan, Xudoning o‘ng tomonida turgan Iso Masihning O‘zi biz uchun shafoat qilmoqda–ku!
35 Kim bizni Masihning mehr–muhabbatidan ajrata oladi? Azob–uqubatmi, iztirobmi, quvg‘inmi, ochlikmi, yalang‘ochlikmi, xavf–xatarmi yoki qilichmi?
36 Muqaddas Bitiklarda yozilgan–ku: “Sen tufayli har kuni o‘limga duch kelamiz, Bo‘g‘izlanadigan qo‘yday bo‘lib qolganmiz.”
37 Axir, bizni yaxshi ko‘radigan Masih orqali hamma qiyinchiliklar ustidan butunlay g‘alaba qozonamiz.
38 Men aminmanki, o‘lim ham, hayot ham, farishtalaru jinlar ham, hech qanday g‘ayritabiiy kuchlar, hozirgiyu kelgusi hodisalar ham,
39 balandliklaru chuqurliklar ham, yaratilgan hech bir mavjudot bizni Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudoning mehr–muhabbatidan judo qilishga qodir emas.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак