1 O‘sha kuni Iso uydan chiqib, ko‘l bo‘yiga borib o‘tirdi.
2 Uning atrofida shu qadar ko‘p olomon to‘plandiki, U qayiqqa tushib, o‘tirishga majbur bo‘ldi. Olomon esa ko‘l qirg‘og‘ida turardi.
3 Iso masal orqali xalqqa ko‘p narsalarni o‘rgatdi: “Quloq solinglar! Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi.
4 U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug‘larni cho‘qib ketibdi.
5 Ba’zi urug‘lar tuprog‘i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq chuqur bo‘lmagani uchun, urug‘lar tez ko‘karib chiqibdi.
6 Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi bo‘lmagani uchun so‘lib qolibdi.
7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o‘sib, urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi.
8 Yana boshqa urug‘lar esa yaxshi tuproqqa tushibdi. Ba’zilari yuz, ba’zilari oltmish, ba’zilari esa o‘ttiz barobar ko‘p hosil beribdi.
9 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”
10 Shundan keyin shogirdlar kelib, Isodan so‘radilar: — Nega odamlarga masallar bilan gapiryapsiz?
11 U shunday javob berdi: — Osmon Shohligining sirlarini bilish ularga emas, sizlarga berilgan.
12 Zero, kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va unda mo‘l–ko‘lchilik bo‘ladi. Ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bori ham tortib olinadi.
13 Odamlarga masallar bilan gapirayotganimning sababi shuki, ular qarab turib ko‘rmaydilar, quloq solib turib, eshitmaydilar va anglamaydilar.
14 Ishayoning bashorati ularda bajo bo‘lgan: “Sizlar e’tibor berib tinglaysiz, Lekin hech qachon tushunmaysiz, Yaxshilab qarab turasiz, Ammo hech qachon anglamaysiz.
15 Zero, bu xalqning aqli o‘tmas bo‘ldi, Quloqlari og‘irlashdi, Ular ko‘zlarini yumib olishdi. Toki ko‘zlari bilan ko‘rmasinlar, Quloqlari bilan eshitmasinlar, Aqllari bilan anglamasinlar, Tag‘in Menga qaytib, shifo topmasinlar.”
16 Sizlar esa nihoyatda baxtlisizlar! Axir, sizlarning ko‘zlaringiz ko‘radi, quloqlaringiz eshitadi.
17 Sizlarga chinini aytay: qanchadan– qancha payg‘ambarlar, qanchadan–qancha solih odamlar siz ko‘rganlarni ko‘rishni istaganlar, ammo ko‘rmaganlar. Sizlar eshitganlarni eshitishni ular istaganlar, ammo eshitmaganlar.
18 “Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosini anglab olinglar.
19 Osmon Shohligi to‘g‘risidagi kalomni eshitgan, ammo tushunib olmagan odamga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan kalomni o‘g‘irlab ketadi. So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar ana shularga ishoradir.
20 Toshloq yerga sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar.
21 Lekin ularning ildizi bo‘lmagani uchun uzoq vaqtga chidamaydilar. Kalom tufayli qiyinchilik yoki quvg‘inga duchor bo‘lishsa, darrov chekinadilar.
22 Tikanlar orasiga sepilgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular Xudoning kalomini eshitadilar, lekin dunyoning tashvishlari va boylikka o‘chlik kalomni bo‘g‘ib qo‘yadi, kalom esa samarasiz qoladi.
23 Yaxshi tuproqqa sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uning ma’nosini tushunib oladilar. Ularning ba’zilari yuz barobar, ba’zilari yetmish barobar va ba’zilari o‘ttiz barobar mo‘l hosil beradilar.”
24 Iso ularga boshqa bir masal aytib berdi: “Osmon Shohligini o‘z dalasiga yaxshi urug‘ sepgan bir odamning vaziyatiga o‘xshatsa bo‘ladi.
25 Hamma uxlab yotganda, dushman kelib, bug‘doyzorga begona o‘t urug‘ini sepib ketibdi.
26 Bug‘doy o‘sib, boshoqlay boshlaganda, begona o‘tlar ham o‘sib chiqibdi.
27 Xizmatkorlar kelib, xo‘jayinga aytibdilar: — Xo‘jayin, dalangizga yaxshi urug‘ ekkan edingiz–ku! Manavi begona o‘tlar qayoqdan paydo bo‘ldi ekan?
28 — Bu — dushmanning ishi, — deb javob beribdi xo‘jayin. Xizmatkorlar xo‘jayinga: — Istasangiz, biz borib o‘sha o‘tlarni yulib tashlaymiz.
29 — Yo‘q, — debdi u, — sizlar begona o‘tlarni yulayotganlaringizda, bug‘doyni ham qo‘shib yulib olishingiz mumkin.
30 Mayli, o‘rim–yig‘im paytigacha bug‘doy bilan birga begona o‘tlar ham o‘saversin. Payti kelganda o‘roqchilarga: “Avval begona o‘tlarni yig‘ishtirib, bog‘langlar–da, yoqib yuboringlar, keyin bug‘doyni yig‘ishtirib, omborxonamga joylanglar”, deyman.
31 Iso ularga yana boshqa bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o‘z bog‘iga sepgan xantal urug‘iga o‘xshaydi.
32 Xantal urug‘larning eng maydasi bo‘lsa–da, o‘sib chiqqanda, hamma ko‘katlardan baland bo‘ladi. U shunday daraxt bo‘ladiki, qushlar uning shoxlariga uya quradi.”
33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Xudoning Shohligi xamirturushga o‘xshaydi. Ayol bir bo‘lak xamirturushni uch tog‘ora unga qorsa ham, hamma xamir oshadi.”
34 Iso bularning hammasini olomonga masallar bilan gapirdi. Masalsiz ularga hech narsa to‘g‘risida gapirmasdi.
35 Shunday qilib, payg‘ambarning quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi: “Og‘zimni masalga ochaman, Dunyo yaratilgandan beri sir saqlanganlarni Sizga e’lon qilaman.”
36 Shundan keyin Iso olomon oldidan ketib, uyga kirdi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib: — Begona o‘tlar haqidagi masalni bizga tushuntirib bering, — dedilar.
37 Iso shunday javob berdi: — Yaxshi urug‘ sepuvchi Inson O‘g‘lidir.
38 Dala olamdir, yaxshi urug‘lar — Osmon Shohligining odamlari, begona o‘tlar esa yovuz shaytonning odamlaridir.
39 Begona o‘tlarni sepgan dushman — iblis, o‘rim–yig‘im — oxirzamon, o‘roqchilar esa farishtalardir.
40 Begona o‘tlarni yig‘ishtirib, olovda yoqishganday, oxirzamonda ham xuddi shunday voqea yuz beradi.
41 Inson O‘g‘li O‘z farishtalarini yuboradi. Farishtalar Uning Shohligidan gunohga undagan hammani va barcha badkirdorlarni yig‘ib oladilar.
42 Ularni lovullab turgan o‘choqqa tashlaydilar. Badkirdorlar u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.
43 Shunda solihlar o‘z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!
44 “Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o‘xshaydi. Bir odam uni topib olibdi. Uni yana yashirib, xursand bo‘lganidan bor–yo‘g‘ini sotib, u dalani xarid qilibdi.”
45 “Osmon Shohligi nodir marvarid izlayotgan bir savdogarga o‘xshaydi.
46 Savdogar qimmatbaho marvaridni topganda, bor–yo‘g‘ini sotib, marvaridni xarid qilibdi.”
47 “Osmon Shohligi baliqchilar dengizga tashlagan to‘rga o‘xshaydi. To‘rga turli xil baliqlar tutilibdi.
48 To‘r to‘lgach, baliqchilar uni qirg‘oqqa tortib chiqarishibdi va o‘tirib, yaxshi baliqlarni savatlarga solishibdi, yomonlarini esa tashlab yuborishibdi.
49 Oxirzamonda ham xuddi shunday bo‘ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib olib,
50 lovullagan o‘choqqa tashlaydilar. O‘choqqa tushganlar qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.”
51 Iso shogirdlaridan so‘radi: — Bularning hammasini tushundingizlarmi? — Tushundik, — deb javob berdi ular.
52 Iso ularga dedi: — Shunday ekan, Osmon Shohligiga shogird tushgan har bir Tavrot tafsirchisi omboridan ham yangi, ham eski narsalarni olib chiqayotgan uy egasiga o‘xshaydi.
53 Iso bu masallarni aytib bo‘lgach, u yerdan ketdi.
54 U ona shahriga kelib, sinagogada odamlarga ta’lim berdi. Odamlar esa hayratga tushib dedilar: — Bu Odam shuncha donolikni va mo‘jiza ko‘rsatish qudratini qayerdan olgan ekan–a?
55 Bu o‘sha duradgorning o‘g‘li emasmi?! Onasining ismi Maryam, ukalari Yoqub, Yusuf, Shimo‘n va Yahudo–ku!
56 Uning singillari ham oramizda yashaydi! Bunday buyuk ishlarni U qanday qilar ekan–a?
57 Odamlar Isodan qattiq xafa bo‘ldilar. Iso esa ularga dedi: — Payg‘ambar ona shahridan va o‘z uyidan boshqa hamma yerda izzatlanadi.
58 Odamlarning ishonchsizligi tufayli, Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsatmadi.
Matto Muqaddas xushxabar: 13 Bob
MakDonaldning Injil kitobiga o'zbek tilidagi sharhlari
VIII. ISROIL RAD ETGAN SHOH HUKMRONLIKNING YANGI, ORALIQ SHAKLINI E’LON QILADI (13-bob)
SHOHLIK MASALLARI
Biz Matto Xushxabaridagi hal qiluvchi nuqtaga yetib keldik. Iso endi yerlik munosabatlar o‘rnini ruhiy aloqalar egallashi va yahudiy nasl-nasabidan ko‘ra Otamiz Xudoga itoat qilish muhimroq ekanligini ko‘rsatdi. Shohni rad etib, ulamolar va farziylar Shohlikni ham rad etishgan edi. Endi Rabbimiz Iso bir qator masallar orqali, U rad etilganidan to Shohlar Shohi va Hukmdorlar Hukmdori sifatida yakuniy kelishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shohlik qanday yangi shaklga kirishini ko‘rsatmoqda. Bu masallarning oltitasi "Osmon Shohligi ... ga o‘xshaydi" degan so‘zlar bilan boshlanadi.
Ushbu masallarni to‘g‘ri nuqtai nazardan ko‘rish uchun, keling, 3-bobda Shohlik haqida aytganlarimizni esga olaylik. Osmon Shohligi - bu Xudoning hukmronligi tan olinadigan sohadir. Uning ikki jihati bor: 1) Xudoning hukmronligini tan olganlarning barchasini o‘z ichiga olgan tashqi e’tirof va 2) faqat imon orqali Shohlikka kirganlarni o‘z ichiga olgan ichki mazmun. Biz Shohlikning besh bosqichi haqida o‘qiymiz: 1) payg‘ambarlar bashorat qilgan Eski Ahd bosqichi; 2) Shoh siymosida "yaqinlashgan" yoki hozir bo‘lgan faza; 3) oraliq davr, ya’ni Shohning rad etilishi va Uning osmonga qaytishi bilan bir qatorda yer yuzida o‘zini Shohning fuqarosi deb e’lon qilgan kishilar ham mavjud bo‘ladi; 4) Ming yillik saltanat davrida uning ochiq-oydin namoyon bo‘lishi; 5) va nihoyat, abadiy Shohlik. Muqaddas Kitobda Shohlik to‘g‘risida aytilgan har bir iqtibosni shu bosqichlardan biriga kiritish mumkin. 13-bobda uchinchi faza haqida so‘z yuritiladi. Bu davrda, Hosil bayramidan to osmon Shohligiga ko‘tarilishgacha, Shohlikning ichki mazmuni (haqiqiy imonlilar) Jamoat bilan bir xil odamlardan shakllanadi. Jamoat va Shohlikni birlashtiradigan yagona narsa shu; boshqa jihatlari bilan ular bir-biriga o‘xshamaydi. Yuqorida aytilganlarni yodda tutib, keling, ushbu masallarni ko‘rib chiqaylik.
A. Urug‘ sochuvchi haqidagi masal (13:1−9)
13:1 Iso jin chalgan odamni davolagan uydan chiqib, Jalila ko‘li bo‘yiga kelib o‘tirdi. Ko‘p Muqaddas Kitob tadqiqotchilari bu uyni Isroil xalqining ramzi, dengizni esa g‘ayriyahudiylarning timsoli deb hisoblashadi. Shunday qilib, Rabbimizning bu harakati Isroildan uzoqlashishni anglatadi; oraliq davrda Shohlik boshqa xalqlarga va’z qilinadi.
13:2 Qirg‘oqqa ko‘p xalq to‘plandi. U qayiqqa tushib, xalqqa masallar orqali ta’lim bera boshladi. Masal - bu ko‘pincha yashirin ma’noga ega bo‘lgan ruhiy yoki axloqiy saboqni ta’kidlovchi hikoya. Keyingi yettita masal Shohlikning birinchi va ikkinchi kelish orasidagi ko‘rinishi haqida so‘zlaydi.
Dastlabki to‘rtta masal xalqqa, oxirgi uchtasi esa faqat shogirdlarga aytilgan.
Birinchi ikkitasi va yettinchisini Rabbimiz shogirdlarga tushuntirgan, shu bilan ularga O‘zi bergan kalitlar yordamida boshqalarga tushuntirish imkoniyatini bergan.
13:3 Birinchi masalda to‘rt xil tuproqqa urug‘ sepgan dehqon haqida hikoya qilinadi. Kutilganidek, har bir alohida holatda natijalar turlicha bo‘ldi.
13:4−8
TUPROQ EKISH NATIJALARI
1. Qattiq bosib yotilgan yo‘l. 1. Qushlar urug‘larni cho‘qib ketdi.
2. Toshloq yerdagi yupqa tuproq qatlami. 2. Urug‘ tez unib chiqdi, lekin ildiz otmadi; quyosh qizdirdi-yu, qurib qoldi.
3. Tikanlar bosgan yer. 3. Urug‘ unib chiqdi, lekin tikanlar tufayli o‘sa olmadi.
4. Yaxshi yer. 4. Urug‘ unib chiqdi, o‘sdi va hosil berdi. Ba’zi poyalar yuz barobar, ba’zilari oltmish barobar, ba’zilari o‘ttiz barobar hosil berdi.
13:9 Iso masalni quyidagi sirli ogohlantirish bilan yakunlaydi: "Kimning eshitadigan qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!" Bu masalda U xalqqa bir muhim xabarni, shogirdlariga esa butunlay boshqa xabarni yetkazgan. Uning so‘zlaridagi muhim ma’noni hech kim e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak.
Rabbimizning O‘zi bu masalni 18-23-oyatlarda tushuntirgani uchun, biz bu parchaga yetib borgunimizcha qiziqishimizni jilovlab turamiz.
B. Masallarning maqsadi (13:10−17)
13:10 Shogirdlar nima uchun Rabbimiz xalqqa yashirin masallar tili bilan gapirganiga hayron bo‘lishdi. Shuning uchun ular Isodan Uning usulini tushuntirib berishni so‘rashdi.
13:11 Iso shogirdlariga javob berayotib, imonsiz ko‘pchilik va imonli shogirdlar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatdi. Xalq, millatning turli qatlamlarining vakillari sifatida, Uni ochiq-oydin rad etgan, garchi ularning bu raddiyasi xochgacha mutlaq bo‘lmasa-da. Ularga Osmon Shohligining sirlarini bilish ruxsat etilmagan, Uning izdoshlariga esa tushunishga yordam beriladi.
Yangi Ahddagi sir - bu ilgari insonga noma’lum bo‘lgan, ilohiy vahiydan tashqarida inson anglay olmaydigan, ammo endi shogirdlarga oshkor etilgan haqiqatdir. Shohlik sirlari - bu o‘sha paytgacha noma’lum bo‘lgan, oraliq shaklidagi Shohlikka tegishli haqiqatlardir. Shohlikning o‘tish davriga ega bo‘lishining o‘zi shu paytgacha sir edi. Ushbu masallarda Shoh bo‘lmagan paytdagi Shohlikning ayrim xususiyatlari tasvirlangan. Ba’zilar buni "Shohlikning sirli shakli" deb atashadi, buning sababi unda qandaydir g‘ayritabiiy narsa borligi emas, balki shu paytgacha bu haqda hech narsa ma’lum bo‘lmagani tufaylidir.
13:12 Bu sirlarni xalqdan yashirib, shogirdlarga oshkor qilish adolatsizlik bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo Rabbimiz bunga asos keltiradi: "Kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va mo‘l-ko‘l bo‘ladi; kimda yo‘q bo‘lsa, undan bori ham tortib olinadi". Shogirdlar Rabbimiz Isoga ishonishgani uchun ularga ko‘proq tushunish qobiliyati berilgan. Ular nurni qabul qilganlari bois, ko‘proq nurga ega bo‘ladilar. Yahudiy xalqi esa, aksincha, Dunyo nurini rad etgani uchun ularning oldiga nafaqat ko‘proq nur olish, balki oz-moz boridan ham mahrum bo‘lish to‘sig‘i qo‘yilgan. Rad etilgan nur - bu voz kechilgan nurdir. 13:13 Matto Genri bu masallarni isroilliklarning yo‘lini yoritib, misrliklarni sarosimaga solgan bulut va olov ustuniga o‘xshatadi. Bu masallar chin dildan qiziquvchilarga ochiladi va "Isoga dushmanlik bilan qaraydiganlarni g‘azablantiradi". Demak, bu Rabbimizning injiqligi emas, balki hayotimizga singdirilgan tamoyilni amalga oshirish edi - ongli ko‘rlik qonuniy ko‘rlikka olib keladi. Shuning uchun ham U yahudiylarga masallar orqali so‘zlardi. G.S. Vudging buni shunday ifodalagan: "Ular haqiqatni sevmaganlari uchun haqiqat nuriga erisha olmadilar". (H. Chester Woodring, Matto Injili bo‘yicha nashr etilmagan ma’ruza qaydlari, Emmaus Bible School, 1961.) Ular ilohiy haqiqatni ko‘ramiz, ya’ni bilamiz, deb da’vo qilishardi, ammo mujassam haqiqat ularning ko‘z o‘ngida tursa-da, uni ko‘rishdan qat’iyan bosh tortdilar. Ular Xudoning Kalomini eshitamiz, deyishardi-yu, lekin ularning orasida Xudoning Tirik Kalomi bo‘lsa ham, Unga itoat etishmasdi. Ular mujassamlanishning mo‘jizaviy haqiqatini tushunishni xohlamaganlari uchun ham tushunish qobiliyatidan mahrum bo‘ldilar. 13:14−15 Ular Ishayo payg‘ambarning (6:9−10) bashoratining jonli ijrosi edilar. Isroilning yuragi toshga aylandi, quloqlari Xudoning ovoziga kar bo‘ldi. Yahudiylar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdan ongli ravishda bosh tortdilar. Agar eshitib, ko‘rib, tavba qilganlarida, Xudo ularga shifo berishini bilishardi. Ammo ular kasallik va muhtojlikda bo‘la turib, Uning yordamidan voz kechdilar. Shuning uchun ularning jazosi eshitib tushunmaslik, ko‘rib anglamaslik bo‘ldi. 13:16−17 Shogirdlarga ulkan imtiyoz berildi, chunki ular ilgari hech kim ko‘rmagan narsalarni ko‘rdilar. Qadimgi payg‘ambarlar va solihlar Masihning kelishi davrida yashashni orzu qilishgan, ammo ularning istagi amalga oshmagan. Shogirdlar esa tarixning bu burilish davrida yashab, Masihni ko‘rish, Uning mo‘jizalariga guvoh bo‘lish va Uning og‘zidan chiqqan tengsiz ta’limotni eshitish sharafiga muyassar bo‘ldilar. V. Urug‘ sepuvchi haqidagi masalni tushuntirish (13:18−23)
Nega U masallardan foydalanishini tushuntirganidan so‘ng, Rabbimiz endi to‘rt xil tuproq haqidagi masalni tushuntirishga kirishadi. U kim urug‘ sepuvchi ekanini aytmaydi, lekin bu Uning O‘zi (37-oyat) yoki Shohlik haqida va’z qilayotganlar (19-oyat) ekaniga ishonchimiz komil. Tuproq - Shohlik xabarini eshitayotganlardir. 13:19 Qattiq tepkilangan yo‘l - bu Xushxabarni qabul qilishdan bosh tortganlardir. Ular buni eshitadilar, lekin tushunmaydilar - tushuna olmaganlari uchun emas, balki tushunishni xohlamaganlari uchun. Qushlar shaytonni tasvirlaydi; u bunday tinglovchilarning yuragidan ekilgan urug‘ni o‘g‘irlaydi. U ular bilan o‘zlari tanlagan samarsizlikda hamkorlik qiladi. Farziylar ana shunday qattiq tuproqli tinglovchilar edilar. 13:20−21 Rabbimiz toshloq yer haqida gapirganda, qoyani qoplagan yupqa tuproq qatlamini nazarda tutgan. Bu Kalomni eshitib, quvonch bilan qabul qiladigan kishilardir. Dastlab, urug‘ sepuvchining va’zi muvaffaqiyatli chiqqanidan ruhi ko‘tarilishi mumkin. Ammo tez orada u chuqurroq saboq oladi: xabarni quvonch va tabassum bilan qabul qilish har doim ham yaxshi emas. Avval gunohni tan olish, pushaymon bo‘lish, tavba qilish kerak. Golgofaga beparvo, quvonchi ichiga sig‘may emas, balki ko‘z yoshi bilan borayotgan odamni ko‘rish ancha umidliroqdir. Sayoz tuproq yuzaki e’tiqodni keltirib chiqaradi, u yerda ildiz uchun chuqurlik yo‘q. Bunday odamning e’tiqodi jazirama quyoshda yoki ta’qiblar ostida sinovdan o‘tsa, u bunga arzimaydi deb o‘ylab, Masihga tegishli ekanini tan olishdan butunlay voz kechadi. 13:22 Tikanlar bilan qoplangan yer Kalomni yuzaki tinglaydigan odamlarning boshqa toifasini ifodalaydi. Tashqi ko‘rinishdan ular Shohlikning haqiqiy fuqarolari bo‘lib tuyulishadi, biroq vaqt o‘tib, bu dunyoning tashvishlari va boylikka bo‘lgan havas ularning qiziqishlarini so‘ndiradi. Ularning hayotida Xudo uchun meva yo‘q. Lang bunga misol qilib, katta tijorat korxonasiga ega bo‘lgan pulparast otaning o‘g‘lini keltiradi.
13:13 Matto Genri bu masallarni isroilliklar yo‘lini yoritib, misrliklarni sarosimaga solgan bulut va olov ustuniga o‘xshatadi. Bu masallar, " Isoga dushmanlik bilan qaraydiganlarning g‘azabini qo‘zg‘aydi ". Binobarin, bu shunchaki Parvardigorning injiqligi emas, balki hayotimizga singdirilgan tamoyilni ishlab chiqish edi - ongli ko‘rlik qonuniy ko‘rlikka olib keladi. Shuning uchun ham U yahudiylarga masallar orqali gapirdi. Buni G.S.Vudging shunday ifodalagan edi: "Ular haqiqatni sevmaganliklari uchun haqiqat nuriga yetisha olmadilar." (H. Chester Woodring, Matfeydan Yev. darslari uchun nashr etilmagan eslatmalar, Emmaus Bible School, 1961.)
Ular ilohiy haqiqatni ko‘ryapmiz, ya’ni bilamiz, deb da’vo qilishdi, biroq mujassam haqiqat ularning qarshisida turardi va ular uni ko‘rishdan qat’iyan bosh tortdilar. Ular Xudoning Kalomini eshityapmiz, deyishardi-yu, lekin ular orasida Xudoning Tirik Kalomi bor edi, ular esa Unga itoat etishmasdi. Ular mujassamlanishning mo‘jizaviy faktini tushunishni istamadilar, shuning uchun ham tushunish qobiliyatidan mahrum edilar.
13:14−15 Ular Ishayo (6:9−10) bashoratining jonli ijrosi edi. Isroilning yuragi qotib, quloqlari Xudoning ovozini eshitmay qoldi. Yahudiylar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdan ongli ravishda bosh tortdilar. Agar eshitib, ko‘rib, tavba qilganlarida, albatta, Alloh ularga shifo berishini bilganlar. Ammo ular kasallik va muhtojlikda Uning yordamidan voz kechdilar. Shuning uchun ularning jazosi eshitib anglamaslik, ko‘rib anglamaslik edi.
13:16−17 O‘quvchilarga katta imtiyoz berildi, chunki ular ilgari hech kim ko‘rmagan narsalarni ko‘rishdi. Dunyodagi payg‘ambarlar va taqvodorlar Masihning kelishi paytida yashashni istashgan, ammo ularning istagi amalga oshmagan. Shogirdlar tarixning bu burilish davrida yashab, Masihni ko‘rish, Uning mo‘jizalarini ko‘rish va Uning og‘zidan chiqqan beqiyos ta’limotni eshitish sharafiga muyassar bo‘lishgan.
D. Urug‘ sepuvchi haqidagi masalni tushuntirish (13:18−23)
Nega U masallardan foydalanishini tushuntirganidan so‘ng, Xudovand endi to‘rt xil tuproq haqidagi masalni tushuntirishga kirishadi. U kim urug‘ sepuvchi ekanini aytmaydi, lekin bu Uning O‘zi (37-modda) yoki Shohlik to‘g‘risida va’z qilayotganlar (19 - modda) ekaniga amin bo‘lishimiz mumkin. Tuproq - Shohlik xabarini eshitayotganlardir.
13:19 Kuchli toptalgan yo‘l - bu Xushxabarni qabul qilishdan bosh tortganlardir. Ular buni eshitishadi, lekin tushunishmaydi - tushunolmaganlari uchun emas, balki xohlamaganlari uchun. Qushlar shaytonni tasvirlaydi, u bunday tinglovchilar qalbidan ekilgan urug‘ni o‘g‘irlaydi. Ular bilan o‘zlari tanlagan bepushtlikda hamkorlik qiladi. Forsiylar o‘sha qattiq tuproqli tinglovchilar edilar.
13:20−21 Parvardigor toshli tuproq haqida gapirganda, qoyani qoplagan yupqa tuproq qatlamini nazarda tutgan. U Kalomni eshitib, quvonch bilan qabul qiladigan kishilardir. Dastlab, urug‘ sepuvchining va’zi muvaffaqiyatli chiqqanidan ko‘ngli ko‘tarilishi mumkin. Ammo tez orada u chuqurroq saboq oladi, bu esa xabarni quvonch va tabassum bilan qabul qilish har doim ham yaxshi emas. Avval gunohni qoralash, ezilish, tavba qilish kerak. Golgofaning huzuriga beparvo, quvonchi ichiga sig‘may yig‘lab borayotgan odamni ko‘rish ancha quvonchliroq. Chuqur bo‘lmagan yer yuzaki iqrorni ham keltiradi, u yerda ildiz uchun chuqurlik yo‘q. Bunday odamning e’tiqodi jazirama quyoshda sinovdan o‘tsa yoki ta’qib etilsa, u bunga arzimaydi deb qaror qiladi va Masihga tegishli ekanligini har qanday e’tirof etishdan voz kechadi.
13: 22 Tikanlar bilan qoplangan yer, Kalomni yuzaki tinglaydigan odamlarning boshqa toifasini ifodalaydi. Tashqaridan qaraganda, ular Shohlikning haqiqiy fuqarolari bo‘lib ko‘rinishadi, biroq bir muncha vaqt o‘tgach, bu dunyoning tashvishlari va boylikka bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirishadi. Ularning hayotida Alloh uchun meva yo‘q. Lang katta tijorat korxonasiga ega bo‘lgan, pulparast otaning o‘g‘lini misol qilib keltiradi.
Bu o‘g‘il "So‘z"ni yoshligida eshitgan, ammo biznesga sho‘ng‘ib ketgan. Tez orada u Rabbisiga yoki otasiga yoqish orasida tanlov oldida turdi. Shunday qilib, urug‘ ekilib o‘sayotganda, tikanlar tuproqda mavjud edi: bu dunyoning tashvishlari va boylik vasvasasi yonma-yon turardi. U otasiga ko‘ndi, vaqtini to‘liq biznesga bag‘ishladi, konsern rahbari darajasigacha ko‘tarildi, biroq hayotda muvaffaqiyatlarga erishgach, samoviy qadriyatlarni rad etganini tan olishga majbur bo‘ldi. U endi o‘z mashg‘ulotlarini tashlab, ruhiy qadriyatlarga ko‘proq e’tibor bermoqchi edi, lekin Xudo masxara qilinmaydi. Bu odam iste’foga chiqdi va kutilmaganda bir necha oydan so‘ng vafot etdi. U 90 000 funt sterling qoldirdi, ammo ma’naviy hayotini yo‘qotdi. Tikanlar So‘zni bo‘g‘ib qo‘ydi va u besamar bo‘lib qoldi." (G. H. Lang, The Parabolic Teaching of Scripture, 68-bet.)
13:23 Yaxshi tuproq haqiqiy imonlining ramzidir. U So‘zni tinglaydi, eshitganlariga itoat qilish orqali uni idrok etadi va tushunadi. Garchi bunday imonlilarning barchasi bir xil miqdorda hosil bermasa-da, ular o‘z mevalari bilan Xudoning hayotiga ega ekanliklarini ko‘rsatadilar. Bu yerdagi meva, ko‘proq Masih uchun qo‘lga kiritilgan jonlardan ko‘ra, masihiy xarakterining namoyon bo‘lishidir. Yangi Ahddagi "meva" so‘zi odatda Ruhning mevasini anglatadi (Galatiyaliklarga 5:22-23).
Bu masal xalq ommasiga nima demoqchi? Shubhasiz, u tinglash va itoat qilmaslik xavfi haqida ogohlantirgan. U, shuningdek, ayrim odamlarni So‘zni samimiy qabul qilishga va keyinchalik Xudo uchun meva keltirishga undagan. Isoning shogirdlariga kelsak, bu masal ularni va Isoning kelajakdagi izdoshlarini najot haqidagi xabarni eshitganlarning nisbatan ozchilik qismi haqiqatan ham qutqarilgani haqidagi tushkunlikka soluvchi faktga tayyorlagan. U Masihning sodiq ergashuvchilarini butun dunyo Xushxabarning tarqalishi orqali o‘zgaradi, degan xomxayoldan asraydi. Bu masal, shuningdek, shogirdlarni Xushxabarning uchta asosiy dushmani borligi haqida ogohlantiradi: 1) iblis (qushlar - shayton); 2) nafs (qizdiruvchi quyosh - qayg‘u va quvg‘in) va 3) dunyo (tikanlar - bu dunyoning tashvishlari va boylik vasvasasi).
Xulosada shogirdlarga insonga solingan sarmoya qanday ulkan miqdorda qaytishi ko‘rsatilgan. O‘ttiz barobar - ekilganning 3000 foizi, oltmish barobar - 6000 foizi va yuz barobar - 10000 foizi qaytishi. Aslida, har bir haqiqiy imonga kelish holatining natijalarini o‘lchab bo‘lmaydi. Yakshanba maktabining nomi chiqmagan o‘qituvchisi Duayt Mudining qalbiga urug‘ ekkan. Mudi boshqalarni o‘ziga tortdi. Ular esa o‘z navbatida yana boshqalarni. Yakshanba maktabi o‘qituvchisi hech qachon to‘xtamaydigan zanjirli reaksiyaning boshlanishiga xizmat qildi.
E. Bug‘doy va begona o‘tlar haqidagi masal (13:24-30)
Avvalgi masal Samoviy Shohlikka Shohga so‘zda xizmat qilayotganlar ham, Uning haqiqiy shogirdlari ham kirishini yaqqol ko‘rsatgan edi. Dastlabki uch turdagi tuproq Shohlikning keng doirasi - tashqi e’tiqodga yorqin misol bo‘ladi. To‘rtinchi turdagi tuproq esa Shohlikni kichikroq doira - haqiqiy imonlilar bilan ifodalaydi.
13:24-26 Ikkinchi masal - bug‘doy va begona o‘tlar haqidagi masal ham Shohlikning ana shu ikki jihatini ifodalaydi. Bug‘doy haqiqiy imonlilarni, begona o‘tlar esa shunchaki e’tiqod qiluvchilarni ramziy ifodalaydi.
Iso Shohlikni dalasiga yaxshi urug‘ sepgan odamga o‘xshatadi; ammo odamlar uxlab yotganida, uning dushmani kelib, bug‘doy orasiga begona o‘tlarni ekib ketdi. Ungerning aytishicha, Muqaddas Yerdagi dalalarda keng tarqalgan eng oddiy begona o‘t - bu qiltiqli begona o‘t, "zaharli o‘t bo‘lib, uni bug‘doydan deyarli ajratib bo‘lmaydi. Lekin ekinlar boshoq chiqara boshlagach, bug‘doy bilan begona o‘tni uncha qiyinchiliksiz ajratish mumkin". (Merrill F. Unger, Unger’s Bible Dictionary, 1145-bet.)
13:27-28 Begona o‘tlar yaxshi don bilan aralashib qolganini ko‘rgan xizmatkorlar xo‘jayindan bu qanday sodir bo‘lganini so‘rashdi. U bu dushmanining ishi ekanligini darhol tushundi. Xizmatkorlar shu zahotiyoq begona o‘tlarni yulib tashlashga tayyor edilar.
13:29-30 Ammo xo‘jayin ularga o‘rim-yig‘imgacha kutishni buyurdi. Keyin o‘roqchilar ularni ajratib olishadi. Don omborlarga yig‘iladi, begona o‘tlar esa yoqib yuboriladi. Nima uchun xo‘jayin begona o‘tlarni bug‘doydan ajratishni kechiktirishni buyurdi? Tabiatda bug‘doy va begona o‘tlarning ildizlari bir-biri bilan shu qadar chambarchas chirmashib ketganki, ularni bir-biridan ajratib sug‘urib olish deyarli imkonsiz.
Bu masalni Rabbimiz 37-43-oyatlarda tushuntiradi, shuning uchun uning sharhini hozircha qoldirib turamiz.
F. Xantal urug‘i haqidagi masal (13:31−32)
So‘ng Najotkor Osmon Shohligini xantal urug‘iga o‘xshatadi, uni barcha urug‘larning eng kichigi, tinglovchilarining tajribasidagi eng mayda urug‘ deb ataydi. Inson shunday urug‘lardan birini ekkanida, u daraxtga aylandi. Bu g‘ayritabiiy o‘sish edi. Odatda xantal o‘simligi daraxtdan ko‘ra ko‘proq butaga o‘xshaydi. Daraxt shunchalik katta ediki, qushlar uning shoxlariga in qurishi mumkin edi.
Urug‘ Shohlikning kamtarona boshlanishini ifodalaydi. Dastlab, ta’qiblar tufayli, Shohlik nisbatan kichik va sof edi. Ammo davlatning homiyligi va himoyasi tufayli u tez va nosog‘lom o‘sishni boshdan kechirdi. Keyin qushlar uchib kelib, unga joylashdi. Bu yerda qushlar uchun 4-oyatdagi so‘z ishlatilgan; Iso qushlar yovuz kuchlarni anglatishini tushuntirgan (19-oyat). Shohlik shayton va uning izdoshlari uchun makon bo‘lib qoldi. Bugungi kunda xristianlik niqobi ortida Masihni inkor etuvchi unitarizm, "Xristian fani", mormonizm, Iyegova shohidlari va "Birlashgan cherkov" (Mun) kabi ta’limotlar yashiringan. Shunday qilib, Rabbimiz shogirdlariga U yo‘q paytda Shohlik g‘ayritabiiy tarzda o‘sishini ogohlantirib o‘tdi. Ular bu o‘sishni muvaffaqiyat bilan adashtirib qo‘ymasliklari kerak edi. Bu nosog‘lom o‘sish bo‘ladi. Garchi mayda urug‘ kattaligi tufayli g‘ayritabiiy daraxtga aylansa-da, u "jinlarning maskani, har qanday iflos ruhning va har qanday jirkanch qushning boshpanasi bo‘ladi..." (Vahiy 18:2).
G. Xamirturush haqidagi masal (13:33)
Bundan tashqari, Iso Shohlikni ayol uch o‘lchov unga solgan xamirturushga o‘xshatadi. Oxir-oqibat unning hammasi achib ketdi. Bu masalni oddiygina shunday tushuntiradilar: un - bu dunyo, xamirturush esa hamma najot topguncha butun dunyoga tarqaladigan Xushxabar. Biroq, bunday talqinni Muqaddas Bitiklar, tarix va hozirgi voqealar inkor etadi.
Muqaddas Kitobda xamirturush doimo yovuzlikning bir turini anglatadi. Xudo O‘z xalqiga uylarini xamirturushdan tozalashni buyurganida (Chiqish 12:15), ular buning ma’nosini tushunishgan. Xamirturushsiz non bayrami davomida birinchi kundan yettinchi kungacha biror xamirturushli narsa yegan odamni Isroil xalqidan yo‘q qilish kerak edi. Iso farziylar va sadduqiylarning xamirturushidan (Matto 16:6, 12) hamda Hirodning xamirturushidan (Mark 8:15) ogohlantirgandi. 1 Korinfliklar 5:6−8 da xamirturush buzuqlik va yovuzlikni anglatadi, Galatiyaliklar 5:9 matnida esa u soxta ta’limotni bildirishi ko‘rsatilgan. Umuman olganda, xamirturush zararli ta’limot yoki gunohkor xulq-atvorni ifodalaydi.
Demak, ushbu masalda Rabbimiz yovuzlik kuchining Osmon Shohligida o‘z ta’sirini o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasligimiz haqida ogohlantirmoqda. Xantal urug‘i haqidagi masal Shohlikning tashqi olamida buzuqlik namoyon bo‘lishini tasvirlasa, bu masal ichki olamda ham buzg‘unchilik sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.
Bizningcha, bu masaldagi un Muqaddas Kitobda yozilganidek, Xudoning xalqi uchun ruhiy ozuqani anglatadi. Xamirturush - bu zararli ta’limot. Ayol esa o‘rgatuvchi va yo‘ldan ozdiruvchi soxta payg‘ambardir (Vahiy 2:20). Ba’zi soxta e’tiqodlarning asoschilari ayollar bo‘lgani ajablanarli emasmi? Garchi Muqaddas Kitob ularga jamoatda ta’lim berishni man etgan bo‘lsa-da (1 Korinfliklar 14:34; 1 Timo‘tiy 2:12), ba’zilari bu amrga ochiqchasiga itoat etmay, ta’limot mualliflarining o‘rnini egallab, Xudo xalqining ruhiy ozuqasini vayron qiluvchi bid’atlar bilan bulg‘adilar.
H. G. Bruks shunday deydi:
"Agar Masih Osmon Shohligini gunohli narsaga o‘xshatmagan bo‘lardi, degan e’tiroz tug‘ilsa, U Shohlikni begona o‘t va bug‘doyni, yaxshi va yomon baliqlarni o‘z ichiga olgan, yaramas qulga berilgan (Matto 18:23−32), to‘y libosiga ega bo‘lmagan va halok bo‘lgan odamga yo‘l qo‘ygan (Matto 22:1−13) narsaga o‘xshatganini eslatib o‘tish lozim." (J. H. Bruks, "Men kelyapman", 65-bet.)
I. Masallardan foydalanish bashoratning amalga oshishiga xizmat qiladi (13:34−35)
(13:34−35) Iso xalqqa dastlabki to‘rtta masalni so‘zlab berdi. Ta’lim berishning bu usulidan foydalanib, Rabbimiz Zabur 77:2 dagi Osofning bashoratini amalga oshirdi. Ya’ni, Masih masallar orqali dunyo yaratilishidan buyon yashirin saqlangan narsalarni ma’lum qiladi, degan bashorat. Osmon Shohligining shu paytgacha sir tutilgan o‘tkinchi shaklining xususiyatlari endi oshkor bo‘ldi.
J. Begona o‘tlar haqidagi masalning tushuntirishi (13:36−43)
13:36 Rabbimizning ta’limotlarining keyingi qismi uyda aytildi. Bu yerda shogirdlar Isroilning imonli qoldig‘ini ifodalashi mumkin. Uy haqidagi takroriy eslatma bizni Xudo O‘zi oldindan bilgan xalqini abadiy rad etmaganligini tushunishga olib keladi (Rim 11:2).
13:37 Iso bug‘doy va begona o‘tlar haqidagi masalni tushuntirar ekan, O‘zini urug‘ sepuvchi bilan tenglashtirib, yerdagi xizmati paytida bevosita O‘zi ekkanligini va keyingi asrlarda shogirdlari orqali ekkanligini ta’kidladi.
13:38 Dala dunyodir. Ta’kidlash kerakki, dala - bu dunyo, cherkov emas. Yaxshi urug‘ - Shohlik farzandlaridir. Insonlarni yerga ekish g‘alati tuyulishi mumkin, lekin asl ma’no shuki, Shohlik farzandlari dunyoga ekilgan. Xizmat qilgan yillarida Iso dunyo bo‘ylab O‘z Shohligining sodiq fuqarolari bo‘lgan shogirdlarini ekdi. Begona o‘tlar - yovuzning farzandlaridir. Shayton barcha muqaddas narsalarga taqlid qilishni biladi. U Masihning shogirdlariga o‘xshab gapiradiganlarni, ba’zi ishlarda ularga o‘xshab harakat qiladiganlarni, lekin Shohning haqiqiy izdoshlari bo‘lmaganlarni dunyoga ekadi.
13:39 Dushman - shayton, Xudoning va butun Xudo xalqining raqibidir. Hosil yig‘imi - asrning oxiri, Shohlikning oraliq shakldagi davri tugashi bo‘lib, Masih hukmronlik qilish uchun kuch-qudrat va ulug‘vorlik bilan qaytganda boshlanadi. Rabbimiz asrning oxirini cherkov davrining oxiri deb hisoblamamaydi; agar bu yerga cherkovni kiritilsa, bu chalkashlikka olib keladi.
13:40−42 O‘roqchilar farishtalardir (Vahiy 14:14−20 ga qarang). Hozirgi Shohlik davrida bug‘doy begona o‘tlardan zo‘rlab ajratilmaydi. Ularga birgalikda o‘sishga ruxsat beriladi. Masihning ikkinchi kelishi paytida esa farishtalar barcha vasvasaga soluvchilarni va qonunbuzarlarni yig‘ib, olovli o‘choqqa tashlaydilar. U yerda ular yig‘lab, tishlarini g‘ijirlatishadi.
13:43 Buyuk qayg‘u paytida yer yuzida bo‘ladigan Shohlikning solih fuqarolari, Masih bilan Ming yillik Shohlik davridan bahramand bo‘lish uchun Otalarining Shohligiga kiradilar. Ular quyosh kabi porlaydilar, ya’ni ulug‘vorlikda nur sochishadi. Iso yana bir sirli ogohlantirishni qo‘shadi: "Kimning qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!"
Bu masal, ba’zilar noto‘g‘ri o‘ylaganidek, mahalliy cherkovda xudosizlar bo‘lishiga sabr-toqat qilishni oqlamaydi. Yodda tutingki, dala - bu dunyo, cherkov emas. Mahalliy cherkovlarga muayyan axloqsiz gunohlarda aybdor bo‘lganlarni o‘z jamoasidan chiqarib tashlash aniq buyurilgan (1Kor 5:9−13).
Bu masal shunchaki Osmon Shohligi yashirin shaklda haqiqiy va soxta narsalarni o‘z ichiga olishini va bu holat asr oxirigacha davom etishini o‘rgatadi.
So‘ngra Xudoning elchilari Masihning yer yuzidagi ulug‘vor hukmronligidan bahramand bo‘ladigan haqiqiy izdoshlarni soxta izdoshlardan ajratib qo‘yadilar.
K. Yashirilgan xazina haqidagi masal (13:44)
Shunday qilib, barcha masallar Osmon Shohligida yaxshi va yomon, haqiqiy va soxta fuqarolar bo‘lishini o‘rgatadi. Keyingi ikki masal bizga ikki turdagi haqiqiy fuqarolar bo‘lishini ko‘rsatadi: 1) Cherkov davridan oldin va keyin imonli yahudiylar; 2) hozirgi asrdagi imonli yahudiylar va g‘ayriyahudiylar. Xazina haqidagi masalda Iso Shohlikni dalada yashirilgan xazinaga o‘xshatadi. Odam uni topadi, yashiradi, keyin xursandchilik bilan bor-yo‘g‘ini sotib, o‘sha dalani sotib oladi. Taxmin qilish mumkinki, bu odam - Rabbimiz Isoning O‘zidir. (U bug‘doy va begona o‘tlar haqidagi masaldagi odamda ham nazarda tutilgan, 37-oyat.) Xazina Iso yerda xizmat qilgan paytda va Cherkov davridan keyin bo‘ladigan xudojo‘y yahudiylarning qoldig‘ini ifodalaydi (Zabur 134:4 ga qarang, u yerda Isroil Xudoning alohida xazinasi deb ataladi). Ular dalaga yashiringan, butun dunyoga tarqalib ketgan, aslida Xudodan boshqa hech kimga ma’lum emas. Bu yerda Iso xazinani topgan, keyin xochga borgan va bu xazina yashiringan dunyoni sotib olish uchun bor narsasini bergan odam sifatida tasvirlangan (2Kor 5:19; 1Yuh 2:2). Qutqaruvchi Siondan kelib, uzoq kutilgan Masihiy Shohlikni o‘rnatganda, najot topgan Isroil yashirin joydan chiqariladi.
Bu masal ba’zan eng katta boylik - Masihni qo‘lga kiritish uchun hamma narsasini tashlab ketgan gunohkorga nisbatan qo‘llaniladi. Biroq bunday talqin najot to‘lovga ega emas degan inoyat haqidagi ta’limotga zid keladi (Ish 55:1; Ef 2:8−9).
L. Qimmatbaho marvarid haqidagi masal (13:45−46)
Shohlik yana yaxshi marvaridlar izlayotgan savdogarga o‘xshatilgan. U g‘oyat qimmatli marvaridni topgach, uni sotib olish uchun bor-yo‘g‘ini qurbon qiladi.
Mashhur madhiyada "Men eng qimmatbaho marvaridni topdim..." topgan odam gunohkor, marvarid esa Najotkordir. Ammo biz bunga e’tiroz bildiramiz, chunki gunohkor hamma narsasini sotib, Masihni sotib olishi shart emas.
Aksincha, biz savdogarning Rabbimiz Iso ekanligiga ishonamiz. Qimmatbaho marvarid - bu Cherkovdir. Golgofada U bu marvaridni sotib olish uchun hamma narsasini berdi. Chig‘anoq ichidagi marvarid bezovtalik tufayli yuzaga kelgan azob-uqubatlar orqali shakllangani kabi, Cherkov ham Najotkorning yaralangan tanasiga yetkazilgan jarohatlar orqali shakllangan.
Qizig‘i shundaki, xazina haqidagi masalda Shohlik xazinaning o‘ziga o‘xshatilgan. Bu yerda esa Shohlik marvaridga emas, balki savdogarga o‘xshatilmoqda. Buning farqi nimada?
Oldingi masalda urg‘u xazinaga - najot topgan Isroilga qaratilgan edi. Shohlik Isroil xalqi bilan chambarchas bog‘liq. U avvalo shu xalqqa taklif etilgan va kelajakdagi Shohlik shaklida yahudiylar uning asosiy fuqarolari bo‘ladi.
Aytganimizdek, Jamoat va Shohlik bir xil narsa emas. Jamoatda bo‘lganlarning barchasi Shohlikning oraliq shaklida, ammo Shohlikda bo‘lganlarning hammasi Jamoatda emas. Jamoat kelajakdagi Shohlikda bo‘lmaydi, balki Masih bilan birga yangilangan yer ustidan hukmronlik qiladi. Ikkinchi masalda Shohning O‘ziga va U Shoh deb e’lon qilingan kunda Uning ulug‘vorligiga sherik bo‘ladigan kelinni qo‘lga kiritish uchun to‘lagan ulkan bahosiga urg‘u beriladi.
Marvarid dengizdan chiqqani kabi, ba’zan Masihning kelini deb ataladigan Jamoat ham asosan g‘ayriyahudiylardan tashkil topgan. Bu Jamoatda imonli isroilliklarning borligini inkor etmaydi, bu yerda shunchaki Jamoatning asosiy xususiyati turli xalqlardan Iso nomiga da’vat etilgan odamlardan iborat ekanligi ta’kidlanmoqda. Havoriylar 15:14-oyatda Yoqub buni Xudoning hozirgi ulug‘ maqsadi sifatida tasdiqlagan.
L. To‘r haqidagi masal (13:47−50)
13:47−48 Ushbu turkumdagi so‘nggi masal Shohlikni dengizga tashlangan va har xil turdagi baliqlarni tutib olgan g‘alvir yoki to‘rga o‘xshatadi. Baliqchilar baliqlarni saralab, yaxshilarini idishlarga solishdi, yomonlarini esa tashlab yuborishdi.
13:49−50 Rabbimiz bu masalni tushuntirmoqda. Vaqt - asr oxiri, ya’ni buyuk azob-uqubat davrining tugashidir. Bu Iso Masihning ikkinchi kelishi paytidir. Baliqchilar farishtalardir. Yaxshi baliqlar - solihlar, ya’ni yahudiylardan ham, g‘ayridinlardan ham najot topganlardir. Yomon baliqlar esa gunohkorlar, ya’ni barcha xalqlardan bo‘lgan imonsizlardir. Bug‘doy va begona o‘tlar haqidagi masalda ko‘rganimizdek (30, 39-43-oyatlar), ajralish sodir bo‘ladi. Solihlar Otalarining Shohligiga kiradilar, gunohkorlar esa olov yonib turgan, yig‘i-sig‘i va tish g‘ijirlaydigan joyga tashlanadi. Biroq bu yakuniy hukm emas. Sud Ming yillik Shohlikdan oldin bo‘lib o‘tadi; so‘nggi hukm esa ming yil tugagandan keyin chiqariladi (Vahiy 20:7-15).
Gabelin bu masalni shunday sharhlaydi:
"To‘r dengizga tashlanadi, bu esa, avval ko‘rganimizdek, xalqlarni bildiradi. Bu masal buyuk azob-uqubat davrida va’z qilinadigan abadiy Xushxabarga taalluqlidir (Vahiy 14:6−7). Yomonlarni yaxshilardan farishtalar ajratadi. Buni na hozirgi zamonga, na jamoatga, balki Shohlik o‘rnatilishi arafasidagi vaqtga nisbatan qo‘llash mumkin. Farishtalardan foydalaniladi, buni Vahiy kitobidan aniq ko‘rish mumkin. Gunohkorlar olovli pechga tashlanadi, solihlar esa yer yuzida Ming yillik saltanat davri uchun qoladilar". (Gaebelein, Matthew, p. 302.)
M. Haqiqat xazinasi (13:51−52)
13:51 Buyuk Ustoz masallarni o‘rgatishni tugatgach, shogirdlaridan hamma narsani tushundingizmi, deb so‘radi. Ular: "Ha," dedilar. Ularning javobi bizni hayratda qoldirishi yoki hatto ularga nisbatan hasad hissini uyg‘otishi mumkin. Ehtimol, biz "ha" deb bunchalik ishonch bilan javob bera olmasmiz.
13:52 Agar tushungan bo‘lsangiz, demak boshqalarga aytishga majbursiz. Shogirdlar kanal bo‘lishi kerak, ne’matlar terminali emas. Endi bu o‘n ikki kitob Osmon Shohligiga o‘rgatilgan kitoblar, ya’ni haqiqatning muallimlari va sharhlovchilariga aylandi. Ular o‘z xazinasidan eski va yangi narsalarni olib chiqayotgan xo‘jayinga o‘xshab qolishdi.
VZda ular biz eski haqiqat deb ataydigan boy xazinaga ega edilar. Masih ularga masallar orqali ta’lim berganda, ular uchun mutlaqo yangi bo‘lgan narsaga ega bo‘ldilar. Bu ulkan bilim xazinasidan ular shonli haqiqatni boshqalar bilan baham ko‘rishlari kerak.
N. Isoni Nazaretda rad etishmoqda (13:53−58)
13:53−56 Bu masallarni tugatgach, Iso Jalila qirg‘oqlarini tark etdi va oxirgi marta Nazaretga yo‘l oldi. U yahudiylar ibodatxonasida ta’lim berayotganida, odamlar Uning donoligi va mo‘jizalaridan hayratda qolishdi. U ular uchun duradgorning o‘g‘li edi, xolos. Ular Isoning onasi Maryam, ukalari Yoqub, Yo‘shiyo, Simun, Yahudo va singillari hali ham o‘sha yerda, Nosira shahrida yashashini bilishardi. Qanday qilib ularning shahrida o‘sgan bola shunday gaplarni gapirishi va shunday ishlarni qilishi mumkinki, u shuhrat qozongan?
Bu ularni hayron qoldirdi va ular haqiqatni tan olishdan ko‘ra o‘z bilimsizliklarini ushlab turishni afzal ko‘rishdi.
13:57−58 Ular Uni vasvasa qilishdi. Bu esa Isoni ularga haqiqiy payg‘ambar odatda o‘z uyidan uzoqda qadrlanishini ko‘rsatishga undadi. U ilgari yashagan hududda qarindoshlarining unga nisbatan betakalluf munosabati unga nisbatan nafratli munosabatning tarqalishiga yordam bergan. Iymonsizlik Najotkorning Nazaretdagi ishiga juda xalaqit berardi. U yerda u faqat bir nechta bemorlarni davoladi (Mk 6: 5 ga qarang). Bu, U bunday qila olmagani uchun emas, balki insonning buzuqligi Xudoning qudratini zaiflashtira olmaydi. Bu ne’matni olishga rag‘bati bo‘lmagan odamlarni duo qilar, bilmagan joylarida hojatlarini ravo qilar, kasal ekanliklarini aytishganda norozi bo‘lganlarga shifo berardi.